{"id":1353,"date":"2022-08-04T11:43:11","date_gmt":"2022-08-04T11:43:11","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1353"},"modified":"2022-10-11T11:49:24","modified_gmt":"2022-10-11T11:49:24","slug":"the-forum-of-heads-of-regions-of-the-shanghai-cooperation-organization-countries-began-its-work-in-tashkent","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-forum-of-heads-of-regions-of-the-shanghai-cooperation-organization-countries-began-its-work-in-tashkent\/","title":{"rendered":"Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlari hududlari rahbarlari forumi o\u2019z ishini boshladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari hududlari rahbarlari forumi o\u2019z ishini boshladi. Tadbir O\u2019zbekistonning ushbu Tashkilotga raislik qilishi doirasida o\u2019tkazilmoqda va shu bilan birga u bir qator ustuvor yo\u2019nalishlarda hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish bo\u2019yicha doimiy faoliyat yurituvchi muloqot maydonchasiga aylanishi kutilmoqda.<\/strong><\/p>\n<p>Kun tartibiga muvofiq, Forum vazirliklar va idoralar, hududlar rahbarlari hamda Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog\u2019iston, Qirg\u2019iziston va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari ishtirokidagi yalpi majlis bilan ochildi.<\/p>\n<p>O\u2019zbekiston delegatsiyasiga O\u2019zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2019rinbosari \u2013 investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev rahbarlik qildi. Forumdagi nutqida u ShHTga a\u2019zo davlatlar o\u2019rtasida ko\u2019p qirrali strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta\u2019kidlab, hozirgi tadbirning asosiy maqsadi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo\u2019nalishlarda hududlararo hamkorlikni har tomonlama chuqurlashtirishdan iborat ekanligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Savdo-iqtisodiy hamkorlik nuqtai nazaridan qayd etilganidek, davom etayotgan pandemiyaga qaramay, O\u2019zbekistonning ShHTga a\u2019zo davlatlar bilan savdo aylanmasi 2021-yilda 24 foizga o\u2019sib, 20 milliard dollardan oshdi. 2022-yilning birinchi yarmida bu ko\u2019rsatkich qariyb 30 foizga ko\u2019payib, 12 milliard dollarni tashkil etdi. Ijobiy dinamikani saqlab qolish uchun Tashkilot doirasida 2023-2025-yillarga mo\u2019ljallangan hududlararo savdoni rivojlantirish bo\u2019yicha qo\u2019shma harakatlar rejasi ishlab chiqilmoqda. Joriy yilning kuzida oliy darajada imzolanishi kutilayotgan ushbu hujjat savdo to\u2019siqlarini bartaraf etish, texnik reglamentlarni birlashtirish, bojxona tartibotlarini raqamlashtirish, mahsulotlarning bozorlarga o\u2019zaro yetkazilishini osonlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni qamrab oladi, bu esa ShHT mamlakatlari o\u2019rtasidagi hududlararo savdoni butunlay yangi bosqichga olib chiqadi.<\/p>\n<p>Erishilgan natijalar va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari qayd etildi. Bu yo\u2019nalishda ham ijobiy dinamika kuzatilmoqda. So\u2019nggi bir necha yil ichida ShHTga a\u2019zo davlatlar kapitali ishtirokida O\u2019zbekistonda tashkil etilgan korxonalar soni 4 baravar ko\u2019payib 7,5 mingdan oshdi, 2021-yil oxirida Tashkilot mamlakatlaridan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 4,6 milliard dollarni tashkil qildi, bu esa ishbilarmonlar o\u2019rtasida bevosita hamkorlikni o\u2019rnatishga o\u2019zaro qiziqishning yuqoriligini anglatadi.<\/p>\n<p>Samarqandda tashkil etilayotgan \u00abO\u2019zbekiston \u2013 ShHT\u00bb sanoat zonasi Tashkilot doirasida yangi qo\u2019shma loyihalarni amalga oshirish uchun samarali platforma bo\u2019lishi kutilmoqda. Sanoat zonasi imkoniyatlarini to\u2019liq ro\u2019yobga chiqarish uchun uning hududida ShHT Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazini yaratish taklif qilindi. Markazning asosiy vazifasi sanoat, infratuzilmaviy, xom ashyo va inson resurslarini safarbar etishdan iborat bo\u2019ladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, O\u2019zbekiston tomonidan oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo\u2019jaligi sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, ekologik, sog\u2019lomlashtirish, ziyorat turizmi va boshqa sohalar bo\u2019yicha munosabatlarni kengaytirishga doir aniq takliflar ilgari surildi.<\/p>\n<p>ShHTga a\u2019zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlari o\u2019z ma\u2019ruzalarida O\u2019zbekistonning Tashkilotga samarali raislik qilayotganligini ta\u2019kidladilar va hududlar o\u2019rtasidagi ushbu muloqot platformasi doirasida munosabatlarni yanada kengaytirish bo\u2019yicha o\u2019z fikrlarini bildirdilar.<\/p>\n<p>Tadbir davomida panel sessiyalari ham tashkil qilindi. Mutaxassislar ochiq muloqotda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo\u2019nalishlarda hududlararo hamkorlikni kengaytirish yo\u2019llarini muhokama qildilar.<\/p>\n<p>Forumning ikkinchi kunida davra suhbati tarzida biznes-forum, shuningdek, biznes tuzilmalari vakillari va rahbarlari o\u2019rtasida bir qator uchrashuvlar va muzokaralar o\u2019tkazilishi kutilmoqda. Ushbu format ishbilarmonlarga aloqalarni o\u2019rnatish va hamkorlik istiqbollarini belgilab olish imkonini beradi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Joriy yilning 3-avgust kuni Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) mamlakatlari hududlari rahbarlari forumi o\u2019z ishini boshladi. Tadbir O\u2019zbekistonning ushbu Tashkilotga raislik qilishi doirasida o\u2019tkazilmoqda va shu bilan birga u bir qator ustuvor yo\u2019nalishlarda hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish bo\u2019yicha doimiy faoliyat yurituvchi muloqot maydonchasiga aylanishi kutilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1354,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1353","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1353","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1353"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1353\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1357,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1353\/revisions\/1357"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1354"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1353"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1353"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1353"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}