{"id":1466,"date":"2022-09-16T06:23:00","date_gmt":"2022-09-16T06:23:00","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1466"},"modified":"2022-10-12T06:32:34","modified_gmt":"2022-10-12T06:32:34","slug":"speech-of-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-shavkat-mirziyoyev-at-the-meeting-of-the-council-of-heads-of-the-member-states-of-the-shanghai-cooperation-organization","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/speech-of-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-shavkat-mirziyoyev-at-the-meeting-of-the-council-of-heads-of-the-member-states-of-the-shanghai-cooperation-organization\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a\u2019zo davlatlar rahbarlari kengashining majlisidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHTga a\u2019zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisida nutq so\u2018zladi.<\/strong><\/p>\n<p><em><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Sizlarni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida chin dildan qutlayman.<\/p>\n<p>Qadimiy va mehmondo\u2018st Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a\u2019zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar rahbarlarini, faxriy mehmonlarimiz va xalqaro tashkilotlar vakillarini shaxsan qabul qilish sharafiga muyassar bo\u2018lganimdan mamnunman.<\/p>\n<p>Buyuk ipak yo\u2018lining qoq yuragida joylashgan bu muazzam shahar ming yillar davomida millatlararo muloqot, o\u2018zaro madaniy va ma\u2019naviy hamkorlik, savdo va ilmiy almashinuvlar markazi sifatida xizmat qilib kelgan.<\/p>\n<p>Bugungi kunda pandemiya va dunyodagi murakkab vaziyatga qaramasdan, Samarqand yana bir bor Yevroosiyoning ulkan makoni yetakchilarini birlashtirgani, xalqaro siyosat va iqtisodiyot markaziga aylangani quvonarlidir.<\/p>\n<p>Men anjumanimizda birinchi marotaba ishtirok etayotgan davlat rahbarlari \u2013 Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri janob Shahboz Sharif, Turkiya Respublikasi Prezidenti janob Rejep Tayyip Erdog\u2018an, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyev, Turkmaniston Prezidenti janob Sardor Berdimuhamedovni samimiy qutlayman.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonga xush kelibsiz!<\/p>\n<p><strong>Hurmatli uchrashuv ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz SHHTga raislik davrimizda Tashkilotimiz doirasidagi amaliy hamkorlikni faollashtirish, uning salohiyati va xalqaro nufuzini oshirishga intildik.<\/p>\n<p>Xavfsizlik masalalari bilan bir qatorda savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ustuvor e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Tashkilot faoliyatining barcha sohalarida ko\u2018plab tashabbuslar amalga oshirildi. Pandemiya va global inqiroz oqibatlariga qaramasdan, Raislik rejasini birgalikda to\u2018liq amalga oshirishga muvaffaq bo\u2018ldik. 80 dan ortiq yirik tadbirlar o\u2018tkazildi. Hamkorlikdagi sa\u2019y-harakatlarimiz bugun qabul qilingan 40 dan ortiq hujjatda o\u2018z ifodasini topgan.<\/p>\n<p>SHHTning barcha davlatlari, shuningdek, Tashkilot Kotibiyati va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo\u2018mitasiga raisligimizga faol yordam bergani uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Dunyoda ishonch va o\u2018zaro bir-birini tushunish taqchilligi sezilayotgan, qarama-qarshiliklar va mojarolar kuzatilayotgan bugungi sharoitda barqarorlik va xavfsizlikka nisbatan ko\u2018plab tahdidlar kuchaydi.<\/p>\n<p>Iqlim o\u2018zgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi, pandemiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi kabi zamonamiz muammolari barqaror rivojlanish uchun jiddiy xavf tug\u2018dirmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zaro ishonch, adolat va hamjihatlikka talab global miqyosda tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish har qachongidan ham ko\u2018proq talab etilmoqda.<\/p>\n<p>Tashkilotimiz faoliyati shunday muloqotni amalga oshirish mumkinligini dunyoga namoyon etmoqda.<\/p>\n<p>SHHT ochiqlik va bloklarga qo\u2018shilmaslik tamoyillariga qat\u2019iy sodiqligi tufayli ishtirokchi mamlakatlar o\u2018rtasidagi o\u2018zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlab, xalqaro hamkorlikni muvaffaqiyatli tarzda chuqurlashtirmoqda. SHHT tarkibi kengayib, sheriklik munosabatlarimiz rivojlanib bormoqda.<\/p>\n<p>Bugun Eron Islom Respublikasining Tashkilotga to\u2018laqonli a\u2019zo sifatidagi majburiyatlari to\u2018g\u2018risidagi memorandum imzolanmoqda. Ushbu tarixiy voqea bilan Eron Prezidenti janob Ibrohim Raisiyni va barcha hamkasblarimizni chin qalbimdan tabriklayman.<\/p>\n<p>Misr Arab Respublikasi va Qatar Davlatiga muloqot bo\u2018yicha sheriklar maqomini berish to\u2018g\u2018risidagi memorandumlar imzolanishini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, biz Belarus Respublikasiga SHHTning to\u2018laqonli a\u2019zosi, Bahrayn Podshohligi, Kuvayt Davlati, Maldiv Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari va Myanma Ittifoqi Respublikasiga \u2013 muloqot bo\u2018yicha sheriklar maqomini berish bo\u2018yicha protseduralarni boshlash to\u2018g\u2018risida qaror qabul qilmoqdamiz.<\/p>\n<p>SHHTning geografik qamrovi kengayayotgani o\u2018z misolida samaradorlik, o\u2018zaro bir-birini tushunish va amaliy sa\u2019y-harakatlarni namoyish etayotgan Tashkilotimiz faoliyatining dolzarbligini yana bir tasdiqlamoqda.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!<\/strong><\/p>\n<p>SHHT o\u2018z taraqqiyotining yangi, yanada mas\u2019uliyatli bosqichiga qadam qo\u2018ymoqda. Zimmamizda hamkorlikning ko\u2018plab ustuvor vazifalarini birgalikda hal etish mas\u2019uliyati turibdi.<\/p>\n<p>Bizning fikrimizcha, avvalambor, Tashkilotning bloklarga qo\u2018shilmaslik maqomini va uning ochiqligini saqlab qolish muhimdir.<\/p>\n<p>Biz xavfsizlikning yaxlitlik tamoyiliga qat\u2019iy rioya qilamiz. SHHTning faoliyati keng hamkorlikka yo\u2018naltirilgan bo\u2018lishi lozim. Markaziy Osiyo SHHTning &laquo;geografik yadrosi&raquo; maqomini saqlab qolishi kerakligiga ham ishonchimiz komil.<\/p>\n<p>\u201cShanxay ruhi\u201d tamoyillari asosida birdamlik, o\u2018zaro qo\u2018llab-quvvatlash va sheriklikni mustahkamlash yana bir asosiy vazifa hisoblanadi. Biz faqat shu yo\u2018l bilangina SHHT mintaqasida tinchlik, barqarorlik va farovonlikni ta\u2019minlashimiz mumkin.<\/p>\n<p>Ushbu prinsipial yondashuvlardan kelib chiqib va bugungi xalqaro vaziyatni hisobga olgan holda, SHHTni 2040 yilgacha rivojlantirish strategiyasini tayyorlashga kirishishimiz mumkin, deb hisoblayman. Ushbu dasturulamal hujjat ko\u2018p qirrali hamkorligimizning barcha yo\u2018nalishlarini qamrab olishi, SHHTni uzoq muddatli rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berishi lozim.<\/p>\n<p>Avvalo, iqtisodiyot, savdo va investitsiya sohasidagi hamkorlikning amaliy ta\u2019sirchanligini oshirish g\u2018oyat muhimdir.\u00a0\u00a0Bu masala mintaqada barqarorlikni ta\u2019minlash va mamlakatlarimiz aholisi farovonligini oshirishning asosiy shartlaridan biridir.<\/p>\n<p>Ko\u2018rinib turibdiki, ko\u2018proq iqtisodiy barqarorlikka erishish uchun mintaqaviy hamkorlikning ishonchli modellaridan foydalanish zarur. SHHT mamlakatlari o\u2018rtasida qisqaroq \u201cta\u2019minot tayanchi\u201dga ega ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish uchun amaliy harakatlarga o\u2018tish o\u2018ta muhimdir.<\/p>\n<p>Biz SHHT mamlakatlari iqtisodiyotlarining bir-birini o\u2018zaro to\u2018ldirib borishdagi afzalliklarini hisobga olgan holda, mavjud salohiyatni maksimal darajada oshirishdan manfaatdormiz. Shu munosabat bilan SHHTning yangi iqtisodiy muloqotini boshlash asosida sanoat va texnologik hamkorlikning umumiy makonini shakllantirishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Uning asosiy vazifasi savdo va bojxona to\u2018siqlarini bartaraf etishga, kafolatlangan va barqaror ishlab chiqarish va ta\u2019minot zanjirlarini shakllantirish, mahalliylashtirish va import o\u2018rnini bosishga qaratilgan qo\u2018shma dasturlarni rag\u2018batlantirishni ko\u2018zda tutadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, bu vazifa o\u2018zaro sarmoyalarni himoya qilish va rag\u2018batlantirish, ularni birinchi navbatda, infratuzilmani rivojlantirish, raqobatbardosh sanoat va xizmat ko\u2018rsatish sohasiga yo\u2018naltirish orqali biz yaratgan savdo-iqtisodiy hamkorlikning barcha mexanizmlarini birlashtirish va faollashtirishdan iborat bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Mamlakatlarimiz o\u2018rtasida keng ko\u2018lamli iqtisodiy hamkorlikni ta\u2019minlash va amaliy hamjihatlikning aniq natijalariga erishish maqsadida O\u2018zbekistonda SHHT mintaqalarining biznes sherikligi haftaligini o\u2018tkazishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va o\u2018zaro savdoni rag\u2018batlantirish maqsadida SHHT mamlakatlari maxsus iqtisodiy zonalari alyansini tuzish tarafdorimiz. Biz kelgusi yilda Samarqandda \u201cO\u2018zbekiston\u2013SHHT\u201d sanoat zonasi bazasida maxsus zonalar administratsiyalari rahbarlarining birinchi uchrashuvini o\u2018tkazishga tayyormiz.<\/p>\n<p>Yana bir chora-tadbir sifatida har yili SHHT yirik savdo yarmarkasini o\u2018tkazishni, uning asosida yagona elektron platforma yaratishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Biz qabul qilayotgan Mintaqalararo savdoni rivojlantirish bo\u2018yicha qo\u2018shma harakatlar rejasi ham bunga yordam beradi.<\/p>\n<p>Yana bir muhim masalaga e\u2019tiboringizni qaratmoqchiman.<\/p>\n<p>Shuni tan olish kerakki, mamlakatlarimiz qishloq xo\u2018jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining yirik ishlab chiqaruvchilari, eksport va import qiluvchilari bo\u2018lishiga qaramasdan, SHHT doirasida\u00a0oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo\u2018yicha hali jiddiy hamjihatlikni yo\u2018lga qo\u2018ya olmadik.<\/p>\n<p>Davlatlarimiz salohiyati ichki bozorlarni boshoqli ekinlar, chorvachilik va meva-sabzavot mahsulotlari, asosiy oziq-ovqat turlari hamda zarur o\u2018g\u2018itlar bilan muntazam ta\u2019minlash imkonini beradi. Bundan tashqari, biz ushbu muammoni global darajada hal qilishga hissa qo\u2018shishimiz kerak.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan Oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlashning umumiy tamoyillari va yondashuvlarini ishlab chiqish zarur, deb hisoblaymiz. Ushbu hujjatda mavjud normativ-huquqiy bazani yaqinlashtirish, birgalikda tadqiqotlar o\u2018tkazish va yangiliklarni joriy etish bo\u2018yicha aniq chora-tadbirlarni nazarda tutish muhim ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, qishloq xo\u2018jaligi ekinlarini yetishtirish va qayta ishlash dasturlariga, to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri o\u2018zaro ta\u2019minotning muvofiqlashtirilgan sxemalarini shakllantirishga, yuqori sifatli va arzon oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish uchun samarali logistika, &laquo;yashil&raquo; va ekspress-yo\u2018laklarni tashkil etishga jiddiy e\u2019tibor qaratish lozim.<\/p>\n<p>Ushbu hayotiy masalalarni keng muhokama qilish maqsadida kelgusi yili Oziq-ovqat xavfsizligi bo\u2018yicha xalqaro konferensiya o\u2018tkazishni taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli hamkasblar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugun biz SHHTning O\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash va samarali transport yo\u2018laklarini yaratish konseptsiyasini qabul qilmoqdamiz.<\/p>\n<p>Konseptsiyaning asosiy qoidalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining qo\u2018llab-quvvatlashi ostida Toshkent shahrida Mintaqalararo o\u2018zaro bog\u2018liqlik markazini tashkil etishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, sammit doirasida Xitoy\u2013Qirg\u2018iziston\u2013O\u2018zbekiston temir yo\u2018li qurilishi to\u2018g\u2018risida uch tomonlama bitimning imzolanishini ham tarixiy voqea, deb hisoblaymiz.<\/p>\n<p>Sizlarni strategik jihatdan yana bir muhim loyiha \u2013 Termiz\u2013Mozori Sharif-Kobul\u2013Peshovar temir yo\u2018li koridori qurilishini ham qo\u2018llab\u2013quvvatlashga chaqiramiz.<\/p>\n<p>Ushbu ikki loyihaning amalga oshirilishi o\u2018zaro bog\u2018liqlikni mustahkamlash, o\u2018zaro savdo va investitsiyalarni ko\u2018paytirish, umuman olganda, Tashkilotimiz makonida barqaror iqtisodiy o\u2018sishni ta\u2019minlash uchun keng imkoniyatlar ochadi.<\/p>\n<p>Transport va kommunikatsiyalar sohasidagi barcha istiqbolli loyihalarni biz kelgusi yili O\u2018zbekistonda SHHT birinchi transport forumi doirasida muhokama qilishimiz mumkin bo\u2018lur edi.<\/p>\n<p>Kun tartibidagi ekologik muammolar alohida dolzarblik kasb etmoqda.<\/p>\n<p>Bugun Iqlim o\u2018zgarishiga munosabat bo\u2018yicha qo\u2018shma bayonot qabul qilish orqali SHHT ushbu xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurashishda birdamlikni namoyon etmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, barchamiz uchun hayotiy o\u2018ta muhim bo\u2018lgan ushbu sohada amaliy hamkorlikning yangi mexanizmlari va shakllari zarurdir.<\/p>\n<p>Biz o\u2018z tarkibida siyosatchilarimiz, jamoat arboblari, olimlar va ekspert-ekologlar, biznes vakillarimizni birlashtira oladigan SHHT Iqlim kengashini tuzishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Bunday format iqlimga moslashish loyihalarini ilgari surish, cho\u2018llanishga va tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishdagi hamkorlik samaradorligini oshirishga imkon beradi.<\/p>\n<p>Bu masala Orol dengizi ekologik fojeasining halokatli oqibatlarini bartaraf etish nuqtai nazaridan alohida dolzarb ahamiyatga ega.<\/p>\n<p>Xavfsizlik sohasidagi samarali hamkorlik SHHT rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Yangi reallik sharoitida mamlakatlarimiz huquq-tartibot idoralari va maxsus xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirishni mustahkamlash dolzarb masala hisoblanadi.<\/p>\n<p>SHHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasi samaradorligini oshirish, jumladan, xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlardan ogohlantirish va\u00a0\u00a0ularga tezkorlikda munosabat bildirishga oid shartnomalarimiz asosida ushbu tuzilmaning faoliyatini takomillashtirishning allaqachon mavridi kelgan.<\/p>\n<p>Mamlakatlarimizdagi vaziyatni baholash va bugungi voqelikni hisobga olgan holda majmuaviy qarorlar qabul qilish uchun Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi kengashining yillik sayyor yig\u2018ilishlari amaliyotini yo\u2018lga qo\u2018yish muhimdir.<\/p>\n<p>Radikalizmning o\u2018sib borishi xavfli tendensiyaga aylanmoqda. Yoshlarning ekstremistik tashkilotlarga jalb etilishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik, turli nosog\u2018lom mafkuralarga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish bo\u2018yicha kompleks amaliy chora-tadbirlar qabul qilinishi maqsadga muvofiq, deb o\u2018ylaymiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, ko\u2018p jihatdan allaqachon zamonaviy hayotni belgilayotgan xavfsiz axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalariga ham e\u2019tibor qaratishni istar edim.<\/p>\n<p>Faqat kuchlarni birlashtirish orqali, bir paytning o\u2018zida, axborot makonidagi tahdidlarni kamaytira borgan taqdirdagina biz raqamlashtirish afzalliklaridan to\u2018la foydalana olishimiz mumkin.<\/p>\n<p>Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun qo\u2018shma platformani yaratish vazifasi tobora dolzarb bo\u2018lib bormoqda.<\/p>\n<p>Afg\u2018onistonda tinchlik o\u2018rnatilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko\u2018maklashish, bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirish SHHTning eng ustuvor yo\u2018nalishlaridan bo\u2018lib qolishi lozim.<\/p>\n<p>Ushbu masalada yaqinda bo\u2018lib o\u2018tgan Toshkent konferensiyasini qo\u2018llab-quvvatlaganliklari uchun hamkasblarimga alohida minnatdorlik bildirishni istar edim.<\/p>\n<p>Mazkur anjumanda afg\u2018on delegatsiyasi, ko\u2018plab davlatlar va xalqaro tashkilotlarning, jumladan, SHHT vakillarining ishtiroki jahon hamjamiyatining ushbu mamlakat bilan hamkorlik bo\u2018yicha muvofiqlashtirilgan yondashuvlarini ishlab chiqishga bo\u2018lgan\u00a0\u00a0intilishini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Shuni ta\u2019kidlashni istardimki, afg\u2018on xalqi yaxshi qo\u2018shnichilik yordamimizga har qachongidan ham ko\u2018proq muhtojdir. Biz o\u2018tmishdagi xatolarni takrorlamasligimiz va Afg\u2018onistonni uning muammolari bilan yolg\u2018iz qoldirmasligimiz lozim.<\/p>\n<p>Sanksiyalar siyosatining kuchaytirilishi va Afg\u2018onistonning hozirgi hukumati yanada yakkalanishi muqarrar ravishda mamlakat ichida radikallashuvning kuchayishiga olib keladi va uni terrorchilik tashkilotlari uchun platsdarmga aylantiradi.<\/p>\n<p>Shu bois biz Afg\u2018oniston muvaqqat hukumati tomonidan ilgari qabul qilingan, shu jumladan, ayollar va bolalar huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishi bo\u2018yicha Kobul bilan konstruktiv aloqalarni rivojlantirish tarafdorimiz.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Afg\u2018onistonni gumanitar qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha maxsus fondni bizning mazkur mamlakatga chegaradosh bo\u2018lgan Termiz shahrida \u2013 u yerdagi mavjud transport-logistika xabining zamonaviy infratuzilmasidan foydalangan holda, birgalikda ta\u2019sis etishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p>Fond mablag\u2018lari ushbu mamlakatdagi ijtimoiy inqirozni bartaraf etish, yoshlar uchun ta\u2019lim dasturlari va sog\u2018liqni saqlash sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli sammit ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Madaniy-gumanitar aloqalar an\u2019anaviy ravishda hamkorligimizning mustahkam asosini shakllantiradi. Xalqlarimiz o\u2018rtasidagi mustahkam do\u2018stlik va bir-birini o\u2018zaro to\u2018g\u2018ri tushunish SHHT mintaqasidagi tinchlik va keng qamrovli sheriklikning garovidir.<\/p>\n<p>Bugun qabul qilinayotgan Uzoq muddatli yaxshi qo\u2018shnichilik, do\u2018stlik va hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi shartnomani amalga oshirish bo\u2018yicha kompleks reja aynan shu maqsadlarga qaratilgan.<\/p>\n<p>Madaniyatlar xilma-xilligini hurmat qilish tamoyiliga tayangan holda, Tashkilotimiz millionlab odamlarga madaniyatlararo muloqot va o\u2018zaro almashuvning yangi\u00a0\u00a0imkoniyatlari eshiklarini ochib beradi.<\/p>\n<p>SHHT doirasida universitet rektorlari forumi, madaniyat va turizm kunlari, qo\u2018shma sport tadbirlari va universiadalar singari qo\u2018shimcha formatlarni ta\u2019sis etish zarur, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Shuni qayd etishni istardimki, zamonaviy texnologiyalar bizga madaniyatlararo muloqotning raqamli platformalarini ishga tushirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Bu &#8211; virtual muzeylar va ijodiy ko\u2018rgazmalar, ilmiy videokonferensiyalar bo\u2018lib, ular aholi, jumladan, yoshlarni bunday loyihalarga faol jalb qilish orqali xalqlarimizning yanada yaqinlashishiga ko\u2018maklashadi.<\/p>\n<p>O\u2018zaro turistik oqimlarni ko\u2018paytirish, sayyohlik sohasida qo\u2018shma dasturlar va loyihalarni amalga oshirish ham shu maqsadga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Ushbu ustuvor yo\u2018nalishdagi hamkorligimizni faollashtirish uchun kelgusi yilni &laquo;SHHT makonida turizmni rivojlantirish yili&raquo; deb e\u2019lon qilishni taklif etaman.<\/p>\n<p>Ishonchim komilki, bugun qabul qilinayotgan Turizm sohasida hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitim birgalikdagi ishlarimiz uchun zarur huquqiy zamin yaratadi.<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Samarqand qadim-qadimdan Sharqiy Osiyodan to Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Yevropagacha bo\u2018lgan makonda yashaydigan xalqlar o\u2018rtasida ma\u2019naviy, iqtisodiy, madaniy va ilmiy almashuvlarning markazi bo\u2018lib kelgan. Asrlar davomida bu yerda turli sivilizatsiyalar vakillari o\u2018rtasida samarali muloqotning o\u2018ziga xos madaniyati yaralgan.<\/p>\n<p>Samarqand \u2013 biz SHHTni tuzishda asos qilib olgan bag\u2018rikenglik va turli xalqlarning an\u2019ana va qadriyatlariga hurmat tamoyillari asrlar davomida hayotga tatbiq etilgan jonli namunadir.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda geosiyosiy raqobat, mafkuraviy ziddiyat va bahslardan xoli bo\u2018lgan bunday muloqot favqulodda zarurdir.<\/p>\n<p>Shu bois bugun O\u2018zbekiston sheriklarga umumiy xavfsizlik va farovonlik yo\u2018lidagi Samarqand birdamligi tashabbusini taqdim etishdan mamnundir.<\/p>\n<p>Bu tashabbusning maqsadi \u2013 bizning umumiy kelajagimizga befarq bo\u2018lmagan, ixtiloflarga qaramasdan kelishilgan yondashuvlar va qarorlarni izlashga tayyor, &laquo;Samarqand ruhi&raquo; tamoyillariga hamfikr bo\u2018lganlarning barchasini global sivilizatsiyalararo muloqotga jalb qilishdir.<\/p>\n<p>Uning amaliy ijrosiga doir masalalarni siyosiy yetakchilar, jamoatchilik, ishbilarmonlar, akademik va ekspert doiralarining nufuzli vakillari ishtirokida kelgusi yili Samarqand xalqaro forumida birgalikda ko\u2018rib chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p>Biz tez fursatlarda barcha sheriklarimizga taqdim etadigan sermazmun Harakatlar dasturi forum ishining asosi bo\u2018ladi. Sizlarning keng qo\u2018llab-quvvatlashingizga va tashabbusimizni targ\u2018ib qilishdagi ishtirokingizga umid qilaman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018zimning yakunida O\u2018zbekiston raisligidagi maqsadlarga erishishda faol ko\u2018maklashganingiz uchun barchangizga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.<\/p>\n<p>Ishonchim komilki, bugun qabul qilinayotgan hujjatlar va qarorlar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz taraqqiyoti hamda farovonligi yo\u2018lida mintaqaviy va global xavfsizlikni ta\u2019minlash maqsadida Shanxay hamkorlik tashkiloti yanada izchil rivojlanishiga hamda Tashkilotimiz nufuzining yuksalishiga munosib hissa bo\u2018lib qo\u2018shiladi.<\/p>\n<p>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga a\u2019zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisida nutq so\u2018zladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1455,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1466","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1466","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1466"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1466\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1469,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1466\/revisions\/1469"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1455"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1466"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1466"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1466"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}