{"id":1474,"date":"2022-09-08T09:33:00","date_gmt":"2022-09-08T09:33:00","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1474"},"modified":"2022-10-12T09:46:57","modified_gmt":"2022-10-12T09:46:57","slug":"the-central-bank-kept-the-main-rate-at-15-per-annum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-kept-the-main-rate-at-15-per-annum\/","title":{"rendered":"Markaziy bank asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qoldi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h4><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><span class=\"word\">Markaziy<\/span>\u00a0<span class=\"word\">bank<\/span>\u00a0<span class=\"word\">boshqaruvining<\/span>\u00a0<span class=\"word\">2022<\/span>\u00a0<span class=\"word\">yil<\/span>\u00a0<span class=\"word\">8<\/span>\u00a0<span class=\"word\">sentyabrdagi<\/span>\u00a0<span class=\"word\">yig\u2018ilishida<\/span>\u00a0<span class=\"word\">asosiy <\/span><span class=\"word\">stavka<\/span>\u00a0<span class=\"word\">yillik<\/span>\u00a0<span class=\"word\">15<\/span>\u00a0<span class=\"word\">foiz<\/span>\u00a0<span class=\"word\">darajasida<\/span>\u00a0<span class=\"word\">o\u2018zgarishsiz<\/span>\u00a0<span class=\"word\">qoldirildi<\/span><\/strong><\/span><\/h4>\n<p>Iyul-avgust oylarida narxlarning yillik o\u2018sish sur\u2019atlarini mo\u2018\u2019tadillashishi kuzatilib, o\u2018tgan yilning mos davridagi ko\u2018rsatkichlardan baland shakllandi. Shuningdek, iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalar may oyida kuzatilgan yuqori darajasiga nisbatan pasayishiga qarmasdan, hamon 14-15 foizni tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Kelgusi oylarda iqtisodiy faollikning yanada ortishi va qishloq xo\u2018jaligi sohalarida mavsumiy pul tushumlarining ko\u2018payishi hisobiga yalpi talabning o\u2018sishi, energiya ta\u2019minoti va ichki bozorda ayrim mahsulotlar taklifi bilan bog\u2018liq inflyatsion xatarlar saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Yuqoridagilarni inobatga olib, asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida saqlab qolish bo\u2018yicha qaror qabul qilindi. Bu, o\u2018z navbatida, milliy valyutadagi aktivlar jozibadorligini saqlab qolib, jamg\u2018arish va kredit kanallari orqali monetar omillar ta\u2019sirini yumshatishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Ichki iqtisodiy sharoitlar. Rag\u2018batlantiruvchi fiskal siyosat, tashqi savdo operatsiyalari hajmining sezilarli o\u2018sishi va iqtisodiyotga yo\u2018naltirilgan kredit qo\u2018yilmalari hajmining ortib borishi fonida iqtisodiy faollikdagi barqarorlik saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, iqtisodiyotning real sektori korxonalari o\u2018rtasida avgust oyida o\u2018tkazilgan so\u2018rov natijalariga ko\u2018ra, iqtisodiy faollik indeksi o\u2018tgan oylarga nisbatan yuqori darajada shakllanib 55 birlikni tashkil etdi.<\/p>\n<p>2022 yilning yanvar-avgust oylarida banklar tomonidan o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga, xususan, uy xo\u2018jaliklariga 50 foizga ko\u2018p kreditlar ajratildi.<\/p>\n<p>Nafaqa va ish haqilarning oshirilishi hamda transchegarviy pul o\u2018tkazmalari hajmlari o\u2018sishi, o\u2018z navbatida, savdo va pullik xizmat ko\u2018rsatish sohasida pul tushumlari hajmini o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga o\u2018sishiga omil bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Tashqi iqtisodiy sharoitlardagi mavjud noaniqliklar mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham ijobiy, ham salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda. Xususan, global logistika xizmatlari narxlari oshishi davom etayotgan bo\u2018lsa-da, asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o\u2018sishi sekinlashmoqda va ayrim turlari bo\u2018yicha pasaymoqda.<\/p>\n<p>Joriy yilning yanvar-avgust oylarida tashqi savdo operatsiyalari bo\u2018yicha eksport tushumlarida ham, import uchun to\u2018lovlarda ham o\u2018suvchi tendensiyalar kuzatildi. Eksport tushumlari o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 37 foizga, import to\u2018lovlari esa 27 foizga va transchegaraviy pul o\u2018tkazmalari hajmi 2,1 barobarga oshdi.<\/p>\n<p>Tashqi iqtisodiy aloqalarda kuzatilayotgan ushbu vaziyat, ichki valyuta bozorini muvozanatlashtirib, milliy valyuta almashuv kursi barqarorligiga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar. Iste\u2019mol bozorlarida talab va taklifga ta\u2019sir ko\u2018rsatuvchi ichki va tashqi iqtisodiy omillar hisobiga narxlarga bo\u2018lgan bosim yuqoriligicha qolmoqda. Avgust oyida yillik inflyatsiya sur\u2019ati 12,3 foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Yillik inflyatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 16,3 foizga oshgan bo\u2018lsa, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar mos ravishda 10,9 va 7,1 foizga qimmatlashdi.<\/p>\n<p>Avgust oyi natijalariga ko\u2018ra, aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari 15,3 foizgacha, tadbirkorlarning kutilmalari \u2013 14,1 foizgacha pasaygan bo\u2018lsa-da, joriy inflyatsiya sur\u2019atlariga nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, joriy yil davomida shakllangan bazaviy inflyatsiyaning o\u2018suvchi trendi ham iqtisodiyotda inflyatsion xatarlar saqlanib qolayotganini ko\u2018rsatmoqda. Yillik bazaviy inflyatsiya avgustda 12,4 foizni tashkil etib, uning umumiy inflyatsiyadagi hissasi 9,4 foiz bandgacha oshdi.<\/p>\n<p>Pul-kredit sharoitlari. Joriy yilning iyun-iyul oylarida asosiy stavkaning 2 foiz bandga pasaytirilishi va yillik inflyatsiyaning sezilarli o\u2018zgarishsiz prognozlar doirasida saqlanib qolayotganligi hisobiga iqtisodiyotda \u201cnisbatan qat\u2019iy\u201d pul-kredit sharoitlari yuzaga kelmoqda.<\/p>\n<p>Banklararo pul bozorida o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalari avgustda 14,6 foizgacha pasaydi va UZONIA indeksi kichik tebranishlar bilan to\u2018liq foiz koridori doirasida shakllandi.<\/p>\n<p>Asosiy stavka pasaytirilishi ta\u2019sirida milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo\u2018yicha o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalarida ham biroz pasayish kuzatilib, iyul oyida jismoniy shaxslarniki bo\u2018yicha 20,8 foizga va yuridik shaxslarniki \u2013 17,2 foizga teng bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Depozitlar bozoridagi ijobiy real foiz stavkalarning saqlanib qolayotganligi milliy valyutadagi muddatli depozitlarining hajmining joriy yilning o\u2018tgan 8 oyida sezilarli darajada o\u2018sishiga (25,3 foiz) ta\u2019sir ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>Milliy valyutadagi kreditlar foiz stavkalaridagi pasayish dinamikasi avgust oyida ham saqlanib qoldi.<\/p>\n<p>Xatarlar va noaniqliklar. Ichki iqtisodiy sharoitlarda narxlar va yalpi ichki talabning shakllanishi bilan bog\u2018liq bir qator xatarlar saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yillarda amalga oshirilgan va joriy yilda davom etayotgan fiskal rag\u2018batlantirishlarning ichki narxlarga oshiruvchi ta\u2019sirlari davom etmoqda. Xususan, fundamental omillar hisobiga bazaviy inflyatsiya o\u2018suvchi dinamikani hosil qilib, uning umumiy inflyatsiyadagi hissasi oshib bormoqda.<\/p>\n<p>Mahsulotlar taklifi bilan bog\u2018liq logistik muammolarning saqlanib qolayotganligi va asosiy import mahsulotlari narxlarini yuqori shakllanayotganligi (yilning qolgan qismida asosan nooziq-ovqat tovarlari bo\u2018yicha) kelgusi oylarda ham iste\u2019mol bozorlaridagi narxlarga oshiruvchi ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin.<\/p>\n<p>Shu bilan birgalikda, kuz oylarida iqtisodiy faollikni yanada jonlanishi va qishloq xo\u2018jaligi sohasida daromadlarning mavsumiy oshishi ichki iste\u2019mol bozorida yil so\u2018nggigacha qo\u2018shimcha talabni shakllantirib boradi. Kuz-qish mavsumida ayrim yoqilg\u2018i-energetika mahsulotlari va isitish vositalariga bo\u2018lgan talabning ortishi, tashish va yetkazib berish xizmatlari narxlarining o\u2018sishi bo\u2018yicha ham xavotirlarni yuzaga keltiradi.<\/p>\n<p>Global iqtisodiyotdagi o\u2018zgaruvchan vaziyat, xalqaro moliya bozorlarida sharoitlarning qat\u2019iylashtirilishi va inflyatsion jarayonlar natijasida yuzaga kelayotgan noaniqliklar, makroiqtisodiy prognozlar va baholashlarni amalga oshirishni murakkablashtirmoqda.<\/p>\n<p>Jahonda va savdo hamkorlarda iqtisodiy o\u2018sish bo\u2018yicha kutilmalar avvalgi prognozlarga nisbatan yomonlashgan, shuningdek asosiy xomashyo tovarlari narxlarining ham pasayib borish trendi kuzatilmoqda. Bu, o\u2018z navbatida, kelgusida tashqi talab hajmiga ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin.<\/p>\n<p>Mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta\u2019sirining saqlanib qolayotganligi va yuqori noaniqliklar sharoitida yil yakuni bo\u2018yicha inflyatsiya darajasining 12-14 foizlik prognoz koridorining quyi chegarasiga yaqin darajada shakllanishi borasidagi oxirgi prognozlar o\u2018zgarishsiz qoldirildi.<\/p>\n<p>Tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta\u2019sirida yuzaga keladigan inflyatsion omillar va xatarlar sinchkovlik bilan o\u2018rganilib, ularni bartaraf etish bo\u2018yicha tegishli choralar ko\u2018rib boriladi.<\/p>\n<p>Asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig\u2018ilishi 2022 yil 20 oktabr kuniga belgilangan.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy bank boshqaruvining 2022 yil 8 sentyabrdagi yig\u2018ilishida asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirildi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1475,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1474","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1474","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1474"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1474\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1480,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1474\/revisions\/1480"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1475"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1474"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1474"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1474"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}