{"id":1495,"date":"2022-10-12T04:27:24","date_gmt":"2022-10-12T04:27:24","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1495"},"modified":"2022-10-14T04:36:25","modified_gmt":"2022-10-14T04:36:25","slug":"cerr-experts-explained-what-is-the-reason-for-the-growth-of-business-activity-in-the-regions-of-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/cerr-experts-explained-what-is-the-reason-for-the-growth-of-business-activity-in-the-regions-of-uzbekistan\/","title":{"rendered":"Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari O\u2018zbekiston hududlarida ishbilarmonlik faolligining o\u2018sish sabablarini tushuntirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni baholash uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har oyda viloyat va tuman darajasida tadbirkorlik faoliyati holatini baholaydi.<\/p>\n<div class=\"cw-wrapper\">\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi hududlarida ishbilarmonlik faolligi tahlili har oyda<\/strong>\u00a0Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tezkor ma\u2019lumotlar asosida (respublikaning barcha sohalari bo\u2018yicha o\u2018tkazilgan monitoring, Davlat bojxona qo\u2018mitasi, DSQ, MB va O\u2018zRXTB) hisoblab chiqiladi.<\/p>\n<\/div>\n<p><strong>Monitoring natijalari shuni ko\u2018rsatdiki, joriy yilning 1 yanvaridan<\/strong><strong>\u00a0<\/strong><strong>30 sentyabrigacha bo\u2018lgan davrda respublikada soliq tushumlari hajmi o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 17,3%ga oshgan.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Jumladan,\u00a0<\/strong>Farg\u2018ona (<strong>39,5%<\/strong>), Samarqand (<strong>35,4%<\/strong>), Sirdaryo (<strong>33,2%<\/strong>), Xorazm (<strong>32,7%<\/strong>), Buxoro (<strong>32,2%<\/strong>) viloyatlarida, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida (<strong>33,4%<\/strong>) va Toshkent shahrida (<strong>42,2%<\/strong>)\u00a0<strong>soliq tushumlarining sezilarli o\u2018sishi qayd etildi.<\/strong><\/p>\n<p>Umuman olganda, ko\u2018rib chiqilayotgan davrda soliq tushumlarining ko\u2018payishiga bir vaqtning o\u2018zida bir qator o\u2018sish omillari ta\u2019sir ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<blockquote>\n<p><em>Elektron hisobvaraqlar tizimini, onlayn kassa tizimini joriy qilishni kengaytirish hisobiga, shuningdek aholiga xarid qiymatining 1 foizini keshbek sifatida qaytarib berish tartibining joriy qilinishi natijasida qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i (respublika bo\u2018yicha daromadning o\u2018sishi \u2013 32%) va aylanmadan olinadigan soliq (49%) tushumlari o\u2018sdi.<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p>Iqtisodiy faollikning ortishi natijasida rentabellik darajasining oshishi sub\u2019yektlar tomonidan to\u2018lanadigan foyda solig\u2018ini 38%ga oshirishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p><strong>Tahlil qilinayotgan davrda bojxona to\u2018lovlari<\/strong>\u00a0bo\u2018yicha tushumlar o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan\u00a0<strong>40,3%ga<\/strong>\u00a0oshdi. Bojxona tushumlarining eng katta o\u2018sishi Andijon (<strong>61,2%<\/strong>), Sirdaryo (<strong>48,0%<\/strong>), Jizzax (<strong>45,8%<\/strong>), Xorazm (<strong>48,6%<\/strong>) viloyatlarida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi (<strong>56,9<\/strong>%), va Toshkent shahrida (<strong>46,5%<\/strong>) kuzatildi.<\/p>\n<blockquote>\n<p><em>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahliliga ko\u2018ra, bojxona to\u2018lovlaridan olinadigan daromadning o\u2018sishiga ta\u2019sir ko\u2018rsatgan asosiy omillar 2022 yil yanvar-avgust oylarida import hajmining o\u2018tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 20 foizga oshishi bo\u2018ldi.<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p>Davlat bojxona qo\u2018mitasi ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, yil boshidan 30 sentyabrga qadar<strong>\u00a0tovarlar eksporti hajmi\u00a0<\/strong>o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan\u00a0<strong>25,5%ga<\/strong>\u00a0oshgan. Tovarlar eksport hajmining sezilarli o\u2018sishi Samarqand (<strong>35,5%<\/strong>), Andijon (<strong>35,3%<\/strong>), Sirdaryo (<strong>31,0%<\/strong>), Qashqadaryo (<strong>29,2%<\/strong>), Namangan (<strong>29,1%<\/strong>), viloyatlarida va Toshkent shahrida (<strong>55,3%<\/strong>) qayd etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston\u00a0<strong>eksportining o\u2018sishi<\/strong>\u00a0sanoat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, kimyo va qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari eksportining o\u2018sish sur\u2019atlari bilan izohlanadi.<\/p>\n<p>Tovar eksportining qisqarishi, Surxondaryo (<strong>10,0%<\/strong>), Buxoro (<strong>5,4%<\/strong>) viloyatlarida va Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida (<strong>10,2%<\/strong>) kuzatildi.<\/p>\n<p>Eksport hajmining kamayishi Buxoro viloyatida paxta tolasining ichki bozorga yo\u2018naltirilganligi bilan, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida plastmassa va undan tayyorlangan mahsulotlar, ip-kalava va (qizilmiya ildizidan tayyorlanadigan) farmatsevtika mahsulotlari eksportining kamayishi bilan, Surxondaryo viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari (dukkakli o\u2018simliklar, pomidor, mosh, piyoz) eksportining kamayishi bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Joriy yilning 1 yanvaridan 30 sentyabrigacha bo\u2018lgan davrda\u00a0<strong>tijorat banklari tomonidan berilgan kreditlar hajmi<\/strong>\u00a0o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan\u00a0<strong>6,6%ga<\/strong>\u00a0o\u2018sdi.<\/p>\n<p>Berilgan kreditlar hajmining o\u2018sishi Farg\u2018ona (<strong>29,8%<\/strong>), Toshkent (<strong>24,0%<\/strong>), Samarqand (<strong>17,7%<\/strong>), Andijon (<strong>16,1%<\/strong>) viloyatlarida, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida (<strong>18,3%<\/strong>) va Toshkent shahrida (<strong>11,3%<\/strong>) kuzatilgan.<\/p>\n<blockquote>\n<p><em>Tahlil qilinayotgan davrda\u00a0<strong>O\u2018zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida tuzilgan bitimlar hajmi 41,3%ga<\/strong>\u00a0o\u2018sdi.\u00a0<strong>Birjada savdo faolligining sezilarli o\u2018sishi<\/strong>\u00a0Xorazm (<strong>60,5%<\/strong>), Jizzax (<strong>58,3%<\/strong>), Navoiy (<strong>46,6%<\/strong>), Samarqand (<strong>46,1%<\/strong>) viloyatlarida va Toshkent shahrida (<strong>53,6%<\/strong>) kuzatildi.<\/em><\/p>\n<\/blockquote>\n<p>Ushbu hududlarda tuzilgan bitimlar hajmining o\u2018sishi mineral o\u2018g\u2018itlar, texnik chigitlar, avtomobil benzini, dizel yoqilg\u2018isi, qurilish va xo\u2018jalik materiallari, o\u2018simlik yog\u2018i, bug\u2018doy uni, bug\u2018doy, shakar, paxta tolasi, qora va rangli metallar, polietilen, polipropilen, etil spirti va boshqa mahsulotlar savdosining ko\u2018payishi hisobidan erishilgan.<\/p>\n<p>Tahlil qilinayotgan davrda\u00a0<strong>70 563<\/strong>\u00a0<strong>ta yangi xo\u2018jalik yurituvchi sub\u2019yektlar<\/strong>\u00a0tashkil etilib, ularning eng ko\u2018pi Samarqand (<strong>8 398<\/strong>), Qashqadaryo (<strong>6 812<\/strong>), Farg\u2018ona (<strong>6 720<\/strong>), Toshkent (<strong>5 212<\/strong>), Xorazm (<strong>4 567<\/strong>) viloyatlarida va Toshkent shahrida (<strong>11 700<\/strong>) ro\u2018yxatga olingan.<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/review.uz\/uz\/post\/ekspert-ceir-obyasnili-s-chem-svyazan-rost-biznes-aktivnosti-regionov-uzbekistana\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">review.uz<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni baholash uchun Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi har oyda viloyat va tuman darajasida tadbirkorlik faoliyati holatini baholaydi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1496,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1495","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1495","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1495"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1495\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1499,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1495\/revisions\/1499"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1496"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1495"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1495"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1495"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}