{"id":1555,"date":"2022-10-27T04:08:09","date_gmt":"2022-10-27T04:08:09","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1555"},"modified":"2022-10-28T05:05:18","modified_gmt":"2022-10-28T05:05:18","slug":"the-central-bank-of-the-republic-of-uzbekistan-has-kept-the-main-rate-unchanged-at-15-per-annum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-of-the-republic-of-uzbekistan-has-kept-the-main-rate-unchanged-at-15-per-annum\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022 yil 27 oktabrdagi yig\u2018ilishida asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirildi.<\/p>\n<p><em>Joriy yilning sentyabr oyidan boshlab narxlarning haftalik o\u2018sish sur\u2019atlarida biroz sekinlashish kuzatilayotgan bo\u2018lsa-da, inflyatsiyaning yillik ko\u2018rsatkichlari yuqoriligicha saqlanib qolmoqda. Iyul oyidan boshlab iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalar asta-sekin pasayib borishiga qaramasdan, bazaviy inflyatsiya dinamikasi o\u2018suvchi trendni hosil qilgan.<\/em><\/p>\n<p><em>Yil oxirigacha tashqi iqtisodiy muhitdagi noaniqliklar, global inflyatsion jarayonlar, yuqori ichki iqtisodiy faollik va mavsumiylikning iste\u2019mol narxlariga oshiruvchi ta\u2019siri bilan bog\u2018liq <strong>inflyatsion xatarlar<\/strong> saqlanib qolmoqda. Mazkur xatarlarni inobatga olib, asosiy stavkani yillik <strong>15 foiz darajasida saqlab qolish<\/strong> bo\u2018yicha qaror qabul qilindi.<\/em><\/p>\n<p><strong>Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar<\/strong>. Tashqi va ichki omillarlarning turli xil ko\u2018lamdagi ta\u2019sirlari joriy yilning sentyabr oyida <strong>yillik inflyatsiyani <\/strong>12,2 foizga teng bo\u2018lishiga sabab bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Yilning aprel-sentyabr oylarida mamlakatimizda kuzatilgan inflyatsion jarayonlar <strong>keng qamrovli xususiyatga ega bo\u2018ldi<\/strong>, ya\u2019ni iste\u2019mol savatidagi aksariyat tovar va xizmatlarning narxlarida sezilarli o\u2018sish kuzatilgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Avgust oyidan boshlab bazaviy inflyatsiya ko\u2018rsatkichi umumiy inflyatsiyadan yuqoriroq shakllana boshladi va sentyabr oyida yillik 12,7 foizgacha tezlashdi. Bazaviy inflyatsiyaning oshishiga bir tomondan import inflyatsiyasi ta\u2019sir ko\u2018rsatayotgan bo\u2018lsa, ikkinchi tomondan, o\u2018tgan davrda shakllangan yuqori yalpi ichki talab sezilarli bosim yaratmoqda.<\/p>\n<p>Sentyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari 15,2 foiz va tadbirkorlik sub\u2019ektlari kutilmalari 13,8 foiz doirasida shakllandi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlar narxlarining o\u2018suvchi dinamikasi va yoz oylarida meva-sabzavotlar o\u2018tgan yillardagidek arzonlashmaganligi iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalarni yuqori shakllanish omillari bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p>Mavjud inflyatsion jarayonlar, pul-kredit sharoitlari, import inflyatsiyasi ta\u2019sirining saqlanib qolayotganligi va yuqori noaniqliklar sharoitida yil yakuni bo\u2018yicha inflyatsiya darajasi 12-12,5 foiz atrofida shakllanishi hamda 2023 yil uchun esa bazaviy ssenariy doirasida 8,5-9,5 foizgacha pasayishi prognoz qilinmoqda.<\/p>\n<p>Ichki iqtisodiy sharoitlar. Yilning ikkinchi choragidan boshlab iqtisodiy faollikning jadallashishi kuzatilmoqda. Joriy yil 9 oyi yakuni bo\u2018yicha yalpi ichki mahsulotning real o\u2018sishi 5,8 foizni tashkil etib, qurilish ishlari va chakana savdo sohalarida o\u2018sish ko\u2018rsatkichlari o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Budjet sohasida oylik ish haqi va pensiyalar miqdorining oshirilishi hamda ajratilgan ijtimoiy transfertlar aholining real daromadlarini 10,7 foizga ko\u2018payishiga zamin yaratdi.<\/p>\n<p>Aholi daromadlari o\u2018sishiga mutanosib ravishda iste\u2019mol talabi ham oshib borib, iste\u2019mol tovarlari ishlab chiqarish va chakana savdo aylanmasi hajmlarida o\u2018z aksini topmoqda. Xususan, joriy yilning o\u2018tgan 9 oyida iqtisodiyotda iste\u2019mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 27 foizga va chakana savdo aylanmasi 10,8 foizga oshdi.<\/p>\n<p>Budjet xarajatlari, transchegaraviy pul o\u2018tkazmalarning yuqori sur\u2019atlari va iqtisodiyotga kredit qo\u2018yilmalar yalpi iste\u2019mol va iqtisodiy faollikni yil oxirgacha qo\u2018llab-quvvatlovchi omillardan bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy faollikning joriy tendensiyalari va moliyalashtirish bo\u2018yicha ko\u2018rilayotgan choralarni inobatga olib joriy yil oxirigacha iqtisodiy o\u2018sish prognozlari yaxshilanish tomongan qayta ko\u2018rib chiqildi. Joriy yil yakuni bo\u2018yicha yalpi ichki mahsulot 5,2-5,8 foizlik prognoz koridori doirasida bo\u2018lishi kutilmoqda (avvalgi prognoz 5-5,5 foiz).<\/p>\n<p>Yuzaga kelishi mumkin bo\u2018lgan xatarlarni va tashqi sharoitlardagi noaniqliklarni inobatga olib bazaviy ssenariy doirasida 2023 yil uchun iqtisodiy o\u2018sish sur\u2019atlari joriy yilgidan biroz sekinlashib 4,5-5 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.<\/p>\n<p>Tashqi iqtisodiy sharoitlar. Jahon bozorlarida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, xomashyolar va energiya resurslari narxining ortishi fonida joriy yilning uchinchi choragida ham global inflyatsiya o\u2018sishda davom etmoqda.<\/p>\n<p>Inflyatsion jarayonlarni jilovlash maqsadida aksariyat markaziy banklar tomonidan pul-kredit sharoitlarining qat\u2019iylashtirilishi va mos ravishda moliyaviy resurslar narxining qimmatlashib borishi kuzatilmoqda. Xususan, AQSH Federal zaxira banki tomonidan pul-kredit sharoitlarining qat\u2019iylashtirilishi hisobiga dunyoning aksariyat valyutalari AQSH dollariga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Dollar indeksi yil boshiga nisbatan 17 foizga oshib 112 bandni tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Bu esa, iste\u2019molda import ulushi yuqori bo\u2018lgan va inflyatsion kutilmalari valyuta kursiga ta\u2019sirchan davlatlarda inflyatsion jarayonlarning yanada tezlashishiga olib kelmoqda.<\/p>\n<p>Tashqi vaziyat va savdo hamkorlardagi o\u2018zgarishlarga tashqi iqtisodiy munosabatlarning moslashib borishi hisobiga mamlakatimizga valyuta oqimlari hajmida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, joriy yilning o\u2018tgan 9 oyida oltinsiz eksport hajmi o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 23,6 foizga ortib \u2013 11,1 mlrd. dollarni, mamlakatimizga pul o\u2018tkazmalari hajmi 2,2 barobarga ortib \u2013 12,6 mlrd dollarni, aholining banklardan valyuta xaridi va sotuvi o\u2018rtasidagi ijobiy tafovut \u2013 2,5 mlrd. dollarni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Pul-kredit sharoitlari. Pul bozoridagi vaziyat va shakllanayotgan foiz stavkalari pul-kredit sharoitlaridagi o\u2018zgarishlarga nisbatan moslashib bormoqda. Sentyabr oyida \u201cUZONIA\u201d stavkasi ham oy davomida 14-14,5 foiz doirasida shakllangan bo\u2018lsa, davlat qimmatli qog\u2018ozlari bo\u2018yicha daromadlilik muddatiga qarab 16-18 foiz atrofida bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Depozit foiz stavkalarining real hisobda ijobiy shakllanayotganligi aholining milliy valyutada jamg\u2018arish faolligining ortishiga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, joriy yilning o\u2018tgan davrida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari 1,5 barobarga oshdi.<\/p>\n<p>Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar darajasida ijobiy o\u2018zgarishlar sezila boshlagan bo\u2018lsa ham, tashqi xatarlar va noaniqliklar yuqoriligicha saqlanib qolayotganligi, pul-kredit sharoitlarini o\u2018zgartirishda ehtiyotkorona yondashuvni kelgusida ham saqlab qolishni talab etadi.<\/p>\n<p>Tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta\u2019sirida yuzaga keladigan inflyatsion omillar va xatarlar sinchkovlik bilan o\u2018rganilib, ularni bartaraf etish bo\u2018yicha tegishli choralar ko\u2018rib boriladi.<\/p>\n<p><em>Asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig\u2018ilishi 2022 yil 15 dekabr kuniga belgilangan.<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022 yil 27 oktabrdagi yig\u2018ilishida asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1556,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1555","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1555","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1555"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1555\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1559,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1555\/revisions\/1559"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1556"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1555"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1555"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1555"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}