{"id":1580,"date":"2022-11-03T06:48:19","date_gmt":"2022-11-03T06:48:19","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1580"},"modified":"2022-11-03T06:52:32","modified_gmt":"2022-11-03T06:52:32","slug":"address-to-the-participants-of-the-ii-international-economic-forum-of-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/address-to-the-participants-of-the-ii-international-economic-forum-of-uzbekistan\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston II Xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilariga murojaat"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Siz, azizlarni Buyuk ipak yo\u2018lining muhim chorrahasi bo\u2018lgan qadimiy va betakror Samarqand shahrida II O\u2018zbekiston xalqaro iqtisodiy forumining ochilishi bilan chin qalbimdan samimiy qutlab, barchangizga o\u2018zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.<\/p>\n<p>Bu yilgi anjumanning asosiy muloqot mavzusi \u201cInson manfaatlarini iqtisodiy islohotlarning bosh mazmuniga aylantirish\u201d masalasiga bag\u2018ishlangani bejiz emas.<\/p>\n<p>Dunyoda davom etayotgan murakkab pandemiya va global iqtisodiy inqiroz oqibatlari, turli notinchliklar va ziddiyatlar fonida yuzaga kelayotgan oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta\u2019minlash, iqlim o\u2018zgarishi muammolari inson taqdiri haqida jiddiy bosh qotirishni kun tartibiga dolzarb masala qilib qo\u2018yayotganini albatta hammamiz ko\u2018rib turibmiz.<\/p>\n<p>Bugungi forum nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar va taniqli ekspertlar ishtirokida bu boradagi ilg\u2018or tajribalarni muhokama qilish hamda birgalikda umumiy harakatlar rejasini ishlab chiqish uchun qulay imkoniyat bo\u2018lib xizmat qiladi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Biz xalqimiz bilan bamaslahat ishlab chiqilgan va hozirgi vaqtda jadal amalga oshirilayotgan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasida \u201cInson qadri uchun\u201d degan ezgu g\u2018oya asosida barcha sohalarda faol islohotlarni amalga oshirish bo\u2018yicha ustuvor vazifalarni belgilab oldik.<\/p>\n<p>Xususan, mamlakatimizda 2022-2026-yillarda inklyuziv va barqaror iqtisodiy o\u2018sishga erishish, inson kapitalini rivojlantirish va kambag\u2018allikni kamida 2 barobarga qisqartirishni maqsad qilganmiz. Buning uchun, biz quyidagi ustuvor vazifalarni tizimli ravishda amalga oshirmoqdamiz.<\/p>\n<p>Birinchidan, iqtisodiyotda xususiy sektor rolini tubdan oshirish, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash, investitsiya va sog\u2018lom raqobat muhitini yaxshilashga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada hududlarning sharoiti, o\u2018ziga xos xususiyati va imkoniyatidan kelib chiqqan holda, biznes uchun soliq yukini izchil kamaytirib borish va moliyaviy resurslar bilan ta\u2019minlash katta ahamiyat kasb etmoqda.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, aholining turmush sifatini oshirish va yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsadida har bir mahallaning infratuzilmasini rivojlantirish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli dasturlarni hayotga joriy etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Jumladan butun respublikamiz bo\u2018yicha \u201cObod qishloq\u201d, \u201cObod mahalla\u201d va \u201cTashabbusli budjet\u201d dasturlari doirasida aholi uchun zarur bo\u2018lgan ichimlik suv, elektr energiyasi ta\u2019minoti, ichki yo\u2018llar holati yaxshilanib, ta\u2019lim, tibbiyot muassasalari va boshqa ijtimoiy ob\u2019ektlar barpo etilmoqda.<\/p>\n<p>Uchinchidan, aholining kambag\u2018al va ehtiyojmand qatlamlarini manzilli ijtimoiy himoya tizimi bilan to\u2018liq qamrab olish, ularni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash ko\u2018lamini kengaytirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Bunda professional ta\u2019lim sifatini oshirish, mehnat bozorida talab yuqori bo\u2018lgan zamonaviy kasb-hunarlarga o\u2018qitish orqali aholini, birinchi navbatda yoshlarni va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va kafolatli daromad manbai bilan ta\u2019minlash masalasi strategiyamizda muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, tashqi bozorlar va hamkor davlatlarda yuzaga kelgan tahlikali vaziyat sharoitida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta\u2019minlash hamda inflyatsiya sur\u2019atlarini jilovlash choralari ko\u2018rilmoqda. Natijada, joriy yilda mamlakatimizda 5\u00a0foizdan yuqori iqtisodiy o\u2018sish kutilmoqda.<\/p>\n<p>Beshinchidan, qishloq xo\u2018jaligiga suv va resurs tejovchi, \u201caqlli\u201d texnologiyalarni joriy etgan holda, mahsulot ishlab chiqarishning barqaror tizimlarini yaratish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash doimiy diqqat markazimizda bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Oltinchidan, barcha hamkor davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlikni kengaytirish, raqobatbardosh mahsulotlar bilan tashqi bozorlarga chiqish, bu borada transport-logistika tizimlarini rivojlantirish orqali o\u2018zaro bog\u2018liqlikni ta\u2019minlash islohotlarimizning asosiy yo\u2018nalishlaridan biridir.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli forum ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Albatta, Yangi O\u2018zbekiston o\u2018z oldiga qo\u2018ygan yuksak marralarni amalga oshirishda xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va yetakchi kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, bizga xayrixoh bo\u2018lgan, birgalikdagi loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etayotgan barcha hamkorlarimizga o\u2018z minnatdorligimni bildiraman.<\/p>\n<p>Aminmanki, tadbirda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki singari nufuzli tashkilotlar vakillari va salohiyatli investorlar qatnashayotgani mazkur forum ishini yanada samarali bo\u2018lishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Bugungi anjuman ishtirokchilari yangi loyihalarni amalga oshirish bo\u2018yicha o\u2018zaro manfaatli kelishuvlarga erishib, sheriklik aloqalarimizni yanada kengaytirishga munosib hissa qo\u2018shadilar, deb ishonaman.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, barchangizga mustahkam sog\u2018liq, sharafli va mas\u2019uliyatli faoliyatingizda ulkan kuch-g\u2018ayrat va omadlar, forum ishiga esa katta muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/5662\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/5662<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev O&#8217;zbekiston II xalqaro iqtisodiy forumi ishtirokchilariga murojaat qildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1587,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1580","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1580","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1580"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1580\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1588,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1580\/revisions\/1588"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1587"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1580"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1580"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1580"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}