{"id":1603,"date":"2022-11-16T04:46:04","date_gmt":"2022-11-16T04:46:04","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1603"},"modified":"2022-11-17T05:02:53","modified_gmt":"2022-11-17T05:02:53","slug":"the-first-plenary-session-of-the-foreign-investors-council-under-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-was-held","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-first-plenary-session-of-the-foreign-investors-council-under-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-was-held\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>16-noyabr kuni \u201cKo\u2018ksaroy\u201d qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida\u00a0davlatimiz rahbari huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Tadbirda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, \u00abSuez\u00bb, \u00abCalik Holding\u00bb, \u00abCengiz Enerji\u00bb, \u00abHalyk Bank\u00bb, \u00abVEON Group\u00bb, \u00abTBC Bank\u00bb, Abu-Dabi taraqqiyot fondi, \u00abACWA Power\u00bb, \u00abZeppelin International AG\u00bb, \u00abEDF\u00bb, \u00abAME International\u00bb, \u00abCNH Industrial\u00bb, \u00abYoungone Corporation\u00bb, \u00abProcter &amp; Gamble\u00bb, \u00abMitsui\u00bb, \u00abSojitz Generation DMCC\u00bb, \u00abKIA Motors\u00bb, \u00abGeneral Electric\u00bb, \u00abJohn Deere\u00bb, \u00abSilverleafe\u00bb, \u00abKnauf\u00bb, \u00abWhite&amp;Case\u00bb kabi yetakchi kompaniya va banklar rahbarlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy institutlar \u2013 Jahon banki, Xalqaro moliyaviy korporatsiya, Osiyo taraqqiyot banki va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Xorijiy investorlar kengashi O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo\u2018lib, uning asosiy vazifasi ilg\u2018or jahon tajribasi va amaliyotlariga tayangan holda O\u2018zbekiston hukumatiga mamlakatni investitsiyaviy, sanoat-texnologik va innovatsion rivojlantirishning eng muhim yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha maslahatlar berishdan iborat.<\/p>\n<p>Ushbu maslahat organining birinchi sessiyasida uzoq muddatli va o\u2018zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish, mamlakatimizda ustuvor yo\u2018nalishlarda aniq kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari o\u2018z nutqida global miqyosdagi inqirozli hodisalar sharoitida, o\u2018zaro ishonch va hurmatga asoslangan yaqin hamkorlikka bo\u2018lgan ehtiyoj ortib borayotgan vaziyatda bugungi yig\u2018ilish alohida ahamiyatga ega ekanini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda O\u2018zbekistonda keng ko\u2018lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, milliy iqtisodiyotimizning ochiqligini ta\u2019minlash va uning xalqaro bozorlarga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar yaratish ushbu yangilanishlarning ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri sifatida belgilab olingani qayd etildi.<\/p>\n<p>Jumladan, valyuta bozori erkinlashtirildi, xususiy investorlarga energetika, geologiya-qidiruv, kimyo va neft kimyosi, tibbiyot va ta\u2019lim kabi sohalarda faoliyat yuritish imkoniyatlari kengaytirildi.<\/p>\n<p>Xususiy biznesni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha inqilobiy qarorlar qabul qilindi. Bu sohada ikki yuzdan ortiq litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi. Tadbirkorlikning soliq yuki qisqartirildi, xorijiy investitsiyalar uchun maksimal darajada qulay sharoitlar yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Natijada, pandemiya va tashqi bozorlardagi og\u2018ir vaziyatga qaramasdan, iqtisodiy o\u2018sishning ijobiy dinamikasi saqlab qolindi va davom ettirilmoqda. So\u2018nggi 5 yilda iqtisodiyotimizga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi 10 baravar oshib, qariyb 40 milliard dollarni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz, eng avvalo, sanoat sohalarini modernizatsiya va transformatsiya qilish, ishlab chiqarish, kommunal va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirishga yanada ko\u2018proq investitsiyalarni yo\u2018naltirish uchun aniq loyiha va dasturlar ishlab chiqilganini ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yetakchisi kengash doirasidagi faoliyatning bosh maqsad-vazifalarni hamda xorijiy investorlar bilan sheriklikni yanada kengaytirishning ustuvor yo\u2018nalishlarini belgilab berdi.<\/p>\n<p>Bu, eng avvalo, investorlarning huquq va manfaatlarini ta\u2019minlash va himoya qilish kafolatlarini mustahkamlashdir. Shu ma\u2019noda davlatimiz rahbari kengash huzurida Investorlarning huquqlarini himoya qilish qo\u2018mitasini tuzishni taklif etdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bank-moliya sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirishga intilib, sarmoyadorlarning bu sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslari uchun ochiq ekani ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz iqtisodiy siyosatining muhim yo\u2018nalishlaridan biri \u2013 davlatning iqtisodiyotdagi ulushini kamaytirish va xususiylashtirishni kengaytirish. Barcha tarmoqlarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston tabiiy resurslar borasida ulkan imkoniyatlarga ega ekani, ularni o\u2018zlashtirishda ishtirok etish uchun xorijiy investorlarga keng sharoitlar yaratilgani ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>\u201cRaqamli O\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi qabul qilingan va amalga oshirilmoqda. Uning doirasida mamlakatimizdagi raqamlashtirish jarayonlariga xorijdan sarmoya va texnologiyalarni faol jalb etishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>\u201cYashil\u201d iqtisodiyotni rivojlantirishga ham alohida e\u2019tibor qaratilmoqda, qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish va mutaxassislar tayyorlash bo\u2018yicha ta\u2019sirchan choralar ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti yig\u2018ilishda hozir bo\u2018lgan barcha investor va hamkorlarni qayd etilgan loyiha va dasturlarda faol ishtirok etishga chaqirdi.<\/p>\n<p>Majlisda so\u2018zga chiqqan Kengash a\u2019zolari keyingi yillarda Yangi O\u2018zbekistondagi islohotlar dasturining yuksak muvaffaqiyatlarini, ular natijasida biznes bilan shug\u2018ullanish va istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilganini qayd etdilar. Investorlarning faoliyatiga har tomonlama ko\u2018mak ko\u2018rsatilayotgani uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik, bundan buyon ham o\u2018zaro manfaatli sheriklik qilishga tayyorlik bildirildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilish yakunida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti xorijiy investorlar bilan tizimli hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish, bugungi majlisda bildirilgan takliflar asosida aniq muddat va ijrochilarni ko\u2018rsatgan holda \u201cyo\u2018l xaritasi\u201dni ishlab chiqish bo\u2018yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/5704\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/5704<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>16-noyabr kuni \u201cKo\u2018ksaroy\u201d qarorgohida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida davlatimiz rahbari huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisi bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1604,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1603","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1603","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1603"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1603\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1607,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1603\/revisions\/1607"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1604"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1603"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1603"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1603"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}