{"id":1608,"date":"2022-11-16T05:05:02","date_gmt":"2022-11-16T05:05:02","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1608"},"modified":"2022-11-17T05:16:41","modified_gmt":"2022-11-17T05:16:41","slug":"address-by-the-president-shavkat-mirziyoyev-at-the-first-plenary-session-of-the-foreign-investors-council-under-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/address-by-the-president-shavkat-mirziyoyev-at-the-first-plenary-session-of-the-foreign-investors-council-under-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan\/","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyevning O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>Hurmatli xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Muhtaram mehmonlar!<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Avvalo, Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi yig\u2018ilishining barcha ishtirokchilarini samimiy qutlayman.<\/p>\n<p>Bugungi anjumanimizda jahonning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari bo\u2018lgan siz, qadrli do\u2018stlarimiz va hamkorlarimizni ko\u2018rib turganimdan g\u2018oyat mamnunman.<\/p>\n<p>Katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo\u2018lgan ushbu yig\u2018ilishni tashkil etishda ko\u2018rsatgan ko\u2018magi uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti hurmatli Odil Reno-Basso xonimga o\u2018z minnatdorchiligimni bildiraman.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Bugungi kunda jahonda jiddiy global o\u2018zgarishlar yuz bermoqda.<\/p>\n<p>Dunyo hamjamiyati pandemiyadan xalos bo\u2018lishga ulgurmay, yangi qiyinchilik va sinovlarga duch kelmoqda. Turli ziddiyat va qarama-qarshiliklar tobora kuchayib bormoqda.<\/p>\n<p>Chindan ham, bunday og\u2018ir va murakkab sharoitda o\u2018zaro ishonch va hurmatga asoslangan yaqin hamkorlikning ahamiyati har tomonlama ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Aynan shu sababli Xorijiy investorlar kengashining bugungi yig\u2018ilishi alohida muhim ahamiyatga ega, desak, o\u2018ylaymanki, to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hurmatli tadbir ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlarga yaxshi ma\u2019lumki, biz so\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda keng ko\u2018lamli islohotlarni amalga oshirib kelmoqdamiz.<\/p>\n<p>Milliy iqtisodiyotning ochiqligini ta\u2019minlash va uning jahon iqtisodiyotiga integratsiyasi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni islohotlarning asosiy yo\u2018nalishi etib belgiladik.<\/p>\n<p>Shu maqsadda valyuta bozorini erkinlashtirdik, xususiy investorlarga energetika, geologiya-qidiruv, kimyo va neft kimyosi, tibbiyot va ta\u2019lim kabi sohalarda faoliyat yuritish imkoniyatlarini kengaytirdik.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi.<\/p>\n<p>Bu boradagi ishlarni tizimli muvofiqlashtirib borish uchun alohida agentlik tashkil etildi.<\/p>\n<p>Zamonaviy iqtisodiyot drayveri bo\u2018lgan xususiy biznesni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha inqilobiy qarorlar qabul qildik. Bu sohada ikki yuzdan ortiq litsenziya va ruxsatnomalarni bekor qildik.<\/p>\n<p>Soliqlarning umumiy soni 13 tadan 9\u00a0taga qisqardi, ayrim soliq stavkalari 2 barobarga tushirildi. Kelgusi yildan boshlab qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i stavkasi 15 foizdan 12 foizga kamaytiriladi.<\/p>\n<p>Biz milliy iqtisodiyotimiz rivoji uchun xorijiy investitsiyalar qanchalik zarur ekanini juda yaxshi tushunamiz.<\/p>\n<p>Shu bois investorlarning huquqiy maqomini aniq belgilash va ularning manfaatlarini himoya qilish uchun investitsiyalar to\u2018g\u2018risida alohida qonun qabul qildik.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida biznes\u2013ombudsman instituti joriy etildi.<\/p>\n<p>Ana shunday chora-tadbirlar global miqyosdagi beqarorlik va inqirozlar sharoitida ham milliy iqtisodiyotimiz o\u2018sishini ta\u2019minlashga yordam berdi.<\/p>\n<p>Xususan, pandemiya avj olgan davrda, tashqi bozorlardagi og\u2018ir vaziyatga qaramasdan, iqtisodiy o\u2018sishning ijobiy dinamikasini saqlab qoldik.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yili bu ko\u2018rsatkich 7 foizdan oshdi. Joriy yilda ham iqtisodiyotimiz o\u2018sishda davom etayapti.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni qo\u2018llab-quvvatlab, biz bilan hamkorlik qilib kelayotgan barcha biznes vakillariga chuqur minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hurmatli investorlar!<\/strong><\/p>\n<p>Qulay investitsiya muhitini yaratish bo\u2018yicha amalga oshirgan islohotlarimiz natijasida\u00a0so\u2018nggi 5 yilda iqtisodiyotimizga kirib kelgan xorijiy investitsiyalar hajmi 10\u00a0baravar oshib, qariyb 40\u00a0milliard dollarni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Biz 10 yil ichida yalpi ichki mahsulot hajmini hozirgidan ikki barobarga oshirishni maqsad qilganmiz. Bunga erishish uchun bizda xohish-iroda ham, imkoniyat ham yetarli.<\/p>\n<p>O\u2018z oldimizga qo\u2018ygan bunday yuksak marralar uchun sarmoyalar hajmini kelgusi 5 yilda 120\u00a0milliard dollarga yetkazish, jumladan, kamida 70 milliard dollar xorijiy investitsiyalar jalb qilishni hisob-kitob qilganmiz.<\/p>\n<p>Ushbu investitsiyalarni, eng avvalo, sanoat sohalarini modernizatsiya va transformatsiya qilish, ishlab chiqarish, kommunal va transport infratuzilmasini jadal rivojlantirishga yo\u2018naltirish uchun aniq loyihalar va dasturlarimiz bor.<\/p>\n<p>Shuningdek, ta\u2019lim va sog\u2018liqni saqlash kabi davlat qaramog\u2018idagi an\u2019anaviy sohalarga ham xususiy investitsiyalar jalb qilish kun tartibimizda turadi.<\/p>\n<p>Biz xorijiy investorlarni o\u2018zaro manfaatli yangi loyihalarni ishlab chiqish va birgalikda amalga oshirishga chaqiramiz.<\/p>\n<p>Sizlarni ishontirib aytmoqchimanki, Yangi O\u2018zbekistonda investorlar o\u2018zini erkin his qilishi, ertangi kunga katta ishonch bilan barqaror ishlashi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beramiz.<\/p>\n<p>Aynan shuning uchun\u00a0bizga yaqin do\u2018st, xayrixoh bo\u2018lgan eng ishonchli investorlar ishtirokida yangi Kengashni tashkil etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Sizlar bilan uzoq muddatli, o\u2018zaro manfaatli investitsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishimizga aminman.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Qadrli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlarni ishontirib aytmoqchimanki, biz yurtimizda ochiq, jadal rivojlanayotgan zamonaviy davlat qurish maqsadida boshlangan islohotlar yo\u2018lidan ortga qaytmaymiz.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, sizlarning har biringizda aniq va konstruktiv takliflar bor.<\/p>\n<p>Sizlarning ko\u2018magingiz bilan biz Kengash doirasida rivojlantirmoqchi bo\u2018lgan bir qator sohalarga qisqacha to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p>Birinchidan, biz qonun ustuvorligini Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyotining bosh tamoyillaridan biri etib belgiladik.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda yurtimizda xususiy mulk daxlsizligini ta\u2019minlash va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish borasida misli ko\u2018rilmagan choralar hayotga joriy etildi.<\/p>\n<p>Bundan buyon fuqaro va tadbirkorlarga mulk huquqini so\u2018zsiz ta\u2019minlash va himoya qilish shaffof va adolatli sud-huquq tizimi tomonidan kafolatlanadi.<\/p>\n<p>Biz kuni kecha sud sohasiga bag\u2018ishlangan majlisda bu borada islohotlarning navbatdagi bosqichidagi ustuvor yo\u2018nalishlarni belgilab oldik.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda ilg\u2018or xorijiy amaliyot va tajribani joriy etish maqsadida Xorijiy investorlar kengashi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Investorlarning huquqini himoya qilish qo\u2018mitasini tashkil qilishni taklif etaman.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, biz bank-moliya sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish niyatidamiz.<\/p>\n<p>Gap mazkur sohada sog\u2018lom raqobat muhitini yaratish, xorijiy banklarni O\u2018zbekistonga faol jalb etish, samarali fond bozorini shakllantirish haqida bormoqda.<\/p>\n<p>Bu zalda bank sohasiga investitsiya kiritgan xorijiy hamkorlarimizni ko\u2018rish bizga katta mamnuniyat bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p>Biz xorijiy sarmoyadorlarning bank-moliya sohasini yanada takomillashtirishga qaratilgan taklif va tashabbuslari uchun ochiqmiz.<\/p>\n<p>Uchinchidan, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va xususiylashtirishni yanada chuqurlashtirish asosiy maqsadlarimizdan biri bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekistonda 1\u00a0ming 200\u00a0ta davlat korxonalari xususiylashtirildi. Kelgusi yilning o\u2018zida yana mingga yaqin korxona va ko\u2018chmas mulk obyektlarini xususiylashtirishni rejalashtirganmiz.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, davlat-xususiy sheriklik mexanizmini iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga faol tatbiq etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Qisqa muddatda mazkur yo\u2018nalishda sezilarli natijalarga erishdik.<\/p>\n<p>Birgina energetika sohasida O\u2018zbekiston ushbu mexanizmlardan foydalangan holda\u00a08 milliard dollardan ortiq mablag\u2018ni jalb etdi.<\/p>\n<p>Bu loyihalarga sarmoya tikib borayotgan hamkorlarimizni ham bugun tadbirda ko\u2018rib turganimdan mamnunman.<\/p>\n<p>Kengash a\u2019zolarini xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik dasturlarida faol ishtirok etishga taklif qilamiz.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, O\u2018zbekistonning boy tabiiy resurslarini o\u2018zlashtirishda katta imkoniyatlar mavjud.<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, mamlakatimiz oltin zaxiralari bo\u2018yicha dunyoda 2-o\u2018rin, mis bo\u2018yicha 7-o\u2018rin, volfram bo\u2018yicha 8-o\u2018rin, kumush bo\u2018yicha 9-o\u2018rin, uran bo\u2018yicha 12-o\u2018rinni egallaydi.<\/p>\n<p>Foydali qazilma konlarini o\u2018zlashtirish sohasiga yirik investitsiyalarni jalb etish maqsadida geologik ma\u2019lumotlarni ochiq e\u2019lon qildik.<\/p>\n<p>O\u2018ndan ortiq turdagi strategik foydali qazilmalarni o\u2018zlashtirish uchun soliq stavkalarini pasaytirdik, yer solig\u2018ini bekor qildik, maxsus texnikalarni bojxona to\u2018lovlaridan ozod etdik.<\/p>\n<p>Biz xomashyoni chuqur qayta ishlash bo\u2018yicha aniq loyihalarni tayyorladik.<\/p>\n<p>Birgina misol. O\u2018zbekistonda yiliga 150 ming tonna mis qazib olinadi va uning atigi 70 ming tonnasi qayta ishlanadi.<\/p>\n<p>Yaqin yillarda mis ishlab chiqarish hajmini 500 ming tonnaga yetkazamiz.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan mis klasterini barpo etishga kirishdik.<\/p>\n<p>Uning hududida mis folgasi, elektrodvigatellar, quyosh panellari, kabel-o\u2018tkazgich mahsulotlari va boshqa yuqori qo\u2018shilgan qiymatli tovarlarni ishlab chiqarish bo\u2018yicha loyihalarni amalga oshira boshladik.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, elektromobillarni ishlab chiqarish tarmog\u2018iga asos solish niyatidamiz.<\/p>\n<p>Siz, hurmatli investorlarni ushbu yo\u2018nalishlarda amaliy hamkorlik qilishga da\u2019vat etamiz.<\/p>\n<p>Beshinchidan, O\u2018zbekistonda raqamlashtirish sohasiga investitsiyalarni jalb etishga ham alohida e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Biz \u201cRaqamli O\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasini qabul qildik.<\/p>\n<p>Ushbu hujjatda barcha muhim sohalarni raqamlashtirish nazarda tutilgan.<\/p>\n<p>Biz mamlakatimiz hududlarida IT-parklarni tashkil etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Bunday parklar rezidentlari barcha soliqlardan va yig\u2018imlardan ozod qilingan.<\/p>\n<p>Xorijiy investorlar va texnologiyalarning faol ishtirokisiz ushbu sohani rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushunamiz.<\/p>\n<p>Shu sababli Kengash a\u2019zolari bilan mazkur yo\u2018nalishda qo\u2018shma loyihalarni amalga oshirishda samarali hamkorlikka umid qilamiz.<\/p>\n<p>Oltinchidan, O\u2018zbekiston \u201cyashil iqtisodiyot\u201dni rivojlantirish jarayonida faol qatnashmoqda.<\/p>\n<p>Qabul qilingan Strategiyamizga muvofiq, 2026-yilga borib muqobil manbalardan olinadigan energiyaning umumiy generatsiyadagi ulushini 25 foizga yetkazamiz.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ilmiy-texnik salohiyatni rivojlantirish va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohasida mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratishni mo\u2018ljallamoqdamiz.<\/p>\n<p>Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Jahon banki bilan birga 2050-yilgacha milliy iqtisodiyotni dekarbonizatsiya qilish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik.<\/p>\n<p>\u201cYashil\u201d loyihalarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni davom ettirishdan manfaatdormiz\u00a0va ularda Kengash a\u2019zolarining ishtirokini qo\u2018llab-quvvatlashga tayyormiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Afsuski, ajratilgan vaqt hamkorlikning barcha istiqbolli yo\u2018nalishlarini batafsil muhokama qilish imkonini bermaydi.<\/p>\n<p>Shuning uchun xorijiy investorlar bilan ishlashni quyidagi tartibda tashkil etish zarur, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Qayd etilgan har bir ustuvor yo\u2018nalishni amalga oshirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida Sarmoyadorlarni qo\u2018llab-quvvatlash ishchi guruhi tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Ushbu ishchi guruh Xorijiy investorlar kengashi huzurida faoliyat yuritadi hamda chet ellik sarmoyadorlarni kompleks va tizimli ravishda qo\u2018llab-quvvatlash bilan shug\u2018ullanadi.<\/p>\n<p>Xususan, investorni aeroportda kutib olishdan tortib, biznes uchun zarur ruxsatnoma va litsenziyalar berishgacha bo\u2018lgan barcha xizmatlarni \u201cyagona oyna\u201d tamoyili asosida ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Yangi ishchi guruhning faoliyatini Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o\u2018rinbosari Laziz Kudratov muvofiqlashtirib boradi.<\/p>\n<p>U boshqa barcha masalalardan ozod qilinib, bor e\u2019tiborini faqat investorlar bilan ishlashga qaratadi.<\/p>\n<p>Bosh vazir o\u2018rinbosarlari J.Xodjayev, J.Qo\u2018chqorov, J.Mirzamaxmudov o\u2018z yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha kelib tushadigan murojaatlarni ijobiy hal etishni ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>Ishchi guruh Kengash kotibiyati bilan, xorijiy investorlar takliflari asosida, aniq loyihalar, ularni amalga oshirish uchun qonunchilikni takomillashtirish, muddatlar va mas\u2019ul ijrochilar belgilangan \u201cyo\u2018l xaritasi\u201dni ishlab chiqishi lozim.<\/p>\n<p>***<\/p>\n<p><strong>Hurmatli tadbir ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Birinchi navbatda, bildirgan qimmatli g\u2018oya va takliflaringiz uchun barchangizga o\u2018zimning chuqur tashakkurimni izhor qilmoqchiman.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bilan konstruktiv va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirish borasidagi e\u2019tiboringiz va qat\u2019iy niyatlaringizni yuksak qadrlayman.<\/p>\n<p>Takror aytaman: O\u2018zbekistonda biznesingiz muvaffaqiyatli bo\u2018lishi, mamlakatimizda o\u2018zingizni ishonchli, erkin va qulay his etishingiz uchun barcha choralarni ko\u2018ramiz.<\/p>\n<p>Sizlar bergan takliflar alohida \u201cyo\u2018l xaritalari\u201dga kiritiladi.<\/p>\n<p>Yana bir bor hurmatli Odil Reno-Basso xonimga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O\u2018zbekistondagi barcha islohot va o\u2018zgarishlarni doimiy qo\u2018llab-quvvatlab kelayotgani hamda qo\u2018shma dastur va tashabbuslarni samarali amalga oshirayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman.<\/p>\n<p>Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizga ulkan yutuqlar tilayman.<\/p>\n<p>E\u2019tiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/5702\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/5702<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining birinchi yalpi majlisida nutq so\u2018zladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1609,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1608","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1608","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1608"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1608\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1613,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1608\/revisions\/1613"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1609"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1608"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1608"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1608"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}