{"id":1619,"date":"2022-11-22T09:04:39","date_gmt":"2022-11-22T09:04:39","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1619"},"modified":"2022-11-22T09:04:39","modified_gmt":"2022-11-22T09:04:39","slug":"foreign-trade-turnover-of-the-republic-of-uzbekistan-for-10-months-of-2022","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/foreign-trade-turnover-of-the-republic-of-uzbekistan-for-10-months-of-2022\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasining 2022-yil 10 oyidagi tashqi savdo aylanmasi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo\u2019mitasining ma\u2019lumotlariga ko\u2019ra 2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan O\u2018zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 40.098,7 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7.280,1 mln. AQSH dollariga yoki 22,2% ga ko\u02bbpaydi.<\/p>\n<p>TSAda eksport hajmi 15.483,1 mln. AQSH dollariga (23,8% ga ko\u2018paydi) va import hajmi 24.615,6 mln. AQSH dollariga (21,2% ga ko\u02bbpaydi) yetdi.<\/p>\n<p>Hisobot davrida \u2013 9.132,6 mln. AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.<\/p>\n<p>Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021- yil fevral oyida qayd etilib, 5.233,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021- yilning shu oyiga nisbatan 2.846,2 mln. AQSH dollariga ko\u02bbpaydi.<\/p>\n<p>2022- yil oktabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 4.074,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi va 2021- yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga kamaydi.<\/p>\n<p>Tashqi iqtisodiy faoliyat bo\u02bbyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg\u02bboniston, Qirg\u02bbiz Respublikasi va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi jahonning 195 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,7%), Rossiya Federatsiyasida (18,6%), Qozog\u02bbistonda (9,3%), Turkiyada (6,7%), Koreya Respublikasida (4,9%), Qirg\u02bbiz Respublikasi (2,5%) va Germaniyada (2,2%) qayd etilgan.<\/p>\n<p>2022- yilning yanvar-oktabr oylarida, O\u02bbzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 39,6foizi MDH davlatlariga to\u02bbg\u02bbri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2021- yilning mos davriga nisbatan ulushi 1,5% ga ko\u2018paygan.<\/p>\n<p>Boshqa xorijiy davlatlarning TSA 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida 2021- yilning mos davriga nisbatan 1,5% ga kamaydi va jami TSAdagi ulushi 60,4% ni tashkil etdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>O\u02bbZBEKISTON RESPUBLIKASI EKSPORTI (2022- yil yanvar-sentabr)<\/strong><\/p>\n<p>Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida mamlakatning eksportyorlari soni 6.586 tani tashkil etib, ular tomonidan 12.512,2 mln. AQSH dollari (oltindan tashqari) qiymatidagi (2021- yilning mos davriga nisbatan 123,3% ga ko\u02bbpaydi) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta\u02bcminlandi.<\/p>\n<p>Eksport tarkibida tovarlar ulushi 78,8 foizni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (23,9%), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (8,2%) va kimyoviy vositalar va shunga o\u2018xshash mahsulotlar (7,1%) hissasiga to\u02bbg\u02bbri kelmoqda.<\/p>\n<p>Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo\u02bblgan 903,3 mln. AQSH dollari qiymatidagi 1.425,3 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot eksport qilindi. Bunda 2021- yilning mos davriga nisbatan 20,9 foizga ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>2022- yil yanvar-oktabr oylarida meva-sabzavot mahsulotlari jami eksportning 5,8 foizini tashkil etdi.<\/p>\n<p>Meva-sabzavot mahsu-lotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya Federatsiyasi, Qozog\u02bbiston, XXR hamda Pokiston davlatlari hissasiga to\u02bbg\u02bbri kelgan.<\/p>\n<p>2022- yil yanvar-oktabr oylarida meva va sabzavotlar eksportining qiymat jihatidan eng katta hajmi Rossiya Federatsiyasiga to\u2018g\u2018ri keldi (meva va sabzavotlar eksporti umumiy hajmining 44,5%i), bu Qozog\u2018istonga eksport hajmidan 2,2 baravar ko\u2018p.<\/p>\n<p>Joriy yil yanvar-oktabr oyi yakuni bo\u2018yicha 2.635,2 mln. AQSH dollarilik to\u02bbqimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 17,0 foizini tashkil etdi va o\u02bbtgan yilga nisbatan 10,7 foizga o\u02bbsdi.<\/p>\n<p>Yil boshidan 532 turdagi to\u02bbqimachilik mahsulotlari dunyoning 69 t\u0430 davlatiga eksport qilindi. Eksport qilingan to\u02bbqimachilik mahsulotlari tarkibida paxtadan yigirilgan ip (46,6%), tayyor trikotaj va tikuvchilik kiyimlari (27,2%) asosiy ulushni egallagan.<\/p>\n<p>Xizmatlar eksporti hajmi 3.276,8 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 21,2 foizini tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 55,8 foizga ko\u02bbpaydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport (44,9%), safarlar (turizm) (39,9%), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot (6,9%) va boshqa tadbirkorlik bilan bog\u2018liq xizmatlar (4,2%) hissasiga to\u02bbg\u02bbri kelgan.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, boshqa xizmatlar (4,1%)ni tashkil etib, tarkibida eng yuqori ulushlar moliyaviy xizmatlar (1,8%), sug\u02bburta va pensiya ta\u02bcminoti xizmatlari (1,4%) hamda texnik xizmat ko\u2018rsatish va ta\u2019mirlash xizmatlari (0,3%) hissasiga to\u02bbg\u02bbri keldi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>O\u02bbZBEKISTON RESPUBLIKASINING IMPORTI (2022- yil yanvar-oktabr)<\/strong><\/p>\n<p>2022- yilning yanvar-oktabr oylarida import hajmi 24.615,6 mln. AQSH dollarini va 2021- yilning mos davriga nisbatan 121,2 foizni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (31,6%), sanoat tovarlari (19,3%) hamda kimyoviy vositalar va shunga o\u02bbxshash mahsulotlar (13,9%) hisobiga to\u02bbg\u02bbri keldi.<\/p>\n<p>Tovarlar importi dinamikasi tahliliga ko\u02bbra, 2022- yilning yanvar-oktabr oylarida import qilingan tovarlar hajmi, o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan 3.587,5 mln. AQSH dollariga ko\u02bbpaydi va 22.506,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Xizmatlar importi esa 2.109,6 mln. AQSH dollariga yetdi.<\/p>\n<p>2021- yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan xizmatlar importi hajmi 2.109,6 mln. AQSH dollarini yoki jami import hajmining 8,6 foizini tashkil etdi va o\u02bbtgan yilga nisbatan 51,4 foizga ko\u02bbpaydi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushi boshqa safarlar (turizm xizmatlari) (56,2%), transport xizmatlari (15,2%), telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari (9,5%) va boshqa tadbirkorlik bilan bog\u02bbliq xizmatlar (6,6%)ga tegishli bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>Shuningdek, boshqa xizmatlar ulushi jami xizmatlar importining 12,5 foizni tashkil etib, uning tarkibida yuqori ulushlarni intellektual mulkdan foydalanganlik uchun yig\u2018imlar (4,3%), qurilish xizmatlari (3,3%), texnik xizmat ko\u02bbrsatish va ta\u2019mirlash bo\u02bbyicha xizmatlar (2,3%) va boshqalar tashkil etdi.<\/p>\n<p>2022- yil yanvar-oktabr oylarida import tarkibida mashinalar va transport-asbob uskunalari hajmi 7.773,8 million AQSH dollarini tashkil etib, o\u02bbtgan yilning shu davriga nisbatan 15,4 foizga ko\u02bbpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 31,6 foizga yetdi.<\/p>\n<p>2022- yil yanvar-oktabr oylarida mashina va transport asbob-uskunalari o\u02bbtgan yilning shu davriga nisbatan 1.036,3 mln. AQSH dollariga oshdi. Ushbu tovarlarni O\u02bbzbekiston Respublikasiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR \u2014 2.978,1 mln. AQSH dollari (38,3%) va Koreya Respublikasi \u2014 1.304,3 mln. AQSH dollari (16,8%), Turkiya 606,9 mln. AQSH dollari (7,8%) kabi davlatlarga to\u02bbg\u02bbri keladi.<\/p>\n<p>2022- yil yanvar-oktabr oylarida import tarkibida sanoat tovarlari hajmi 4.749,8 million AQSH dollarini tashkil etib, o\u02bbtgan yilning shu davriga nisbatan 27,2 foizga ko\u02bbpaydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 19,3 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Sanoat tovarlari importi asosan cho\u02bbyan yoki legirlanmagan po\u02bblat (2.072,3 mln. AQSH dollari), metallardan tayyorlangan buyumlar (607,3 mln. AQSH dollari), to\u02bbqimachilik yigirilgan ipi, matolar, tayyor buyumlar va shunga o\u02bbxshash mahsulotlar (449,9 mln. AQSH dollari), qog\u2018oz va karton (375,4 mln. AQSH dollari) va boshqalardan tashkil topgan.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan O\u2019zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 40.098,7 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2021- yilga nisbatan 7.280,1 mln. AQSH dollariga yoki 22,2% ga ko\u02bbpaydi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1527,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1619","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1619","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1619"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1619\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1629,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1619\/revisions\/1629"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1527"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1619"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1619"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1619"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}