{"id":1671,"date":"2022-12-15T07:07:26","date_gmt":"2022-12-15T07:07:26","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1671"},"modified":"2022-12-16T07:19:31","modified_gmt":"2022-12-16T07:19:31","slug":"the-central-bank-of-the-republic-of-uzbekistan-has-kept-the-main-rate-unchanged-at-15-per-annum-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-of-the-republic-of-uzbekistan-has-kept-the-main-rate-unchanged-at-15-per-annum-2\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 18pt;\"><strong>Markaziy bank boshqaruvining 2022 yil 15 dekabrdagi yig\u2018ilishida asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p><em>Jahon bozorida asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxida muvozanatlashuv kuzatilayotgan bo\u2018lsa ham, ichki bozorda narxlarga bo\u2018lgan bosimlar saqlanib qolmoqda. Aholi <strong>inflyatsion kutilmalari<\/strong>, umumiy inflyatsiyaning so\u2018nggi 3-4 oyda sezilarli o\u2018zgarmaganligi va ayni paytda <strong>bazaviy inflyatsiyaning o\u2018suvchi trendi<\/strong> iqtisodiyotda \u201c<strong>nisbatan qat\u2019iy<\/strong>\u201d pul-kredit sharoitlarini saqlab qolishni taqozo etmoqda.<\/em><\/p>\n<p><em>Bugungi yig\u2018ilishda belgilangan asosiy stavka dinamikasidan kelib chiqib shakllanadigan <strong>pul-kredit sharoitlari<\/strong> inflyatsiyani keyingi yilgi prognoz darajasiga pasaytirishga zamin yaratib boradi.<\/em><\/p>\n<p><strong>Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar<\/strong>. Iste\u2019mol bozorlarida talab va taklifga ta\u2019sir ko\u2018rsatuvchi ichki va tashqi iqtisodiy omillar hisobiga narxlarga bo\u2018lgan bosim yuqoriligicha qolmoqda.<\/p>\n<p>Noyabr oyida yillik inflyatsiya sur\u2019ati <strong>12,3 foizni<\/strong> tashkil etdi. Yillik inflyatsiya tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari<strong> 16,0 foizga<\/strong> oshgan bo\u2018lsa, nooziq-ovqat tovarlari va xizmatlar mos ravishda <strong>10,7 <\/strong>va <strong>7,8 foizga qimmatlashdi<\/strong>.<\/p>\n<p>Noyabr oyi natijalariga ko\u2018ra, aholining kelgusi 12 oy uchun <strong>inflyatsion kutilmalari 15,3 foizni<\/strong>, tadbirkorlarning kutilmalari esa <strong>14,3 foizni<\/strong> tashkil etgani holda o\u2018tgan oylar darajasida qolmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, yillik bazaviy inflyatsiya noyabrda <strong>13,4 foizgacha<\/strong> tezlashib, uning umumiy inflyatsiyadagi hissasi 10,1 foiz bandgacha oshdi.<\/p>\n<p>Ichki iqtisodiy sharoitlar. Rag\u2018batlantiruvchi fiskal siyosat, tashqi iqtisodiy operatsiyalar hajmining sezilarli o\u2018sishi va iqtisodiyotga yo\u2018naltirilgan kredit qo\u2018yilmalarining ortib borishi fonida iqtisodiy faollikda barqarorlik saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, iqtisodiyotning real sektori korxonalari o\u2018rtasida noyabr oyida o\u2018tkazilgan so\u2018rov natijalariga ko\u2018ra, iqtisodiy faollik indeksi <strong>51,1 birlikni tashkil etdi<\/strong>.<\/p>\n<p>2022 yilning yanvar-noyabr oylarida banklar tomonidan o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan <strong>21,7 foizga<\/strong>, xususan, uy xo\u2018jaliklariga <strong>1,6 barobar ko\u2018p kreditlar ajratildi<\/strong>.<\/p>\n<p>Nafaqa va ish haqilarning oshirilishi hamda transchegaraviy pul o\u2018tkazmalari hajmlari o\u2018sishi, o\u2018z navbatida, savdo va pullik xizmat ko\u2018rsatish sohasida pul tushumlari hajmini o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan <strong>32,5 foizga o\u2018sishiga omil bo\u2018ldi<\/strong>.<\/p>\n<p>Umuman olganda, iqtisodiy faollikning ildamlovchi ko\u2018rsatkichlari taklif omillarining salbiy ta\u2019sirini inobatga olmagan holda <strong>IV chorakda<\/strong> ham iqtisodiy o\u2018sish ko\u2018rsatkichlarini <strong>5,5 foiz atrofida bo\u2018lishini ko\u2018rsatmoqda<\/strong>.<\/p>\n<p>Tashqi iqtisodiy sharoitlarda yuqori noaniqlik darajasi saqlanib qolmoqda. Xususan, jahon bozorida asosiy oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxlarida muvozanatlashuv kuzatilayotgan bo\u2018lsada, ularning kelgusi dinamikasi bo\u2018yicha xatar va noaniqliklar mavjud.<\/p>\n<p>Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida tashqi savdo operatsiyalari bo\u2018yicha eksport tushumlarida ham, import uchun to\u2018lovlarda ham o\u2018suvchi tendensiyalar kuzatildi.<\/p>\n<p>Eksport hajmi (oltin eksportini hisobga olmaganda) o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan <strong>23,3 foizga<\/strong>, import \u2013 <strong>21,2 foizga<\/strong> va transchegaraviy pul o\u2018tkazmalari hajmi <strong>2,2 barobarga oshdi<\/strong>. Shuningdek, ushbu davrda banklarning aholidan valyuta xaridi va aholiga valyuta sotuvi o\u2018rtasidagi ijobiy tafovut <strong>2,8 mlrd. dollarga teng bo\u2018ldi<\/strong>.<\/p>\n<p>Tashqi iqtisodiy aloqalarda kuzatilayotgan ushbu vaziyat, ichki valyuta bozorini muvozanatlashtirib, milliy valyuta almashuv kursi barqarorligiga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatdi, so\u2018mning AQSH dollariga nisbatan kursi yil boshiga nisbatan <strong>3,5 foizga qadrsizlandi<\/strong>.<\/p>\n<p>Pul-kredit sharoitlari. 2022 yil avgust-noyabr oylarida asosiy stavkaning o\u2018zgarishsiz qolishi hamda inflyatsiyaning kelgusi yilda kutilayotgan pasayuvchi dinamikasi iqtisodiyotda \u201cnisbatan qat\u2019iy\u201d sharoitlarni ta\u2019minlashga xizmat qildi.<\/p>\n<p>Banklararo pul bozorida o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalari noyabrda <strong>14,1 foizni tashkil etib, UZONIA indeksi<\/strong> kichik tebranishlar bilan to\u2018liq foiz koridori doirasida shakllandi.<\/p>\n<p>Milliy valyutadagi muddatli depozitlar bo\u2018yicha o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalarida ham biroz pasayish kuzatilib, oktabr oyida jismoniy shaxslarniki bo\u2018yicha <strong>20,7 foizga<\/strong> va yuridik shaxslarniki \u2013 <strong>16,7 foizga teng bo\u2018ldi<\/strong>.<\/p>\n<p>Depozitlar bozoridagi ijobiy real foiz stavkalari milliy valyutadagi muddatli depozitlar hajmining joriy yilning o\u2018tgan 11 oyida sezilarli darajada o\u2018sishining (1,6 barobar) asosiy omillaridan bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Xatarlar va noaniqliklar. Yoqilg\u2018i ta\u2019minoti bilan bog\u2018liq masalalar transport-logistika va tashish narxlarini oshirishi orqali tovarlar va xizmatlar narxlariga salbiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin.<\/p>\n<p>Aholi daromadlarining, shu jumladan, mamlakatga pul o\u2018tkazmalarining yuqori o\u2018sish sur\u2019atlari fonida iqtisodiyotda yalpi talab hajmidagi yuqori ijobiy sur\u2019atlar, yalpi taklifdagi ayrim uzilishlar fonida inflyatsiyaga oshiruvchi bosim o\u2018tkazishi ehtimollarini yuzaga keltiradi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, global iqtisodiy faollik va ehtimoliy retsessiya bilan bog\u2018liq xatarlarning saqlanib qolayotganligi, kelgusi yilda tashqi talabni kamaytiruvchi ahamiyat kasb etadi. Geosiyosiy tanglikning davom etishi esa tashqi moliya bozorlarida mamlakatimizning \u201cxatar mukofoti\u201dning ortishiga olib kelishi mumkin. Ushbu omillar global moliyaviy sharoitlarning qat\u2019iylashib borishi fonida tashqi moliyalashtirish imkoniyatlarining qisqarish xavfini orttiradi.<\/p>\n<p>Bunday sharoitda, ichki moliyaviy resurslardan samarali foydalanilishi va umumiy fiskal taqchillikning qisqartirilishi tashqi ta\u2019sirlarni minimallashtirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>O\u2018z o\u2018rnida, bazaviy inflyatsiyaning o\u2018suvchi dinamikasi va uning umumiy inflyatsiyadagi hissasining oshib borayotganligi ichki iqtisodiyotda inflyatsion bosimlarning uzoqroq muddatli xarakterga ega bo\u2018lib borayotganligini bildiradi.<\/p>\n<p>Tashqi va ichki iqtisodiy sharoitlar ta\u2019sirida yuzaga keladigan inflyatsion omillar va xatarlar sinchkovlik bilan o\u2018rganilib, ularni bartaraf etish bo\u2018yicha tegishli choralar ko\u2018rib boriladi.<\/p>\n<p><em>Asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi tayanch yig\u2018ilishi 2023 yil 26 yanvar kuniga belgilangan.<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy bank boshqaruvining 2022 yil 15 dekabrdagi yig\u2018ilishida asosiy stavka yillik 15 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1556,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1671","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1671","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1671"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1671\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1674,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1671\/revisions\/1674"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1556"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1671"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1671"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1671"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}