{"id":1686,"date":"2022-12-21T03:48:29","date_gmt":"2022-12-21T03:48:29","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1686"},"modified":"2022-12-22T03:57:59","modified_gmt":"2022-12-22T03:57:59","slug":"address-by-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-h-e-mr-shavkat-mirziyoyev-to-the-oliy-majlis-and-the-people-of-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/address-by-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-h-e-mr-shavkat-mirziyoyev-to-the-oliy-majlis-and-the-people-of-uzbekistan\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O\u2018zbekiston Xalqiga Murojaatnomasi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli deputat va senatorlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Muhtaram mehmonlar!<\/strong><\/p>\n<p>Jonajon O\u2018zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo\u2018ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o\u2018zgarishlar yuz bermoqda.<\/p>\n<p>Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo\u2018shilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a\u2019zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo\u2018lida tinimsiz izlanyapmiz.<\/p>\n<p>Yakuniga yetayotgan 2022-yil g\u2018oyat murakkab va sinovli yil bo\u2018ldi, desam, har tomonlama to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladi. Ushbu davrda to\u2018plagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda:\u00a0<em><strong>taraqqiyotga \u2013 faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Shu bois, pandemiya, dunyodagi chuqur iqtisodiy va siyosiy inqirozlar, ziddiyatlarga qaramasdan, xalqimizning qahramonlarcha mehnati bilan erishgan ayrim yutuqlarimizni aytib o\u2018tishni o\u2018rinli, deb bilaman.<\/p>\n<p>Keng ko\u2018lamli va samarali islohotlarimiz natijasida yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotimizga shu yilning o\u2018zida 8 milliard dollar to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19\u00a0milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p>Bunday katta natijalar ilgari bo\u2018lmagan.<\/p>\n<p>Biz bu yil tariximizda ilk bor pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdorini minimal iste\u2019mol xarajatlaridan kam bo\u2018lmagan darajaga olib chiqdik. Misol uchun, 2017 yilda kam ta\u2019minlangan 500\u00a0ming oila ijtimoiy yordam olgan bo\u2018lsa, bugunga kelib 2\u00a0milliondan ortiq oilalarga ko\u2018mak berilmoqda. Ajratilayotgan mablag\u2018lar esa, 7 barobar ko\u2018paytirilib, yiliga 11 trillion so\u2018mga yetdi.<\/p>\n<p>Biz ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorini, aholi jon boshiga daromadlarni oshirish siyosatini izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Bu raqamlarni aytish oson. Ularning har biri ortida mashaqqatli mehnat turibdi. Chunki inson qadri, insonni e\u2019zozlash \u2013 e\u2019tiborimizdagi eng asosiy masala.<\/p>\n<p>Shu maqsadda oxirgi olti yilda mamlakatimiz bo\u2018yicha qariyb 300 mingta yoki avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko\u2018p uy-joylar qurdik.<\/p>\n<p>Bu davrda qo\u2018shimcha 500 ming o\u2018quvchi o\u2018rni yaratilib, ularning jami soni 5 million 300 mingga yetdi. Hozirgi vaqtda yana 1 million 200 ming o\u2018quvchi o\u2018rni yaratish bo\u2018yicha ishlar jadal davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>Xalqimiz sog\u2018lig\u2018ini saqlash uchun barcha tibbiy xizmatlarni eng chekka tuman va mahallalar darajasigacha tushiryapmiz.<\/p>\n<p>Odamlarimizni kasb-hunarli qilish, ularning biznesiga keng yo\u2018l ochish, haqiqiy mulkdor bo\u2018lib, daromad topishi uchun zarur sharoitlarni yaratmoqdamiz.<\/p>\n<p>Bu yil 381 nafar sportchimiz jahon va Osiyo musobaqalarida, 43\u00a0nafar iqtidorli va bilimdon yoshlarimiz nufuzli xalqaro fan olimpiadalari hamda tanlovlarida sovrinli o\u2018rinlarni qo\u2018lga kiritgani barchamizni albatta quvontiradi.<\/p>\n<p>Nuroniy otaxon va onaxonlarimiz oila davrasida, haj va umra ziyoratlarida shukronalik duolarini qilayotgani bizga kuch va g\u2018ayrat bag\u2018ishlamoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston jahon siyosati markazlaridan biriga aylanayotgani, xalqaro hamjamiyat buni keng e\u2019tirof etayotgani ham ayni haqiqatdir.<\/p>\n<p>Shanxay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari hamda o\u2018nlab yuqori darajadagi xalqaro anjumanlarga mezbonlik qildik va muhim tashabbuslarni ilgari surdik. Bularning barchasi mamlakatimizning xalqaro nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Mana shunday katta yutuqlarga erishishda fidokorona mehnati bilan munosib hissa qo\u2018shgan har bir yurtdoshimizga o\u2018z minnatdorligimni bildiraman.<\/p>\n<p>Jahonning ilm-fan, madaniyat va sport shohsupalarida bayrog\u2018imizni baland ko\u2018tarayotgan o\u2018g\u2018il-qizlarimiz, shijoatli yoshlarimizga yangi-yangi zafarlar tilayman. Ular bizning faxrimiz-g\u2018ururimizdir.<\/p>\n<p>Chegaralarimiz daxlsizligi va tinchligimizni ko\u2018z qorachig\u2018idek himoya qilib kelayotgan Vatanimiz posbonlariga ham ezgu tilaklarimni yo\u2018llayman.<\/p>\n<p>Qadrli faxriylarimiz, muhtarama opa-singillarimiz, tadbirkor va fermerlarimizga hurmat-ehtiromimni izhor etaman.<\/p>\n<p>Islohotlarimizni qo\u2018llab-quvvatlab kelayotgan xorijiy hamkorlarimizga, bugungi anjumanda qatnashayotgan diplomatik korpus vakillariga ham tashakkurlarimni aytaman.<\/p>\n<p><em><strong>Albatta, erishayotgan barcha yutuqlarimiz, inson qadri ulug\u2018 bo\u2018lgan diyor \u2013 Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish yo\u2018lidagi dastlabki natijalardir. Biz bunyodkor xalqimiz bilan birga bunday ezgu ishlarni davom ettiramiz va oldimizga qo\u2018ygan katta-katta marralarga albatta erishamiz.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><strong>Hurmatli yurtdoshlar, qadrli mehmonlar!<\/strong><\/p>\n<p>Hammamiz ko\u2018rib-bilib turibmiz \u2013 bugun insoniyat nihoyatda murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Yer yuzida iqlimning keskin o\u2018zgarishi, suv va boshqa tabiiy resurslar kamayishi bilan bog\u2018liq muammolar katta xatarlarga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Xalqaro munosabatlarda o\u2018zaro ishonch kamayib, qarama-qarshilik va mojarolarning ortishi barqarorlik va rivojlanishga jiddiy xavf solmoqda.<\/p>\n<p>Afsuski, bunday xavf-xatarlar bizni ham chetlab o\u2018tmayapti.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018istonda shu yil yoz oyida sodir bo\u2018lgan noxush voqealar butun el-yurtimizni qattiq qayg\u2018uga soldi. Xudoga shukur, ko\u2018p millatli xalqimizning oqilligi va donishmandligi bilan vaziyat tezda izga tushdi.<\/p>\n<p>Biz uchun\u00a0<em><strong>\u201cQoraqalpog\u2018istonning yutug\u2018i \u2013 butun O\u2018zbekistonning yutug\u2018i, Qoraqalpog\u2018istonning tashvishi \u2013 butun O\u2018zbekistonning tashvishi\u201d<\/strong><\/em>\u00a0degan g\u2018oya hamisha amaliy harakat dasturi bo\u2018lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Bizning ezgu maqsadimiz \u2013 birgalikdagi mehnatimiz bilan Yangi O\u2018zbekistonda har tomonlama rivojlangan, obod va farovon Yangi Qoraqalpog\u2018istonni bunyod etishdir.<\/p>\n<p>Asrlar davomida et va tirnoq kabi bir bo\u2018lib ketgan xalqlarimiz do\u2018stligiga hech qanday kuch ta\u2019sir ko\u2018rsata olmaydi. Chunki bizning o\u2018tmishimiz bir, bugunimiz ham, kelajagimiz ham bir.<\/p>\n<p><em><strong>Biz jonajon Vatanimizning xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta\u2019minlashga har tomonlama qodirmiz. Tinch va osoyishta hayotimizni asrab, mustaqilligimizni mustahkamlab, barqaror taraqqiyot yo\u2018limizni jadal davom ettiramiz!<\/strong><\/em><\/p>\n<p><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Bir hayotiy haqiqatni ta\u2019kidlamoqchiman \u2013 bugun zamon har qachongidan ham tezlashdi. Farovonlik oshgani sayin aholimizning talab va ehtiyojlari ham ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz taraqqiyotini yangi pog\u2018onaga olib chiqish uchun boshqaruv ham, qonunchilik ham, jamiyatimiz ham o\u2018zgarishi kerak. Agar shunday qilmasak, muammolarni ko\u2018rib, ko\u2018rmaslikka olsak, zamondan orqada qolamiz. Xalqimiz, yosh avlodimiz bizdan rozi bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Shu bois,\u00a0<em><strong>\u201cAvval \u2013 inson, keyin \u2013 jamiyat va davlat\u201d<\/strong><\/em>\u00a0degan g\u2018oyani Konstitutsiyamiz va qonunlarimizga ham, kundalik hayotimizga ham chuqur singdirishimiz kerak. Hozirgi kundagi jiddiy sinovlar va bashorat qilib bo\u2018lmaydigan xavf-xatarlarni yengib o\u2018tishga qodir bo\u2018lgan milliy davlatchiligimiz asoslarini mustahkamlashimiz zarur.<\/p>\n<p>Shularni e\u2019tiborga olgan holda, Asosiy qonunimizni takomillashtirish ishlari davom ettirilmoqda. Ushbu islohotdan xalqimiz katta o\u2018zgarishlar kutmoqda. Bugungi kunga qadar bu borada 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgani ham buning yaqqol dalilidir.<\/p>\n<p>Muhokamalar qizg\u2018in davom etmoqda. Bu jarayonda deputatlarimiz, siyosiy partiyalarimiz mas\u2019ul va faol bo\u2018lib, har bir taklifga jiddiy yondashayotganini ko\u2018rib turibmiz. Buning uchun ularga rahmat aytaman.<\/p>\n<p><em><strong>\u201cJamiyat \u2013 islohotlar tashabbuskori\u201d\u00a0<\/strong><\/em>tamoyili asosida barcha masalalar bo\u2018yicha xalqimiz bilan bamaslahat ish tutamiz.<\/p>\n<p>Umuman, ma\u2019no-mazmuni inson qadrini ulug\u2018lash ruhi bilan boyitilgan, kelajak avlodlarga munosib xizmat qiladigan, Yangi O\u2018zbekistonga mos bo\u2018lgan Konstitutsiyani har tomonlama o\u2018ylab, shoshilmasdan ishlab chiqishimiz kerak.<\/p>\n<p>Fuqarolarimiz bildirgan barcha taklif va istaklar albatta inobatga olinadi va Konstitutsiya loyihasi umumxalq referendumiga olib chiqiladi.<\/p>\n<p>Eng muhimi \u2013 har bir vatandoshimiz konstitutsiyaviy islohotlarga daxldor bo\u2018lishi va\u00a0<em><strong>\u201cBu \u2013 mening Konstitutsiyam\u201d<\/strong><\/em>, deb yuksak g\u2018urur va iftixor bilan ayta olishi kerak.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Kelgusi yilga rejalarni to\u2018g\u2018ri olish uchun xalqimizning fikrini har bir yo\u2018nalish bo\u2018yicha chuqur tahlil etib, 20 mingga yaqin takliflarni muhokama qildik.<\/p>\n<p>Odamlarimiz ta\u2019lim, sog\u2018liqni saqlash, iqtisodiyot yo\u2018nalishlarida aniq-aniq masalalarni ko\u2018tarib, ular bo\u2018yicha tizimli yechimlarni ham taklif etmoqda.<\/p>\n<p>Aholimiz bizdan maktab, bog\u2018cha va shifoxonalarni ko\u2018paytirish, ta\u2019lim va tibbiyot sifatini oshirishni, mahallada yo\u2018l, suv, elektr, transport muammolarini hal qilishni, ish o\u2018rinlarini ko\u2018paytirish, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratishni, adolatni ta\u2019minlash, ovoragarchilik, byurokratiya va korrupsiyani yo\u2018q qilishni kutmoqda.<\/p>\n<p>Ko\u2018tarilgan masalalar aniq va o\u2018rinlidir. Qanchalik qiyin bo\u2018lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart. Hech kim chetdan kelib, bularni hal qilib bermaydi. Odamlarimizning tashabbusi, shijoati va salohiyatini ishga solish uchun barcha sharoitlarni tug\u2018dirib berish asosiy vazifamiz bo\u2018lishi kerak.<\/p>\n<p>Xalqimizga qancha imkoniyat yaratsak, buning foydasi jamiyatimizga o\u2018n karra, yuz karra bo\u2018lib qaytadi.<\/p>\n<p>Shu bois, kirib kelayotgan yangi,\u00a0<em><strong>2023-yilga yurtimizda \u201cInsonga e\u2019tibor va sifatli ta\u2019lim yili\u201d<\/strong><\/em>, deb nom berishni taklif qilaman.<\/p>\n<p>Nima uchun yilga bunday nom beryapmiz?<\/p>\n<p>Biz O\u2018zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta\u2019minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Bu siyosat bir yil bilan cheklanib qolmasligi, doimo bardavom bo\u2018lishi barchamizga ayon.<\/p>\n<p>Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu \u2013 bunyodkor xalqimiz, duogo\u2018y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emasmi?<\/p>\n<p>Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog\u2018lig\u2018i joyida bo\u2018lishi, yaxshi ta\u2019lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo\u2018lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilyapmiz va bu yo\u2018ldan aslo to\u2018xtamaymiz.<\/p>\n<p><em><strong>Ta\u2019lim sifatini oshirish \u2013 Yangi O\u2018zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to\u2018g\u2018ri yo\u2018lidir.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek:<\/p>\n<p>\u201cZakovat bor joyda ulug\u2018lik bo\u2018ladi,<\/p>\n<p>Bilim bor joyda buyuklik bo\u2018ladi\u201d.<\/p>\n<p>Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta\u2019lim dargohlariga borib, o\u2018qituvchi va murabbiylar bilan ko\u2018proq muloqot qilib, o\u2018quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo\u2018yicha ular qo\u2018ygan masalalarni birgalikda hal etishimiz kerak.<\/p>\n<p>Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz ko\u2018targan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz. Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol bo\u2018lishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini so\u2018rayman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli deputat va senatorlar!<\/strong><\/p>\n<p>Endi 2023-yildagi ustuvor yo\u2018nalishlarga to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p><em><strong>Birinchi yo\u2018nalish.<\/strong><\/em>\u00a0Ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga o\u2018tishni taklif qilaman.<\/p>\n<p>Nima uchun so\u2018zni aynan shu yo\u2018nalishdagi islohotdan boshlayapman?<\/p>\n<p>Oldinlari e\u2019tibordan chetda qolib, \u201cyo\u2018q bo\u2018lib ketish\u201d arafasida bo\u2018lgan sohalarni \u201coyoqqa turg\u2018izish\u201d uchun olti yil davomida yangi vazirlik va idoralarni tashkil qilishga to\u2018g\u2018ri keldi. Shunday qilishga majbur edik, aks holda hozirgi yutuqlarimiz bo\u2018lmas edi.<\/p>\n<p>Maktabgacha ta\u2019lim, uy-joy kommunal, \u201cmahallabay\u201d ishlash, investitsiya, davlat xizmatlari, davlat-xususiy sheriklik sohalarida katta natijalarga erishdik. Xususiy sektor va tadbirkorlikning rivojlanishi ortga qaytmas jarayonga aylandi. Aholimizning faolligi, zamonaviy texnologiya va kasb-hunarlarga intilishi oshib bormoqda. Iqtisodiyotimizda kundan-kunga yangi-yangi yo\u2018nalish va sohalar yaratilmoqda.<\/p>\n<p>Bu borada xususiy tashabbuslarni yanada kengaytirish, ularga yangi istiqbollarni ochish maqsadida endi \u201cqo\u2018l boshqaruvi\u201ddan \u2013 aniq natijaga ishlaydigan tizimli boshqaruvga o\u2018tish vaqti keldi.<\/p>\n<p>Ochiq aytish kerak \u2013 hozirgi kunda davlat apparatida takrorlanish ko\u2018p, keraksiz shtatlar bor. Markazlashuv yuqori. Oqibatda bugungi murakkab masalalarga to\u2018g\u2018ri yechim topish uchun ortiqcha vaqt, kuch va resurs sarflanmoqda.<\/p>\n<p>Vazirlarning Hukumat qabul qilayotgan qarorlarda, ta\u2019bir joiz bo\u2018lsa, \u201covozi yo\u2018q\u201d. Ya\u2019ni, ularning ushbu qarorlarni tayyorlash va hayotga joriy etishdagi ishtiroki va mas\u2019uliyati yetarli emas. Endi vazirlarning bunday eskicha usulda ishlashga haqqi yo\u2018q.<\/p>\n<p>Agar vazirning o\u2018z sohasi bo\u2018yicha uzoqni ko\u2018zlagan aniq yondashuvlari bo\u2018lmasa, uning faoliyati tufayli odamlarning og\u2018iri yengil bo\u2018lmasa, o\u2018zingiz ayting, bunday rahbardan nima naf bor?<\/p>\n<p>Shuning uchun yangi ma\u2019muriy islohotlar to\u2018g\u2018risidagi Farmonni imzoladim. Bunga uzoq tayyorgarlik ko\u2018rdik.<\/p>\n<p>Birinchi bosqichda vazirliklar isloh qilinadi, Hukumat ish uslubi ham tubdan o\u2018zgaradi. Eng avvalo, vazirlik va idoralar soni hozirgi 61\u00a0tadan 28\u00a0taga kamaytiriladi.<\/p>\n<p>Endi har bir vazirlik tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirishga mas\u2019ul bo\u2018lib, tarmoq tarkibidagi qo\u2018mita, agentlik va inspeksiyalarga rahbarlik qiladi.<\/p>\n<p>Ko\u2018p vazirlar o\u2018zgaradi. O\u2018z sohasining chuqur bilimdoni, fidoyi va ishidan xalq rozi bo\u2018layotgan vazirlar lavozimida qoladi. O\u2018ylaymanki, bunday yondashuv adolatli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Davlat xizmatchilari soni bosqichma-bosqich 30-35 foizga qisqaradi. Iqtisod qilinadigan mablag\u2018lar ijtimoiy masalalarga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Har bir vazirning siyosiy maqomi, Prezident, parlament va jamoatchilik oldidagi mas\u2019uliyati oshiriladi. Bunga mos ravishda javobgarligi ham kuchaytiriladi. Ularga aholi muammolarini hal qilish uchun yetarli vakolat va mablag\u2018 beriladi.<\/p>\n<p>Vazirliklar faoliyatida ochiqlik, qonuniylik, natijadorlik va sifat asosiy mezon bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Biz korrupsiya haqida ko\u2018p gapiramiz, lekin vazirlik tizimida korrupsiyaga yo\u2018l qo\u2018yilsa, nima uchun vazir javob bermasligi kerak? Endi so\u2018rov boshqacha bo\u2018ladi. Vazir o\u2018zi rahbarlik qilayotgan sohaga ajratilgan mablag\u2018larni samarali va maqsadli ishlatish bo\u2018yicha birinchi bo\u2018lib o\u2018zi javob beradi.<\/p>\n<p>Imom Moturidiy bobomizning:\u00a0<em><strong>\u201cElu yurt bilan hamdard bo\u2018lib yashagin, toki xalq hamisha sen bilan birga bo\u2018lgay\u201d<\/strong><\/em>, degan hayotiy hikmati har bir vazir, har qaysi rahbarning ongi, qalbi va harakatida muhrlanishi lozim.<\/p>\n<p>Davlat vakillari o\u2018zining halol mehnati, oddiyligi, xalqsevarligi, samimiyligi va fidoyiligi bilan odamlarimiz mehrini qozonishi kerak.<\/p>\n<p>Endi vazirlarning siyosiy mas\u2019uliyati oshirilib, Hukumat qarorlari loyihalari, mamlakatimiz hayotiga oid muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bevosita vazirlar ishtirokida kollegial hal etiladi.<\/p>\n<p>Har bir viloyatdagi muammolarni yechish uchun har oyda joyiga chiqqan holda, \u201cHukumat kuni\u201d o\u2018tkazilishi yo\u2018lga qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Vazir har yilning boshida jamoatchilik oldida sohadagi rejasi va yil yakuni bilan esa uning natijasi bo\u2018yicha hisobot beradi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlab aytmoqchiman \u2013 endi qaysi vazir o\u2018z ishini eplay olmasa, iste\u2019foga chiqadi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda yana bir fikrni Parlament vakillariga yetkazmoqchiman.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda ko\u2018p vakolatlarni Oliy Majlisga o\u2018tkazdik, ularni yanada kengaytirishni o\u2018ylayapmiz. Yangi vazirni tayinlashda ham deputatlar ishtirok etmoqda, rejalari bilan tanishib, ma\u2019qullayapti. Lekin, afsuski, keyinchalik faqat tanqid bilan cheklanmoqda.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, sohalar bo\u2018yicha ikkala palatada ham qo\u2018mitalar, komissiyalar bor. Aslida, ular vazirlarga qaysi yo\u2018nalishda yoki hududda ish yaxshi ketmayotganini ko\u2018rsatishi, kamchiliklar bo\u2018yicha joyiga chiqib, aholi fikrini o\u2018rganib, masalaga birgalikda yechim topishlari lozim.<\/p>\n<p>Shu bois, vazir faoliyatini samarali tashkil etishda parlamentdagi qo\u2018mita, komissiya va deputatlarning ham mas\u2019uliyatini belgilash to\u2018g\u2018ri bo\u2018ladi, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Albatta, tanqid ham kerak. Ammo hozirgi deputatlarga berilgan katta vakolat va imkoniyatlardan samarali foydalanish lozim.<\/p>\n<p>Men ham uzoq yillar deputat bo\u2018lib ishlaganman, o\u2018sha davrda Parlamentda hisobot bergan vazirlarni kamdan-kam ko\u2018rar edik. Hozir esa vaziyat mutlaqo boshqacha-ku! Shuning uchun eng muhim masala \u2013 yurt taqdiriga daxldor bo\u2018lib, xalqimizni rozi qilish uchun hammamiz birgalikda ishlashimiz kerak.<\/p>\n<p>Umuman, Parlamentimizning ish uslubini yaxshilash va faoliyat samaradorligini oshirish ham Konstitutsiyamizda o\u2018z aksini topishi zarur.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy islohotlarning ikkinchi bosqichi sifatida kelgusi yilda hududlardagi boshqaruv tizimi ham isloh qilinadi.<\/p>\n<p>Barcha ma\u2019muriy islohotlar doirasidagi yangi tashabbuslar Konstitutsiyamizda albatta belgilab qo\u2018yilishi lozim. O\u2018ylaymanki, sizlar ham bunga qo\u2018shilasizlar.<\/p>\n<p>Bu yil \u201cDavlat fuqarolik xizmati to\u2018g\u2018risida\u201dgi yangi qonunni qabul qildik. Bundan buyon davlat lavozimlariga faqat konkurs asosida ishga qabul qilinadi. Barcha rahbarlar faoliyati samaradorlik ko\u2018rsatkichlari asosida baholab boriladi.<\/p>\n<p>Har yili 500\u00a0nafar mutaxassisni eng nufuzli xorijiy oliygoh va markazlarda o\u2018qitib kelamiz.<\/p>\n<p>Kelgusi ikki yilda har bir tuman va shahar hokimligiga respublika idoralarida yuqori lavozimlarda ishlagan, bilimli va tajribali kadrlar qo\u2018yiladi.<\/p>\n<p>Yangi yildan boshlab har bir hokim o\u2018z tumaniga 40-50 million dollar xususiy investitsiyalarni olib kelishi kerak bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Vazirlar faqat davlat mablag\u2018ini sarf qilmasdan, o\u2018zlari ham tashabbus ko\u2018rsatib, xususiy investitsiyalarni jalb qilishlari lozim. Masalan, davlat-xususiy sheriklik orqali qishloq, suv, o\u2018rmon xo\u2018jaliklari, transport sohalariga bemalol yiliga 1 milliard dollargacha sarmoya olib kelish mumkin.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy islohotlar doirasida yana bir muhim tashabbusni ilgari surmoqchiman.<\/p>\n<p>Hozirgi kunga kelib Markaziy Osiyoda aholisi milliondan ortiq shaharlar 7\u00a0taga yetdi. Mintaqamizda poytaxtlar bilan bir qatorda boshqa yirik shaharlar ham \u201co\u2018sish nuqtalari\u201dga aylanmoqda. Bularning orasida Samarqand va Namangan shaharlari ham bor. Ularning har birida aholi soni bir millionga yetmoqda. Ikkala shaharda ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Samarqand shahri dunyo taniydigan megapolisga, xalqaro turizm va biznes markaziga aylanmoqda. Namangan ham sanoat, tadbirkorlik, ta\u2019lim, madaniyat sohalarida mintaqaviy markaz sifatida o\u2018z o\u2018rnini topmoqda. Shu bois, Samarqand va Namangan shaharlarini alohida ma\u2019muriy-hududiy birliklar sifatida respublika bo\u2018ysunuviga o\u2018tkazishni taklif qilaman.<\/p>\n<p>Bu poytaxtimiz Toshkent bilan bir qatorda \u201co\u2018ziga tortuvchi markazlar\u201dni ko\u2018paytirish bo\u2018yicha boshlagan siyosatimizda yangi amaliy qadam bo\u2018ladi; jon boshiga daromad, ish joylarini ko\u2018paytiradi; ikkala viloyatda ham tumanlarni rivojlantirishga ko\u2018proq e\u2019tibor qaratiladi va buyam adolatdan bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Endi ushbu viloyat hokimlari faqat yirik shaharlar bilan emas, tumanlarda sharoitlarni yaxshilash bo\u2018yicha ham ishlashi talab etiladi.<\/p>\n<p>Har ikkala shaharni rivojlantirish dasturi Vazirlar Mahkamasida tasdiqlanib, ularning ijrosi uchun bevosita Bosh vazir javob beradi.<\/p>\n<p><em><strong>Ikkinchi yo\u2018nalish.<\/strong><\/em>\u00a0Biz Yangi O\u2018zbekistonni \u201cijtimoiy davlat\u201d tamoyili asosida qurishni maqsad qilyapmiz. Buni Konstitutsiyada mustahkamlashimiz kerak.<\/p>\n<p>Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini ro\u2018yobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar, odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambag\u2018allikni qisqartirish, demakdir.<\/p>\n<p>Shu bois, birinchi navbatda, e\u2019tiborni Yangi O\u2018zbekiston uchun eng katta investitsiya bo\u2018lgan ta\u2019limni qo\u2018llab-quvvatlashga qaratamiz.<\/p>\n<p><em><strong>\u201cNajot \u2013 ta\u2019limda, najot \u2013 tarbiyada, najot \u2013 bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi\u201d.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Ma\u2019rifatparvar jadid bobolarimizning bu so\u2018zlari deputat va senatorlarimiz, siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlar, butun davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak. Shu bois, maktablarda ta\u2019lim sifati hamda jamiyatda o\u2018qituvchi kasbining nufuzini oshirish, muallimlarning sharoitlarini yaxshilash 2023 yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>O\u2018qituvchilarning maqomini, ularning sha\u2019ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Kelgusi yildan boshlang\u2018ich sinflarda mutlaqo yangi metodika asosida yaratilgan darsliklar bo\u2018yicha o\u2018qitish yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Hozirgi vaqtda ular xalqaro ekspertizadan o\u2018tib, o\u2018zimizda sinovdan o\u2018tkazilmoqda. Lekin yuqori sinflarda-chi? Ochiq aytish kerak, ularda berilayotgan ta\u2019lim va tarbiya sifati, o\u2018qituvchilarning bilimi va mahoratini talab darajasida, deb bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Bolalarimiz maktabdan ona tili va chet tillarini puxta o\u2018zlashtirib, kompyuterda ishlashni o\u2018rganib chiqishi zarur. Farzandlarimizni kasb-hunarlarga, san\u2019at va madaniyatga qiziqtirishimiz lozim.<\/p>\n<p>O\u2018quvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash va muloqot ko\u2018nikmalarini shakllantirish zarur.<\/p>\n<p>Mana, maktablarimizga qanday muhit kirib kelishi kerak!<\/p>\n<p>Bu borada Prezident maktablarida 130\u00a0ta mamlakatda ma\u2019qullangan \u201cA-level\u201d ta\u2019lim dasturi yo\u2018lga qo\u2018yilgani o\u2018z samarasini bermoqda.<\/p>\n<p>Bu jarayonda har bir o\u2018quvchi o\u2018zining qobiliyatiga qarab, aniq yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha chuqur o\u2018qitiladi, dunyoning nufuzli oliygohlariga kirish imkoniyatlari kengayadi.<\/p>\n<p>Shu bois, 2023-yildan maktab ta\u2019limini xalqaro ta\u2019lim dasturlari asosida butunlay isloh qilishni boshlaymiz.<\/p>\n<p>Bu ishlarni tizimli yo\u2018lga qo\u2018yish, yangi darsliklarni ishlab chiqish, ilg\u2018or ta\u2019lim standartlari va metodikalarini joriy etish uchun alohida ilmiy institut va laboratoriyalar tashkil qilinadi. Milliy o\u2018zligimiz timsoli, ma\u2019naviyatimiz asosi bo\u2018lgan ona tilimizga e\u2019tibor yanada kuchaytiriladi.<\/p>\n<p>Hozirgi ochiqlik siyosati, chet el investitsiyalari va yangi korxonalarning ortib borayotgani yoshlarimizni zamonaviy bilimlar va xorijiy tillarni o\u2018rganishga undamoqda. Shu bois, maktablarga yuqori malakali xorijiy o\u2018qituvchilarni olib kelishga majbur bo\u2018lyapmiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi barcha maktab jamoalariga murojaat qilmoqchiman.<\/p>\n<p>Jondan aziz bolalarimiz maktabdan chet tillarni, kasb-hunar va kompyuter savodxonligini puxta o\u2018rganib chiqsa, bilasizlarmi, jamiyatimiz qanday o\u2018zgaradi?<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekistonda maktab jamoalari va muallimlarining mas\u2019uliyati \u2013 aynan ana shu masalalarda yaqqol namoyon bo\u2018ladi. Va men ishonaman \u2013 siz, jonkuyar o\u2018qituvchilarimiz bu vazifani sharaf bilan uddalaysizlar.<\/p>\n<p>Kelgusi yili 70 ta yangi maktab quriladi, 460 ta maktab kengaytiriladi. Xususiy investitsiyalar ishtirokida 100\u00a0ta maktab qurish loyihalari boshlanadi, kelgusi besh yilda ularning sonini 1\u00a0mingtaga yetkazamiz.<\/p>\n<p>Yil boshidan Qoraqalpog\u2018iston va Xorazmda 285\u00a0ming nafar boshlang\u2018ich sinf o\u2018quvchilari uchun bepul ovqatlanish yo\u2018lga qo\u2018yildi. Bu borada yetarli tajriba orttirdik.<\/p>\n<p>Kelgusi o\u2018quv yilidan boshlab ushbu amaliyot qolgan viloyatlar va Toshkent shahri maktablarida ham joriy etiladi va buning uchun 2,3\u00a0trillion so\u2018m ajratiladi. Bu jarayonlarni shaffof tizim asosida tashkil etish, farzandlarimizni sog\u2018lom va sifatli ovqat bilan ta\u2019minlashga Xalq ta\u2019limi vaziri mas\u2019ul va javobgar bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Ta\u2019lim sohasidagi navbatdagi muhim yo\u2018nalish, bu \u2013 yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.<\/p>\n<p>Maktab bitiruvchilarining 50\u00a0foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo\u2018lmasdan kirib kelayotgani hammamizni o\u2018ylantirishi kerak. Shu bois, 700\u00a0dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish zarur.<\/p>\n<p>Bu maqsadda 2023-yildan boshlab yangi dastur amalga oshiriladi. Har bir viloyatda 1\u00a0tadan texnikumda Yevropa kasbiy ta\u2019lim standartlari joriy etiladi. Kelgusi besh yilda barcha kollej va texnikumlar ushbu tizim bilan qamrab olinadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, iqtidorli yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlashni kengaytiramiz. Kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi. Bu tizim bizda hozirgacha bo\u2018lmagan. Lo\u2018nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz.<\/p>\n<p>So\u2018nggi olti yilda bolalarni maktabgacha ta\u2019lim bilan qamrab olish darajasi 27\u00a0foizdan 70\u00a0foizga yetishi natijasida bugungi kunda 2\u00a0millionga yaqin bola bog\u2018chaga bormoqda. Yaqinda Toshkent shahrida o\u2018tkazilgan YUN\u0415SKOning Maktabgacha ta\u2019lim bo\u2018yicha Umumjahon anjumanida ham bu islohotlarimiz yuksak e\u2019tirof etildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, kelgusi besh yilda qamrovni 80\u00a0foizga yetkazish uchun 600\u00a0ming yangi bog\u2018cha o\u2018rni kerak. Bu \u2013 juda katta marra. Shu bois, bog\u2018chalar sonini ko\u2018paytirish, ulardagi ta\u2019lim va tarbiya sifatini tubdan yaxshilash bo\u2018yicha besh yillik dastur qabul qilinadi. Bog\u2018cha qamrovini kengaytirish bo\u2018yicha xususiy sektorga qo\u2018shimcha sharoitlar yaratiladi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda oliygohlarimiz 2,5\u00a0barobar ko\u2018payib, 198\u00a0taga yetdi, qamrov darajasi 9\u00a0foizdan 38\u00a0foizga oshdi.<\/p>\n<p>Biz bu raqamlarni yanada ko\u2018paytirishni maqsad qilganmiz. Lekin, ta\u2019lim sifati nima bo\u2018ladi, degan savol hammamizni o\u2018ylantirishi kerak.<\/p>\n<p>Avvalambor, bunga har bir oliygoh o\u2018zi harakat qilishi lozim, o\u2018shanda natija bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bu borada 41\u00a0ta oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi, ularda transformatsiya ofislari ochildi. Oliygoh rektorlari, professor va o\u2018qituvchilar bu jarayonlarda faol bo\u2018lishlari, yangi, ilg\u2018or metodikalarni joriy qilishlari kerak.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda oliygoh talabalari uchun imtiyozli ta\u2019lim kreditlariga resurslar 2\u00a0barobar ko\u2018paytirilib, 1,7\u00a0trillion so\u2018m ajratiladi.<\/p>\n<p>Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5\u00a0trillion so\u2018m yo\u2018naltirildi. Bu \u2013 2017\u00a0yilga nisbatan qariyb 6\u00a0barobar ko\u2018p, degani.<\/p>\n<p>Olimlarning ish haqi ham 4,5\u00a0barobar oshirildi.<\/p>\n<p>Bularning barchasi hisobidan nano va biotexnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18\u00a0ta yangi ilmiy yo\u2018nalish tashkil etildi.<\/p>\n<p>Kelgusi yili ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8\u00a0trillion so\u2018m ajratiladi.<\/p>\n<p>Endi olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo\u2018nalishlarda aniq natijalar ko\u2018rsatishlari kerak.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Xalqimizning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytiramiz.<\/p>\n<p>Avvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Ajratilayotgan mablag\u2018lar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sug\u2018urtasiga o\u2018tishni tezlashtiramiz. Kelgusi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda bir og\u2018riqli masalani aytib o\u2018tmoqchiman. Bugungi kunda 7\u00a0million aholimizda turli xil surunkali kasalliklar bor.<\/p>\n<p>Sog\u2018lom hayot tarzi haqida olti yildan beri gapiryapmiz. Lekin Sog\u2018liqni saqlash vazirligi buni hali joy-joyiga qo\u2018ya olmayapti. Sog\u2018lom ovqatlanish ratsioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayapti, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni o\u2018rgatish ishlari yo\u2018q. Aslida, inson salomatligi, tibbiyotning zamini ham shular-ku! Shu bois,\u00a0<em><strong>\u201cTo\u2018g\u2018ri ovqatlanish va sog\u2018lom turmush tarzi\u201d yangi umummilliy harakati<\/strong><\/em>ni mahalladan boshlaymiz. Bu harakatda yoshu qari \u2013 barcha yurtdoshlarimiz o\u2018z o\u2018rnini topishi kerak.<\/p>\n<p>Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish ishlari davom ettiriladi. Kelgusi ikki yilda har bir oilaviy poliklinika va shifokor punktiga eng kerakli uskuna va jihozlar yetkazib beriladi, ekspress laboratoriyalar to\u2018liq yangilanadi.<\/p>\n<p>Yangi yilda qo\u2018shimcha 140\u00a0ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalari, 520\u00a0ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish bo\u2018yicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi. Barcha tug\u2018ruq komplekslari to\u2018liq ta\u2019mirlanadi va jihozlanadi, o\u2018rinlar soni 35\u00a0foizga ko\u2018paytiriladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, mamlakatimizda 15\u00a0mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj. Shu bois, kelgusi yilda Samarqand, Farg\u2018ona va Xorazmda, davlat-xususiy sheriklik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalarini boshlaymiz.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram qo\u2018shma majlis qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, barcha islohotlarimiz zamini va ko\u2018zgusi bu \u2013 mahalla. Jamiyatimizdagi barcha jarayonlar mahalla hayotida o\u2018z ifodasi va amaliy yechimini topadi.<\/p>\n<p><em><strong>Mahalla \u2013 tinchlik va osoyishtalik poydevori, ahillik va hamjihatlik, ma\u2019rifat va tarbiya qo\u2018rg\u2018onidir.<\/strong><\/em>\u00a0Shuning uchun ham bundan buyon davlat investitsiya dasturlari mahalla darajasiga tushiriladi.<\/p>\n<p>Avvalambor, 2023-yilda aholi tomonidan taklif berilgan suv, elektr energiyasi, yo\u2018l, maktab kabi yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha loyihalar uchun qariyb 3 barobar ko\u2018p, ya\u2019ni 8\u00a0trillion so\u2018m yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Har bir mahalla o\u2018zining kutubxonasi, sport maydonchasiga ega bo\u2018lishi zarur.<\/p>\n<p>Mahalla o\u2018zining muammosini mustaqil hal etishi uchun \u201cMahalla budjeti\u201d tizimi joriy etiladi. Buning uchun yangi yilda 1\u00a0yanvardan boshlab mol-mulk va yer soliqlarining bir qismi mahallaning o\u2018zida qoladi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Konstitutsiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega bo\u2018lishi to\u2018g\u2018risidagi yangi moddalarni kiritish lozim, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmini 1,5\u00a0barobar oshirib, 90\u00a0mingga yetkazamiz. Bu borada ikki yil oldin boshlangan imtiyozli shartlar asosida ipoteka kreditlari berish davom ettiriladi.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda Toshkent viloyatida \u201cMening birinchi uyim\u201d yangi ipoteka dasturi boshlanadi. Dastur doirasida, birinchi navbatda turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, jamoat transportidagi vaziyat mutlaqo o\u2018zgaradi. Toshkent shahri uchun qo\u2018shimcha ravishda 1\u00a0mingta zamonaviy avtobus sotib olinadi, 7\u00a0ta yer usti metro bekati ishga tushiriladi. Bularning hisobidan har kuni 500\u00a0mingdan ziyod poytaxt aholisi va mehmonlariga qo\u2018shimcha qulayliklar yaratiladi.<\/p>\n<p>Hududlarda ham yo\u2018lovchi tashish sifatini yaxshilash maqsadida yana 1\u00a0mingta avtobus harakati yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Bu orqali jamoat transporti bo\u2018yicha ahvol og\u2018ir bo\u2018lgan 300\u00a0ta mahalladagi 1\u00a0million aholining uzog\u2018i yaqin qilinadi.<\/p>\n<p><em><strong>Uchinchi yo\u2018nalish.\u00a0<\/strong><\/em>Inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida belgilanishi lozim.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda sud-huquq tizimida adolat o\u2018rnatish bo\u2018yicha ko\u2018p ish qildik. Shu bilan birga, odil sudlovni ta\u2019minlash bo\u2018yicha hali qo\u2018limiz yetib bormagan masalalar bor. Afsuski, hozir ham tergov sifati pastligi, sudlarda odamlarning ovoragarchiligi, sud qarorlari ijro etilmay qolayotgani bilan bog\u2018liq holatlar uchramoqda.<\/p>\n<p>Bu masalalar, eng avvalo, Oliy sud raisi va Bosh prokurorni tashvishga solishi kerak.<\/p>\n<p>Nima uchun haligacha davlat hisobidan bepul ta\u2019minlanadigan advokatlarni elektron tanlash tizimi ishga tushmadi? Kim bunga qarshi?<\/p>\n<p>Bu masalani alohida nazoratga olib, tez kunlarda ushbu tizimning to\u2018liq ishga tushirilishini ta\u2019minlashimiz zarur.<\/p>\n<p>Shu bois, qisqa muddatda huquq-tartibot idoralarini yangicha ishlashga o\u2018rgatadigan, odil sudlov sifatini oshiradigan tizim yaratamiz. Bu masalada alohida Farmon imzolanadi.<\/p>\n<p>Eng avvalo, odamlarimizning joylarda sudma-sud sarson bo\u2018lib yurishlariga barham beriladi. Buning uchun adolatli hukm va qaror chiqarish bo\u2018yicha viloyat sudlarining vakolati ham, mas\u2019uliyati ham oshiriladi.<\/p>\n<p>Tintuv o\u2018tkazish, telefon so\u2018zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga o\u2018tkazamiz. Endi tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qo\u2018ya olmaydi. Axir, biz xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish bo\u2018yicha ozmuncha harakat qilyapmizmi?<\/p>\n<p>Bundan buyon mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Tergov sifatini oshirish bo\u2018yicha ham tizimli choralar ko\u2018ramiz. Tergov shaxsni ayblash uchun emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlash uchun ishlashi kerak.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, sudda ishlarni ko\u2018rishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus o\u2018qitiladi, ishni sudda ko\u2018rishda xolis, mustaqil bo\u2018lishi qonun bilan belgilanadi.<\/p>\n<p>Odil sudlovni ta\u2019minlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta ko\u2018rib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi.<\/p>\n<p>Nima uchun advokatga jinoyat ishi qo\u2018zg\u2018atish va tugatish haqidagi qarordan nusxa berilmaydi? Bunday holatda tenglik haqida qanday gapirish mumkin?<\/p>\n<p>Endi sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachining fikri bilan birga qabul qilinadi.<\/p>\n<p>Ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi bo\u2018yicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab o\u2018rganiladigan tizim joriy qilinadi.<\/p>\n<p>Oxirgi paytlarda ayrim vaqtincha ushlab turish joylarida inson huquqlari buzilishi bo\u2018yicha og\u2018riqli masalalar ko\u2018tarilmoqda.<\/p>\n<p>Bizning yurtimizda bunday holatlar umuman bo\u2018lishi mumkin emas. Kim bunga amal qilmasa, qonun ustuvor, jazo muqarrar bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shu bois, bunday joylarga olib kelingan barcha shaxslarni hisobga olishning onlayn tizimi joriy etiladi va yuzni tanish uskunasi o\u2018rnatiladi.<\/p>\n<p><em><strong>Hech kimning unutishga haqqi yo\u2018q \u2013 qonun talablari va inson huquqlari \u2013 biz uchun oliy qadriyat.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Bosh prokuror va Ichki ishlar vaziri bu haqiqatni har bir xodimiga yetkazib, ta\u2019sirchan nazorat o\u2018rnatishi shart.<\/p>\n<p>Ilg\u2018or xorijiy tajribalar asosida ma\u2019muriy sudlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqamiz.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy sudlarga hokim qaroridan norozi bo\u2018lib murojaat qilingan taqdirda, ishlarni eksterritorial tartibda, ya\u2019ni boshqa hududda ham ko\u2018rish amaliyoti joriy qilinadi.<\/p>\n<p>Vazirlar ham, hokimlar ham bir haqiqatni yaxshi tushunib olishi kerak:\u00a0<em><strong>O\u2018zbekistonda mulk va investitsiyaning himoyachisi qaysidir hokim yoki vazir emas, faqat Konstitutsiya, qonun va sud bo\u2018ladi.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Bu borada Xalqaro tijorat sudini O\u2018zbekistonda tashkil qilish bo\u2018yicha ham amaliy ishlar boshlandi.<\/p>\n<p>Yuqoridagi barcha tashabbuslarni Konstitutsiyada to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muhrlab qo\u2018yish lozim.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda biz uchun dolzarb muammo bo\u2018lgan korrupsiya masalasiga alohida to\u2018xtalib o\u2018tmoqchiman.<\/p>\n<p>O\u2018tgan ikki yilda 5\u00a0mingga yaqin mansabdor korrupsiyaga doir jinoyatlar bo\u2018yicha javobgarlikka tortildi. Lekin, ochiq aytish kerak, bu \u2013 masalaning sababi bilan emas, oqibati bilan kurashish.<\/p>\n<p>Deputat va senatorlar, mahalliy kengashlar ham bong urib, aniq sohalarni tahlil qilib, korrupsiyani bartaraf etish bo\u2018yicha faol bo\u2018lishlari kerak emasmi?<\/p>\n<p>Har bir deputat o\u2018zining okrugidagi budjet hisobidan bo\u2018layotgan qurilishlar, yo\u2018llarni, har oyda borib ko\u2018rsa, buyurtmachi va pudratchidan sifatni talab qilsa, bilasizlarmi, ahvol qanday o\u2018zgaradi? Buning uchun sizlarda yetarli vakolat ham, shijoat ham bor.<\/p>\n<p>Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida alohida qonunlar qabul qilinib, huquqiy asoslar yaratildi.<\/p>\n<p>Endi amaliy ishlarni kuchaytirish kerak. Sun\u2019iy monopoliyaga, yopiq sxemalarga, umuman korrupsiyaga imkon yaratadigan barcha bo\u2018shliqlarga barham beriladi.<\/p>\n<p><em><strong>To\u2018rtinchi yo\u2018nalish<\/strong><\/em>\u00a0ekologiya, ayniqsa, suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani bilan bog\u2018liq.<\/p>\n<p>Biz nafaqat bugungi, balki kelajak avlodlarni ham o\u2018ylashimiz shart. Shu bois, Konstitutsiyamizda tabiiy resurslar, jumladan, suv havzalari va yer osti zaxiralarini muhofaza qilish bo\u2018yicha talablarni kuchaytirishimiz zarur.<\/p>\n<p>Bilasiz, mamlakatimiz so\u2018nggi 3\u00a0yilda qurg\u2018oqchilikni boshdan kechirdi. Buning ta\u2019siri, ayniqsa, Amudaryoning quyi havzasidagi hududlarimizda yaqqol sezildi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda Amudaryo o\u2018zanida yangi kanal qurilishi bo\u2018yicha qo\u2018shni Afg\u2018onistonning muvaqqat hukumati hamda jahon hamjamiyati bilan birga xalqaro me\u2019yorlar asosida va mintaqaning barcha davlatlari manfaatlarini inobatga olish yuzasidan amaliy muloqotlar olib borish lozim, deb hisoblaymiz. Bunday yondashuv qo\u2018shnilarimiz tomonidan ham qo\u2018llab-quvvatlanishiga ishonamiz.<\/p>\n<p>Umuman, so\u2018nggi 15\u00a0yilda yog\u2018ingarchilik 25\u00a0foizga qisqardi. Yozda o\u2018ta issiq kunlar davomiyligi ortgani oldimizda hali katta sinovlar borligidan dalolat beradi. Lekin hozirgi vaqtda ekin maydonlariga suv yetkazib berishda sezilarli yo\u2018qotishlar bor. Shu bois, suv xo\u2018jaligi tizimi isloh qilinadi.<\/p>\n<p>Suvning hisobini ochiq-oshkora yuritish tizimi joriy etiladi va kelgusi uch yilda 13\u00a0mingga yaqin suv xo\u2018jaligi obyekti raqamlashtiriladi. Shu bilan birga, 16\u00a0ta yirik nasos stansiyasi davlat-xususiy sherikchilik asosida modernizatsiya qilinadi va muqobil energiyaga o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Bularga qo\u2018shimcha ravishda suv solig\u2018i bo\u2018yicha tushumlarning bir qismi tumanlarda sug\u2018orish xizmatlarini rivojlantirish, ariq, zovur va kanallarni betonlashga yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Hozirgi vaqtda butun dunyoda bo\u2018lgani kabi O\u2018zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo\u2018lmoqda. Aksariyat hududlarimizda tuproq tarkibi buzilib, unumdor yerlar qisqarib borayotgani, cho\u2018llanish, suv yetishmasligi, qurg\u2018oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan ta\u2019minlash shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>Tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish kelgusi yilda har bir mahalla aholisining madaniyati va amaliy harakatiga aylanishi kerak. Bu borada mavjud vaziyatni ijobiy tomonga o\u2018zgartirish uchun ekologiya va atrof-muhitni asrash bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarimizni, xususan,\u00a0<em><strong>\u201cYashil makon\u201d umummilliy loyihasi<\/strong><\/em>\u00a0doirasidagi ishlarimizni kuchaytiramiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli xalq vakillari!<\/strong><\/p>\n<p>Biz qishloq xo\u2018jaligida islohotlarni qat\u2019iy davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Yer munosabatlari bo\u2018yicha katta ishlarni boshlab, shu yilning o\u2018zida 100\u00a0ming gektar ekin yerini aholiga dehqonchilik qilish uchun bo\u2018lib berdik. Buning hisobidan 1,5\u00a0million tonna qo\u2018shimcha oziq-ovqat yetishtirildi.<\/p>\n<p>Eng asosiysi, qishloqlarda 400\u00a0mingta yangi dehqon xo\u2018jaligi tashkil qilindi, 1\u00a0million 200\u00a0mingdan ziyod odamlarimiz band bo\u2018lib, daromad olyapti.<\/p>\n<p>Agar shu islohotni qilmaganimizda, bozor va do\u2018konlarimiz hozirgidek to\u2018kin bo\u2018larmidi, eksport shu darajaga yetarmidi, jon boshiga daromad o\u2018sarmidi?<\/p>\n<p>Shu bois, 2023 yilda ham suv ta\u2019minoti yaxshi bo\u2018lgan 100\u00a0ming gektar qo\u2018shimcha ekin maydonlarini aholiga ajratamiz. Buning hisobidan qariyb 350\u00a0mingta yangi dehqon xo\u2018jaligi tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Agar jami 750\u00a0mingta yangi dehqon xo\u2018jaligini tadbirkorga, yer egasiga aylantira olsak, qishloqda juda ko\u2018p ijtimoiy muammolar, avvalo, ishsizlik va kambag\u2018allik masalasi yechiladi. Men bunga ishonaman.<\/p>\n<p>Viloyat va tuman hokimlari bu ishni samarali tashkil etishga mas\u2019ul va javobgar bo\u2018lib, xalq oldida doimiy hisobot berib borishlari kerak. Buning uchun kooperatsiyani faol qo\u2018llab-quvvatlaymiz, kichik va o\u2018rta quvvatli saqlash korxonalari, saralash va qayta ishlash infratuzilmasini rivojlantiramiz.<\/p>\n<p>Umuman, agrar sohada yuqori qo\u2018shilgan qiymat zanjirini yaratish loyihalariga 2023\u00a0yilda 1\u00a0milliard dollar ajratiladi.<\/p>\n<p><em><strong>Beshinchi yo\u2018nalish.<\/strong><\/em>\u00a0Erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog\u2018lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta\u2019minlash, tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash Konstitutsiyada alohida o\u2018rin egallashi kerak.<\/p>\n<p>Bugungi kunda dunyoda sodir bo\u2018layotgan keskin jarayonlardan barchangiz xabardorsiz. Jahonda murakkab geosiyosiy vaziyat, energiya resurslari tanqisligi kuchayib bormoqda, oziq-ovqatga ehtiyoj ortib, moliyaviy resurslar qimmatlashmoqda.<\/p>\n<p>Bunday vaziyatda, qanchalik og\u2018ir bo\u2018lmasin, iqtisodiy islohotlarni qat\u2019iy davom ettiramiz, ichki imkoniyatlarni to\u2018liq safarbar qilib, xususiy sektorni yanada qo\u2018llab-quvvatlaymiz. Buning uchun, eng avvalo, tadbirkorlik muhitini tobora yaxshilash bo\u2018yicha islohotlarni jadallashtiramiz.<\/p>\n<p>Birinchi navbatda, hududlar o\u2018rtasidagi iqtisodiy tengsizlikni qisqartirish, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirish bo\u2018yicha yangicha yondashuvlar joriy etiladi.<\/p>\n<p>Biz chuqur tahlil qildik. Kelgusi yildan boshlab tuman va shaharlar mavjud sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, 5\u00a0ta toifaga ajratiladi. Jumladan, tadbirkorlik uchun har tomonlama rivojlangan 26\u00a0ta tuman \u2013 1-toifaga; infratuzilmasi yaxshi bo\u2018lgan 46 ta tuman \u2013 2-toifaga; sharoiti nisbatan qoniqarli bo\u2018lgan 76\u00a0ta tuman \u2013 3-toifaga; jozibadorligi yetarli bo\u2018lmagan 40\u00a0ta tuman \u2013 4-toifaga; sharoiti og\u2018ir bo\u2018lgan 20\u00a0ta tuman \u2013 5-toifaga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n<p>Endi toifaga qarab, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishini belgilaymiz. Tadbirkorlar uchun subsidiya, kreditlar va kompensatsiyalar toifalardan kelib chiqib ajratiladi. Ular uchun soliq stavkalari har xil bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Misol uchun, beshinchi toifaga kiruvchi, sharoiti eng og\u2018ir bo\u2018lgan 20\u00a0ta tuman uchun aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig\u2018i, ijtimoiy soliq stavkalarini 1\u00a0foiz miqdorida belgilaymiz. Mazkur tumanlardagi tadbirkorlar yer va mol-mulk soliqlari bo\u2018yicha hisoblangan summaning atigi 1\u00a0foizini to\u2018laydi. Yakka tadbirkorlar qat\u2019iy stavkadagi soliqlarni to\u2018lashdan ozod etiladi.<\/p>\n<p>Xuddi shunday, boshqa toifadagi tumanlarda kreditlarga pasaytirilgan foiz stavkalarini qo\u2018llash, infratuzilma xarajatlarini davlat tomonidan qoplab berish kabi bir qator yengilliklar beriladi.<\/p>\n<p>Budjet xarajatlari, aholi va tadbirkorlar oldidagi majburiyatlarimizni qisqartirmagan holda, biznesga soliq yukini kamaytirish bo\u2018yicha ishlarni davom ettiramiz. Jumladan, 1\u00a0yanvardan boshlab qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i stavkasini 15\u00a0foizdan 12\u00a0foizga pasaytirish hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida yiliga kamida 14\u00a0trillion so\u2018m mablag\u2018 qoladi. Lekin biznes muhitini yaxshilash uchun faqat soliqni kamaytirishning o\u2018zi yetarli emas.<\/p>\n<p>O\u2018tkazilgan so\u2018rovlarda 70\u00a0foiz tadbirkorlar soliq, bojxona, hokimiyat, elektr, kadastr, yong\u2018in xavfsizligi, sanitar nazorat kabi idoralar tomonidan ma\u2019muriy bosimlar borligini bildirgan. Shu bois, 2023\u00a0yilda nazorat qiluvchi va ruxsat beruvchi idoralar faoliyati yana bir marta tanqidiy ko\u2018rib chiqiladi.<\/p>\n<p>Birinchi navbatda, ilg\u2018or tajribalar asosida soliq va bojxona ma\u2019murchiligi jiddiy isloh qilinadi. Bunda hamma davlat idoralarida tadbirkorlarga servis xizmati ko\u2018rsatishni baholash tizimi joriy qilinadi. Kelgusi yil shu masala bilan qattiq shug\u2018ullanamiz.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlab aytmoqchiman: biz tadbirkorlik sohasida javobgarlikni yengillashtirish bo\u2018yicha boshlagan islohotlarimizni jadal davom ettiramiz.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Xalqimiz ham, tadbirkor va investorlar ham bizdan dolzarb masala bo\u2018lgan energetika sohasida aniq yechimlar kutayotgani sir emas.<\/p>\n<p>Ochiq aytish kerak, energetika sohasidagi muammolar bugun paydo bo\u2018lib qolgani yo\u2018q.<\/p>\n<p>Ko\u2018p yillar davomida yangi gaz konlariga investitsiya kiritilmagani, elektr va gaz tarmoqlari modernizatsiya qilinmagani ham ayni haqiqat. Oqibatda tizimda aniq hisob-kitob yo\u2018qligi, katta yo\u2018qotishlar oddiy holga aylanib qolgan edi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, so\u2018nggi olti yilda aholimiz 13\u00a0foizga, sanoat korxonalari esa 2\u00a0barobar ortib, 45\u00a0mingdan 100\u00a0mingtaga ko\u2018paydi. Natijada elektr energiyasiga talab kamida 35\u00a0foiz oshdi va yildan-yilga ko\u2018payib bormoqda.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotimiz barqaror rivojlanishi uchun energetika sohasiga 25-30\u00a0milliard dollar investitsiya kerak. Bunga faqatgina xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali erishish mumkin.<\/p>\n<p>Shu bois, so\u2018nggi uch yilda sohaga 8\u00a0milliard dollarlik to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri investitsiyalar jalb qilindi. Jumladan, o\u2018tgan haftada Buxoro, Namangan va Xorazmda quvvati 500\u00a0megavattli yana 3\u00a0ta quyosh stansiyasini qurish bo\u2018yicha tanlov yakunlandi. Deputat va senatorlar tomonidan qabul qilingan yangi qonunlar buning uchun huquqiy asos bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Yil boshidan quvvati 1,5\u00a0ming megavattli 7\u00a0ta elektr stansiyasini ishga tushirdik.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda yana 4,5\u00a0ming megavattli 11\u00a0ta yirik loyihani yakuniga yetkazamiz. Jumladan, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Farg\u2018ona va Toshkent viloyatlarida barpo etiladigan quyosh va shamol elektr stansiyalari hisobidan qo\u2018shimcha 14\u00a0milliard kilovatt elektr ishlab chiqariladi. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50\u00a0foizga ko\u2018payadi.<\/p>\n<p>Ochiq aytish kerak, ko\u2018p iqtisodchilar energetika sohasida erkin bozorga o\u2018tishni taklif qilmoqda.<\/p>\n<p>Bu \u2013 to\u2018g\u2018ri yo\u2018l. Men ham buni xohlayman. Lekin xalqimizning jon boshiga daromadi, ijtimoiy himoyasini o\u2018ylab, bu sohadagi islohotlarni shoshmasdan, bosqichma-bosqich qilishimiz kerak.<\/p>\n<p>Eng muhim masala \u2013 energiya resurslaridan samarali foydalanish.<\/p>\n<p>Afsuski, iqtisodiyotimizda energiya sarfi boshqa davlatlardan 2\u00a0barobar yuqori. Shuning uchun energiya samaradorligini oshirish Milliy dasturini qabul qilamiz. Deputat va senatorlarimiz bu ishga bosh-qosh bo\u2018lsa, albatta ijobiy natija bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Uy, ishxona, bog\u2018cha, maktab va ko\u2018chalarda odamlarimizga energiyaning qadriga yetish, uni tejashni o\u2018rgatish kerak. Qonunlarimizda ham bu masalalarni mustahkamlash zarur.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, kichik hajmdagi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish keskin oshiriladi. Misol uchun, Toshkent viloyatida Olmaliq, Bekobod kombinatlari va boshqa yirik korxonalar o\u2018z ehtiyojlari uchun 1\u00a0ming megavattli quyosh elektr stansiyalarini o\u2018rnatsa, yiliga 2,5\u00a0milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi. Bu orqali Toshkent viloyatining qariyb 30\u00a0foiz elektr iste\u2019moli ta\u2019minlanadi va 500\u00a0million kub metr gaz tejaladi.<\/p>\n<p>Xuddi shunday asosda boshqa viloyatlar ham hisob-kitoblarini qilib, kelgusi yil uchun aniq rejalarini belgilab olishi kerak.<\/p>\n<p>Respublikaning har bir tuman va shahar hokimi ham o\u2018z hududidagi xonadon va korxonalarda jami 5-10\u00a0megavattli qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini amalga oshirishi shart.<\/p>\n<p>Agar ana shu masalaga jiddiy kirishsak, bu ishlar albatta natijasini beradi.<\/p>\n<p>Umuman, kelgusi uch yilda barcha davlat tashkilotlarida quyosh panellari va issiq suv kollektorlari o\u2018rnatiladi. Ushbu maqsadlarda 2\u00a0milliard dollar miqdorida investitsiya jalb qilinadi. Buning hisobidan ularning 60\u00a0foiz elektr va gaz iste\u2019moli \u201cyashil energiya\u201dga o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p>Aholi xonadonlarida esa, quyosh paneli o\u2018rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2\u00a0barobar ko\u2018paytiriladi.<\/p>\n<p>Umuman, \u201cyashil energiya\u201dga tezroq o\u2018tmasak, bu borada qonunlarimizda ham aniq mexanizmlarni belgilamasak, aholimiz va tadbirkorlarimizni rozi qila olmaymiz.<\/p>\n<p>Gaz zaxiralarini ko\u2018paytirish maqsadida geologiya-qidiruv ishlari bo\u2018yicha o\u2018n yillik dastur qabul qilamiz. Bunda yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda gaz qazib chiqarish ishlarini boshlaymiz. Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi.<\/p>\n<p>Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko\u2018rib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo\u2018yicha tegishli choralar ko\u2018riladi.<\/p>\n<p><em><strong>Oltinchi yo\u2018nalish.\u00a0<\/strong><\/em>Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko\u2018paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilaymiz.<\/p>\n<p>Biz so\u2018nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30\u00a0foizidan oshirishga erishdik.<\/p>\n<p>Kelgusi yili qariyb 30\u00a0milliard dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25\u00a0milliard dollar xususiy investitsiyalar bo\u2018ladi. Jumladan, umumiy qiymati 8\u00a0milliard dollarlik 300\u00a0dan ziyod loyihani ishga tushiramiz va yana 40\u00a0ta yangi yirik loyiha boshlanadi.<\/p>\n<p>Misol uchun, \u201cYoshlik\u201d mis konini o\u2018zlashtirishning birinchi bosqichi yakuniga yetkazilib, 60\u00a0million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega 3-misni boyitish fabrikasi ishga tushadi. Bu orqali Olmaliq kombinatining rudani qayta ishlash quvvati hozirgi 40\u00a0milliondan 100\u00a0million tonnaga yetadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, Olmaliqda misni boyitish fabrikasi va Mis eritish zavodi loyihalari boshlanadi.<\/p>\n<p>Navoiydagi Pistali konida 4\u00a0million tonna oltin rudasini qayta ishlash majmuasining qurilishi yakunlanadi.<\/p>\n<p>Metallurgiya sohasida amalga oshirilayotgan katta dasturlarimiz besh yildan keyin misni \u2013 3\u00a0barobar, oltinni esa yiliga 150\u00a0tonnagacha oshirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Kimyo, avtomobilsozlik va qishloq xo\u2018jaligi mashinasozligida ham katta-katta loyihalar ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, faol investitsiyalarni jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan to\u2018liq va samarali foydalanish zarur.<\/p>\n<p>Kelgusi yili katta xususiylashtirishni boshlaymiz, 1\u00a0mingga yaqin korxona savdoga chiqariladi.<\/p>\n<p>Bugun ko\u2018nglimdagi bir niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim \u2013 yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo\u2018lsin. Odamlarimiz o\u2018z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo\u2018lsin.<\/p>\n<p>Shuning uchun topshiriq berdim: kelgusi yilda eng yirik 10\u00a0ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o\u2018z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi.<\/p>\n<p>Bu chinakam xalqchil IPO bo\u2018lishiga ishonaman.<\/p>\n<p>Shu borada ilgari ham aytgan gapimni takrorlashni o\u2018rinli, deb bilaman:\u00a0<em><strong>xalq boy bo\u2018lsa, davlat ham boy va qudratli bo\u2018ladi.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Navbatdagi masala \u2013 2023\u00a0yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo\u2018shimcha 4\u00a0milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Bu yil boshlangan\u00a0<em><strong>\u201cYangi O\u2018zbekiston \u2013 raqobatbardosh mahsulotlar yurti\u201d<\/strong><\/em>\u00a0dasturi o\u2018z samarasini bermoqda. Bir yilning o\u2018zida 2\u00a0mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi.<\/p>\n<p>Kelgusi yilda ham eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettiriladi.<\/p>\n<p>Yevropa bozorlariga tekstil, elektr texnikasi, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2\u00a0barobar oshiramiz. Mahsulotlar eksporti bo\u2018yicha hozirgi 9\u00a0ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvi 3\u00a0barobar qisqaradi.<\/p>\n<p>Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lish bo\u2018yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz.<\/p>\n<p>Umuman, 2023-yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23\u00a0milliard dollardan ortadi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli deputat va senatorlar!<\/strong><\/p>\n<p>Dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda ochiq va pragmatik, o\u2018zaro ishonch va hurmatga asoslangan tashqi siyosatni izchil davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Bundan keyin ham asosiy e\u2019tiborimizni Markaziy Osiyodagi barcha qo\u2018shni mamlakatlar va dunyodagi strategik sheriklarimiz bo\u2018lgan davlatlar, xalqaro tashkilotlar bilan ko\u2018p qirrali va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga qaratamiz.<\/p>\n<p>Milliy xavfsizlikni ta\u2019minlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqamiz.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda deputat va senatorlarimiz, mahalla, nuroniy, xotin-qizlar va yoshlar faollariga, butun xalqimizga qarata aytmoqchiman: eng bebaho oliy ne\u2019mat \u2013 tinchligimiz va osoyishtaligimizning qadriga yetaylik, oilalarimiz, farzandlarimiz, kelgusi avlodlarimizning baxtu kamoli uchun bu ulug\u2018 boylikni asrab-avaylaylik!<\/p>\n<p>Shu maqsadda biz yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning ona yurtga mehri va sadoqatini oshirishga yanada ko\u2018proq ahamiyat berishimiz kerak.<\/p>\n<p>Yosh avlodimizni ana shunday barkamol, el-yurt uchun fidoyi insonlar qilib tarbiyalashda biz muhtaram nuroniylarimizga tayanamiz.<\/p>\n<p>Hayotimizning fayzu farishtasi bo\u2018lgan duogo\u2018y otaxon va onaxonlarimizning sihatgohlarda salomatligini tiklash, ularga mahalla va jamoat maskanlarida qo\u2018shimcha sharoitlar yaratishni davom ettiramiz.<\/p>\n<p>Millati, tili va dinidan qat\u2019i nazar, O\u2018zbekistonni o\u2018zining Vatani deb biladigan, uning ravnaqi uchun hissa qo\u2018shib kelayotgan har bir fuqaro bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning e\u2019tibori va ardog\u2018ida bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Millatlararo do\u2018stlik, diniy konfessiyalar o\u2018rtasidagi hamjihatlik, ijtimoiy bag\u2018rikenglik muhitini yanada mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.<\/p>\n<p>Butun dunyoda kuchayib borayotgan radikalizm, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, giyohvandlik kabi xatarlar, afsuski, bizni ham chetlab o\u2018tmayapti. Lekin takror aytaman, musulmon ummatiga saboq bergan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ulamolar yetishib chiqqan bizning diyorimizda bu borada adashganlar, radikalizm va ekstremizm g\u2018oyalariga berilganlar bo\u2018lishi mumkinmi?<\/p>\n<p><em><strong>Biz jamiyatimizda har qanday radikallashuvga, yoshlarimiz ongini buzg\u2018unchi yot g\u2018oyalar bilan zaharlashga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga, ma\u2019rifat o\u2018rnini jaholat egallashiga yo\u2018l qo\u2018ymaymiz.\u00a0<\/strong><\/em>Buning uchun nafaqat mas\u2019ul tashkilotlar, balki barchamiz birgalikda muqaddas dinimizning insonparvarlik mohiyatini ochib berish, farzandlarimizni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo\u2018yicha oila, mahalla va ta\u2019lim maskanlarida ish olib borishimiz zarur.<\/p>\n<p>Bu muhim masalada alohida Milliy dastur qabul qilamiz.<\/p>\n<p>Jamiyatimizning ma\u2019naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo\u2018llab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yo\u2018nalishlardan biri bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g\u2018oyat og\u2018ir sharoitda ilm-ma\u2019rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g\u2018oyalarini dadil ko\u2018tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o\u2018rganishimiz lozim. Ularning ulug\u2018 maqsadlar yo\u2018lidagi mardona kurashi va fidoyiligi Yangi O\u2018zbekistonni qurishda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat maktabi bo\u2018lib xizmat qilishi zarur.<\/p>\n<p>Fransiyadagi mashhur Luvr muzeyida shu kunlarda davom etayotgan milliy ko\u2018rgazma xalqimizning noyob tarixiy merosi, betakror madaniyati va an\u2019analariga xorijda qiziqish qanchalik yuqori ekanini ko\u2018rsatmoqda. Bunday tarixiy va madaniy boyliklarimizni yoshlarimizga va xorijiy turistlarga yanada kengroq tanishtirish, muzeylarni zamon talablariga moslashtirish bo\u2018yicha alohida dastur amalga oshiriladi.<\/p>\n<p><strong>Qadrli yurtdoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Mana, sizlar bilan birgalikda 2023-yil uchun ulkan maqsad va vazifalarni belgilab oldik. Albatta, dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda bu vazifalarni amalga oshirish oson bo\u2018lmaydi. Lekin biz o\u2018tgan davrda katta bilim va tajriba to\u2018pladik. Eng muhimi, o\u2018z kuch va imkoniyatlarimizga bo\u2018lgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda.<\/p>\n<p><em><strong>Shu bois, qanchalik qiyin bo\u2018lmasin, tanlagan yo\u2018limizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Ko\u2018zlagan marralarimizga albatta yetamiz. Bu yo\u2018lda niyati ulug\u2018, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz.<\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>Bir tanu bir jon bo\u2018lib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi O\u2018zbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlab kelayotgan, barcha sinovlarni mardona yengib, o\u2018zining fidokorona mehnati bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga beqiyos hissa qo\u2018shayotgan mard va olijanob, bag\u2018rikeng xalqimizga yana bir bor ta\u2019zim qilaman.<\/p>\n<p>Barchangizni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tilayman.<\/p>\n<p>Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo\u2018lsin!<\/p>\n<p>Yaratganning o\u2018zi barchamizni, O\u2018zbekistonimizni panohida asrasin!<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O\u2018zbekiston Xalqiga yillik Murojaatnomasini taqdim etdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1687,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1686","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1686","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1686"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1686\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1692,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1686\/revisions\/1692"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1687"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1686"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1686"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1686"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}