{"id":1699,"date":"2022-12-29T00:01:09","date_gmt":"2022-12-29T00:01:09","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1699"},"modified":"2022-12-28T09:34:41","modified_gmt":"2022-12-28T09:34:41","slug":"the-main-directions-of-tax-policy-for-2023-have-been-determined","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-main-directions-of-tax-policy-for-2023-have-been-determined\/","title":{"rendered":"Soliq siyosatining 2023 yildagi asosiy yo\u2018nalishlari belgilanmoqda"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O\u2019bekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida \u201c<strong>Soliq va budjet siyosatining 2023 yilga mo\u2018ljallangan asosiy yo\u2018nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida<\/strong>\u201dgi qonun loyihasi ham ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash hamda ularga teng raqobat sharoitlarni yaratish maqsadida soliq yukini pasaytirish va soliq qonunchiligini yanada takomillashtirish bo\u2018yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur qonun loyihasida <strong>2023 yil uchun soliq siyosatining<\/strong> asosiy yo\u2018nalishlarida <strong>qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i bo\u2018yicha soliq stavkasi pasaytirilishi<\/strong>, <strong>aylanmadan olinadigan soliq bo\u2018yicha soliq stavkalarini unifikatsiya qilinishi<\/strong>, <strong>mutlaq summalarda belgilangan soliq stavkalarining kutilayotgan inflyatsiya darajasidan kelib chiqib indeksatsiya qilinishi<\/strong> nazarda tutilmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, 2023 yil uchun belgilangan soliq siyosatida <strong>asosiy soliq stavkalari foyda solig\u2018ining bazaviy stavkasi 15 foiz<\/strong>, <strong>jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig\u2018i 12 foiz<\/strong>, <strong>yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida o\u2018zgarishsiz qoldirilyapti<\/strong>.<\/p>\n<p>Shuningdek, tamaki, alkogol va neft mahsulotlari bo\u2018yicha aksiz solig\u2018i, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat\u2019iy belgilangan miqdorlardagi soliq, yer va mol-mulk solig\u2018i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari inflyatsiya darajasidan kelib chiqib qariyib 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.<\/p>\n<p>Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasida Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar bilan bo\u2018lib o\u2018tgan \u201cOchiq muloqot\u201d doirasida berilgan topshiriqlariga asosan biznes uchun qo\u2018shimcha yengilliklar berilmoqda. Ya\u2019ni, <strong>qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i (QQS) stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha<\/strong>, <strong>jami daromadi ilk marta 1 mlrd. so\u2018mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari uchun 1 yil<\/strong>, <strong>jami daromadi ilk marta 10 mlrd. so\u2018mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari uchun esa 2 yil davomida foyda solig\u2018i stavkasi 2 baravarga pasaytirilmoqda<\/strong>.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, barcha toifadagi soliq to\u2018lovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkalari unifikatsiya qilinib, <strong>yagona 4 foizlik soliq stavkasi belgilanyapti<\/strong>. Bunda, pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolinadi. Qolaversa, aylanmadan olinadigan soliqning qat\u2019iy belgilangan summadagi stavkasi joriy etilmoqda. Ya\u2019ni, <strong>tadbirkor soliq organlariga majburiy tartibda moliyaviy hisobotlarni taqdim etmaydi va dividend tarzidagi daromadlaridan soliq to\u2018lamaydi<\/strong>.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, loyihada aholi va tadbirkorlik subyektlariga qo\u2018shimcha yengilliklar yaratish maqsadida jismoniy shaxslar o\u2018z daromadlarini ipoteka kreditlarini qoplashga yo\u2018naltirganda soliqqa tortilmaydigan daromadlar miqdorini amaldagi 15 mln. so\u2018mdan 73,6 mln. so\u2018mgacha oshiriladi. Bunda, uy-joyning qiymatiga qo\u2018yilgan talab bekor qilinmoqda.<\/p>\n<p>Qonun loyihasi bilan o\u2018rta biznesni rivojlantirish maqsadida ularga soliq majburiyatlarini 6 oyga foizsiz bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash huquqi ham berilmoqda. Shuningdek, soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirishga qaratishning belgilangan muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda.<\/p>\n<p>Deputatlarning ta\u2019kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi mamlakatimizda tadbirkorlik muhitining yanada yaxshilanishiga, biznes-yuritish shart-sharoitlarni yaxshilashga hamda aholining farovon yashashiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Qizg\u2018in bahs-munozara va savol-javoblardan so\u2018ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/parliament.gov.uz\/uz\/events\/chamber\/41055\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">https:\/\/parliament.gov.uz\/uz\/events\/chamber\/41055\/<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida \u201cSoliq va budjet siyosatining 2023 yilga mo\u2018ljallangan asosiy yo\u2018nalishlari \u201d qabul qilindi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1700,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1699","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1699","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1699"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1699\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1703,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1699\/revisions\/1703"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1700"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1699"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1699"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1699"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}