{"id":1805,"date":"2023-02-07T04:16:46","date_gmt":"2023-02-07T04:16:46","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1805"},"modified":"2023-02-13T04:31:01","modified_gmt":"2023-02-13T04:31:01","slug":"preliminary-indicators-of-the-current-account-of-the-balance-of-payments-for-2022","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/preliminary-indicators-of-the-current-account-of-the-balance-of-payments-for-2022\/","title":{"rendered":"2022 yil uchun to\u2018lov balansi joriy operatsiyalar hisobining dastlabki ko\u2018rsatkichlari"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2022 yil uchun to\u2018lov balansi joriy operatsiyalari hisobining dastlabki ko\u2018rsatkichlari tayyorlandi.<strong>[1]<\/strong><\/p>\n<p>Dastlabki hisob-kitoblarga ko\u2018ra, to\u2018lov balansining joriy operatsiyalar hisobi saldosi manfiy bo\u2018lib, 511 mln. dollarni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Bunda, savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) manfiy saldosi (15,7 mlrd. dollar), birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi (15,2 mlrd. dollar) hisobiga qisman qoplandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Tovarlar va xizmatlar eksporti<\/strong><\/p>\n<p>Jami tovarlar va xizmatlar eksporti (oltinsiz) o\u2018tgan yilga nisbatan 23 foizga yoki 2,8 mlrd. dollarga oshib, 2022 yilda 15,1 mlrd. dollarga yetdi.<\/p>\n<p>Xususan, tovarlar eksporti (oltinsiz) o\u2018tgan yilga nisbatan 18 foizga yoki 1,8 mlrd. dollarga oshib, 11,8 mlrd. dollarni (2021 yilda 10 mlrd. dollar) tashkil etdi.<\/p>\n<p>Tovarlar eksportining asosiy qismini \u201cto\u2018qimachilik va to\u2018qimachilik buyumlari\u201d \u2013 3,3 mlrd. dollar (2021 yilda 3,2 mlrd. dollar), \u201cqimmatbaho bo\u2018lmagan metallar va ulardan buyumlar\u201d \u2013 1,7 mlrd. dollar (2021 yilda 1,6 mlrd. dollar), \u201cmineral mahsulotlar\u201d \u2013 1,3 mlrd. dollar (2021 yilda 962 mln. dollar) hamda \u201ckelib chiqishi o\u2018simlikka mansub mahsulotlar\u201d \u2013 1,3 mlrd. dollar (2021 yilda 1,2 mlrd. dollar) tovar guruhlari tashkil etdi.<\/p>\n<p>Xizmatlar eksporti o\u2018tgan yilga nisbatan 46 foizga yoki 1 mlrd. dollarga oshib, 3,3 mlrd. dollarni (2021 yilda 2,3 mlrd. dollar) tashkil etdi.<\/p>\n<p>Xizmatlar eksporti tarkibida asosiy o\u2018sish transport va safarlar bilan bog\u2018liq xizmatlar komponentiga to\u2018g\u2018ri kelib, 2,6 mlrd. dollarga yetdi. Bunda, mazkur ko\u2018rsatkichning o\u2018tgan yilga nisbatan 43 foizga yoki 781 mln. dollarga oshishi yo\u2018lovchi tashish bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan xalqaro xizmatlar hajmining yuqori sur\u2019atlarda o\u2018sishi hamda yaqin xorijiy mamlakatlar fuqarolari O\u2018zbekistonga qisqa va o\u2018rta muddatga kelib ketishi bilan izohlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Tovarlar va xizmatlar importi<\/strong><\/p>\n<p>Jami tovarlar va xizmatlar importi o\u2018tgan yilga nisbatan 26 foizga yoki 7,2 mlrd. dollarga oshib, 2022 yilda 35 mlrd. dollarga yetdi.<\/p>\n<p>Jumladan, tovarlar importi 28,6 mlrd. dollarni tashkil etib, o\u2018tgan yilga nisbatan 24 foiz yoki 5,5 mlrd. dollarga ko\u2018paydi.<\/p>\n<p>Tovarlar importining asosiy qismi \u201cmashinalar, uskunalar, mexanizmlar\u201d \u2013 7,9 mlrd. dollar (2021 yilda 6,2 mlrd. dollar), \u201cqimmatbaho bo\u2018lmagan metallar va ulardan buyumlar\u201d \u2013 3,7 mlrd. dollar (2021 yilda 3,2 mlrd. dollar), \u201ctransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari\u201d \u2013 3,6 mlrd. dollar (2021 yilda 2,8 mlrd. dollar) va \u201ckimyo sanoati mahsulotlari\u201d \u2013 3,3 mlrd. dollar (2021 yilda 2,9 mlrd. dollar) tovar guruhlariga to\u2018g\u2018ri keldi.<\/p>\n<p>Xizmatlar importi o\u2018tgan yilga nisbatan 34 foiz yoki 1,6 mlrd. dollarga oshib, 6,3 mlrd. dollarni (2021 yilda 4,7 mlrd. dollar) tashkil etdi. Bunda, xizmatlar importi tarkibida 2021 yilga nisbatan transport xizmatlari 440 mln. dollarga oshgan bo\u2018lsa, safarlar bilan bog\u2018liq xizmatlarda esa 1 mlrd. dollarga o\u2018sish kuzatildi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Birlamchi va ikkilamchi daromadlar<\/strong><\/p>\n<p>Birlamchi daromadlar<strong>[2]<\/strong> saldosi 321 mln. dollar (2021 yilda 195 mln. dollar) miqdorida ijobiy bo\u2018lib shakllandi. Bu asosan chet elga ishlash maqsadida ketgan qisqa muddatli mehnat muhojirlarining soni o\u2018tgan yilga nisbatan o\u2018sishi bilan izohlanadi.<\/p>\n<p>Ikkilamchi daromadlarning<strong>[3]<\/strong> ijobiy saldosi shaxsiy transfert (o\u2018tkazma)lar o\u2018tgan yilga nisbatan 2,3 barobarga yoki 8,6 mlrd. dollarga oshishi hisobiga, 14,9 mlrd. dollarni tashkil etdi (2021 yilda 6,4 mlrd. dollar).<\/p>\n<p>Ikkilamchi daromadlarning 2022 yilda noodatiy sur\u2019atlarda o\u2018sishi, geosiyosiy vaziyat natijasida pul o\u2018tkazmalarini asosiy jo\u2018natuvchi mamlakatlarga nisbatan cheklovlar joriy qilinishi, shu bilan birga mablag\u2018larning norasmiy sektordan rasmiy sektorga o\u2018tishi hamda kichik (mavsumiy) eksportyorlar tomonidan eksport tushumlarini pul o\u2018tkazmalari tizimlari orqali jo\u2018natilishi bilan izohlanishi mumkin.<\/p>\n<p>Dastlabki ko\u2018rsatkichlar bo\u2018yicha qo\u2018shimcha o\u2018rganishlar va tahlillar o\u2018tkazilib, 2022 yil to\u2018lov balansi va xalqaro investitsion pozitsiyasi ko\u2018rsatkichlari bo\u2018yicha yakuniy hisobot foydalanuvchilarga 2023 yilning mart oyida taqdim qilinadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><em><strong>[1]<\/strong> Dastlabki ko\u2018rsatkichlar tezkor ma\u2019lumotlar va ekspertlik baholashlar asosida tuzilganligi sababli ular yakuniy ma\u2019lumotlar bilan farq qilishi mumkin.<\/em><\/p>\n<p><em><strong>[2]<\/strong> Xorijda ishlovchi O\u2018zbekiston fuqarolariga norezidentlar tomonidan to\u2018langan ish haqi hamda investitsion daromadlar<\/em><\/p>\n<p><em><strong>[3]<\/strong> Rezident va norezidentlar o\u2018rtasidagi hech qanday majburiyatlarsiz o\u2018tkazilgan joriy transfertlar<\/em><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2022 yil uchun to\u2018lov balansi joriy operatsiyalari hisobining dastlabki ko\u2018rsatkichlari tayyorlandi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1769,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1805","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1805","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1805"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1805\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1810,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1805\/revisions\/1810"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1769"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1805"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1805"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1805"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}