{"id":1949,"date":"2023-05-19T17:50:13","date_gmt":"2023-05-19T12:50:13","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=1949"},"modified":"2023-05-21T17:57:21","modified_gmt":"2023-05-21T12:57:21","slug":"russkij-samarkandskij-sammit-ebrr-osnovnoe-vnimanie-na-zelenuyu-ekonomiku","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/russkij-samarkandskij-sammit-ebrr-osnovnoe-vnimanie-na-zelenuyu-ekonomiku\/","title":{"rendered":"YeTTB Samarqand anjumani: asosiy e\u2019tibor \u201cYashil\u201d iqtisodiyotga qaratiladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h4 class=\"mt0\">16-18-may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig\u02bbilishi o\u02bbtkazildi.<\/h4>\n<p>Sammit ishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti, YETTB Boshqaruvchilar kengashi raisi, xorijiy hukumatlar, yetakchi transmilliy korporatsiyalar va sanoat xoldinglari, xalqaro moliya institutlari va banklar rahbarlari, shuningdek, dunyoning 70 mamlakatidan iqtisodiyot, investitsiya, moliya, innovatsiya sohasi ekspertlari va tahlilchilari, fuqarolik jamiyati faollari, ommaviy axborot vositalari xodimlari \u2013 jami 2,5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Boshqaruvchilar kengashining yig\u02bbilishida ishtirok etdi va nutq\u00a0so\u02bbzladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari olti yil muqaddam boshlagan qat\u02bciy islohotlarimiz natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o\u02bbzgarib, dunyoga keng ochilayotgani, bugun Yangi O\u02bbzbekiston barcha sohalarda xalqaro hamkorlik uchun tayyorligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjumanning uchinchi kuni ham tomonlar uchun birdek manfaatli jihatlarni nazarda tutgan qator tadbirlar o\u02bbtkazildi.<\/p>\n<p>Ayniqsa, Markaziy Osiyo mintaqasi, xususan, respublikamiz iqtisodiyotini yanada yuksaltirishga xizmat qiluvchi \u201cO\u02bbzbekiston kapital bozorining rivojlanishi\u201d, \u201cO\u02bbzbekiston banklari transformatsiyasi va banklarimizni xususiylashtirish jarayoni\u201d sessiyalari mutaxassislarda katta qiziqish uyg\u02bbotdi.<\/p>\n<p>\u201cAmerika \u2013 O\u02bbzbekiston savdo palatasi. Amerika hikoyasi: AQSH biznesi nima sababdan Markaziy Osiyoda?\u201d nomli sessiyani O\u02bbzbekiston \u2013 Amerika savdo palatasi ijrochi direktori Yelena Son boshqarib bordi.<\/p>\n<p>Qarorgohi Amerika Qo\u02bbshma Shtatlari poytaxti Vashington shahrida joylashgan mazkur tuzilma AQSH kompaniyalarining O\u02bbzbekiston, Qirg\u02bbiziston va Tojikistondagi manfaatlarini himoya qilish maqsadida faoliyat olib boradi.<\/p>\n<p>Amerika \u2013 O\u02bbzbekiston savdo palatasi mas\u02bcullariga ushbu nufuzli anjuman dasturida alohida yig\u02bbilish uchun imkoniyat berilishi bejiz emas. Zero, bugungi kunda mintaqamizni iqtisodiy rivojlantirish jarayonida AQSH bilan hamkorlik muhim o\u02bbrin tutadi.<\/p>\n<p>Ushbu tadbirda ham Markaziy Osiyo, xususan, O\u02bbzbekiston bozorida faoliyat olib borayotgan yirik kompaniyalar vakillari, sarmoyadorlar, biznesmenlar faol ishtirok etdi. Bevosita muloqot qilish, turli dolzarb mavzularda muzokara olib borish, muammoli masalalarni birgalikda hal etish imkonini taqdim etgan uchrashuv davomida ular bir-birlariga o\u02bbzlarining yangi mahsulot va xizmatlarini taklif etishdi.<\/p>\n<p>\u2013 Biz YETTB va O\u02bbzbekistonning hamkorlikdagi sa\u02bcy-harakatlarini yuksak qadrlaymiz va e\u02bctirof etamiz, \u2013 deydi Yelena Son. \u2013 Umuman, bunday ajoyib faollik boshqa xalqaro tuzilmalarni ham mamlakatingiz bilan aloqani mustahkamlashga undayapti. O\u02bbzbekiston \u2013 Amerika savdo palatasi respublikaga 30 yil oldin kirib kelgan. YETTB bilan ham biz doimiy ravishda, aytish mumkinki, har kungi tartibda birga ishlaymiz. Aloqalarimiz izchillik kasb etgan, muntazam ravishda ko\u02bbplab muhim soha va tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan vebinarlar, turli shakldagi uchrashuvlar, samarali muloqotlar o\u02bbtkazamiz. Shu ma\u02bcnoda mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashga yo\u02bbnaltirilgan bugungi tadbir ham tez orada o\u02bbz natijalarini berishiga ishonamiz.<\/p>\n<p>Boshqaruvchilar kengashi majlisi yakunlari bo\u02bbyicha o\u02bbtkazilgan matbuot anjumanida YETTB prezidenti Odil Reno-Basso xonim Samarqand anjumani yuqori saviyada tashkil etilganini yuksak baholab, buning uchun O\u02bbzbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>\u2013 O\u02bbtgan yilgi faoliyatimiz sarhisobida dunyo bo\u02bbylab mamlakatlarga rekord darajada investitsiya kiritganimiz ko\u02bbrindi, \u2013 dedi Odil Reno-Basso. \u2013 Ayniqsa, energetika, \u201cyashil\u201d iqtisodiyot, oziq-ovqat xavfsizligi yo\u02bbnalishlariga ajratgan sarmoyamiz salmoqli bo\u02bbldi. Kelgusida ham ushbu yo\u02bbnalishlar ustuvorligi saqlab qolinadi. Iqtisodiyot barqarorligini ta\u02bcminlash uchun investitsiyaning 50 foizi \u201cyashil\u201d iqtisodiyotga yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p>Samarqand mezbonlik qilgan Boshqaruvchilar kengashi yig\u02bbilishi doirasidagi barcha uchrashuv, sessiya va munozaralar muvaffaqiyatli o\u02bbtdi. Boshqaruvchilar kengashi bankimiz tarixidagi eng salmoqli kelishuvlar jamlanmasini imzoladi. Bu hujjatlar biz bilan ishlayotgan va tashqi hamkorlarimiz hisoblangan davlatlarga tegishli uch asosiy yo\u02bbnalishni qamrab oldi.<\/p>\n<p>Umuman, uch kun davomida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 32-yillik yig\u02bbilishi doirasida o\u02bbtkazilgan ellikdan ziyod tadbirda YETTB ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihalar hamda kelgusi vazifalar, boshqa xalqaro tashkilot va tuzilmalar bilan hamkorlik, dunyodagi geosiyosiy vaziyatdan kelib chiqib, mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirish kabi muhim masalalar muhokama etildi. O\u02bbzbekistonda biznesni yo\u02bblga qo\u02bbyish va rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay imkoniyatlar, jozibador investitsiya muhitiga oid ma\u02bclumot berildi, taqdimotlar o\u02bbtkazildi. Ko\u02bbplab vazirlik, idoralar, moliya muassasalari tomonidan har tomonlama manfaatli kelishuvlarga erishildi.<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>16-18-may kunlari Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig\u02bbilishi o\u02bbtkazildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1950,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-1949","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1949","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1949"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1949\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1952,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1949\/revisions\/1952"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1950"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1949"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1949"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1949"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}