{"id":2179,"date":"2023-07-31T17:24:21","date_gmt":"2023-07-31T12:24:21","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2179"},"modified":"2023-08-02T17:45:00","modified_gmt":"2023-08-02T12:45:00","slug":"the-board-of-the-central-bank-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-board-of-the-central-bank-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum\/","title":{"rendered":"Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirish bo\u2018yicha qaror qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>Markaziy bank boshqaruvining 2023 yil 27 iyuldagi yig\u2018ilishida asosiy stavkani 14 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirish bo\u2018yicha qaror qabul qilindi.<\/p>\n<p><strong><em>Inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarning pasayishiga qaramasdan, narxlarga talab omillari bilan bog\u2018liq bosimlarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib, yil yakuniga qadar inflyatsiyaning prognoz doirasida bo\u2018lishini ta\u2019minlash maqsadida asosiy stavka o\u2018zgarishsiz qoldirildi.<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong>Umumiy inflyatsiya<\/strong> yil boshidan pasayuvchi dinamikani namoyon etib, iyun oyida <strong>yillik 9 foizni tashkil qildi<\/strong>. Bunda, o\u2018tgan yilgi yuqori baza effekti ta\u2019sirlari tugab borishi, import tovarlari va tartibga solinadigan narxlar nisbatan barqaror bo\u2018lganligi asosiy pasaytiruvchi omillardan bo\u2018ldi. Xizmatlarga bo\u2018lgan yuqori talabning saqlanib qolishi hisobiga xizmatlar inflyatsiyasida sezilarli pasayish kuzatilmadi.<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy va mavsumiy omillarning narxlarga ta\u2019sirisiz hisoblangan <strong>bazaviy inflyatsiya kutilganidan ko\u2018ra sekinroq pasaydi va iyun oyida 11,3 foizni tashkil etdi<\/strong>. Natijada, bazaviy inflyatsiya va umumiy inflyatsiya o\u2018rtasidagi tafovutning oshib borishi kuzatilmoqda. O\u2018rtacha yillik inflyatsiya ham joriy inflyatsiyadan yuqori shakllangan.<\/p>\n<p>Bu holat narxlar shakllanishida fundamental talab omillari ta\u2019siri saqlanib qolayotganligi, iste\u2019mol bozorlaridagi talab va taklifning to\u2018liq muvozanatlashmaganligini ko\u2018rsatmoqda va iste\u2019mol savatida narxlari 10 foizdan yuqori oshgan tovar va xizmatlar ulushining yuqoriligida ham namoyon bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p><strong>Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari ham pasayib iyun oyida 13-13,5 foizni tashkil qildi<\/strong>. Bunda inflyatsion kutilmalarning asosiy omillari qatorida valyuta kursi o\u2018zgarishi, ish haqi va nafaqalar oshishini kutayotgan respondentlar ulushi ortgan.<\/p>\n<p><strong>Iqtisodiy o\u2018sish sur\u2019atlari joriy yil birinchi yarim yilligida 5,6 foizni tashkil qilib, o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori sur\u2019atlarni qayd etdi. <\/strong>Kreditlash sur\u2019atlarining tezlashishi, budjet xarajatlarini ortib borishi, xususan, ish haqi va nafaqalarning oshirilishi iqtisodiy faollikni qo\u2018llab-quvvatlovchi asosiy omillardan bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Savdo va pullik xizmatlardan tushumlar, ko\u2018chmas mulk bozorida oldi-sotdi bitimlari soni, banklararo tranzaksiyalar hamda chakana savdo aylanmasi hajmlarining yuqori sur\u2019atlarda o\u2018sishi iqtisodiyotda iste\u2019mol talabining yuqoriligini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Import dinamikasida ham yuqori o\u2018sish sur\u2019atlari kuzatilib, bu bir tomondan, ichki faollikni oshayotganligi bilan bog\u2018liq bo\u2018lsa, ikkinchi tomondan, valyuta bozorida talabni oshiruvchi omil bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Transchegaraviy pul o\u2018tkazmalari hajmi o\u2018zining fundamental trendi doirasida o\u2018sib bormoqda.<\/p>\n<p>Global iqtisodiy faollik kutilganidan ko\u2018ra tezroq o\u2018sishiga qaramasdan uning kelgusi rivojlanish trayektoriyasi bo\u2018yicha noaniqliklar yuqoriligicha qolmoqda. Jahon xomashyo narxlarida yuqori effekt ta\u2019sirlari tugab borishi bilan global inflyatsiyada pasayish kuzatilmoqda, biroq aksariyat davlatlarda bazaviy inflyatsiya yil oxirigacha yuqori darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda.<\/p>\n<p>Savdo-hamkor davlatlardagi iqtisodiy o\u2018zgarishlarning ichki iqtisodiyotga ta\u2019siri nisbatan ijobiy shakllansa-da, ayrim hamkor davlatlar milliy valyuta kurslariga bo\u2018layotgan bosim saqlanib qolmoqda va ushbu holat, o\u2018z navbatida, milliy iqtisodiyotga ma\u2019lum darajada ta\u2019sir ko\u2018rsatishi mumkin.<\/p>\n<p>Joriy yilning I yarim yilligida \u201cnisbatan qat\u2019iy\u201d pul-kredit sharoitlari ta\u2019minlandi. Banklararo pul bozorida faollik sezilarli oshib, Uzonia stavkasi va banklararo Repo operatsiyalari bo\u2018yicha foiz stavkalari to\u2018liq foiz koridori doirasida asosiy stavkaga yaqin darajada shakllandi.<\/p>\n<p>Kredit va depozit bozorlarida o\u2018rtacha foiz stavkalari o\u2018tgan oylardagi ko\u2018rsatkichlarga nisbatan deyarli o\u2018zgarishlarsiz shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotga kredit qo\u2018yilmalari o\u2018sishini ustuvor ravishda aholiga ajratilayotgan kreditlar qo\u2018llab-quvvatlamoqda. <strong>Iyun oyi yakunlari bo\u2018yicha aholiga ajratilgan kreditlar o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga o\u2018sdi<\/strong>. Bunda, chakana kreditlarning yillik o\u2018sish sur\u2019atlari o\u2018tgan oydagi ko\u2018rsatkichlarga nisbatan biroz sekinlashdi. Ayni paytda, <strong>2023 yilning I yarmida ajratilgan korporativ kreditlar hajmi 116 trln. so\u2018mni tashkil etdi va o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 13 foizga oshdi.<\/strong><\/p>\n<p>Milliy valyutadagi depozitlar hajmining o\u2018sish dinamikasi saqlanib, depozitlarning dollarlashuv darajasini pasayishi davom etmoqda. Milliy valyutadagi depozitlar hajmining oshishi muddatli depozitlar bo\u2018yicha yuqori real foiz stavkalari bilan izohlanadi.<\/p>\n<p>Yangilangan prognozlarga ko\u2018ra, tashqi iqtisodiy sharoitlarga iqtisodiyotning moslashuvini davom etayotganligi va ayrim noaniqliklarni saqlanib qolayotganligini hisobga olib <strong>2023 yil yakunlari bo\u2018yicha real YAIM o\u2018sishi 5,0-6,0 foiz atrofida bo\u2018lishi kutilmoqda<\/strong>.<\/p>\n<p>Bunda, aholi daromadlari oshishi, fiskal rag\u2018batlar va xizmatlar sohasidagi faollikning yuqoriligi iqtisodiy o\u2018sishni asosiy qo\u2018llab-quvvatlovchi drayverlari bo\u2018ladi.<\/p>\n<p><strong>Joriy yil yakuni bo\u2018yicha inflyatsiya darajasi makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysi doirasida shakllanib, 8,5-9,5 foiz atrofida bo\u2018lishi borasidagi prognozlar o\u2018zgarishsiz qoldirildi.<\/strong><\/p>\n<p>Jahon xomashyo narxlari barqarorlashayotgan, yetkazib berish zanjirlari tiklanayotgan va ichki iqtisodiy faollik ortayotgan davrda bazaviy inflyatsiyaning yuqori darajada saqlanib qolishi iqtisodiyotda narxlarni oshiruvchi fundamental talab omillari ustunligini bildirib, pul-kredit sharoitlarining joriy tendensiyasini uzoqroq muddat saqlashni talab qiladi.<\/p>\n<p>O\u2018z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlari import ta\u2019minotidagi so\u2018nggi yaxshilanish dinamikasining davomiyligi bo\u2018yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari, iqlim o\u2018zgarishi ta\u2019sirida qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog\u2018liq xarajatlarni o\u2018sish xatarlari, yuqori talab dinamikasi sharoitida narxlarga qo\u2018shimcha bosim yaratishi mumkin.<\/p>\n<p>O\u2018rta muddatli istiqbolda iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta\u2019minlash uchun pul-kredit va fiskal siyosatlarni o\u2018zaro uyg\u2018un holda olib borish maqsadlaridan kelib chiqib, budjet defitsitini belgilangan parametrlar darajasidan oshmasligini ta\u2019minlash muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Kelgusi davrlarda bazaviy inflyatsiya prognozi va inflyatsion kutilmalarning ishonchli pasayish trayektoriyasiga o\u2018tishi, asosiy stavkani pasaytirish imkoniyatlarini yanada oshiradi.<\/p>\n<p>Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narxlar va inflyatsion kutilmalarga ta\u2019sirlarini baholab barcha pul-kredit instrumentlari inflyatsiyani joriy yilgi prognoz koridori doirasida shakllanishini va o\u2018rta muddatda target ko\u2018rsatkichlariga erishishni ta\u2019minlashga qaratiladi.<\/p>\n<p><em>Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi yig\u2018ilishi 2023 yil 14 sentyabrga belgilangan.<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/oz\/press_center\/releases\/1209384\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u02bbzbekiston Respublikasi Markaziy banki press-relizi<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy bank boshqaruvining 2023 yil 27 iyuldagi yig\u2018ilishida asosiy stavkani 14 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirish bo\u2018yicha qaror qabul qilindi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1769,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2179","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2179","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2179"}],"version-history":[{"count":7,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2179\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2186,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2179\/revisions\/2186"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1769"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2179"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2179"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2179"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}