{"id":2290,"date":"2023-09-14T13:19:45","date_gmt":"2023-09-14T08:19:45","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2290"},"modified":"2023-09-14T13:49:33","modified_gmt":"2023-09-14T08:49:33","slug":"the-board-of-the-central-bank-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-board-of-the-central-bank-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-2\/","title":{"rendered":"Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>2023 yil 14 sentyabrda O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi. Ushbu stavka joriy yilning 17 martidan buyon o\u2018zgarmasdan kelmoqda.<\/strong><\/p>\n<p>Iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar biroz sekinlashishiga qaramasdan, ayrim mahsulot guruhlari narxlariga oshiruvchi bosimlar saqlanib qolmoqda. Joriy yilning avgust oyida inflyatsion kutilmalarning ham o\u2018sishi kuzatildi.<\/p>\n<p>Elektr va gaz tariflarini aholi uchun o\u2018zgarishsiz qoldirilayotganligi hisobiga inflyatsiyaga ushbu guruhdan birlamchi ta\u2019sirlar mavjud bo\u2018lmaydi. Biznes subyektlari uchun tariflar oshirilishining ikkilamchi ta\u2019sirlari inflyatsiyaning prognoz ko\u2018rsatkichlarida inobatga olingan doirada bo\u2018lishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Amaldagi nisbatan qat\u2019iy pul-kredit sharoitlarining davom ettirilishi daromadlarning o\u2018sishi ta\u2019sirida yuzaga kelgan yalpi talab bosimini va inflyatsiyani oshiruvchi omillarni pasaytirish orqali inflyatsiyaning prognoz ko\u2018rsatkichlariga erishishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Yoz oylari boshidagi ma\u2019lum pasayishdan so\u2018ng avgust oyida yillik inflyatsiya 9 foizga teng bo\u2018ldi. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari guruhlarida inflyatsiyaning deyarli o\u2018zgarmaganligi sharoitida xizmatlar sohasida narxlar o\u2018sishining 8,2 foizdan 8,5 foizgacha tezlashishi inflyatsiya oshishining omillaridan bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Bazaviy inflyatsiya kutilganidan ko\u2018ra sekinroq sur\u2019atda pasayib, yillik 10,7 foizni tashkil etdi. Ayni paytda, bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi tendensiyasi barqaror tus olmoqda.<\/p>\n<p>Aholining kelgusi 12 oy uchun inflyatsion kutilmalari trend yo\u2018nalishini o\u2018zgartirib, 14,2 foizgacha ortdi. Tadbirkorlik subyektlarining kutilmalarida ham o\u2018xshash tendensiya kuzatilib, 14,4 foizga teng bo\u2018ldi. Respondentlar tomonidan kutilmalar o\u2018sishining asosiy omillari sifatida valyuta kursi o\u2018zgarishi, yoqilg\u2018i va energiya narxlarining oshishi kabi omillar ta\u2019kidlangan.<\/p>\n<p>Global inflyatsiya, asosan, energiya resurslari va xomashyolar narxlarining barqarorlashuvi ta\u2019sirida sekinlashmoqda. Shu bilan birga, ko\u2018plab mamlakatlarda bazaviy inflyatsiya sezilarli darajada yuqori va barqaror bo\u2018lib qolmoqda. Mehnat bozoridagi qat\u2019iylik ish haqlari oshishiga sabab bo\u2018lib, xizmatlar sohasida doimiy inflyatsion bosimni yuzaga keltirmoqda.<\/p>\n<p>Savdo hamkorlardagi iqtisodiy vaziyat valyuta kurslaridagi devalvatsion jarayonlar va xomashyolar narxlari dinamikasi ta\u2019sirida shakllanmoqda.<\/p>\n<p>So\u2018m almashuv kursining avgust oyidagi to\u2018g\u2018rilanishi real samarali almashuv kursida ham aks etib, uzoq muddatli trendiga qarab og\u2018a boshladi. Yil oxirigacha ushbu dinamikani keskin o\u2018zgartiruvchi omillar kutilmayapti.<\/p>\n<p>Joriy yilning yanvar-iyul oylaridagi so\u2018nggi statistik ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, ko\u2018rsatilayotgan xizmatlar, sanoat ishlab chiqarish va chakana savdo hajmida barqaror o\u2018sish kuzatildi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy faollikning muqobil ko\u2018rsatkichlari iqtisodiyotda yalpi talabning yuqori sur\u2019atlarda shakllanganligini tasdiqlamoqda. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida ko\u2018chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni 7,7 foizga oshdi. Iqtisodiyotga kredit qo\u2018yilmalarining yillik<\/p>\n<p>1,3 barobarga o\u2018sishi ham iqtisodiy faollikni qo\u2018llab-quvvatlovchi omillardan bo\u2018lib qolmoqda.<\/p>\n<p>Naqd pul tushumlarining umumiy hajmi yanvar-avgust oylarida 30,4 foizga, savdo va pullik xizmatlardan tushumlar 27,7 foizga ko\u2018paydi. Shu bilan birga, transchegaraviy pul o\u2018tkazmalari hajmi, 2021 yil ko\u2018rsatkichlariga nisbatan sezilarli o\u2018sishni saqlagan holda, yuqori baza effekti hisobiga teskari tendensiyani namoyon etib, o\u2018tgan yilga nisbatan 32,4 foizga pasaydi.<\/p>\n<p>Markaziy bank asosiy stavkasining o\u2018zgarishsiz qolishi va uning pul bozoriga transmissiyasi, qisqa muddatli likvidlik narxining real hisobda 3-4 foizlik ijobiy darajada shakllanishiga va shu orqali \u201cnisbatan qat\u2019iy\u201d pul-kredit sharoitlarini ta\u2019minlashga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p>Ijobiy real foiz stavkalari depozitlar bozorida faollikni qo\u2018llab-quvvatlashda davom etmoqda. Avgust oyida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo\u2018yicha o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalari 21,7 foizni, yuridik shaxslarniki esa 17,1 foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Natijada, 1 sentyabr holatiga milliy valyutadagi muddatli depozitlarning yillik o\u2018sishi 48,3 foizga, shu jumladan, aholi omonatlari bo\u2018yicha 53,5 foizga teng bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Joriy ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda yil yakuniga qadar inflyatsiya darajasi 8,5-9,5 foizlik prognoz koridori doirasida bo\u2018lishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Ayni paytda, fiskal rag\u2018batlantirishlar, daromadlar va chakana kreditlarning o\u2018sishi ta\u2019sirida yalpi talabning yanada oshishi prognoz davrida narxlarga oshiruvchi omil sifatida qaralmoqda.<\/p>\n<p>Avgust oyi inflyatsion kutilmalari va sezilgan inflyatsiyaning yuqori bo\u2018lganligi ham narxlarni shakllanish jarayonlari ko\u2018p jihatdan joriy tendensiyalardan kelib chiqayotganligi va prognoz ko\u2018rsatkich bilan to\u2018liq jilovlanmaganligini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, chakana kreditlash yo\u2018nalishlarida aholiga ajratilayotgan kreditlar o\u2018sish ko\u2018rsatkichlarining yuqori bo\u2018layotganligi ushbu segmentda qarz yuki va ichki talabga ta\u2019siri nuqtai nazaridan xavotirlarni kuchaytirmoqda.<\/p>\n<p>Asosiy stavkaning joriy darajada o\u2018zgarishsiz qoldirilishi, inflyatsiyaning yil yakuniga qadar prognoz doirasida shakllanishi uchun zarur bo\u2018lgan sharoitlarni yaratib boradi va narxlarga monetar omillarning ta\u2019sirini oldini olish uchun zaruriy chora hisoblanadi.\u00a0<\/p>\n<p>Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narxlar va inflyatsion kutilmalarga ta\u2019sirini baholashda davom etadi. Ko\u2018rilayotgan chora-tadbirlar inflyatsiyaning prognoz koridori doirasida shakllanishini ta\u2019minlashga qaratiladi.<\/p>\n<p>Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi yig\u2018ilishi 2023 yil 26 oktyabrga belgilangan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/oz\/press_center\/releases\/1331400\/\">O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bank press-relizi<\/a> <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/en\/press_center\/releases\/1331402\/\"><br \/>\n<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1769,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2290","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2290","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2290"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2290\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2295,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2290\/revisions\/2295"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1769"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2290"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2290"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2290"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}