{"id":2399,"date":"2023-10-06T11:08:27","date_gmt":"2023-10-06T06:08:27","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2399"},"modified":"2023-10-06T11:08:27","modified_gmt":"2023-10-06T06:08:27","slug":"the-republic-of-uzbekistan-has-placed-green-sovereign-eurobonds-in-the-national-currency-for-the-first-time","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-republic-of-uzbekistan-has-placed-green-sovereign-eurobonds-in-the-national-currency-for-the-first-time\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi ilk marta milliy valyutada \u201cyashil\u201d maqomiga ega suveren xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi ilk bor 4,25 trln so\u2018m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln. AQSh dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumot uchun: joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bank vakillaridan iborat O\u2018zbekiston Respublikasining delegatsiyasi Nyu-York, Boston va London shaharlarida 50 dan ortiq investorlar bilan uchrashuvlar o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvlarda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, yashil iqtisodiyotga o\u2018tish, tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari bozorini liberallashtirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish hamda Xalqaro savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lish orqali savdoni erkinlashtirish siyosati hamda \u201cO\u2018zbekiston-2030\u201d strategiyasida belgilangan maqsadlar va chora-tadbirlar investorlar tomonidan yuqori baholandi.<\/p>\n<p>Shuni ta\u2019kidlash joizki, so\u2018mda chiqarilgan suveren xalqaro obligatsiyalar MDH davlatlari ichida ilk \u201cyashil\u201d suveren obligatsiyalar hisoblanadi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumot uchun: yashil obligatsiyalar bo\u2018yicha kelib tushadigan mablag\u2018lar suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, temir yo\u2018l transporti va metro transportini rivojlantirish, sanitar tozalash ishlarini tashkil etish va aholi punktlarida tozalikni ta\u2019minlash, shamol eroziyasiga va suv xo\u2018jaligi obyektlarining qum bosishiga qarshi ihota daraxtzorlari barpo etish kabi yashil loyihalarni moliyalashtirish uchun yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Bunda loyihalarni tanlab olish jarayoniga Birlashgan millatlar tashkilotining rivojlanish dasturi (UNDP) jalb qilingan. Yashil obligatsiyalar dasturi bo\u2018yicha \u201cSustainalytics\u201d tomonidan ikkinchi taraf ijobiy xulosasi olingan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining milliy valyutadagi \u201cyashil\u201d obligatsiyalariga bo\u2018lgan yuqori talabni inobatga olib, 3 yillik so\u2018mdagi xalqaro obligatsiyalarning foiz stavkalarini (kupon to\u2018lovi) kutilgan 18 foizdan 16,25 foizga tushirishga muvaffaq bo\u2018lindi. Mazkur tranzaksiya bilan so\u2018ndirish muddati joriy yilning 23 noyabr kuni bo\u2018lgan 1,9 trln. so\u2018m miqdoridagi xalqaro obligatsiyalar muddatidan oldin so\u2018ndirildi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumot uchun: ichki moliya bozorlarida so\u2018nggi o\u2018tkazilgan auksionda (26 sentyabr) 2 yillik davlat qimmatli qog\u2018ozlari bo\u2018yicha foiz stavkalari 17,57 foizni tashkil qilgan.<\/p>\n<p>Ikkilamchi bozor kotirovkalari hamda investorlar takliflaridan kelib chiqib, AQSH dollaridagi O\u2018zbekiston Respublikasining 5 yillik suveren xalqaro obligatsiyalari uchun dastlabki foiz stavkasi 8,50 \u2013 8,625 foiz oralig\u2018ida e\u2019lon qilindi.<\/p>\n<p>Ikkilamchi bozorda O\u2018zbekiston Respublikasining 2029 yilda so\u2018ndiriladigan xalqaro obligatsiyalari foiz stavkasi 8,1 foizga yetgan. Xususan, so\u2018nggi bir haftada (27 sentyabr \u2013 7,67 foiz) foiz stavkalari 0,43 foizga oshgan.<\/p>\n<p>Buyurtmalar kitobi 1,7 mlrd. dollarga yetganda, foiz stavkalarni 8,25-8,375 foizga tushirishga erishildi.<\/p>\n<p>Yakuniy talab 2 mlrd. dollarga yetgach, 660 mln. dollar miqdoridagi obligatsiyalar 8,125 foiz stavkada hamda 7,85 foiz kuponda chiqarildi. Mazkur kupon stavkasi moliyaviy maslahatchilar tomonidan tavsiya etilib, xalqaro obligatsiyalarni investorlarga 98,888% narxda sotilishini anglatadi (ya\u2019ni mazkur tranzaksiyadan 652,6 mln. dollar mablag\u2018 kelib tushadi).<\/p>\n<p>Bugungi kunda jahon moliya bozorlarida foiz stavkalarining oshishi kuzatilmoqda. Xususan, 5 yillik AQSH G\u2018aznachilik obligatsiyalari foiz stavkalari 2021 yil iyul (so\u2018nggi marta suveren obligatsiyalar chiqarilgan davr) oyiga nisbatan qariyb 4 foizga oshib,\u00a0 2021 yil iyul oyidagi 0,8 foizdan 4,7 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Jahon moliya bozorlaridan foiz stavkalarining oshishi, mos ravishda, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli foiz stavkalarining ham keskin oshishiga sabab bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Xalqaro kredit bozorlarida ishlatiladigan SOFR (oldin LIBOR) stavkasi 2021 yil iyul oyidan beri 0,17 foizdan qariyb\u00a0 5,3 foizga oshib, bugungi kunda 5,5 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Shuning uchun, xalqaro moliya institutlari tomonidan jalb qilinayotgan imtiyozli kreditlar bo\u2018yicha foiz stavkalar ham ikki yil ichida 1-2 foizdan bugungi kunga kelib 6,3-7,0 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Joriy bozor sharoitlari sababli boshqa mamlakatlar ham oldingiga nisbatan yuqori foiz stavkalarida davlat qarzini jalb qilmoqda. Misol uchun:<\/p>\n<p>Turkiya joriy yil yanvar oyida 2,75 mlrd dollarga teng 10 yillik suveren xalqaro obligatsiyalarini 9,75 foizdan;<\/p>\n<p>Vengriya joriy yilning yanvar oyida 1,25 mlrd dollarga teng \u00a030 yillik obligatsiyalarni 7,1 foizdan;<\/p>\n<p>Ruminiya joriy yil yanvar oyida 1,25 mlrd dollarga teng\u00a0 30 yillik obligatsiyalarni 7,67 foizdan;<\/p>\n<p>Mo\u2018g\u2018uliston joriy yilning yanvar oyida 445 mln dollarga teng\u00a0 5 yillik xalqaro obligatsiyalarni 8,65 foizdan;<\/p>\n<p>Misr joriy yilning fevral oyida 1,5 mlrd dollarga teng 3 yillik suveren xalqaro obligatsiyalarni 11 foizdan;<\/p>\n<p>Bahrayn joriy yilning aprel oyida 1 mlrd dollarga teng\u00a0 12 yillik 7,75 foizdan joylashtirgan.<\/p>\n<p>Yashil obligatsiyalarni joylashtirishdan kelib tushgan mablag\u2018larning sarflanishi yuzasidan hisobot xalqaro standartlarga muvofiq shakllantiriladi va e\u2019lon qilib boriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a title=\"Iqtisodiyot va moliya vazirligi\" href=\"https:\/\/telegra.ph\/\u040ezbekiston-Respublikasi-ilk-marta-millij-valyutada-yashil-ma\u049bomiga-ehga-suveren-hal\u049baro-obligaciyalarni-zhojlashtirdi-10-06\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">EconomyMoliyaPress<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi ilk bor 4,25 trln. so\u2018m miqdoridagi yashil suveren xalqaro obligatsiyalar hamda 660 mln. AQSh dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalarni London fond birjasida joylashtirdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2400,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2399","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2399","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2399"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2399\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2402,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2399\/revisions\/2402"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2400"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2399"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2399"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2399"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}