{"id":2412,"date":"2023-10-16T14:02:19","date_gmt":"2023-10-16T09:02:19","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2412"},"modified":"2023-10-17T14:09:16","modified_gmt":"2023-10-17T09:09:16","slug":"the-president-of-uzbekistan-put-forward-a-number-of-important-initiatives-at-the-25th-session-of-the-general-assembly-of-the-world-tourism-organization-held-in-samarkand","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-president-of-uzbekistan-put-forward-a-number-of-important-initiatives-at-the-25th-session-of-the-general-assembly-of-the-world-tourism-organization-held-in-samarkand\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (YNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Global sayyohlik tashkilotining 140 dan ziyod mamlakat vakillari ishtirokida 20-oktabr kuniga qadar davom etadigan bosh tadbirida davlatimiz rahbari sohani yanada rivojlantirish bo\u2018yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston yetakchisi turizm sohasi jahon iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan va istiqbolli tarmoqlaridan biri ekanini qayd etdi. O\u2018zbekistonda ham mamlakatni modernizatsiya qilish bo\u2018yicha keng ko\u2018lamli va ortga qaytmas islohotlar doirasida turizm tarmog\u2018ini rivojlantirishga ustuvor e\u2019tibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>Keyingi yillarda salkam yuzta mamlakat fuqarolari uchun O\u2018zbekistonga vizasiz kirish tizimi, yana 55 ta davlat fuqarolari uchun soddalashtirilgan elektron viza tartibi joriy etildi.<\/p>\n<p>Sayyohlik biznesining barcha turlarini yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi, soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi, kredit va moliyaviy yordam kuchaytirildi. Pandemiya cheklovlariga qaramasdan, ikki yil davomida 800 ta infratuzilma loyihasi amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Mehmonxona o\u2018rinlari soni 140 mingtaga yetkazildi, 70 ta yangi sayyohlik marshruti ochildi, 6 ta xususiy aviakompaniya ish boshladi.<\/p>\n<p>Natijada O\u2018zbekistonga kelayotgan xorijlik sayyohlar soni ikki barobar ko\u2018paydi. Turizm eksportidan tushayotgan daromad 4 barobar o\u2018sdi. Hisob-kitoblarga ko\u2018ra, joriy yilda mamlakatimizga jami 7 million sayyoh tashrif buyuradi. Ushbu ko\u2018rsatkichni 2030-yilga borib 15 millionga, ichki turizm oqimini esa 25 millionga yetkazish reja qilingan.<\/p>\n<p>Olib borilayotgan keng ko\u2018lamli ishlar jahon hamjamiyatining e\u2019tirofiga sazovor bo\u2018lmoqda. Jumladan, O\u2018zbekiston eng tez rivojlanayotgan turizm maskani va eng xavfsiz davlat sifatida xalqaro reytinglarda yuqori o\u2018rinlarni egallab kelmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston rahbari Turizmni 2030-yilgacha kompleks rivojlantirish bo\u2018yicha ishlab chiqilayotgan strategiyada zamonaviy turizm va transport infratuzilmasini yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilishini ta\u2019kidladi. Yuqori tezlikda harakatlanishga mo\u2018ljallangan yangi avtomobil va temir yo\u2018llar quriladi, aviatransport parki 2 barobar kengaytiriladi, aviaqatnovlar soni to\u2018rt barobar oshiriladi. Katta shahar va sayyohlar ko\u2018p boradigan manzillarda 30 ta yirik turizm klasterlari tashkil etiladi.<\/p>\n<p>\u201cKo\u2018hna tarix durdonalari\u201d milliy dasturi doirasida turistlarni o\u2018ziga jalb qiladigan madaniy meros obyektlari soni 800 tadan 2,5 mingtaga yetkaziladi, 745 ta madaniy meros obyekti restavratsiya qilinadi, 20 ta me\u2019moriy yodgorlikda \u201cochiq osmon ostidagi muzey\u201dlar tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatga keluvchilar sonini hozirgidan uch barobar ko\u2018proqqa oshiriladi.<\/p>\n<p>Markaziy Osiyo davlatlari bilan qo\u2018shma sayyohlik yo\u2018nalishlarini yaratish masalalari diqqat markazida bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Umuman, turizm yo\u2018nalishlarini rivojlantirish hisobidan kelgusida kamida 1 millionta yangi ish joylari yaratish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Ayni paytda O\u2018zbekiston yetakchisi global turizmning eng dolzarb muammosi \u2013 bu turistlarning kafolatlangan xavfsizlik tizimini ta\u2019minlash ekanini qayd etdi. Xalqaro turizm sohasida mustahkam huquqiy asoslarni kuchaytirish maqsadida davlatimiz rahbari BMT doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif etdi.<\/p>\n<p>Iqlim o\u2018zgarishlari tobora kuchayib borayotgan davrda \u201cyashil\u201d turizmni rivojlantirish bo\u2018yicha xalqaro Harakatlar dasturini qabul qilish har qachongidan ham dolzarbligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Bu boradagi amaliy qadamlar sifatida YNVTO doirasida \u201cYashil\u201d turizmni joriy etish bo\u2018yicha eng yaxshi shahar\u201d nominatsiyasini ta\u2019sis etish, shuningdek, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o\u2018zgarishini o\u2018rganish universiteti hamda Samarqanddagi \u201cIpak yo\u2018li\u201d xalqaro universiteti hamkorligida Global \u201cyashil\u201d turizm startaplari laboratoriyasini yaratish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Imkoniyati cheklangan sayyohlar uchun qulay sharoitlarni yanada kuchaytirish va inklyuziv turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O\u2018zbekiston Prezidenti 2025 yilni \u201cButunjahon inklyuziv turizm yili\u201d deb e\u2019lon qilish va maxsus deklaratsiya qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.<\/p>\n<p>YNVTO doirasida tarixiy yodgorliklarni asrash bo\u2018yicha eng ilg\u2018or tajribalar bilan almashish uchun platforma &#8211; Sayyohlik bo\u2018yicha tarixiy shaharlar kengashini tuzish maqsadga muvofiqligi ta\u2019kidlandi. O\u2018zbekiston kengashning birinchi yig\u2018ilishini Buxoro shahrida tashkil etishga tayyorligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz yetakchisi yaqinda Samarqandda ochilgan turizm sohasi uchun kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo\u2018yicha dunyoda o\u2018xshashi yo\u2018q YUNVTO Xalqaro turizm akademiyasida mutaxassislarni o\u2018qitish uchun maxsus grantlar ajratilishini e\u2019lon qildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston rahbari yoshlar uchun sayyohlikni rivojlantirish loyihalari hamda yangi g\u2018oyalarni yaratishda muhim va foydali maydonga aylanadigan Jahon yoshlar turizmi sammitining navbatdagisini Toshkent shahrida o\u2018tkazishni taklif etdi.<\/p>\n<p>\u201cIpak yo\u2018li\u201d brendini rivojlantirishga qo\u2018shgan hissasi uchun YNVTO maxsus xalqaro mukofotini ta\u2019sis etish tashabbusi bildirildi. Ushbu rejani amalga oshirish bilan Samarqandda ochilgan \u201cIpak yo\u2018lida turizm\u201d tematik ofisi faol shug\u2018ullanadi.<\/p>\n<p>Global media kampusini ta\u2019sis etish va uning forumlarini har ikki yilda bir marta Bosh Assambleya sessiyalari doirasida o\u2018tkazish muhimligiga e\u2019tibor qaratildi. Birinchi media kampusini O\u2018zbekistonda qabul qilishga tayyorlik bildirildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari delegatlarni Samarqandni \u201cMadaniy turizmning xalqaro poytaxti\u201d deb e\u2019lon qilish va tegishli deklaratsiyani qabul qilishga doir tashabbusni qo\u2018llab-quvvatlashga chaqirdi.<\/p>\n<p>So\u2018zining yakunida O\u2018zbekiston Prezidenti Bosh Assambleya sessiyasi muvaffaqiyatli o\u2018tishini va unda yangi natijalarga erishilishini tiladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/6764\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">President.uz<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Davlatimiz rahbari sohani yanada rivojlantirish bo\u2018yicha bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2413,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2412","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2412","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2412"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2412\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2415,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2412\/revisions\/2415"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2413"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2412"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2412"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2412"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}