{"id":2500,"date":"2023-10-26T14:03:46","date_gmt":"2023-10-26T09:03:46","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2500"},"modified":"2023-10-26T14:15:49","modified_gmt":"2023-10-26T09:15:49","slug":"the-board-of-the-central-bank-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-board-of-the-central-bank-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-3\/","title":{"rendered":"Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h4><em>Markaziy bank boshqaruvining 2023 yil 26 oktyabrdagi yig\u2018ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirish bo\u2018yicha qaror qabul qilindi. <strong>Ushbu stavka joriy yilning 17 martidan buyon o\u2018zgarmasdan kelmoqda.<\/strong><\/em><\/h4>\n<p><em>Iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlar va kutilmalar yilning birinchi yarim yilligidagi pasayishdan so\u2018ng, mahsulotlar taklifidagi o\u2018zgarishlar va inflyatsion talab omillari fonida biroz tezlashishi kuzatildi.<\/em><br \/>\n<em>Asosiy stavkaning joriy darajasi yil oxiriga qadar inflyatsiyaning prognoz ko\u2018rsatkichlari doirasida shakllanishi uchun zaruriy pul-kredit sharoitlarini ta\u2019minlashga xizmat qiladi.<\/em><br \/>\nUmumiy inflyatsiya yil boshidan pasayuvchi dinamikada shakllanib oxirgi chorakda 9,2 foizgacha tezlashdi. Inflyatsiya o\u2018sishining tarkibiy omillari qatorida oziq-ovqat narxlarining 11 foizgacha tezlashishi, meva-sabzavotlar va tartibga solinadigan narxlar o\u2018zgarishining umumiy inflyatsiyadagi hissasi ortishi bilan izohlandi.<br \/>\nBazaviy inflyatsiya yil boshidan pasayib sentyabrda 10,3 foizni tashkil qildi. Mazkur pasayish tendensiyasiga qaramay, umumiy inflyatsiya bilan sezilarli tafovuti saqlanib qolmoqda. Bu inflyatsiyaning barqaror komponentlari narxlarida yuqori o\u2018sish kuzatilayotganini ko\u2018rsatib, iqtisodiyotda nisbatan qat\u2019iy pul-kredit sharoitlarini ta\u2019minlashni taqozo qilmoqda.<br \/>\nAholi va tadbirkorlarning kelgusi 12 oylik inflyatsion kutilmalari avgust oyidagi o\u2018sishdan so\u2018ng mos ravishda 13,5 va 14,2 foizgacha pasaydi. Iqtisodiyotdagi kutilmalar qisqa muddatli shoklarga yuqori ta\u2019sirchan bo\u2018lib qolmoqda.<br \/>\nGlobal inflyatsion jarayonlarning davomiyligi bo\u2018yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda. Asosiy savdo hamkorlardagi inflyatsiya darajasi va almashuv kurslarining joriy dinamikasidagi vaziyat so\u2018mning real samarali almashuv kursini mustahkamlanishiga bosimlarni kuchaytirmoqda.<br \/>\nIqtisodiyotning real sektorida ijobiy tendensiyalar kuzatilib, joriy yilning 9 oy yakuniga ko\u2018ra, YAIM o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga o\u2018sdi.<br \/>\nIqtisodiy o\u2018sishning yuqori sur\u2019atlari fiskal rag\u2018batlantirish ta\u2019sirida iste\u2019mol xarajatlarining o\u2018sishi hamda markazlashmagan investitsiyalar hajmining sezilarli oshishi hisobiga ta\u2019minlandi.<br \/>\nIqtisodiyotda yalpi talabning ijobiy o\u2018sish dinamikasi davom etmoqda, bu ko\u2018rsatilayotgan bozor xizmatlari hajmining o\u2018tgan yilga nisbatan 12,1 foizga, savdo va pullik xizmatlardan pul tushumlari hajmining 28 foizga o\u2018sishida namoyon bo\u2018ldi.<br \/>\nShu bilan birga, transchegaraviy pul o\u2018tkazmalari yuqori baza effekti hisobiga o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 33,7 foizga qisqargan bo\u2018lsa-da, 2021 yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga o\u2018sgan.<br \/>\nBanklararo pul bozoridagi faollikda ham o\u2018sish kuzatilib, o\u2018rtacha tortilgan banklararo depozit va repo stavkalari to\u2018liq foiz koridorida shakllangan.<br \/>\nNisbatan qat\u2019iy pul-kredit sharoitlari iqtisodiyotga ajratilayotgan kreditlarni maqbul o\u2018sish sur\u2019atlarini ta\u2019minlashga xizmat qilmoqda. Bundan tashqari, so\u2018nggi oylarda kuzatilgan chakana kreditlardagi yuqori o\u2018sish sur\u2019atlari makroprudensial choralarni qo\u2018llash orqali muvozanatlashtirilmoqda va kelgusida zaruriyat paydo bo\u2018lgan holda qo\u2018shimcha choralar qo\u2018llanilishi mumkin.<br \/>\nIjobiy real foiz stavkalari depozit bozorining chakana segmentida yuqori faollikni ta\u2019minlamoqda. Sentyabr oyida aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari bo\u2018yicha o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalari 21,1 foizni tashkil etib, 1 oktyabr holatiga muddatli depozitlar qoldig\u2018ining yillik o\u2018sishi 47,1 foizni, jumladan, jismoniy shaxslarning muddatli omonatlari o\u2018sishi 52,3 foizni tashkil etdi.<br \/>\nInflyatsiyani oshiruvchi va pasaytiruvchi omillar balansidan kelib chiqib yangilangan prognozlarga ko\u2018ra, joriy yil yakunida inflyatsiya prognoz koridori doirasida shakllanishi kutilmoqda.<br \/>\nMavsumiy oziq-ovqat narxlarining o\u2018sishi va tartibga solinadigan narxlarga kiritilayotgan o\u2018zgarishlarning umumiy inflyatsiyaga birlamchi va ikkilamchi ta\u2019sirlari kabi inflyatsiyani oshiruvchi omillar saqlanib qolmoqda.<br \/>\nMarkaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narxlar va inflyatsion kutilmalarga ta\u2019sirlarini baholab, barcha pul-kredit instrumentlarini inflyatsiyani joriy yilgi prognoz doirasida shakllanishini va o\u2018rta muddatda target ko\u2018rsatkichlariga erishishni ta\u2019minlashga qaratadi.<br \/>\n<em>Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi yig\u2018ilishi 2023 yil 14 dekabrga belgilangan.<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba:\u00a0<a href=\"https:\/\/cbu.uz\/oz\/press_center\/releases\/1451490\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bank press-relizi<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":1769,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2500","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2500","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2500"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2500\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2503,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2500\/revisions\/2503"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1769"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2500"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2500"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2500"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}