{"id":2611,"date":"2023-12-09T14:19:21","date_gmt":"2023-12-09T09:19:21","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2611"},"modified":"2023-12-09T19:10:22","modified_gmt":"2023-12-09T14:10:22","slug":"uzbekistan-s-transition-to-market-economy-to-accelerate-by-strategic-reforms-supported-by-the-world-bank","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/uzbekistan-s-transition-to-market-economy-to-accelerate-by-strategic-reforms-supported-by-the-world-bank\/","title":{"rendered":"Jahon banki O\u2018zbekiston hukumatini islohotlarni amalga oshirishda qo\u2018llab-quvvatlaydi va 800 million AQSh dollari ajratadi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>VASHINGTON, 2023-yil 8-dekabr<\/strong> \u2013 <a href=\"https:\/\/projects.worldbank.org\/en\/projects-operations\/project-detail\/P180470\">Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O\u2018zbekistonda rivojlanish siyosatini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha operatsiyani<\/a> ma\u2019qulladi. Ushbu turdagi operatsiya Jahon bankining dunyoning turli mamlakatlarida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo\u2018llab-quvvatlashga yo\u2018naltirilgan maxsus moliyaviy vositasi hisoblanadi. Operatsiya doirasida mamlakat hukumatiga ijtimoiy, iqtisodiy va iqlim o\u2018zgarishi sohalaridagi islohotlarning yangi bosqichini amalga oshirish uchun moliyaviy yordam ko\u2018rsatiladi. Mazkur islohotlardan ko\u2018zlangan maqsad mamlakatning bozor iqtisodiyotiga o\u2018tish jarayonini jadallashtirish, fuqarolarga teng iqtisodiy imkoniyatlarni ta\u2019minlash va milliy iqtisodiyotning barqaror o\u2018sishi uchun mustahkam zamin yaratishdan iborat.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o\u2018tishda sezilarli yutuqlarga erishilganiga qaramay, bu jarayonni tezroq yakunlash va amaldagi iqtisodiy modelni yanada ekologik toza va adolatli modelga aylantirish zarurati mavjud. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qator maqsadlarga erishishga yordam beradi.<\/p>\n<p>Hukumat 2026-yilgacha kambag\u2018allik darajasini ikki baravar qisqartirishni va 2030-yilga kelib mamlakat daromadi o\u2018rtachadan yuqori bo\u2018lgan iqtisodiyotlar qatoriga qo\u2018shilishini ta\u2019minlashni maqsad qilgan. Ushbu maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy o\u2018sish jarayonini jadallashtirish lozim. Bunga davlatning iqtisodiyot ustidan nazoratini kamaytirish va xususiy sektorni iqtisodiy rivojlanishning asosiy kuchiga aylantirish orqali erishish mumkin.<\/p>\n<p>\u201c<em>Jahon bankining yangi operatsiyasi hukumat kun tartibidagi asosiy ustuvor vazifalar, jumladan, qishloq xo\u02bbjaligi, temir yo\u02bbl, kimyo sanoati va energetika kabi muhim tarmoqlarda davlat nazoratini kamaytirishni qo\u02bbllab-quvvatlashga qaratilgan. Ko\u02bbriladigan chora-tadbirlar xususiy sektorning ushbu tarmoqlarni rivojlantirishda yanada faol ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ushbu operatsiya aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilishni kuchaytirishga hamda iqlim o\u2018zgarishi va atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog\u2018liq muammolarga yechim topishga yordam beradi<\/em>\u201d, \u2014 dedi <strong>Jahon bankining O\u2018zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli<\/strong>.<\/p>\n<p>Operatsiya doirasida Jahon banki hukumatga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 million AQSh dollari miqdorida kreditlar shaklida moliyaviy yordam beradi. Ushbu mablag\u2018lar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida hozirgi kunda mavjud bo\u2018lgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkasida va uzoqroq muddatga taqdim etiladi. Natijada O\u2018zbekiston uchun kredit mablag\u2018larini to\u2018lash bilan bog\u2018liq xarajatlar sezilarli darajada kamayadi. Bu, o\u2018z navbatida, mamlakatga muhim moliyaviy resurslarni tejash imkonini beradi, tejalgan mablag\u2018lardan ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin.<\/p>\n<p>\u201c<em>Hukumat O\u02bbzbekistonni yanada ochiq va raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga aylantiruvchi islohotlar dasturiga qat\u02bciy sodiqligini bildiradi. Jahon banki ushbu maqsadga erishishda zarur ekspertiza, xalqaro tajriba va moliyalashtirish orqali mamlakatni qo\u2018llab-quvvatlamoqda<\/em>\u201d, \u2014 dedi <strong>O\u2018zbekiston Iqtisodiyot va moliya vaziri o\u2018rinbosari Jasur Qarshiboyev<\/strong>.<\/p>\n<p>Jahon banki tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy resurslar iqtisodiyotning bir qator muhim tarmoqlarida islohotlarni qo\u2018llab-quvvatlash va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirishga yo\u2018naltirilgan, jumladan:<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">1).<\/span> Energetika<\/strong>: energetika bozorining mustaqil regulyatorini yaratish va energiya tariflarini isloh qilish. Mazkur chora-tadbirlardan maqsad tarmoq faoliyatini yaxshilash, energiya samaradorligini oshirish, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish, raqobatni rag\u2018batlantirish va xususiy sektorning sohada keng ishtirokini ta\u2019minlashdan iborat.<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">2).<\/span> Temir yo\u2018l sohasi<\/strong>: yo\u2018lovchi va yuk tashish narxlarini shakllantirish tizimini modernizatsiya qilish, shuningdek, raqobatni rag\u2018batlantirish va sohaning institutsional mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida temir yo\u2018l sohasini isloh qilish.\u00a0<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">3).<\/span> Kimyo sanoati<\/strong>: kimyo sanoatida institutsional islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratish va yirik davlat kimyo korxonasi \u2013 \u201cFarg\u2018onaazot\u201d AJni xususiylashtirish. Ushbu chora-tadbirlardan maqsad sanoatni liberallashtirish, uni modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb etish, kimyo sanoatida samaradorlik va raqobatni oshirishdan iborat.<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">4).<\/span> Qishloq xo\u2018jaligi<\/strong>: Hosildorlikni oshirish va ekinlarni diversifikatsiya qilish uchun ularni ekish tartibini liberallashtirish hamda fermerlarga iqlim o\u2018zgarishi oqibatlarini yumshatishda yordam berish.<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">5).<\/span> Davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish<\/strong>: O\u2018zbekiston Iqtisodiyot va Moliya vazirligining davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalaridan kelib chiqadigan fiskal majburiyatlarni boshqarish va tartibga solish sohasidagi salohiyatini rivojlantirish.<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">6).<\/span> Ijtimoiy himoya<\/strong>: aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va turlarini kengaytirish, shuningdek, ularning sifatini oshirish maqsadida O\u2018zbekiston Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligini tashkil etish.<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">7).<\/span> Xotin-qizlarni tazyiq va zo\u2018ravonlikdan himoya qilish<\/strong>: oiladagi (maishiy) zo\u2018ravonlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish va ayollarni jismoniy, jinsiy, iqtisodiy va ruhiy zo\u2018ravonlikdan himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish.<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">8).<\/span> Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul yuridik yordam ko\u2018rsatish<\/strong>: Adliya tizimidan teng foydalanishni ta\u2019minlash maqsadida ma\u2019muriy, fuqarolik va jinoiy ishlar bo\u2018yicha kam ta\u2019minlangan shaxslarga davlat tomonidan bepul yuridik yordam ko\u2018rsatish.<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">9).<\/span> Iqlim o\u2018zgarishiga moslashish va atrof-muhitni muhofaza qilish<\/strong>: keng ko\u2018lamli iqlim va ekologik davlat dasturlarini ishlab chiqish, O\u2018zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o\u2018zgarishi vazirligining salohiyati va vakolatlarini kuchaytirish, shuningdek, havo sifatini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish.<\/p>\n<p><strong><span style=\"color: #ff6600;\">10).<\/span> \u201cYashil\u201d iqtisodiyotga o\u2018tish<\/strong>: milliy \u201cyashil\u201d taksonomiyani \u2013 \u201cyashil\u201d (ekologik toza) faoliyat va \u201cyashil\u201d iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni tasniflash tizimlari \u2013 ishlab chiqish. Ushbu tashabbusdan maqsad iqlim o\u2018zgarishiga moslashish va uning iqtisodiyot uchun oqibatlarini yumshatish maqsadida zarur choralarni ko\u2018rish, atmosferaga chiqindilarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish va \u201cyashil\u201d loyihalarga investitsiyalarni jalb qilishdir.<\/p>\n<p>Jahon bankining O\u2018zbekistondagi faoliyati haqida batafsil <a href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/en\/country\/uzbekistan\/overview#strategy\">quyidagi havolada o\u2018qing<\/a>.<\/p>\n<p>\nMATBUOT XABARI \u2116: 2024\/ECA\/051<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/en\/news\/press-release\/2023\/12\/08\/uzbekistan-s-transition-to-market-economy-to-accelerate-by-strategic-reforms-supported-by-the-world-bank?cid=eca_fb_uzbekistan_en_ext\">Jahon banki<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi O\u2018zbekistonda rivojlanish siyosatini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha operatsiyani ma\u2019qulladi va 800 million AQSh dollari ajratadi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2612,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2611","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2611","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2611"}],"version-history":[{"count":13,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2611\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2628,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2611\/revisions\/2628"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2612"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2611"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2611"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2611"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}