{"id":2640,"date":"2023-12-14T15:07:36","date_gmt":"2023-12-14T10:07:36","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2640"},"modified":"2023-12-14T15:07:36","modified_gmt":"2023-12-14T10:07:36","slug":"the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum\/","title":{"rendered":"O&#8217;zbekiston Markaziy banki yana asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qolish bo&#8217;yicha qaror qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi yana asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlash to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/strong> Bu ko\u2018rsatkich joriy yilning 17-martidan boshlab 9 oy davomida saqlanib kelinmoqda.<\/p>\n<p><em>Iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning sekinlashib borishiga qaramasdan, ushbu tendensiyaning davomiyligi bo\u2018yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.<\/em><\/p>\n<p><em>Yuqori yalpi talab sharoitida inflyatsiyani 2025 yilda 5 foizlik target darajasigacha pasaytirish vazifasi nisbatan qat\u2019iy pul-kredit sharoitlarini davom ettirishni taqozo etmoqda.<\/em><\/p>\n<p>Inflyatsiya darajasi oktyabr-noyabr oylarida pasayib, yillik 8,8 foizni tashkil etdi. Ushbu pasayish o\u2018tgan yilgi yuqori baza ta\u2019siri, import narxlarining oshiruvchi hissasining kamayishi, yuridik shaxslar uchun energiya tariflari oshirilishi ta\u2019sirining hali to\u2018liq yuzaga chiqmaganligi hamda nisbatan qat\u2019iy pul-kredit sharoitlarining davom ettirilayotganligi bilan izohlanadi.<\/p>\n<p>Prognozlarga ko\u2018ra, 2024 yilda bazaviy prognoz shartlari doirasida inflyatsiya darajasi 8-9 foiz oralig\u2018ida shakllanishi kutilmoqda. Ayni paytda, xalqaro savdodagi mavjud nobozor cheklovlar va fragmentatsiya fonida inflyatsiyani oshiruvchi tashqi xatarlar hamda tartibga solinadigan narxlar bo\u2018yicha kutilayotgan navbatdagi tuzatishlar ta\u2019sirlarining keyingi choraklarda namoyon bo\u2018lish ehtimollari saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Bazaviy inflyatsiya yil boshidan sekinlashish dinamikasini ko\u2018rsatib, noyabr oyida yillik 9 foizni tashkil etgan bo\u2018lsa-da, ayrim tovarlar bo\u2018yicha oshiruvchi bosimlar ta\u2019siri kuzatilmoqda. Inflyatsiyaning barqaror pasayishiga erishish ma\u2019lum bir muddatni talab etadi.<\/p>\n<p>Aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari joriy inflyatsiya ko\u2018rsatkichlaridan yuqori darajada, 13-14 foiz atrofida shakllanishda davom etmoqda.<\/p>\n<p>Global inflyatsion jarayonlar yaxshilanishining sekin kechayotganligi hamda jahon iqtisodiyoti rivojidagi kutilmalarning va xalqaro xomashyo bozorlaridagi narxlarning yuqori o\u2018zgaruvchanligi kelgusi choraklarda ham tashqi moliyaviy sharoitlar, xususan, tashqi resurslar hisobiga moliyalashtirish shartlarining qat\u2019iyligicha qolishi borasidagi taxminlarni kuchaytirmoqda.<\/p>\n<p>Iqtisodiy faollik asosan yuqori yalpi iste\u2019mol talabi va xususiy investitsiyalarning o\u2018sishi hisobiga ta\u2019minlanmoqda. Iste\u2019mol talabini davlat xarajatlari va chakana kreditlash hajmlarining oshishi qo\u2018llab-quvvatlamoqda. Taklif tomonidan iqtisodiy o\u2018sishning drayveri, yalpi ichki mahsulot o\u2018sishining qariyb yarmini ta\u2019minlovchi xizmatlar sohasi bo\u2018lib qolmoqda. Ish haqi va aholi real daromadlari o\u2018sishining ijobiy dinamikasi saqlanib qolishi kelgusida iste\u2019mol faolligini qo\u2018llab-quvvatlaydi.<\/p>\n<p>Yuqorida keltirilgan omillar inflyatsion jarayonlarning barqaror pasayishini ta\u2019minlash bilan bog\u2018liq xatarlar saqlanib qolayotganligini ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Markaziy bank boshqaruvi ushbu sharoitlarda inflyatsiyaning maqsadli ko\u2018rsatkichiga erishish uchun nisbatan qat\u2019iy pul-kredit siyosatini davom ettirishga qaror qildi.<\/p>\n<p>Inflyatsiyaning pasayib borishi holatida asosiy stavkaning o\u2018zgarishsiz saqlab qolinishi pul bozoridagi real foiz stavkalarining mo\u2018tadil saqlanib qolishiga xizmat qiladi. Bu esa, kreditlash sur\u2019atlarining muvozanatlashuvi sharoitida, jamg\u2018arish faolligida joriy dinamikaning saqlanib qolishiga xizmat qiladi hamda tashqi moliyalashtirishning qimmatlashuvi fonida ichki moliyaviy manbalardan kengroq foydalanish imkoniyatini oshiradi.<\/p>\n<p>Milliy valyutadagi depozitlar bo\u2018yicha yuqori real foiz stavkalari sharoitida bank depozitlari hajmining yuqori o\u2018sish sur\u2019atlari davom etishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Kelgusida uzoq muddatli narxlar barqarorligiga erishish budjet taqchilligining qisqarishi va iqtisodiyotga bozor tamoyillarini qo\u2018llash ko\u2018lamining kengayish sur\u2019atlari bilan bog\u2018liqligi tobora dolzarb bo\u2018lib boradi.<\/p>\n<p>Markaziy bank inflyatsiyani pasaytirishga qaratilgan pul-kredit sharoitlarni yaratish va makroprudensial choralarni kuchaytirishni davom ettiradi hamda kelgusi yangilanayotgan ma\u2019lumotlarni hisobga olib inflyatsiyaning prognozi va kutilmalari asosida asosiy stavka bo\u2018yicha qarorlarini qabul qiladi.<\/p>\n<p><em>Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi yig\u2018ilishi 2024 yilning 25 yanvariga belgilangan.<\/em><\/p>\n<p>Manba:\u00a0<a href=\"https:\/\/cbu.uz\/oz\/monetary-policy\/refinancing-rate\/press-releases\/1532684\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bank press-relizi<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi yana asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlash to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi. Bu ko\u2018rsatkich joriy yilning 17-martidan boshlab 9 oy davomida saqlanib kelinmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2642,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2640","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2640","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2640"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2640\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2645,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2640\/revisions\/2645"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2642"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2640"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2640"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2640"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}