{"id":2711,"date":"2023-12-23T10:17:41","date_gmt":"2023-12-23T05:17:41","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2711"},"modified":"2023-12-23T10:32:11","modified_gmt":"2023-12-23T05:32:11","slug":"results-of-the-working-visit-of-the-imf-mission-to-uzbekistan-the-outlook-remains-positive","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/results-of-the-working-visit-of-the-imf-mission-to-uzbekistan-the-outlook-remains-positive\/","title":{"rendered":"Xalqaro Valyuta Jamg\u2018armasi missiyasining O\u2018zbekistonga amaliy tashrifi natijalari: Prognozlar ijobiy"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>2023 yil 21 dekabr<\/p>\n<ul>\n<li><strong>O\u2018zbekiston iqtisodiyoti so\u2018nggi global muammolarga chidamliligini saqlab qoldi va jadal sur\u2019atlar bilan o\u2018sishni davom etmoqda. Prognozlar ijobiy bo&#8217;lib qolmoqda, ammo xavflar saqlanib qolmoqda.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Barqaror o\u2018sishni ta\u2019minlash va yuzaga kelishi mumkin bo\u2018lgan tashqi zarbalardan himoya qilish uchun makromoliyaviy barqarorlikni ta\u2019minlash va tarkibiy islohotlarni amalga oshirishni davom ettirish zarur.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>Toshkent<\/strong>: 2023-yilning 11-19-dekabr kunlari janob Yaser Abdix boshchiligidagi Xalqaro Valyuta Jamg\u2018armasi (XVJ) missiyasi O\u2018zbekiston hukumati bilan uchrashuvlar o\u2018tkazdi va joriy iqtisodiy vaziyat, iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va iqtisodiy siyosatning ustuvor yo\u2018nalishlarini muhokama qildi. Tashrif yakunida janob Abdix quyidagi bayonotni berdi:<\/p>\n<ul>\n<li><strong>\u201cO\u2018zbekiston iqtisodiyoti so\u2018nggi global muammolarga nisbatan o\u2018ta chidamliligini namoyish etdi. <\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p>Geosiyosiy notinchliklar migrantlar oqimiga va 2022 yilda mamlakat iqtisodiyotiga kiruvchi pul o\u2018tkazmalari hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keldi, bu esa ichki talabning o\u2018sishiga xizmat qildi. Bu tashqi talabning oshishi bilan birgalikda 2022-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,7 foizga real o\u2018sishiga olib keldi. Joriy yilda pul o\u2018tkazmalari Rossiyaning Ukrainadagi urushidan oldingi tendentsiyaga tushib qolgan bo\u2018lsa-da, fiskal xarajatlarning katta o\u2018sishi, shuningdek, ish haqi va eksportning kuchli o\u2018sishi 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning real o\u2018sishini 5,7 foiz darajasida ushlab turishi kutilmoqda. Importning yuqoriligi va pul o\u2018tkazmalarining kamayishi joriy yilda tashqi joriy hisob taqchilligining kengayishiga yordam beradi. Xalqaro zaxiralar sakkiz yarim oylik kutilayotgan import miqdorida yetarli darajada qolishi kutilmoqda. 2023-yil oxirigacha 12 oylik inflyatsiya darajasi o\u2018tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foiz punktdan ko\u2018proq (9 foizgacha) pasayishi kutilmoqda, bu yuqori real asosiy stavka, qo&#8217;shilgan qiymat solig&#8217;i (QQS) stavkasining pasayishi va global oziq-ovqat va energiya narxlarining pasayishi bilan ta&#8217;minlanadi.<\/p>\n<p><strong>\u201c2024 yil uchun prognoz ijobiy bo&#8217;lib qolmoqda, ammo xavflar saqlanib qolmoqda.<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>Fiskal konsolidatsiya zarurligiga qaramasdan, iqtisodiy o&#8217;sish 5 foizdan yuqori bo&#8217;lishi kutilmoqda.<\/li>\n<li>Tashqi joriy hisob taqchilligi biroz kengayadi, chunki oltin eksporti tendentsiya darajasiga tushib, davlat xarajatlaridagi cheklovlar tufayli importning sekin o&#8217;sishini qoplaydi.<\/li>\n<li>Tashqi risklar asosiy savdo hamkor-davlatlarida (xususan, Xitoy va Rossiyada) o\u2018sish sur\u2019atlarining mumkin bo\u2018lgan sekinlashishi va tashqi moliyaviy sharoitlarning yanada qattiqlashishi bilan bog\u2018liq. Ichki risklar qatoriga davlat moliyaviy va nomoliyaviy korxonalar va davlat-xususiy sheriklikning shartli majburiyatlari kiradi\u201d.<\/li>\n<\/ul>\n<p><strong>&laquo;Makrofoliyaviy barqarorlikni saqlash va tarkibiy islohotlarni davom ettirish barqarorlikni oshirish va hozirgi murakkab global sharoitlarda yuqori iqtisodiy o&#8217;sish sur&#8217;atlarini saqlab qolish uchun asosiy omillardir.<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li><strong>2023 yilda amalga oshirilgan kengaytirilgan soliq-byudjet siyosati byudjetni konsolidatsiya (birlashtirish) kursi bilan almashtirilishi kerak.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p>Xodimlarning hisob-kitoblariga ko&#8217;ra, konsolidatsiyalangan byudjet taqchilligi (milliy ta&#8217;rifda) 2023-yilda yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 5,5 foizini tashkil etadi, bu esa ish haqining qo&#8217;shimcha o&#8217;sishi, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, energiya subsidiyalari va direktiv kreditlashning ko&#8217;payishi tufayli byudjet taqchilligining YaIMning 3 foizidan oshib ketadi. Hukumat konsolidatsiyalangan defitsitni 2024 yilda YaIMning 4 foizigacha va 2025 yilda 3 foizgacha kamaytirish bo&#8217;yicha tegishli choralarni ko&#8217;rishni rejalashtirmoqda. Bu potentsial zarbalarga javob berish uchun byudjet bufer zaxiralarini tiklashga imkon beradi, shuningdek inflyatsiyani pasaytirishga yordam beradi, bu ayniqsa aholining kambag&#8217;al qatlamlariga ijobiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. Konsolidatsiyaga ijtimoiy to&#8217;lovlarning manzilliligini oshirish, direktiv kreditlash va Manzilsiz energiya subsidiyalarini kamaytirish va ijtimoiy iste&#8217;mol stavkasini joriy etish orqali aholining zaif qatlamlarini himoya qilish orqali erishiladi. Xarajatlarni optimallashtirish bo&#8217;yicha chora-tadbirlar soliq imtiyozlarini bekor qilish va yashirin iqtisodiyotni qisqartirish sa\u2019y-harakatlari bilan to&#8217;ldiriladi.<\/p>\n<ul>\n<li><strong>Byudjetni rejalashtirishni takomillashtirish zarur resurslarning kam miqdori bilan yuqori natijalarga erishishga va maqsadli byudjet ko&#8217;rsatkichlaridan chetga chiqishni minimallashtirishga imkon beradi.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p>Rejalashtirishni takomillashtirish chora-tadbirlari byudjet taqvimiga qat&#8217;iy rioya etilishini ta&#8217;minlash, moliyalashtirish manbasidan qat&#8217;i nazar, investitsiya byudjetini birlashtirish va uni keyingi yillik byudjet bilan birga tayyorlashni, shuningdek yil davomida o&#8217;zgarishlar tezligini cheklashni o&#8217;z ichiga oladi, chunki tez-tez o&#8217;zgarishlar byudjetning bajarilishini qiyinlashtiradi va uning natijalarini deyarli yaxshilamaydi. Rejalashtirilgan byudjet konsolidatsiyasini amalga oshirish uchun doimiy ravishda fiskal xatarlarni, ayniqsa davlat korxonalari va davlat-xususiy sheriklikning faoliyati bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan xatarlarni nazorat qilish va baholashni takomillashtirish ustida ishlash kerak.<\/p>\n<ul>\n<li><strong>Pul-kredit siyosati inflyatsiyaning pasayishda davom etishini ta&#8217;minlash uchun qat&#8217;iy bo&#8217;lishi kerak. <\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p>Tartibga solinadigan energiya narxlarining zaruriy o&#8217;sishi inflyatsiyaning oshishiga olib kelishi kutilmoqda. Biroq, bu ta&#8217;sir davom etayotgan qat&#8217;iy pul-kredit siyosati va sezilarli byudjetning konsolidatsiya bilan qisman qoplanadi. XVJ missiyasi O\u2018zbekiston Markaziy bankining inflyatsiya maqsadli darajaga tushgunga qadar nisbatan qat\u2019iy pul-kredit siyosatini yuritish va bazaviy inflyatsiya kutilmaganda oshib ketgan taqdirda asosiy stavkani oshirish majburiyatini ijobiy baholaydi. Moliyaviy vositachilikning past darajasi, yuqori dollarlashuv va yo\u2018naltirilgan kreditlashning hali ham sezilarli hajmlari tufayli cheklanganligicha qolayotgan pul-kredit siyosatining transmissiya mexanizmi ta\u2019sirini kuchaytirish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarni davom ettirish zarur. Valyuta kursining moslashuvchanligi potentsial zarbalarni qabul qilish va zaxiralarni saqlab qolish uchun muhimdir.<\/p>\n<ul>\n<li><strong>Barqarorlikni saqlash uchun moliya sektoridagi islohotlarni davom ettirish zarur.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p>Qattiq pul-kredit siyosatiga qaramay, kreditlashning o&#8217;sishi, ayniqsa avtokreditlar, mikrokreditlar va ipoteka kreditlarida yuqori bo&#8217;lib qolmoqda. Markaziy bank kredit summasining garov ta&#8217;minoti qiymatiga nisbati standartlarini to&#8217;g&#8217;ri ravishda kuchaytirdi va banklar uchun kontsentratsiya chegaralarini joriy etdi. Qo&#8217;shimcha nazorat va makro-prudentsial choralar banklar tomonidan qarz oluvchilarning kreditga layoqatliligini yaxshiroq baholashni ta&#8217;minlaydi va aktivlar sifatining pasayishi xavfini cheklaydi. Rasmiy organlar korporativ boshqaruv tizimini mustahkamlash, davlat banklarining shaffofligini oshirish va direktiv kreditlashni yanada qisqartirish bo&#8217;yicha sa&#8217;y-harakatlarni davom ettirishlari kerak. Ushbu chora-tadbirlar banklarni xususiylashtirish, bozor sharoitlarini tenglashtirish, moliyaviy vositachilikni chuqurlashtirish va moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.<\/p>\n<ul>\n<li><strong>Tarkibiy islohotlarni davom ettirish barqaror iqtisodiy o&#8217;sishni ta&#8217;minlashning asosiy omilidir.<\/strong><\/li>\n<\/ul>\n<p>Hukumat davlat xaridlarining shaffofligini oshirdi, davlat korxonalarining korporativ boshqaruvi hisobotlari va tartiblarini mustahkamladi, shuningdek yirik bank va bir nechta davlat korxonalarini xususiylashtirdi. Korxonalar uchun energiya tariflari oshirildi va 2023 yil oktyabr oyida &laquo;Raqobat to&#8217;g&#8217;risida&raquo;gi qonun kuchga kirdi. 2023 yil sentyabr va oktyabr oylarida energetika sohasida mustaqil regulyatorni tashkil etish va milliy temir yo&#8217;l kompaniyasining funktsional bo&#8217;linishini o&#8217;z ichiga olgan qo&#8217;shimcha islohotlar e&#8217;lon qilindi va iqlim o&#8217;zgarishiga qarshi choralar ko&#8217;rildi. Shu bilan birga, energiya tariflarini hech bo&#8217;lmaganda xarajatlarni qoplash darajasiga ko&#8217;tarish, korporativ boshqaruv va shaffoflikni yaxshilash (shu jumladan davlat korxonalarida), davlat korxonalarini yanada qayta qurish va xususiylashtirish, shuningdek, davlatning iqtisodiyotdagi rolini kamaytirish uchun raqobatbardosh siyosatni kuchaytirish bo&#8217;yicha qo&#8217;shimcha choralar ko&#8217;rish zarur. Jahon savdo tashkilotiga a&#8217;zo bo&#8217;lish bo&#8217;yicha muzokaralarni jadallashtirish va transport yo&#8217;nalishlarini rivojlantirish bo&#8217;yicha qo&#8217;shni davlatlar bilan hamkorlik qilish transport xarajatlarini kamaytirish va O&#8217;zbekiston mahsulotlari uchun yangi bozorlarni ochish imkonini beradi&raquo;.<\/p>\n<table width=\"100%\">\n<tbody>\n<tr>\n<td colspan=\"6\" width=\"100%\">\n<p><strong>O&#8217;zbekiston: ayrim iqtisodiy ko&#8217;rsatkichlar, 2020-2024 yillar<\/strong><\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\u00a0<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>2020<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>2021<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>2022<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>2023<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>2024 Prognoz<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\u00a0<\/td>\n<td colspan=\"5\" width=\"53%\">\u00a0<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p><strong>Milliy daromad<\/strong><\/p>\n<\/td>\n<td colspan=\"2\" width=\"21%\">\u00a0<\/td>\n<td width=\"10%\">\u00a0<\/td>\n<td width=\"10%\">\u00a0<\/td>\n<td width=\"11%\">\u00a0<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Real YaIMning o&#8217;sish sur&#8217;ati (o&#8217;zgarishlar foizda)<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>2.0<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>7.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>5.7<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>5.7<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>5.2<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Nominal YaIM (trln. so&#8217;mda)<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>606<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>738<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>897<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>1,063<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>1,230<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Aholi jon boshiga YaIM (AQSh dollarida)<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>1,776<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>2,014<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>2,301<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>2,499<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>2,668<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Aholisi (million)<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>33.9<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>34.6<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>35.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>36.0<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>36.7<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p><strong>Narxlar<\/strong><\/p>\n<\/td>\n<td colspan=\"5\" width=\"53%\">\n<p>(o&#8217;zgarishlar foizda)<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Iste&#8217;mol narxlari indeksi bo&#8217;yicha inflyatsiya (davr oxiriga) 1\/<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>11.2<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>10.0<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>12.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>9.0<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>11.0<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>YaIM deflyatori<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>11.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>13.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>14.9<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>12.1<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>10.0<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p><strong>Tashqi sektor<\/strong><\/p>\n<\/td>\n<td colspan=\"5\" width=\"53%\">\n<p>(YaIMga nisbatan foizda)<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Joriy hisob balansi<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-5.0<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-7.0<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-0.8<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-4.7<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>-5.2<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Tashqi qarz<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>56.8<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>57.8<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>53.1<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>53.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>51.4<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\u00a0<\/td>\n<td colspan=\"5\" width=\"53%\">\n<p>(darajasi)<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Ayirboshlash kursi (AQSh dollari uchun so&#8217;mda; davr oxirida)<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>10,477<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>10,838<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>11,225<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>\u2026<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>\u2026<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Haqiqiy samarali valyuta ayirboshlash kursi (o&#8217;rtacha, 2015 = 100, ko&#8217;rsatkichning pasayishi = kursning zaiflashishi)<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>65.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>65.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>61.6<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>\u2026<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>\u2026<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p><strong>Davlat moliyasi<\/strong><\/p>\n<\/td>\n<td colspan=\"5\" width=\"53%\">\n<p>(YaIMga nisbatan foizda)<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Konsolidatsiyalangan byudjet daromadlari<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>26.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>27.7<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>32.0<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>31.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>32.1<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Konsolidatsiyalangan byudjetning xarajatlari<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>30.8<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>33.2<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>35.9<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>36.9<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>36.1<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Konsolidatsiyalangan byudjet balansi (saldo)<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-4.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-5.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-3.9<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-5.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>-4.0<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Tuzatilgan (korrekitirovka qilingan) daromadlar 2\/<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>25.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>25.9<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>30.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>30.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>30.5<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Tuzatilgan (korrekitirovka qilingan) xarajatlar 2\/<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>28.7<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>30.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>34.7<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>34.9<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>34.1<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Tuzatilgan (korrekitirovka qilingan) byudjet balansi (saldosi)<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-3.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-4.6<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-4.2<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-4.6<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>-3.6<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Islohotlar uchun kreditlar<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>1.1<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>1.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-0.1<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>1.2<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>0.6<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Byudjetning umumiy balansi (saldosi) 2\/<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-4.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-6.0<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-4.1<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>-5.8<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>-4.2<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Davlat qarzi<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>37.1<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>35.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>33.9<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>35.8<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>34.8<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p><strong>Pul va kredit<\/strong><\/p>\n<\/td>\n<td colspan=\"5\" width=\"53%\">\n<p>(o&#8217;zgarishlar foizda)<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Zaxira pullari<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>15.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>28.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>31.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>5.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>7.8<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Keng pul massasi<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>17.7<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>29.7<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>30.2<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>18.5<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>22.4<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<tr>\n<td width=\"46%\">\n<p>Iqtisodiyotni kreditlash<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>34.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>18.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>21.4<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"10%\">\n<p>23.3<\/p>\n<\/td>\n<td width=\"11%\">\n<p>16.5<\/p>\n<\/td>\n<\/tr>\n<\/tbody>\n<\/table>\n<p>1 \/ Iste&#8217;mol narxlari indeksining 2024 yilgi prognozi XVJ xodimlarining 2023 yil dekabr oyida tashrifi davomida qilingan hisob-kitoblarga asoslanib, energiya narxlarining kutilayotgan o&#8217;sishining ta&#8217;sirini o&#8217;z ichiga oladi. Shuningdek, u prognoz qilinayotgan byudjet konsolidatsiyasi va 2024 yilda kutilayotgan qattiq pul-kredit siyosatining ta&#8217;sirini hisobga oladi.<\/p>\n<p>2 \/ XVJ xodimlari byudjet daromadlari va xarajatlarini moliyalashtirish operatsiyalarini, masalan, aktsiyadorlarga investitsiyalar, islohotlarni amalga oshirish uchun kreditlar va davlat korxonalarini xususiylashtirishdan tushgan tushumlarni hisobga olgan holda tuzatishgar.<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/www.imf.org\/en\/News\/Articles\/2023\/12\/21\/pr23472-uzbekistan-imf-staff-concludes-staff-visit\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Xalqaro Valyuta Jamg&#8217;armasining 23\/472-sonli press-relizi\u00a0<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston iqtisodiyoti global muammolarga chidamliligini saqlab qoldi va jadal sur\u2019atlar bilan o\u2018sishda davom etmoqda. Prognozlar ijobiyligicha qolmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2712,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2711","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2711","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2711"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2711\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2716,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2711\/revisions\/2716"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2712"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2711"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2711"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2711"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}