{"id":2793,"date":"2024-01-01T17:55:35","date_gmt":"2024-01-01T12:55:35","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2793"},"modified":"2024-01-04T12:05:02","modified_gmt":"2024-01-04T07:05:02","slug":"2024-is-the-year-of-youth-and-business-support-in-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/2024-is-the-year-of-youth-and-business-support-in-uzbekistan\/","title":{"rendered":"2024-yil O\u2018zbekistonda \u201cYoshlar va biznesni qo\u2018llab-quvvatlash yili\u201d, deb e\u2019lon qilindi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 18pt;\"><strong>O\u2018zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi<\/strong><\/span><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-2796\" src=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/Prezident-RUz-SHavkat-Mirziyoev-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/Prezident-RUz-SHavkat-Mirziyoev-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/Prezident-RUz-SHavkat-Mirziyoev-300x200.jpg 300w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/Prezident-RUz-SHavkat-Mirziyoev-768x512.jpg 768w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/01\/Prezident-RUz-SHavkat-Mirziyoev.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>\n<p><strong>Aziz vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p>Jonajon diyorimizga yangi \u2013 2024-yil kirib kelmoqda.<\/p>\n<p>Mana shu shukuhli damlarda duogo\u2018y otaxon va onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, barcha soha va tarmoqlar vakillarini, azmu shijoatli yoshlarimizni, chet ellardagi qadrli vatandoshlarimizni \u2013 ko\u2018pmillatli butun xalqimizni ushbu qutlug\u2018 ayyom bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Albatta, hayot bor ekan, uning yutuq va quvonchlari, tashvish va muammolari ham bo\u2018lishi tabiiydir. Ammo inson va xalq aql-zakovati, halol mehnati, mustahkam irodasi bilan har qanday sinovlardan munosib o\u2018tishga qodir.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, 2023-yil el-yurtimiz uchun qut-barakali va omadli keldi. Eng muhimi, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, turli millat vakillari o\u2018rtasida do\u2018stlik va hamjihatlik hukm surmoqda.<\/p>\n<p>Tariximizda birinchi marta umumxalq referendumi asosida yangilangan Konstitutsiyamizni qabul qildik. Kelgusi taraqqiyotimizni belgilab beradigan\u00a0<strong>\u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi<\/strong>ni amalga oshirishni boshladik.<\/p>\n<p>Ko\u2018plab nufuzli anjumanlarni yuqori saviyada o\u2018tkazdik.<\/p>\n<p>Xalqaro maydonda muhim tashabbuslarni ilgari surdik.<\/p>\n<p>Barqaror iqtisodiy o\u2018sish sur\u2019atlarini saqlab qolishga erishdik.<\/p>\n<p>Respublikamizda yuqori texnologik zamonaviy sanoat korxonalari, logistika va infratuzilma tarmoqlari, bog\u2018cha va maktablar, madaniyat va sport obyektlari barpo etildi. Yangi-yangi ish o\u2018rinlari ochilmoqda. Shahar va qishloqlarimiz obod bo\u2018lib, aholi hayot darajasi yuksalib bormoqda.<\/p>\n<p>Birgalikdagi mehnatimiz tufayli Yangi O\u2018zbekiston orzusi real haqiqatga aylanmoqda. Barcha erishgan yutuqlarimiz uchun siz, aziz vatandoshlarimga chin dildan minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p><strong>Muhtaram do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Inson qadrini ulug\u2018lash, aholimiz manfaatlarini ta\u2019minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir. Shu maqsadda 2024-yilni mamlakatimizda\u00a0<strong>\u201cYoshlar va biznesni qo\u2018llab-quvvatlash yili\u201d<\/strong>, deb e\u2019lon qildik.<\/p>\n<p>Yangi yilda iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlar yaratishni yanada kuchaytiramiz. Ilm-fan, innovatsiya, IT kabi sohalarni, \u201cyashil\u201d va raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratamiz.<\/p>\n<p>Yangi ish o\u2018rinlari tashkil etish, aholi daromadlarini oshirish e\u2019tiborimiz markazida bo\u2018ladi. Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori ko\u2018paytiriladi. Xotin-qizlar va nuroniylarni, yordamga muhtoj insonlarni qo\u2018llab-quvvatlashga alohida ahamiyat beramiz. Ijtimoiy sohalar rivojini mutlaqo yangi bosqichga ko\u2018taramiz.<\/p>\n<p>Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish ustuvor vazifamiz bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Muxtasar aytganda, yangi hayotni, Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni to\u2018liq safarbar etamiz.<\/p>\n<p><strong>Qadrli va muhtaram vatandoshlarim!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlarni Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinchlik va fayzu baraka tilayman.<\/p>\n<p>Har bir oila, har bir mahalla, butun yurtimiz farovon bo\u2018lsin!<\/p>\n<p>Go\u2018zal Vatanimizni Yaratganning o\u2018zi panohida asrasin!<\/p>\n<p>Yangi yil barchamizga muborak bo\u2018lsin!<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O\u2018zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigida 2024-yilni \u201cYoshlar va biznesni qo\u2018llab-quvvatlash yili\u201d, deb e\u2019lon qildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2799,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2793","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2793","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2793"}],"version-history":[{"count":9,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2793\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2806,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2793\/revisions\/2806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2799"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2793"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2793"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2793"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}