{"id":2947,"date":"2024-01-26T00:01:34","date_gmt":"2024-01-25T19:01:34","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=2947"},"modified":"2024-01-26T08:07:27","modified_gmt":"2024-01-26T03:07:27","slug":"the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-2\/","title":{"rendered":"O\u2019zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14% darajasida saqlab qolish bo\u2019yicha qaror qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong><em>Markaziy bank boshqaruvining 2024 yil 25 yanvardagi yig\u2018ilishida asosiy stavka yillik 14 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirildi.<\/em><\/strong><\/p>\n<p><em>Iqtisodiyotdagi yuqori talab dinamikasi ta\u2019sirida shakllanayotgan kutilamalarni inobatga olib asosiy stavka darajasi o\u2018zgarishsiz qoldirildi. Prognozlarga ko\u2018ra, inflyatsiya yil yakunida 8-9 foizni tashkil etishi kutilmoqda.<\/em><\/p>\n<p><em>Shakllantirilayotgan pul-kredit sharoitlari inflyatsiyani 5 foizlik target darajasigacha barqaror pasayish trayektoriyasini ta\u2019minlashga qaratilgan.<\/em><\/p>\n<p>Umumiy inflyatsiya so\u2018nggi oylarda 8,8 foiz darajasida saqlanib qoldi. Iste\u2019mol savatidagi tovarlar guruhida inflyatsiyaning pasayishiga qaramasdan, xizmatlar inflyatsiyasi oxirgi chorakda biroz tezlashdi. Bu esa, kelgusida talab tomonidan umumiy inflyatsiyaga oshiruvchi bosimlarning kuchayish ehtimoli mavjudligini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Umuman olganda, iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning yuzaga kelishi va saqlanib qolayotganligi, yuqori talab sharoitlariga ayrim taklif komponentlarining to\u2018liq moslasha olmayotganligi bilan izohlanadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, so\u2018nggi so\u2018rovlar natijalariga ko\u2018ra, sezilgan inflyatsiya va inflyatsion kutilmalar yuqori darajalarda saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>2023 yilda iqtisodiy o\u2018sishning 6 foizgacha tezlashishiga, asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining yuqori sur\u2019atda o\u2018sishi muhim ahamiyat kasb etdi. Iqtisodiyotga ajratilgan kreditlarning ijobiy dinamikasi, fiskal rag\u2018batlantirishlarning yuqori bo\u2018lganligi va pul o\u2018tkazmalari iqtisodiy o\u2018sish sur\u2019atlarini qo\u2018llab-quvvatlovchi omillardan bo\u2018ldi.\u00a0\u00a0<\/p>\n<p>Jahon iqtisodiyotdagi qat\u2019iy moliyaviy sharoitlar, mehnat bozorlarining muvozanatlashishi va xomashyo tovarlari narxlarining pasayuvchi dinamikasi ta\u2019sirida global inflyatsiyaning joriy yilda ham sekishlashishda davom etishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Savdo hamkorlardagi joriy iqtisodiy tendensiyalar va kutilmalarni inobatga olib, kelgusi oylarda so\u2018mning real almashuv kursiga nisbatan yuqori bosimlar kuzatilmasligi taxmin qilinmoqda.<\/p>\n<p>Bank tizimida likvidlikdagi tarkibiy profitsitning qisqarib borishi bilan bir qatorda, pul bozorida operatsiyalarning faollashuvi kuzatilmoqda. Pul bozoridagi qisqa muddatli foiz stavkalarining joriy yil davomida ham monetar operatsiyalarni faol qo\u2018llagan holda foiz koridori doirasida shakllanishi uchun sharoit yaratib boriladi.<\/p>\n<p>Milliy valyutadagi depozitlar bo\u2018yicha yuqori ijobiy real foiz stavkalari sharoitida bank depozitlari hajmining o\u2018suvchi dinamikasi saqlanib qolishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Yangilangan prognozlarga ko\u2018ra, asosiy ssenariy bo\u2018yicha 2024 yilda umumiy inflyatsiya 8-9 foiz, bazaviy inflyatsiya darajasi esa 7-8 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yilda makroiqtisodiy rivojlanishning qaysi ssenariy shartlari asosida kechishi tashqi iqtisodiy omillar bilan birga maqroiqtisodiy barqarorlikni ta\u2019minlashning ichki omillari, ya\u2019ni tarkibiy islohotlar sur\u2019atlari, fiskal intizom va pul-kredit siyosati ta\u2019sirchanligiga bog\u2018liq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Ayni paytda, ayrim tartibga solinadigan narxlarda kutilayotgan o\u2018zgarishlar, aksiz va qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i bo\u2018yicha kiritilgan so\u2018nggi o\u2018zgartirishlar hisobiga keyingi oylarda ichki narxlarga bir martalik ta\u2019sir ehtimollarini pasaytirish choralari ko\u2018rilmoqda.<\/p>\n<p>Asosiy tashqi xatarlar, global fragmentatsiyaning kuchayishi va yuqori global inflyatsion jarayonlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi bilan bog\u2018liq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Yalpi ichki mahsulotning real o\u2018sishi 5,5-6 foiz atrofida bo\u2018lishi prognoz qilinmoqda. Iqtisodiy o\u2018sishning asosiy omillari bir tomondan, iste\u2019mol talabi bo\u2018lsa, ikkinchi tomondan, tarkibiy islohotlar ta\u2019sirida to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri xorijiy va mahalliy investitsiyalar hajmining oshishi bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Markaziy bank asosiy stavka bo\u2018yicha kelgusi qarorlarini umumiy inflyatsiyaning yangilangan prognozlaridan kelib chiqib qabul qiladi va inflyatsiyaning 5 foizlik target ko\u2018rsatkichiga erishish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini ta\u2019minlab boradi.<\/p>\n<p><em>Markaziy bank Boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi yig\u2018ilishi 2024 yil 14 martga belgilangan.<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/oz\/press_center\/releases\/1575081\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy bank press-relizi\u00a0<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlash to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi. Bu ko\u2018rsatkich 2023-yilning 17-martidan boshlab saqlanib kelmoqda.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2963,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-2947","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2947","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2947"}],"version-history":[{"count":10,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2947\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":2964,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2947\/revisions\/2964"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2963"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2947"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2947"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2947"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}