{"id":3022,"date":"2024-02-16T09:44:34","date_gmt":"2024-02-16T04:44:34","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3022"},"modified":"2024-02-17T09:50:08","modified_gmt":"2024-02-17T04:50:08","slug":"uzbekistan-is-increasing-production-in-industrial-zones","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/uzbekistan-is-increasing-production-in-industrial-zones\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston sanoat zonalarida ishlab chiqarish hajmini oshirmoqda"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-3024\" src=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/Sanoat-onalari-01012024-814x1024.jpg\" alt=\"\" width=\"814\" height=\"1024\" srcset=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/Sanoat-onalari-01012024-814x1024.jpg 814w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/Sanoat-onalari-01012024-239x300.jpg 239w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/Sanoat-onalari-01012024-768x966.jpg 768w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2024\/02\/Sanoat-onalari-01012024.jpg 1018w\" sizes=\"auto, (max-width: 814px) 100vw, 814px\" \/><\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda mamlakatimizda ochiq, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish, investitsiyalar va sanoatni rivojlantirish, tashqi savdo aloqalarini kengaytirish, mahalliy va xorijiy investorlar uchun jozibador ishbilarmonlik muhitini yaratishga qaratilgan qator izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Mutaxassislar ta\u2019kidlaganidek, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi rivojlangan mamlakatlarning ilg\u2018or tajribasi, milliy iqtisodiyot imkoniyatlari va mamlakat rahbariyatining yangilanish aholi turmush darajasini yaxshilash borasidagi siyosiy irodasi bilan uyg\u2018unligi orqali ta\u2019minlanmoqda.<\/p>\n<p>Ishlab chiqarish va eksport salohiyatini jadal rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etishning ilg\u2018or jahon tajribasidan biri bu maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini tashkil etishdir.<\/p>\n<p>2024-yil 1-yanvar holatiga ko\u2018ra, mamlakatimizda 766 ta sanoat zonasi, jumladan, 24 ta maxsus iqtisodiy zona, 532 ta kichik sanoat zonasi, 210 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etildi.<\/p>\n<p>Mazkur obyektlarning bosh rejalariga muvofiq investitsiya loyihalari uchun umumiy maydoni 11 952,1 gektar yer ajratilgan. ISSV muvofiqlashtiruvida amalga oshirilayotgan ishlar tufayli bugungi kunda investitsiya loyihalari sanoat zonalarining 6 382,3 gektar maydonida joylashgan. Auksion orqali 4 123,5 gektar yer maydoni, jumladan, maxsus iqtisodiy zonalarda 3 304,8 gektar, kichik sanoat zonalarida 666 gektar, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida 152,7 gektar yer maydonlari sotuvga qo\u2018yilgan. Birgina joriy yilning yanvar oyida 100 gektardan ortiq yer auksionga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar ko\u2018lami yildan-yilga kengaymoqda. 2024-yilda sanoat zonalarida 841 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Bu 2023-yildagi ko\u2018rsatkichdan (965 ta loyiha) 124 taga kam bo\u2018lsada, bu o\u2019zgarish yangi tashkil etilgan ishlab chiqarish quvvatlarining yiriklashishi va ish o\u2018rinlari sonining ancha ko\u2018payishi bilan bog\u2018liq. Masalan, sanoat zonalarida 2023-yilda amalga oshirilgan loyihalarning umumiy qiymati 9,7 trillion so\u2018mni tashkil etgan bo\u2018lsa, 2024-yilda ushbu maqsadlar uchun 13,3 trillion so\u2018m jalb etiladi. Ish o&#8217;rinlari bo\u2018yicha ham vaziyat xuddi shunday \u2013 2023-yilda \u2013 20,7 ming, joriy yilda esa 27,7 ming ish o\u2018rinlari yaratish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Joriy yilning birinchi kunlaridan boshlab sanoat zonalarida qizg\u2018in ish boshlab yuborildi. Sovuq kunlarda kuzatilayotgan sekinlashishga qaramay, 2024-yil yanvar oyida umumiy qiymati 56,6 milliard so\u2018mlik 14 ta loyiha foydalanishga topshirilib, 300 ta yangi ish o\u2018rni yaratildi. Shundan kichik sanoat zonalarida 54,1 milliard so\u2018mlik 12 ta, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida esa 2,5 milliard so\u2018mlik 2 ta loyiha ishga tushirildi. \u00a0<\/p>\n<p>Eng muhimi &#8211;\u00a0 bu natijalar, albatta. Sanoat zonalarida ishga tushirilgan loyihalar hisobiga yaqin aholi punktlari aholisini ish bilan ta\u2019minlash bilan bir qatorda ishlab chiqarish va eksport hajmida o\u2018sish qayd etilmoqda. 2023-yilda sanoat zonalarida joylashgan korxonalar tomonidan 53,4 trillion so\u2018mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 972 million dollarlik eksport amalga oshirildi. Birgina joriy yilning yanvar oyida 4,4 trillion so\u2018mlik mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 61,3 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston sanoat zonalarini qat\u2019iyat bilan izchil rivojlantirmoqda. Mazkur trend saqlanishiga va bu ish natijalari kutilganidan ham oshib, davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish bo\u2018yicha strategik maqsadlarga erishishga munosib hissa qo\u2018shishiga shubha yo\u2018q.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/miit.uz\/oz\/news\/ozbekiston-sanoat-zonalarida-ishlab-chiqarish-hajmini-oshirmoqda\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2024-yil 1-yanvar holatiga ko\u2018ra, mamlakatimizda 766 ta sanoat zonasi, jumladan, 24 ta maxsus iqtisodiy zona, 532 ta kichik sanoat zonasi, 210 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3025,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3022","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3022","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3022"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3022\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3027,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3022\/revisions\/3027"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3025"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3022"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3022"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3022"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}