{"id":3100,"date":"2024-03-05T09:48:06","date_gmt":"2024-03-05T04:48:06","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3100"},"modified":"2024-03-05T11:00:52","modified_gmt":"2024-03-05T06:00:52","slug":"uzbekistan-reaches-the-ranks-of-top-five-improvers-in-the-world-bank-s-women-business-and-the-law-2024-study","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/uzbekistan-reaches-the-ranks-of-top-five-improvers-in-the-world-bank-s-women-business-and-the-law-2024-study\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston Jahon bankining \u201cAyollar, biznes va qonun 2024\u201d indeksida beshta eng ilg\u02bbor o\u02bbzgarishlarni amalga oshirgan davlatlar qatoriga kirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p dir=\"auto\"><strong>TOSHKENT, 2024-yil 4-mart<\/strong> \u2014 Jahon banki o\u02bbzining \u201cAyollar, biznes va qonun\u201d yillik hisobotini <a href=\"https:\/\/www.vsemirnyjbank.org\/ru\/news\/press-release\/2023\/03\/02\/pace-of-reform-toward-equal-rights-for-women-falls-to-20-year-low\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>e\u2019lon qildi<\/strong><\/a><strong>.<\/strong> Unda huquqiy sohada gender tenglikka erishish yo\u02bblidagi jahon taraqqiyoti baholanadi. Hujjat 190 ta davlatda, jumladan, O\u02bbzbekistonda ayollarning ahvolini 10 ta ko\u02bbrsatkich: \u201cxavfsizlik\u201d, \u201charakatlanish erkinligi\u201d, \u201cbandlik\u201d, \u201cmehnatga haq to\u02bblash\u201d, \u201cnikoh\u201d, \u201cota-onalik\u201d, \u201cbolalarni parvarishlash\u201d, \u201ctadbirkorlik\u201d, \u201cmulkni boshqarish\u201d va \u201cpensiya ta\u02bbminoti\u201d bo\u02bbyicha baholovchi indeksni o\u02bbz ichiga oladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">\u201cAyollar, biznes va qonun\u201d hisobotining oxirgi nashri 2022-yil 1-oktabrdan 2023-yil 1-oktabrgacha bo\u02bblgan davrda mamlakatlar qonunchiligidagi tegishli o\u02bbzgarishlarni baholaydi. Bu davrda dunyodagi atigi 18 ta davlat yoki indeksda baholangan davlatlarning 10 foizidan kamrog\u02bbi yuqoridagi ko\u02bbrsatkichlar doirasida ayollarning mavqeini yaxshilagan huquqiy islohotlarni amalga oshirdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Umuman olganda, ushbu 18 ta mamlakat gender tengligiga erishishga qaratilgan 47 ta islohotlarni amalga oshirdi. Xususan, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi beshta mamlakat, jumladan O\u02bbzbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Kipr va Moldovada to\u02bbqqizta shunday islohot amalga oshirildi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">O\u02bbzbekiston Iordaniya, Malayziya, Syerra-Leone va Togo bilan birgalikda eng katta muvaffaqiyatga erishgan besh davlat qatoridan joy oldi. 2022-yil oktabr oyidan buyon mamlakatda xotin-qizlarning mavqeini oshirishga qaratilgan to\u02bbrtta muhim huquqiy islohotlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Ushbu islohotlar, xususan ikkita asosiy ko\u02bbrsatkich \u2013 \u201cmehnatga haq to\u02bblash\u201d va \u201cnikoh\u201d doirasida mamlakatning reytingdagi o\u02bbrnini yaxshilashga ijobiy ta\u02bbsir ko\u02bbrsatdi. Bu O\u02bbzbekiston reytingining 11,9 punktga ko\u02bbtarilishiga olib keldi va mamlakat \u201cAyollar, biznes va qonun 2024\u201d indeksida maksimal 100 balldan 82,5 ball to\u02bbplagan. O\u02bbzbekiston Singapur, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan bir xil ball to\u02bbpladi, shuningdek Markaziy Osiyoda eng yaxshi natijalarni ko\u02bbrsatdi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Xususan, O\u02bbzbekistonda ayollarga erkaklar bilan bir xil qiymatdagi mehnat uchun teng haq to\u02bblashni kafolatlovchi me\u2019yoriy hujjatlar qabul qilindi. Shuningdek, ayrim sohalarda ayollar mehnatidan foydalanishga qo\u02bbyilgan cheklovlar bekor qilindi. 2022-yil oktabr oyida mehnat huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlar va konvensiyalarga mos keladigan ushbu qoidalarni o\u02bbz ichiga olgan yangi Mehnat kodeksi qabul qilindi.<\/p>\n<p dir=\"auto\">Bundan tashqari, O\u02bbzbekistonda ayollarni oiladagi zo\u02bbravonlikdan himoya qiluvchi me\u2019yoriy hujjatlar qabul qilindi. 2023-yil aprel oyida Jinoyat kodeksi va Ma\u2019muriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeksga oiladagi zo\u02bbravonlikka, jumladan, oilaviy munosabatlardagi jismoniy, ruhiy va iqtisodiy zo\u02bbravonlikka qarshi kurashish bo\u02bbyicha o\u02bbzgartirishlar kiritildi. Shuningdek ushbu turdagi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><em>\u201cJahon banki \u201cAyollar, biznes va qonun\u201d hisobotining oxirgi nashrida ta\u2019kidlangan O\u02bbzbekistonning gender tenglikni ta\u2019minlash borasida erishgan yutuqlarini olqishlaydi. Yaqinda amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ayollarning fuqarolik, mehnat va iqtisodiy huquqlarini sezilarli darajada kengaytirdi\u201d,<\/em> &#8211; dedi <strong>Jahon bankining Markaziy Osiyo bo\u02bbyicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova<\/strong>. <em>\u201cBiz hukumatga zarur moliyaviy va tahliliy ko\u02bbmak ko\u02bbrsatish orqali ushbu islohotlarni amalga oshirishga mamnuniyat bilan o\u02bbz hissamizni qo\u02bbshdik. O\u02bbzbekistonda xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi keyingi sa\u2019y-harakatlar, jinsidan qat\u2019iy nazar barcha fuqarolar uchun bir xil imkoniyatlar yaratadigan yanada adolatli va farovon jamiyat barpo etishga xizmat qiladi\u201d.<\/em><\/p>\n<p dir=\"auto\">Jahon banki hukumatga zarur tahliliy va moliyaviy ko\u02bbmak ko\u02bbrsatish orqali \u201cAyollar, biznes va qonun 2024\u201d hisobotida ta\u2019kidlangan O\u02bbzbekistondagi islohotlarni qo\u02bbllab-quvvatladi. Bu Bank tomonidan turli ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi muhim islohotlarni qo\u02bbllab-quvvatlash maqsadida <a href=\"https:\/\/www.vsemirnyjbank.org\/ru\/news\/press-release\/2021\/12\/16\/uzbekistan-to-boost-economic-and-social-reforms-with-additional-world-bank-support\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>2021<\/strong><\/a>&#8211; va <a href=\"https:\/\/www.vsemirnyjbank.org\/ru\/news\/press-release\/2023\/12\/08\/uzbekistan-s-transition-to-market-economy-to-accelerate-by-strategic-reforms-supported-by-the-world-bank\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>2023<\/strong><\/a>-yillarda amalga oshirilgan mamlakatda rivojlanish siyosatini qo\u02bbllab-quvvatlash bo\u02bbyicha operatsiyalarni o\u02bbz ichiga oladi.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><a href=\"https:\/\/www.vsemirnyjbank.org\/ru\/country\/uzbekistan\/overview#2\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>Batafsil<\/strong><\/a> Jahon bankining O\u02bbzbekistondagi faoliyati haqida.<\/p>\n<p dir=\"auto\"><a href=\"https:\/\/telegra.ph\/O\u02bbzbekiston-Jahon-bankining-Ayollar-biznes-va-qonun-2024-indeksida-beshta-eng-ilg\u02bbor-o\u02bbzgarishlarni-amalga-oshirgan-davlatlar-qa-03-04\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>MATBUOT XABARI \u2116: 2024\/ECA\/072<\/strong><\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki o\u02bbzining \u201cAyollar, biznes va qonun\u201d yillik hisobotini e\u2019lon qildi. O\u02bbzbekiston Jahon bankining \u201cAyollar, biznes va qonun 2024\u201d indeksida beshta eng ilg\u02bbor o\u02bbzgarishlarni amalga oshirgan davlatlar qatoriga kirdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3102,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3100","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3100","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3100"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3100\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3109,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3100\/revisions\/3109"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3102"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3100"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3100"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3100"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}