{"id":3143,"date":"2024-03-14T15:01:52","date_gmt":"2024-03-14T10:01:52","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3143"},"modified":"2024-03-14T15:01:52","modified_gmt":"2024-03-14T10:01:52","slug":"the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-3","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-3\/","title":{"rendered":"Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>2024 yil 14 martda Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qoldi.<\/strong><\/p>\n<p><em>Markaziy bank boshqaruvi iqtisodiyotda talab va taklif mutanosibligiga erishish bo\u2018yicha noaniqliklar va inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarning saqlanib qolayotganligini inobatga olib hamda inflyatsiyaning 5 foizlik targetigacha pasaytirish uchun zarur pul-kredit sharoitlarini ta\u2019minlash maqsadida asosiy stavkani o\u2018zgarishsiz qoldirish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/em><\/p>\n<p>Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayib, fevral oyida 8,3 foizni tashkil etdi. Biroq, so\u2018nggi oylarda yuqori talab va bir qator tartibga solinadigan narx va tariflarning oshishi fonida xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi kuzatildi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari deyarli o\u2018zgarishsiz, yuqoriligicha qolmoqda.<\/p>\n<p>Joriy yil oxiriga inflyatsiya 8-9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanishi kutilmoqda. Prognoz davrida tartibga solinadigan narxlar o\u2018zgarishi va ularning inflyatsion kutilmalarga ta\u2019siri bo\u2018yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Dastlabki ma\u2019lumotlarga ko\u2018ra, asosiy ishlab chiqarish ko\u2018rsatkichlari o\u2018tgan yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan yuqori sur\u2019atlarda o\u2018sdi. Shuningdek, ayrim tarmoqlarda, xususan yil boshidan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish dinamikasining sustlashishi qisqa muddatli istiqbolda ichki bozorda talab va taklif nomutanosibligini keltirib chiqarishi yoki importga qo\u2018shimcha bosimni yaratishi mumkin.<\/p>\n<p>Umuman olganda, birinchi chorak yakunlari bo\u2018yicha iqtisodiy o\u2018sish ko\u2018rsatkichlari nisbatan yuqoriroq shakllanishi, keyingi choraklarda esa bazaviy prognoz doirasida 5,5-6 foiz bo\u2018lishi borasidagi kutilmalarni kuchaytirmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yilgi va joriy yil boshidagi yuqori fiskal xarajatlar kelgusi choraklarda yalpi iste\u2019mol faolligini qo\u2018llab-quvvatlovchi asosiy drayverlardan bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Ayni paytda, transchegaraviy pul o\u2018tkazmalarining o\u2018tgan yilgi ko\u2018rsatkichlar doirasida shakllanayotganligi hamda aholi real daromadlarining joriy o\u2018sish sur\u2019atlari kelgusida iste\u2019mol talabiga qo\u2018shimcha proinflyatsion bosim yaratmaydi.<\/p>\n<p>Mehnat bozorida yuqori faollik va ishchi kuchiga talabning oshishi kuzatilmoqda. Ishchi kuchiga talabning asosiy o\u2018sishi xizmatlar sohasiga to\u2018g\u2018ri kelib, ushbu sohada ish haqilarning yuqori shakllanishga ham olib kelmoqda. Ayni paytda, xizmatlar sohasida narxlar va daromadlarning muntazam oshishi sharoitida iqtisodiyotda mazkur sohalarga investitsiyalar hajmi va joriy iste\u2019mol xarajatlaridagi ulushi ortib boradi.<\/p>\n<p>Import dinamikasida mashina va uskunalar, energetika va neft mahsulotlari, qora metallar importining yuqori o\u2018sishi davom etishi bir tomondan kelgusida ishlab chiqarish hajmlari oshishiga zamin yaratsa, ikkinchi tomondan savdo balansi taqchilligining saqlanib qolishini ham bildiradi.<\/p>\n<p>Joriy operatsiyalar hisobining muvozanatga kelishi belgilangan fiskal intizomning ta\u2019minlanishi, xorijiy investitsiyalar oqimi va iqtisodiyotni eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarning natijadorligiga bog\u2018liq bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Nisbatan qat\u2019iy pul-kredit sharoitlari keyingi choraklarda ham saqlanib qoladi. Banklararo pul bozorida yil boshidan yuqori faollik va pul-kredit instrumentlaridan foydalanish hajmining ortib borishi fonida UZONIA foiz stavkasi asosiy stavkaga yaqin darajada shakllanib boradi.<\/p>\n<p>Jamg\u2018arish faolligi oshishda davom etib, bu xususan, milliy valyutadagi depozitlar hajmi o\u2018sishida namoyon bo\u2018ladi. Umuman olganda, depozitlarning yillik o\u2018sish sur\u2019atlari kreditlash hajmining o\u2018sishidan sezilarli darajada yuqori bo\u2018lishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Banklarning resurs bazasida ichki va xususiy manbalar ulushi ortib borishi, o\u2018z navbatida, bozor foiz stavkalarida aks etadi.<\/p>\n<p>Milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo\u2018yicha o\u2018rtacha tortilgan foiz stavkalarida so\u2018nggi oylarda sezilarli o\u2018zgarish kuzatilmadi.<\/p>\n<p>Ayni paytda, pul-kredit siyosati operatsion mexanizmiga kiritilgan so\u2018nggi o\u2018zgartirishlar qisqa muddatli pullar narxini pasaytirish orqali kelgusida kreditlar bo\u2018yicha foiz stavkalarining ham pasayishiga zamin yaratib boradi.<\/p>\n<p>Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan izchil pul-kredit siyosatini amalga oshirishda davom etadi. Bunda iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligiga, inflyatsion kutilmalarga va tartibga solinadigan narxlarning o\u2018zgarish dinamikasiga alohida e\u2019tibor qaratiladi.<\/p>\n<p><em>Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi yig\u2018ilishi 2024 yil 25 aprelga belgilangan.<\/em><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/oz\/monetary-policy\/refinancing-rate\/press-releases\/1632057\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O&#8217;zbekiston Respublikasi Markaziy banki<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2963,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3143","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3143","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3143"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3143\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3145,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3143\/revisions\/3145"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2963"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3143"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3143"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3143"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}