{"id":3567,"date":"2024-05-05T13:10:54","date_gmt":"2024-05-05T08:10:54","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3567"},"modified":"2024-05-05T13:10:54","modified_gmt":"2024-05-05T08:10:54","slug":"results-of-the-3rd-tashkent-international-investment-forum-successful-completion-and-promising-results","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/results-of-the-3rd-tashkent-international-investment-forum-successful-completion-and-promising-results\/","title":{"rendered":"Uchinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi yakunlari: muvaffaqiyatli yakun va istiqbolli natijalari"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekistonda III Xalqaro investitsiya forumi o\u2018z ishini yakunladi. 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan forum global muloqot va investitsiyaviy sohadagi ilg\u2018or tajriba almashish maydoniga aylandi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O\u2018zbekiston Respublikasi va Qirg\u2018iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Forumni 30 ta mamlakatdan 110 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalari, jumladan dunyoning yetakchi nashrlari \u201cCNN\u201d, \u201cEuronews\u201d, \u201cLondon Post\u201d, va \u201cAssociated Press\u201d tomonidan yoritildi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Forum yakuniga ko\u2018ra jami qiymati $26,6\u00a0mlrd.ga teng kelishuvlar imzolandi. Ma\u2019lumot uchun: 2023\u00a0y. TXIFda $11 mlrd. 167 ta hujjat imzolangandi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xususan quyidagi yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha kelishuvlarga erishildi:<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211;\u00a0\u201cData Volt\u201d kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan hamkorlikda \u201cYangi Toshkent\u201dda shahar infratuzilmasini qurish ($1\u00a0mlrd.) va yashil texnologiyalarga asoslangan \u201cma\u2019lumotlar markazlarini\u201d qurish ($3\u00a0mlrd.);<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211;\u00a0\u201cAcwa Power\u201d kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida quvvati 5\u00a0GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2\u00a0GVt bo\u2018lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish ($6,2\u00a0mlrd.);<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211;\u00a0\u201cAmea Power\u201d kompaniyasi (BAA) bilan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida quvvati 1000 MVt bo\u2018lgan shamol elektr stansiyasini qurish ($1,1\u00a0mlrd.);<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211;\u00a0\u201cSaudi Tabrid\u201d kompaniyasi bilan Nukus, Farg\u2018ona va Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish ($750\u00a0mln.);<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211;\u00a0\u201cNil Shugar\u201d kompaniyasi (Misr) bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish ($500\u00a0mln.);<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211;\u00a0\u201cShaynxay Knud Interneshnl\u201d kompaniyasi (Xitoy) bilan Namangan viloyatida tekstil va to\u2018qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ($205\u00a0mln.);<\/strong><\/p>\n<p><strong>&#8211;\u00a0\u201cVilmar Interneshnl\u201d kompaniyasi (Singapur) bilan Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari va chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish ($200\u00a0mln.).<\/strong><\/p>\n<p><strong>Bundan tashqari, forumda dunyoning bir qator yirik kompaniyalari hisoblangan \u201cOraskom Investment\u201d (Misr), \u201cBonafarm Grup\u201d (Vengriya), \u201cSayar\u201d (AQSH), \u201cGoldvind\u201d, \u201cSinoma\u201d (Xitoy), \u201cSam Yapi\u201d (Turkiya), \u201cPasha Development\u201d (Ozarbayjon) \u201cLaselsberger\u201d (Avstriya), \u201cPetrosat Chexelsoton\u201d (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati $6,6\u00a0mlrd. teng yangi investisiya loyihalarni amalga oshirish bo\u2018yicha kelishuvlarga erishildi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Tadbirda iqtisodiy rivojlanishning eng muhim jihatlari muhokama qilingan panel sessiyalar, muhokamalar, biznes nonushta va davra suhbatlari kabi boy dasturdan iborat bo\u2018ldi. Kichik va o\u2018rta biznesni qo\u2018llab-quvvatlashda davlat, investorlar va tadbirkorlarning roli markaziy mavzulardan biriga aylandi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Sessiyada korrupsiyaga qarshi kurash siyosati bo\u2018yicha yetakchi ekspertlar so\u2018zga chiqdi. \u201cIqtisodiyotda korrupsiya va jinoyatchilikka qarshi samarali kurashish sarmoyaviy muhitni yaxshilash uchun zarur, \u2013 deya xavfsiz va shaffof ishbilarmonlik muhitini yaratish muhimligini ta\u2019kidladilar so\u2018zga chiqqanlar.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u2013 Korrupsiyaga qarshi samarali kurash kompleks yondashuvni, jumladan, qonunchilikni mustahkamlash va davlat harakatlarining shaffofligini oshirishni talab qiladi, \u2013 dedi O\u2018zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Riteyl bo\u2018yicha sessiyada savdoning asosiy muammolari va imkoniyatlari, jumladan, soliq qonunchiligini takomillashtirish va import tartib-qoidalarini soddalashtirish belgilab berildi. \u201cYangi brendlarni bozorga muvaffaqiyatli moslashtirish uchun shart-sharoit yaratish zarur\u201d, &#8211; deya ma\u2019qullashdi ishtirokchilar.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u2014 Bojxona to\u2018lovlarini pasaytirish to\u2018g\u2018risidagi rezolyutsiya tufayli biz Buyuk Britaniya va Qozog\u2018istondagi kabi adolatli narxlarni o\u2018rnatishga muvaffaq bo\u2018ldik, \u2013 deydi \u00abTashkent City Mall\u00bb savdo va marketing direktori Ilya Lyapustin.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Ayollar tadbirkorligiga bag\u2018ishlangan biznes nonushta tadbirkor ayollarning jamiyatga ta\u2019siri katta ekanligini ta\u2019kidladi. Ma\u2019ruzachilar daromadlilik va ijtimoiy mas\u2019uliyat o\u2018rtasidagi muvozanatga erishish uchun ilhomlantiruvchi misollar va strategiyalarni taqdim etdilar.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xorijiy investitsiyalarni yashash uchun ruxsat olish dasturlari orqali jalb etishga alohida e\u2019tibor qaratilmoqda. \u2013 So\u2018nggi bir necha yil ichida O\u2018zbekiston hamkorlikka ochiqligi va ko\u2018chmas mulk istiqbollari tufayli o\u2018zini jahon investorlari uchun jozibador yo\u2018nalish sifatida ko\u2018rsatdi, \u2013 deydi Henley&amp;Partners kompaniyasi vakili Akram Muxamatqulov.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u201cTa\u2019minot zanjirlari va barqarorlik: noaniqlik davrida muvozanatni topish\u201d mavzusidagi davra suhbatida ishtirokchilar global ta\u2019minot zanjirlarining barqarorligi uchun muammolar va strategiyalarni muhokama qildilar. \u201cTurkiya va O\u2018zbekiston strategik hamkorlikka ega va birgalikda hamkorlikni sezilarli darajada mustahkamlashimiz mumkin, \u2013 dedi Turkiya savdo vaziri o\u2018rinbosari Sezay Ucharmak.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Shuningdek, forum davomida raqamli texnologiyalarni investitsiya strategiyalariga integratsiya qilish muhimligi ta\u2019kidlandi. \u00abRaqamlashtirish kelajak emas, bu hozirgi zamon va u investitsiya jarayonlarini tezlashtirish va ularning shaffofligini oshirishda asosiy rol o\u2018ynaydi\u00bb, deb ta\u2019kidladi fintex ekspertlari.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00abIT-PARK Uzbekistan: yangi rivojlanish istiqbollari\u00bb mavzusidagi pitch-sessiyada O\u2018zbekistonni 2030 yilgacha mintaqaviy axborot texnologiyalari markaziga aylantirish rejalari taqdim etildi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so\u2018nggi investitsiyalarning ahamiyati bilan o\u2018rtoqlashdi: \u201cKecha biz muhim voqea \u2013 yirik to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiya loyihasi bo\u2018lgan Data Volt\u2019dan 5 milliard dollarlik yashil ma\u2019lumotlar markazi qurilishi boshlanganiga guvoh bo\u2018ldik. Biz IT-kompaniyalar uchun qulay muhit yaratmoqdamiz va O\u2018zbekistonda ofislarni ochish va boshqarish bilan bog\u2018liq barcha xavflarni qoplash uchun \u201cNol risk\u201d dasturini ishga tushirmoqdamiz\u201d.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u201cAloqalar: Buyuk Ipak yo\u2018lining tiklanishi\u201d mavzusidagi davra suhbatida xalqaro ekspertlar va davlat idoralari vakillari Ipak yo\u2018lining qadimiy yo\u2018nalishlari bo\u2018ylab aloqalarni, iqtisodiy hamkorlikni va madaniy almashinuvni kengaytirish imkoniyatlarini o\u2018rgandilar.<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u201cIntegratsiyalashgan shaharsozlik: sifatli investitsiyalar, atrof-muhit va odamlar uchun qulaylik\u201d mavzusidagi davra suhbatida yetakchi urbanistlar, me\u2019morlar va ishbilarmon doiralar vakillari Toshkent shahrini rivojlantirishga yondashuvlarni muhokama qildi. Xususan, BCG boshqaruvchi direktori va katta hamkori Vladislav Butenko barqaror shahar rivojlanishiga erishish uchun innovatsion yechimlarni shaharsozlikga integratsiya qilish muhimligini ta\u2019kidladi. U kompleks rejalashtirishda ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jihatlarni hisobga olish, ular o\u2018rtasidagi muvozanatni ta\u2019minlash zarurligini ta\u2019kidladi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Forum turli vazirliklar va viloyatlar uchun investitsiyalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Imzolangan kelishuvlar sanoat, energetika, farmasevtika va avtomobilsozlik kabi muhim tarmoqlarni rivojlantirishdan darak beradi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Raqamli texnologiyalar vazirligi, Energetika vazirligi va Data Volt axborot texnologiyalari kompaniyasi o\u2018rtasida \u00abyashil\u00bb texnologiyalarga asoslangan data-markazni qurish bo\u2018yicha kelishuv forumning asosiy yutuqlaridan biri bo\u2018ldi. Mutaxassislar bunday loyihalarning O\u2018zbekiston uchun muhimligini ta\u2019kidladilar. Imzolash marosimida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Data Volt direktori Rajit Nanda ishtirok etdi.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Shuningdek, Avtomobil yo\u2018llari qo\u2018mitasi va \u00abAl Bawani Capital\u00bb kompaniyasi o\u2018rtasida Sirdaryo-Baxt halqa avtomobil yo\u2018lini qurish va Toshkent-Samarqand yo\u2018lini rekonstruksiya qilish bo\u2018yicha kelishuv imzolandi. Imzolangan kelishuvlar kelgusidagi investitsiya tashabbuslari uchun asos bo\u2018lishi kutilmoqda.<\/strong><\/p>\n<p><strong>Toshkentdagi III Xalqaro investitsiya forumi yakunlandi, biroq rejalashtirilgan tashabbuslar va imzolangan kelishuvlar barqaror rivojlanish va investitsiyalarni jalb etish yo\u2018lida faol ish olib borishni va\u2019da qilmoqda. O\u2018zbekiston xalqaro maydondagi strategik hamkor sifatidagi rolini yana bir bor tasdiqlab, jahon sarmoyadorlari e\u2019tiborini o\u2018ziga qaratib, mintaqa iqtisodiy o\u2018sishiga hissa qo\u2018shmoqda.<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/gov.uz\/miit\/news\/view\/11000\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi<\/a>\u00a0\u00a0<\/p>\n<p>#<\/p>\n<p><strong>Uchinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi yakunlari: muvaffaqiyatli yakun va istiqbolli natijalari<\/strong><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonda III Xalqaro investitsiya forumi o\u2018z ishini yakunladi. 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamlagan Forum global muloqot va investitsiyaviy sohadagi ilg\u2018or tajriba almashish maydoniga aylandi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3569,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3567","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3567","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3567"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3567\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3570,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3567\/revisions\/3570"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3569"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3567"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3567"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3567"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}