{"id":3658,"date":"2024-05-22T22:15:31","date_gmt":"2024-05-22T17:15:31","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3658"},"modified":"2024-05-22T22:26:16","modified_gmt":"2024-05-22T17:26:16","slug":"for-the-first-time-the-republic-of-uzbekistan-has-placed-sovereign-international-bonds-in-3-currencies-worth-1-5-billion","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/for-the-first-time-the-republic-of-uzbekistan-has-placed-sovereign-international-bonds-in-3-currencies-worth-1-5-billion\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi ilk bor 3 ta valyutada suveren xalqaro obligatsiyalarini $1,5 milliardga joylashtirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasining umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd AQSh dollariga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 2024-yil 21-may kuni ilk bor 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi.<\/strong><\/p>\n<p>Joriy yilning 17-may kuni AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlardan\u00a0<strong>76 nafar<\/strong>\u00a0investor bilan vidiokonferensiya (Global Investor Call) hamda 20\u201321-may kunlari\u00a0<strong>40 nafar\u00a0<\/strong>yirik investor bilan yakkama-yakka formatda uchrashuvlar bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvlarda xalqaro investorlarga O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi doirasida olib borilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy holat yuzasidan batafsil ma\u2019lumot berildi.<\/p>\n<p>Xalqaro investorlar tomonidan dunyoda davom etayotgan murakkab vaziyatga qaramay, O\u2018zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik saqlanayotgani, energiya tariflari, xususiylashtirish va boshqa tarkibiy islohotlarning amaliy jihatdan jadallashgani ijobiy baholandi.\u00a0<\/p>\n<p>Uchrashuvlardan so\u2018ng 21-may kuni 3 ta valyutada, jumladan,\u00a0<strong>AQSh dollarida 7 yillik,<\/strong>\u00a0<strong>yevroda\u00a0<\/strong>\u201cBarqaror rivojlanish maqsadlari\u201dni moliyalashtirish uchun\u00a0<strong>3 yillik<\/strong>\u00a0hamda O\u2018zbekiston Respublikasi\u00a0<strong>milliy valyutasida\u00a0<\/strong>suveren xalqaro obligatsiyalarini joylashtirish bo\u2018yicha\u00a0<strong>buyurtmalar qabul qilinishi e\u2019lon qilindi.\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Kun davomida O\u2018zbekiston Respublikasining suveren xalqaro obligatsiyalarini sotib olish uchun jami\u00a0<strong>5,5 mlrd dollar\u00a0<\/strong>miqdoridagi<strong>\u00a0buyurtmalar kelib tushdi<\/strong>, jumladan:<\/p>\n<p><strong>AQSh dollari<\/strong>dagi\u00a0<em>(7 yillik)<\/em>\u00a0obligatsiyalarga \u2014<strong>\u00a03 mlrd dollar;<\/strong><\/p>\n<p><strong>yevro<\/strong>dagi\u00a0<em>(3 yillik)<\/em>\u00a0obligatsiyalarga \u2014\u00a0<strong>2 mlrd yevro;<\/strong><\/p>\n<p><strong>so\u2018m<\/strong>dagi\u00a0<em>(3 yillik)<\/em>\u00a0obligatsiyalarga \u2014\u00a0<strong>4 trln so\u2018m.\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Qabul qilib olingan buyurtmalar natijasida quyidagilarga\u00a0erishildi:<\/p>\n<p><strong>600 mln dollar\u00a0miqdoridagi 7 yillik obligatsiyalar bo\u02bbyicha kupon stavkasi 6,9 foiz;\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><strong>600 mln yevro\u00a0miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar bo\u02bbyicha 5,375 foiz;<\/strong><\/p>\n<p><strong>3 trln so\u02bbm\u00a0miqdoridagi 3 yillik obligatsiyalar bo\u02bbyicha 16,625 foiz.\u00a0\u00a0<\/strong><\/p>\n<p><em>Ma\u2019lumot uchun: ichki moliya bozorlarida chiqarilgan 3 yillik davlat qimmatli qog\u2018ozlari bo\u2018yicha foiz stavkasi 17,9 foizni tashkil etmoqda.<\/em><\/p>\n<p>Qayd etish lozimki, yevrodagi suveren xalqaro obligatsiyalar O\u2018zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) moliyalashtirish uchun ishlab chiqilgan O\u2018zbekiston Respublikasi BRM obligatsiyalari dasturi doirasida chiqarildi.<\/p>\n<p>Mazkur dastur\u00a0<strong>\u201cMablag\u2018larni taqsimlash\u201d<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>\u201cLoyihalarning O\u2018zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga ta\u2019siri\u201d\u00a0<\/strong>bo\u2018yicha hisobotlarini tayyorlash va e\u2019lon qilishni ham ko\u2018zda tutadi.\u00a0<\/p>\n<p>Mazkur xalqaro obligatsiyalardan tushgan mablag\u2018lar Davlat budjeti taqchilligini qoplash va Barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish uchun yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/www.imv.uz\/news\/category\/yangiliklar\/ozbekiston-respublikasi-ilk-bor-3-ta-valyutada-suveren-xalqaro-obligatsiyalarini-joylashtirdi\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasining umumiy qiymati qariyb 1,5 mlrd AQSh dollariga teng navbatdagi suveren xalqaro obligatsiyalari 2024-yil 21-may kuni ilk bor 3 ta valyutada jahon moliya bozorlarida joylashtirildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3659,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3658","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3658","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3658"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3658\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3665,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3658\/revisions\/3665"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3659"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3658"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3658"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3658"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}