{"id":3677,"date":"2024-05-27T16:50:59","date_gmt":"2024-05-27T11:50:59","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3677"},"modified":"2024-05-27T16:52:42","modified_gmt":"2024-05-27T11:52:42","slug":"the-world-bank-approved-a-100-million-for-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-world-bank-approved-a-100-million-for-uzbekistan\/","title":{"rendered":"Jahon banki O\u02bbzbekistonga 100 million dollar miqdorida imtiyozli kreditni tasdiqladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>VASHINGTON, 2024<\/strong>&#8211;<strong>yil, 24-may <\/strong>\u2014 Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi 100 million dollar miqdorida imtiyozli kreditni tasdiqladi. Ushbu mablag\u02bblar O\u02bbzbekistonga \u201c<a href=\"https:\/\/projects.vsemirnyjbank.org\/ru\/projects-operations\/project-detail\/P504420\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiylashuvini ta\u2019minlash uchun innovatsion ijtimoiy himoya tizimi<\/a>\u201d (INSON) loyihasini amalga oshirish uchun taqdim etiladi. Loyihaning maqsadi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub odamlar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini va ularning sifatini yaxshilashdir.<\/p>\n<p>Loyiha qo\u02bbshimcha ravishda <a href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/en\/programs\/early-learning-partnership\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Jahon banki qoshidagi \u201cErta yoshdagi ta\u2019lim uchun hamkorlik\u201d ko\u02bbp tomonlama donorlik trast jamg\u02bbarmasi<\/a> tomonidan taqdim etilgan 2 million dollarlik grant vositasida moliyalashtiriladi. Jamg\u02bbarma faoliyati dunyoning turli mamlakatlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning rivojlanishi va ta\u2019limini qamrab oladi. Ushbu mablag\u02bblar mahalliy jamoalar (mahallalar) darajasida ko\u02bbrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning O\u02bbzbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar farovonligiga ta\u2019sirini baholash va ularning sifatini oshirish uchun yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p>\u201c<em>Biz O\u02bbzbekiston hukumatining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama va samarali qo\u02bbllab &#8211; quvvatlash maqsadida milliy ijtimoiy himoya tizimi salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan sa\u2019y-harakatlarini olqishlaymiz\u201d<\/em>, &#8211; dedi <strong>Jahon bankining O\u02bbzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli. <\/strong>\u201c<em>Loyiha O\u02bbzbekistonda \u201cg\u02bbamxo\u02bbrlik iqtisodiyoti\u201d sektorining huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirishga ko\u02bbmaklashadi. Shuningdek, u minglab odamlar, jumladan, keksa fuqarolar, nogironligi bor shaxslar, oiladagi zo\u02bbravonlik qurbonlari va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun haligacha mavjud bo\u02bblmagan zarur ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilashni qo\u02bbllab-quvvatlaydi\u201d. <\/em><\/p>\n<p>Loyiha O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) tomonidan mamlakatning turli davlat organlari, nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari bo\u02bbyicha xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Loyihadan kutilayotgan natijalar quyidagi ko\u02bbrsatkichlarni o\u02bbz ichiga oladi:<\/p>\n<ul>\n<li>Mamlakat bo\u02bbylab mahallalar darajasida faoliyat yuritadigan 50 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar ko\u02bbrsatish markazlarini tashkil etish. Ularning xizmatlari aholining ijtimoiy himoyaga eng muhtoj qatlamlariga qaratilgan bo\u02bbladi.<\/li>\n<li>50 mingdan ortiq aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan keksalar, nogironligi bo\u02bblgan shaxslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning yuqorida aytib o\u02bbtilgan ijtimoiy xizmatlar ko\u02bbrsatish markazlari negizida sifatli ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash.<\/li>\n<li>Uyda, ijtimoiy xizmatlar ko\u02bbrsatish markazlarida, shuningdek mahallalar darajasida ko\u02bbrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifati standartlarini yaxshilash uchun me\u2019yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqishda Ijtimoiy himoya milliy agentligini qo\u02bbllab-quvvatlash.<\/li>\n<li>Xususiy sektor tomonidan ijtimoiy xizmatlar ko\u02bbrsatishning tartibga solinadigan bozorini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish. Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlar ko\u02bbrsatish markazlarini tashkil etish ijtimoiy himoya organlari tomonidan ko\u02bbrsatiladigan xizmatlarga bo\u02bblgan talabni kamaytirishi va xususiy ijtimoiy xizmat ko\u02bbrsatuvchilar bozorini rivojlantirishga turtki bo\u02bblishi kutilmoqda.<\/li>\n<li>Loyiha ko\u02bbmagida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub fuqarolarga individuallashgan ijtimoiy yordam ko\u02bbrsatish tizimi ishlab chiqiladi.<\/li>\n<li>1200 nafar nogironligi bo\u02bblgan shaxslarni kasbiy mahoratini oshirish va ish bilan ta\u2019minlash, ulardan kamida yarmini 15-24 yoshli yoshlar tashkil qilishi belgilangan.<\/li>\n<li>29 ta Zo\u02bbravonlikdan jabrlangan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga murojaat qilgan barcha ayollarga sifatli huquqiy, tibbiy, psixologik va boshqa yordamlar ko\u02bbrsatish. Shuningdek, ular kompyuter va moliyaviy savodxonlik, hamda muayyan kasbiy ko\u02bbnikmalarni rivojlantirish bo\u02bbyicha qisqa muddatli kurslar doirasida o\u02bbqitilishi mumkin.<\/li>\n<li>Loyiha turli xil favqulodda vaziyatlarga javob berish uchun tayyorlangan moslashuvchan ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga ko\u02bbmaklashadi. Xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini iqlim o\u02bbzgarishiga moslashtirish bo\u02bbyicha davlat siyosati choralari, tegishli mexanizmlar va pilot dastur ishlab chiqiladi. Iqlim o\u02bbzgarishi bilan bog\u02bbliq xatarlar to\u02bbg\u02bbrisida xabardorlikni oshirish va ular bilan bog\u02bbliq oqibatlarga javob choralari ko\u02bbrish uchun zarur bo\u02bblgan ko\u02bbnikmalarni rivojlantirishga yo\u02bbnaltirilgan ushbu dastur qishloq joylaridagi 100 mingta ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qamrab oladi. Shu tariqa, ularga iqlimga chidamli ekinlarning urug\u02bblari, qishloq xo\u02bbjaligi qurollari taqdim etiladi, shuningdek, iqlimga mos qishloq xo\u02bbjaligi masalalari bo\u02bbyicha o\u02bbquv dasturlaridan o\u02bbtish imkoniyati beriladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Loyiha tadbirlarini amalga oshirish mamlakat rasmiylariga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlari uchun ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish, ularning jamiyatga integratsiyalashuvini ta\u2019minlash, shuningdek, ularning farovonligini oshirish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Jahon bankining O\u02bbzbekistondagi faoliyati haqida <a href=\"https:\/\/www.vsemirnyjbank.org\/ru\/country\/uzbekistan\/overview#2\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">batafsil ma\u02bblumot<\/a>.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n<p>Manba: <a href=\"http:\/\/wrld.bg\/5QM550RUgle\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">MATBUOT XABARI \u2116: 2024 \/ ECA \/ 108<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki O\u02bbzbekistonga \u201cAholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiylashuvini ta\u2019minlash uchun innovatsion ijtimoiy himoya tizimi\u201d loyihasini amalga oshirish uchun 100 million dollar miqdorida imtiyozli kreditni tasdiqladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3679,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3677","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3677","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3677"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3677\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3681,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3677\/revisions\/3681"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3679"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3677"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3677"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3677"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}