{"id":3733,"date":"2024-06-14T07:17:51","date_gmt":"2024-06-14T02:17:51","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3733"},"modified":"2024-06-14T07:19:22","modified_gmt":"2024-06-14T02:19:22","slug":"the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-percent-per-annum-4\/","title":{"rendered":"Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h1>Markaziy bank boshqaruvi 2024-yil 13-iyundagi yig\u02bbilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u02bbg\u02bbrisida qaror qabul qildi<\/h1>\n<p><em>Markaziy bank boshqaruvi energiya tariflari o<\/em><em>\u02bb<\/em><em>zgarishining inflyatsion kutilmalarga ta<\/em><em>\u02bc<\/em><em>sirini jilovlash maqsadida pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat<\/em><em>\u02bc<\/em><em>iy fazada saqlab qolish va asosiy stavkani 14 foiz darajasida o<\/em><em>\u02bb<\/em><em>zgarishsiz qoldirish to<\/em><em>\u02bb<\/em><em>g<\/em><em>\u02bb<\/em><em>risida qaror qabul qildi.<\/em><\/p>\n<p><em>Iqtisodiyotda yuqori yalpi talab va ikkilamchi ta\u02bcsirlar tomonidan inflyatsion xatarlarning mavjudligi sharoitida inflyatsiyani prognoz gorizontida 5 foizlik target ko<\/em><em>\u02bb<\/em><em>rsatkichigacha pasaytirish maqsadida Markaziy bank kelgusida ham ijobiy real foiz stavkalarini yetarli darajada saqlab qolish choralarini ko<\/em><em>\u02bb<\/em><em>radi.<\/em><\/p>\n<p>May oyida umumiy inflyatsiya uy xo\u02bbjaliklari uchun energiya resurslari narxlari oshirilishi hisobiga tezlashib, yillik 10,6 foizni tashkil etdi. Energiya narxlari ta\u02bcsirisiz inflyatsiya darajasi oziq-ovqat tovarlari inflyatsiyasining sezilarli mavsumiy pasayishi hisobiga 6,8 foiz doirasida shakllandi.<\/p>\n<p>Umumiy inflyatsiyaga monetar omillar ta\u02bcsiri kamayib borishi hisobiga bazaviy inflyatsiya dinamikasining pasayuvchi tendensiyasi davom etib, may oyida 6,3 foizga teng bo\u02bbldi. Xizmatlar bazaviy inflyatsiyasi yil boshidan biroz pasayib, yillik 8,8 foizni tashkil etdi.<\/p>\n<p>Inflyatsiyaning barqaror komponentlarida pasayuvchi tendensiyaning davom etishi bazaviy inflyatsiyaning sekinlashishi keng qamrovli tus olayotganligini ko\u02bbrsatmoqda. Xususan, iste\u02bcmol savatidagi 70 foizdan ortiq tovar va xizmatlarda narxlar o\u02bbsishi o\u02bbtgan yildagi ko\u02bbrsatkichlarga nisbatan sekinlashgan.<\/p>\n<p>Aprel oyidagi energiya tariflari o\u02bbzgarishi borasidagi muhokamalar hamda ayrim soliq imtiyozlarining bekor qilinishi ta\u02bcsirida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari oshib, mos ravishda 14,0 va 13,3 foizga teng bo\u02bbldi. May oyida aholi kutilmalari 14,0 foiz darajasida o\u02bbzgarishsiz qolgan bo\u02bblsa, tadbirkorlarning kutilmalari 12,7 foizgacha pasaydi. Tariflar o\u02bbzgarishining inflyatsion kutilmalarga ta\u02bcsiri dastlab prognoz qilinganidan ko\u02bbra pastroq shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Bu, o\u02bbz navbatida, makroiqtisodiy rivojlanish ko\u02bbrsatkichlari va yil yakunida inflyatsiya darajasining asosiy ssenariy prognozlari doirasida bo\u02bblishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Joriy yilning yanvar-may oylaridagi muqobil statistik ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, iqtisodiy faollik yuqori darajada saqlanib qolmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, yanvar-may oylarida o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan savdo va pullik xizmatlardan tushumlar 37,4 foizga va iqtisodiyot subyektlarining banklar orqali to\u02bblovlari hajmi 36,4 foizga ko\u02bbpaydi. Pul o\u02bbtkazmalari hajmi 21 foizga oshib, aholi daromadlarining real o\u02bbsishini qo\u02bbllab-quvvatlovchi muhim omillardan bo\u02bblmoqda.<\/p>\n<p>Yanvar-may oylarida banklar tomonidan 102 trln. so\u02bbmlik yoki o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan 6 foizga ko\u02bbp kreditlar ajratilgan. Ushbu davrda aholining milliy valyutadagi muddatli depozitlari 21 foizga, bank hisobvarag\u02bbiga ega aholi soni 6,1 foizga va ularning hisobvaraqlari soni<br \/>\n14,8 foizga ko\u02bbpaygan.<\/p>\n<p>Xizmatlar sohasi va ishlab chiqarish sanoatidagi barqaror o\u02bbsish sur\u02bcatlari iqtisodiy o\u02bbsishni qo\u02bbllab-quvvatlovchi asosiy drayverlardan bo\u02bblib, investitsion faollikning yuqoriligi ishlab chiqarishni rag\u02bbbatlantirishi ta\u02bcsirida mehnat bozorida ishchi kuchiga bo\u02bblgan talab yuqoriligicha saqlanib qoladi.<\/p>\n<p>Asosiy eksport tovarlari narxining xalqaro bozorlarda yuqori shakllanishi va importga bo\u02bblgan talabning normallashuvi sharoitida tashqi savdo manfiy balansining birmuncha qisqarishi taxmin qilinmoqda.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotga turli kanallar orqali valyuta oqimlarining ortishi va unga bo\u02bblgan talabning barqarorlashishi bilan birga may oyidagi ichki inflyatsiya hisobiga real almashuv kursining ma\u02bclum darajada mustahkamlanishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Banklararo pul bozorida ta\u02bcminlangan operatsiyalar ulushining ortib borishi kredit xatarining va mos ravishda foiz stavkalarining ma\u02bclum darajada pasayishiga xizmat qiladi. Barqarorlashgan likvidlik holati va makroprudensial choralar ta\u02bcsirida chakana kreditlar o\u02bbsishi muvozanatlashmoqda.<\/p>\n<p>Pul-kredit sharoitlarining joriy darajada saqlab qolinishi iqtisodiy o\u02bbsish sur\u02bcatlariga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatmagan holda milliy valyutada jamg\u02bbarishni rag\u02bbbatlantirishga hamda bazaviy inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikada davom etishiga zarur sharoitlarni yaratadi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, asosiy savdo hamkorlar bilan bog\u02bbliq tashqi noaniqliklarning kuchayishi fonida shakllanib boradigan tashqi iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib pul-kredit siyosati choralariga tegishli to\u02bbg\u02bbrilashlar kiritib boriladi.<\/p>\n<p>Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat\u02bciy pul-kredit siyosatini amalga oshirishda iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligiga hamda inflyatsion kutilmalarning shakllanishiga alohida e\u02bctibor qaratadi.<\/p>\n<p><em>Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko<\/em><em>\u02bb<\/em><em>rib chiqish bo<\/em><em>\u02bb<\/em><em>yicha navbatdagi yig<\/em><em>\u02bb<\/em><em>ilishi 2024-yil 25-iyulga belgilangan.<\/em><\/p>\n<p><em>\u00a0<\/em><\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/uz\/monetary-policy\/refinancing-rate\/press-releases\/1729493\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2019zbekiston Respublikasi Markaziy banki<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3735,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3733","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3733","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3733"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3733\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3738,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3733\/revisions\/3738"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3735"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3733"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3733"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3733"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}