{"id":3923,"date":"2024-08-20T23:52:27","date_gmt":"2024-08-20T18:52:27","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3923"},"modified":"2024-08-26T09:04:20","modified_gmt":"2024-08-26T04:04:20","slug":"open-dialog-of-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-with-entrepreneurs","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/open-dialog-of-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-with-entrepreneurs\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>20-avgust kuni Nukus shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda an\u2019anaga aylangan bu muloqot sohadagi tizimli muammolarni hal etishi, takliflar muhokama qilinishi va yangi qulayliklar yaratishi bilan ishbilarmonlar kutadigan tadbirga aylandi.<\/p>\n<p>Bu safargi ochiq muloqot yil mobaynida davom etdi, deyish mumkin. Prezidentdan boshlab Bosh vazir, Bosh vazir o\u2018rinbosarlari, vazirlar, hokimlar, Savdo-sanoat palatasi rahbari, Biznes ombudsman tadbirkor bilan doimiy muloqotda bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Tasdiqlangan rejadan tashqari, tadbirkorlar ko\u2018targan 700 dan ortiq masala, tashabbus va yangi loyihalar qo\u2018llab-quvvatlandi, 8 trillion so\u2018m qo\u2018shimcha mablag\u2018 ajratildi. Sanoat, qishloq xo\u2018jaligi, xizmatlar rivoji, tadbirkorlik infratuzilmasi uchun yana 18 trillion so\u2018m yo\u2018naltirildi. Eng muhimi, mahalladagi kichik loyihadan tortib, mega loyihagacha qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha yangi tizim yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Ilgari kredit, bozor topish, infratuzilma bilan bog\u2018liq muammolar, tinimsiz \u201ctekshir-tekshirlar\u201d sababli 60 foiz yangi tadbirkorlar faoliyati birinchi yilning o\u2018zidayoq to\u2018xtab qolar edi. Bugunga kelib, uch yildan ortiq ishlayotgan korxonalar ulushi 76 foizni tashkil etib, ilk bor 300 mingtaga yetgan. Yana 100 mingdan ziyod shunday yakka tartibdagi tadbirkorlar bor.<\/p>\n<p>Bu yilning o\u2018zida tadbirkorlarning tovar aylanmasi o\u2018tgan yilga nisbatan 25 foizga ko\u2018payib, 986 trillion so\u2018mga yetdi. Yillik aylanmasi 10 milliard so\u2018mdan 100 milliard so\u2018mgacha bo\u2018lgan o\u2018rta korxonalar 2 karra ko\u2018paydi. Aylanmasi 100 milliard so\u2018mdan ortiq yirik korxonalar esa 2 ming 200 tadan oshdi. Bu ham \u2013 o\u2018tgan yilga nisbatan 2 baravar ko\u2018p bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Soliq, bank, moliya, butun iqtisodiyot kompleksi \u201cmahallabay\u201d va \u201cmijozbay\u201d ishlayotgani natijasida oldin zarar bilan ishlagan 16 ming korxona yarim yilda 6,5 trillion so\u2018m foydaga chiqdi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda 100 tadan ortiq ishchisi bor korxonalar 3 mingga yaqinlashib, ulardagi ish o\u2018rni bir yilda 440 mingga ko\u2018paydi. Xususiy sektorda 5 million so\u2018mdan ko\u2018p maosh oladigan ishchilar 1 milliondan oshdi. Shundan 370 mingi 10 million so\u2018mdan ziyod oylik oladi. Bular tadbirkorlar \u201csoyadan chiqib\u201d, qonuniy faoliyat, sog\u2018lom raqobat yo\u2018liga o\u2018tayotganidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Yana bir misol. Tadbirkorlik reytingida \u201cA\u201d va \u201cB\u201d \u2013 yaxshi toifaga kiruvchi korxonalar 91 mingga ko\u2018paygan, yana 170 ming korxona eng past \u2013 \u201cD\u201d toifadan chiqarilgan. Buning hisobiga, soliq tekshiruvlari o\u2018tgan yilga nisbatan 2 karra qisqargan. Lekin shu davrda yirik soliq to\u2018lovchilar tushumlari 10 foizga, viloyat darajasidagi korxonalarda 25 foizga, tuman tadbirkorlari to\u2018layotgan soliqlar 40 foizga o\u2018sgan. Bu soliqchilarning ish uslubi o\u2018zgarayotgani, biznes qilish erkinlashgani natijasidir.<\/p>\n<p>Qo\u2018shni davlatlar bilan aloqalar misli ko\u2018rilmagan darajaga chiqdi. O\u2018zbekiston mahalliy korxonalar uchun ham, chet el kompaniyalari uchun ham katta bozorga, mintaqadagi sanoat xabiga aylanib ulgurdi.<\/p>\n<p>Yaqinda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Joriy yil olti oyda to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri xorijiy investitsiya hajmi o\u2018tgan yilga nisbatan 2 karra o\u2018sib, 14 milliard dollarga yetdi. Bunday raqamlar 33 yillik tariximizda bo\u2018lmagan.<\/p>\n<p><em>\u2013 Bularning barchasi sakkiz yil oldin o\u2018zaro ishonch asosida boshlagan islohotlarimiz, tadbirkorlar bilan yelkama-yelka turib, doim muloqotda bo\u2018lib ishlaganimiz natijasi. Hali imkoniyatlarimiz bundan karra-karra ko\u2018p. Eng muhimi, ularni ishga solishga qodir bo\u2018lgan sizdek vatanparvar va jonkuyar tadbirkorlarimiz bor,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari beshta yo\u2018nalishda yangi tashabbuslarni aytib o\u2018tdi.<\/p>\n<p><strong>Birinchi yo\u2018nalish \u2013 kichik va o\u2018rta biznes uchun moliyaviy resurslarni ko\u2018paytirish.<\/strong><\/p>\n<p>Avvalo, endi kichik va o\u2018rta biznesni qo\u2018llab-quvvatlashda barcha banklar va mikromoliya tashkilotlari ishtirok etishi mumkin bo\u2018ladi. Mikrokreditlar miqdori 3 karra oshirilib, 300 million so\u2018mga yetkaziladi. Bunda, kreditning 100 million so\u2018mgacha bo\u2018lgan qismiga garov talab qilinmaydi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, mikromoliya xizmatlarini davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash davom ettiriladi. Ularga joriy yildagi 1,6 trillion so\u2018mga qo\u2018shimcha 1 trillion so\u2018m resurs ajratiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Mikrokreditbank ham o\u2018zining mikromoliya tashkilotlari orqali yil yakunigacha yana 1 trillion so\u2018m jalb qiladi. Ustav kapitali kamida 50 milliard so\u2018m bo\u2018lgan mikromoliya banklari tashkil etish mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, mikromoliya tashkilotlari uchun qo\u2018shimcha imkoniyatlar yaratilib, tadbirkorlarga xorijiy valyutada xizmat ko\u2018rsatish va litsenziya asosida to\u2018lov tashkiloti sifatida faoliyat yuritishga ruxsat beriladi.<\/p>\n<p>Uchinchidan, O\u2018zbekiston Prezidentining shu yil 12 avgustdagi farmoniga muvofiq, faktoring tashkiloti uchun keng yo\u2018l ochildi. Endi ular xorijiy valyutada ham xizmat ko\u2018rsatadi. Bu bo\u2018yicha elektron platforma ishga tushirilib, unda tadbirkorlar o\u2018ziga qulay moliyaviy mahsulotni tanlash imkoniyatiga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Umuman, faktoringni ommalashtirish hisobidan tadbirkorlarga aylanma uchun 20 trillion so\u2018m, eksportchi korxonalarga 1 milliard dollar qo\u2018shimcha moliyaviy resurslar paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, islom moliyasiga doir qonun ishlab chiqiladi. Bu yangi moliyaviy xizmatlar taqdim etilishi, ko\u2018p investorlar kirib kelishi va 5 milliard dollarlik qo\u2018shimcha resurs paydo bo\u2018lishiga turtki beradi.<\/p>\n<p>Beshinchidan, davlat jalb qilgan mablag\u2018larni yirik korxonalarga berish amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechiladi. Bunday mablag\u2018larni berish ikki yil ichida kamida 40 foizga qisqaradi. Banklar buni hisobidan kamida 30 trillion so\u2018mni xususiy biznesga yo\u2018naltiradi.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchi yo\u2018nalish \u2013 biznesni infratuzilma, yer va energiya bilan ta\u2019minlash.<\/strong><\/p>\n<p>Ochiq muloqot doirasida kelib tushgan 2 mingta murojaat yer va infratuzilma bilan bog\u2018liq. Yangi investitsiya loyihalarida yer sotib olish xarajatlari keskin oshayapti.<\/p>\n<p>Shu bois endi tadbirkor auksiondan yer sotib olganda, unga qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018i hisoblash bekor qilinadi. Toshkent shahri va viloyat markazlarida sotilgan yer bo\u2018yicha xarid summasini uch yilgacha, qolgan hududlarda besh yilgacha, 4 va 5-toifa tumanlar uchun esa, o\u2018n yilgacha bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lashga ruxsat beriladi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, endi yangi yerlarni ajratishda binolarni loyihalashdan obyektni topshirishgacha bo\u2018lgan muddatlar majburiy ko\u2018rsatiladi.<\/p>\n<p>Uchinchidan, har bir yer uchastkasi uchun asosiy faoliyat turini qaysilariga almashtirish mumkinligi, qanday yordamchi inshootlarni joylashtira olishi aniq belgilab beriladi. Buning uchun 1 yanvardan yer uchastkalari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatori joriy etiladi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, sanoat korxonalariga elektr va tabiiy gaz bo\u2018yicha cheklovlar qisqartiriladi. Ya\u2019ni, elektr va gaz iste\u2019moli limitdan 20 foizgacha oshib ketsa ham, bazaviy tarif saqlanib qoladi. Agar iste\u2019mol 20 foizdan o\u2018tib ketsa, oshgan qismiga to\u2018lov 20 foiz qimmatlashadi. Shuningdek, endi \u201cinkasso\u201d bo\u2018lganda ham, kommunal xizmatlarga to\u2018lovlar to\u2018xtatilmaydi.<\/p>\n<p><strong>Uchinchi yo\u2018nalish \u2013 ichki bozorda teng raqobat muhitini yaratish, tashqi bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish.<\/strong><\/p>\n<p>Shu maqsadda Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lish jarayoni davom ettirilib, raqobat rivojlantiriladi. Bu borada metallurgiya, kimyo, energetika va telekommunikatsiya tarmog\u2018ida eksklyuziv huquqlar bekor qilindi.<\/p>\n<p>Endi korporativ xaridlarda ishlab chiqarish uchun olinadigan mahsulotlarga ham narx ustuvorligi bekor qilinadi. Bundan buyon, hech kimda alohida huquq bo\u2018lmaydi, xoh davlat strategik korxonasi bo\u2018lsin, xoh xususiy korxona yoki xorijiy investor bo\u2018lsin, iqtisodiyotda barcha teng sharoitda ishlaydi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, tarmoqlarni rivojlantirishga berilgan mablag\u2018dan 200 million dollari eksportoldi moliyalash uchun yo\u2018naltiriladi. Shundan, 50 million dollari bank kreditlari uchun kafillikka beriladi. Bu mablag\u2018lar hisobidan bir yil ichida qo\u2018shimcha 1 milliard dollar eksport bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Uchinchidan, yuk tashish bo\u2018yicha \u201cYe-logistika\u201d platformasi ishga tushirilib, eksportchilar uchun qaysi korxonada qancha ruxsatnoma borligini ko\u2018rish, to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri shartnoma tuzish imkoni yaratiladi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, endi chetdan uskuna va butlovchi qism olib kelishda, shartnoma muddati buzilmasa, muddati o\u2018tgan qarzdorlik bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Bundan buyon, bojxona organining eksportni tasdiqlovchi elektron ma\u2019lumoti qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018ini qaytarish uchun asos bo\u2018ladi, boshqa ortiqcha hujjatlar talab etilmaydi.<\/p>\n<p>Beshinchidan, chet elda biznes qilib, katta tajriba orttirgan vatandoshlarimiz bilan eksportchi korxonalar hamkorligi kengaytiriladi.<\/p>\n<p>Oltinchidan, davlat xaridida mahalliy mahsulot ulushini oshirish rag\u2018batlantiriladi. Jumladan, energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yo\u2018l kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3 yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi. Mahalliy korxonalar esa, ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Yettinchidan, hududiy elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy sektor jalb etiladi. Xususan, oktyabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish bo\u2018yicha tender e\u2019lon qilinadi. Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Sakkizinchidan, yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi. Qurilishda qum-shag\u2018alga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi.<\/p>\n<p><strong>To\u2018rtinchi yo\u2018nalish \u2013 xizmatlar sohasiga yangi turtki berish.<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda band aholining 52 foizi xizmatlar sohasida ishlayapti. Endi barcha jabhada sun\u2019iy intellekt texnologiyalari keng joriy qilinadi. IT-parkda sun\u2019iy intellekt markazi ochiladi. Loyihalarni moliyalashtirish uchun 50 million dollar ajratiladi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, startap loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash ekotizimi yaratiladi. Buning uchun venchur jamg\u2018armalar faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Shuningdek, startap xorijdan olib kelgan har 1 dollar investitsiyasiga davlat ham 1 dollar resurs beradi. Startap ishlanmalarini patentlash va savdo belgilarini ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish kabi xarajatlarni davlat qoplab beradi.<\/p>\n<p>Uchinchidan, xizmatlarni mahalliylashtirish maqsadida bir yil ichida 3 ming mutaxassis Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Turkiyadagi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga malaka oshirishga yuboriladi. Yirik korxonalarga servis ko\u2018rsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturi ishlab chiqiladi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, 1 yanvardan umumiy ovqatlanish korxonalariga qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018ining bir qismi tadbirkorga \u201ckeshbek\u201d sifatida qaytarib beriladi. Bunday soliq to\u2018lashga o\u2018tgan restoran va kafelarga foyda solig\u2018i 2 karra kamayadi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, 1 dekabrdan bu korxonalar naqd pulga sotib olgan qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini kirim qilishda hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Restoran va kafelar ishchilar bilan qisqa muddatli, soddalashgan mehnat shartnomasini tuzib, ishlashi mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Beshinchidan, endi 1 oktyabrdan, xuddi Tadbirkorlik reytingi kabi, \u201cShaffof qurilish\u201d tizimini tadbirkorlarning o\u2018zi yuritadi. Konsalting markazlari funksiyalari to\u2018liq xususiy sektorga o\u2018tkaziladi.<\/p>\n<p><strong>Beshinchi yo\u2018nalish \u2013 biznes uchun to\u2018siq va g\u2018ovlarni yanada qisqartirish.<\/strong><\/p>\n<p>Birinchidan, tadbirkorlik uchun to\u2018siqlarni bartaraf etish maqsadida aholining hayoti va sog\u2018lig\u2018iga haqiqiy xavf soluvchi mezonlar reyestri ishlab chiqiladi. Unda yo\u2018q mezon bo\u2018yicha tadbirkor faoliyatini to\u2018xtatgan mansabdor javobgarlikka tortiladi.<\/p>\n<p>Ikkinchidan, tadbirkorlarni jinoiy javobgarlikka tortish yanada liberallashadi.<\/p>\n<p>Uchinchidan, endi kredit qaytmasa, garovdagi mulkni savdoga chiqarishdan oldin, uning hozirgi bozor qiymati aniqlanadi. Qaytmagan qarzdorlik garov qiymatining 15 foizidan kam bo\u2018lsa, undiruv mulkka qaratilmaydi. Bank mijoziga qarzni boshqa manba hisobidan qoplashga imkon beradi.<\/p>\n<p>To\u2018rtinchidan, endi yer savdosidan tushgan mablag\u2018lar avvalo, bino buzilishi bo\u2018yicha tadbirkorlardan qarzni so\u2018ndirishga qaratiladi.<\/p>\n<p>Prezident bu yilgi ochiq muloqot aynan Qoraqalpog\u2018istonda o\u2018tkazilayotganiga e\u2019tibor qaratib, bu yerda tadbirkorlik qilish afzalligini aytdi. Xususan, Qoraqalpog\u2018istonda biznes uchun birorta hududda yo\u2018q 50 dan ortiq imtiyozlar berilgan. Qoraqalpog\u2018istonda yer ajratishni sodda tizimi joriy etilgan. Bu hudud katta bozorlarga chiqish uchun ham qulay.<\/p>\n<p>Ushbu imkoniyatlarni samarali ishga solish maqsadida \u201cQoraqalpog\u2018istonda biznes qiling\u201d dasturi qabul qilinishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Tadbir ochiq muloqot tarzida davom etdi. Markaziy va hududiy studiyalardan qatnashgan tadbirkorlar, chet ellarda o\u2018z biznesini ochgan vatandoshlarimiz o\u2018z fikr-mulohazalarini bildirdi. Muammolar muhokama qilinib, takliflar qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/7477\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti\u00a0<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>20-avgust kuni Nukus shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3926,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3923","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3923","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3923"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3923\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3927,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3923\/revisions\/3927"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3926"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3923"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3923"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3923"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}