{"id":3989,"date":"2024-09-12T14:34:59","date_gmt":"2024-09-12T09:34:59","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=3989"},"modified":"2024-09-12T14:34:59","modified_gmt":"2024-09-12T09:34:59","slug":"the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-at-13-5-percent-per-annum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-at-13-5-percent-per-annum\/","title":{"rendered":"O\u2019zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qoldi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h1 class=\"heading_border \">Markaziy bank boshqaruvi 2024-yil 12-sentyabrdagi yig\u2018ilishida asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/uz\/monetary-policy\/publications\/press-releases\/1868926\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">qaror qabul qildi<\/a>.<\/h1>\n<p>Iqtisodiyotdagi yuqori talab hamda ayrim turdagi oziq-ovqat tovarlari va energiya resurslari narxida kuzatilgan o\u2018sish sur\u2019atlari pul-kredit sharoitlari qat\u2019iyligini joriy darajada saqlab qolishni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p>Yuqori iqtisodiy faollik va aholi daromadlarining barqaror o\u2018sib borayotgani yalpi talabni oshiruvchi asosiy omillardan bo\u2018lmoqda.<\/p>\n<p>Inflyatsiyani yil yakunida prognoz ko\u2018rsatkichlariga qadar va o\u2018rta muddatli davrda 5 foizlik target darajasigacha pasaytirish maqsadida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o\u2018zgarishsiz qoldirish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/p>\n<p>Umumiy inflyatsiya so\u2018nggi 3 oyda sezilarli o\u2018zgarishsiz saqlanib, avgustda yillik 10,5 foizga teng bo\u2018ldi. Joriy yilda meva-sabzavotlar narxi pasayishi inflyatsiyaga qariyb 1 foiz bandlik pasaytiruvchi ta\u2019sir ko\u2018rsatdi. O\u2018z o\u2018rnida, yil boshidan pasayuvchi tendensiyaga ega bo\u2018lgan bazaviy inflyatsiya iyun oyidan so\u2018ng yillik hisobda pasayishdan to\u2018xtadi.<\/p>\n<p>Yanvar-iyul oylarida iqtisodiyotda yuqori ishlab chiqarish faolligi kuzatilib, yalpi talab va taklif o\u2018rtasidagi tafovut qisqarib bormoqda. Xususan, sanoat ishlab chiqarish, qurilish ishlari va xizmatlar sohasida real o\u2018sish sur\u2019atlari o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori shakllandi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy faollikdagi ijobiy tendensiyalar savdo va pullik xizmatlar, eksport tushumlari va pul o\u2018tkazmalari hajmining o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan oshishida ham kuzatildi.<\/p>\n<p>Bank tizimi umumiy likvidligining oshishi hamda asosiy stavkaning iyul oyidagi pasaytirilishi ta\u2019sirida pul bozorida foiz stavkalarining ma\u2019lum darajada pasayishi kuzatildi. Bu, o\u2018z navbatida, davlat qimmatli qog\u2018ozlari bozoriga ham ta\u2019sir ko\u2018rsatib, ular bo\u2018yicha daromadlilik darajasini pasayishida aks etdi.<\/p>\n<p>Kelgusida ham iqtisodiyotdagi yuqori investitsion va iste\u2019mol faolligi yalpi talabni qo\u2018llab-quvvatlashda davom etadi. Davlat budjeti xarajatlari va to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri investitsiyalarning faollashuvi investitsion talabni ta\u2019minlasa, xorijdan pul o\u2018tkazmalari hajmining yuqoriligi aholining real daromadlariga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatib, iste\u2019mol talabi dinamikasida namoyon bo\u2018lishi kutilmoqda. Shuningdek, sentyabr-oktyabr oylarida pensiyalar va budjet tashkilotlarida ish haqilari oshirilishi ham kelgusi choraklarda iste\u2019mol talabini rag\u2018batlantirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Almashuv kursi dinamikasi va oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqaror shakllanayotgani aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalariga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatib, iyul oyida kutilmalar 11-12 foizgacha pasaygan bo\u2018lsa, avgust oyida pensiya va davlat sektorida ish haqilarining kutilayotgan oshishi va yoqilg\u2018i resurslarining qimmatlashishi ta\u2019sirida 12-13 foizni tashkil qildi.<\/p>\n<p>Tashqi savdo balansining yaxshilanishi va pul o\u2018tkazmalari hajmining sezilarli oshishi ta\u2019sirida joriy operatsiyalar hisobvarag\u2018i taqchilligining ham qisqarib borishi kutilmoqda. Bu esa, almashuv kursiga ehtimoliy fundamental bosimlarning kamayishiga va joriy barqaror dinamikaning davom etishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Inflyatsiyani yil yakuniga qadar belgilangan prognoz darajasigacha pasaytirish asosiy stavkani o\u2018zgarishsiz saqlab qolishni taqozo etmoqda.<\/p>\n<p>Pul-kredit sharoitlarining joriy nisbatan qat\u2019iy darajasining saqlab qolinishi ta\u2019sirida iqtisodiyotda shakllanadigan yuqori jamg\u2018arish faolligi va milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligi yalpi talabning muvozanatlashuviga va inflyatsiyaning pasayuvchi dinamikasini ta\u2019minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018rta muddatli istiqbolda Markaziy bank inflyatsiyaning 5 foizlik targetiga erishishga qaratilgan nisbatan qat\u2019iy pul-kredit sharoitlarini ta\u2019minlashda davom etadi. Bunda, iqtisodiyotdagi talab va taklif mutanosibligi hamda inflyatsion omillarning shakllanishidan kelib chiqib qarorlar qabul qilinadi.<\/p>\n<p><i>Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha navbatdagi yig\u2018ilishi 2024-yil 24-oktyabrga belgilangan.<\/i><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2019zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":3993,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-3989","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3989","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=3989"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3989\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":3994,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/3989\/revisions\/3994"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/3993"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=3989"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=3989"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=3989"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}