{"id":4025,"date":"2024-09-25T17:21:32","date_gmt":"2024-09-25T12:21:32","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4025"},"modified":"2024-09-25T17:21:32","modified_gmt":"2024-09-25T12:21:32","slug":"address-by-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-shavkat-mirziyoyev-at-the-ixth-annual-meeting-of-the-board-of-directors-of-the-aiib","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/address-by-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-shavkat-mirziyoyev-at-the-ixth-annual-meeting-of-the-board-of-directors-of-the-aiib\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning OIIB Boshqaruvchilari kengashining to\u2018qqizinchi yillik yig\u2018ilishidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><strong>Hurmatli Szin Litsyun janoblari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Sizlarni O\u2018zbekiston zaminida, ko\u2018hna va hamisha navqiron Samarqand shahrida ko\u2018rib turganimdan benihoya xursandman.<\/p>\n<p>Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashining yillik yig\u2018ilishi mintaqamizda ilk bor o\u2018tkazilmoqda. Bu nufuzli anjumanning navbatdagi, to\u2018qqizinchi majlisi uchun aynan O\u2018zbekiston tanlanganini biz o\u2018zaro hurmat va ishonchga asoslangan hamkorligimizning yuksak namunasi, deb bilamiz.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, so\u2018nggi yillarda Yangi O\u2018zbekiston muhim global va mintaqaviy masalalarni muhokama qilish, ularga samarali yechimlar topish uchun xalqaro muloqot maydoniga aylanib boryapti.<\/p>\n<p>Bugungi anjumanimizda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlaridan 2 mingga yaqin vakillar qatnashmoqda. Sizlar mamlakatimizdagi jadal islohotlar, qulay investitsiya va tadbirkorlik muhiti bilan yaqindan tanishib, o\u2018zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo\u2018nalishlarini belgilab olasizlar.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, yurtimizning boy tarixi va zamonaviy qiyofasini o\u2018zida mujassam etgan Samarqand shahri barchangizda o\u2018chmas taassurot qoldiradi, deb ishonaman.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman qatnashchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Hech kimga sir emas, dunyodagi tahlikali vaziyat kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi. Hozirda jahondagi murakkab geosiyosiy vaziyat, global iqtisodiyotdagi beqarorlik, oziq-ovqat va energiya resurslari tanqisligi, kambag\u2018allik, ekologiya muammolari tobora o\u2018tkir tus olib bormoqda. Masalan, o\u2018rtacha global harorat 2040-yilga qadar 1,5 darajaga ortishi prognoz qilingan edi. Lekin hozirgi vaziyatda bu holat 2030 yildayoq yuz berishi mumkinligi bizni jiddiy xavotirga solyapti.<\/p>\n<p>Dunyo aholisining to\u2018rtdan bir qismi toza ichimlik suvi muammosiga duch kelmoqda. Iqlim o\u2018zgarishi sur\u2019atlari tezlashishi oqibatida oziq-ovqat tanqisligi global xavfga aylandi. Natijada dunyoda 800 millionga yaqin aholi o\u2018ta og\u2018ir kambag\u2018allik sharoitida yashayapti.<\/p>\n<p>Turli mintaqalarda avj olayotgan ziddiyatlar bois an\u2019anaviy logistika yo\u2018nalishlari mutlaqo o\u2018zgaryapti. Mahsulot yetkazish zanjiridagi uzilishlar xomashyo va iste\u2019mol tovarlarining qimmatlashishiga sabab bo\u2018lyapti.<\/p>\n<p>Bularning barchasi \u2013 mavjud infratuzilmaga bo\u2018lgan yuklamani keskin oshiradi va global iqtisodiy taraqqiyotga katta to\u2018siq bo\u2018ladi. Ekspertlar fikriga ko\u2018ra, 2030-yilgacha dunyoda yangi infratuzilma uchun 15 trillion dollar investitsiya talab qilinadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, xorijiy investitsiyalar oqimi so\u2018nggi ikki yildan buyon 10 foizdan kamaymoqda, dunyoda moliyaviy resurslar qariyb 2 barobar qimmatlashdi.<\/p>\n<p>Bular barcha mamlakatlarning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishini qiyinlashtirmoqda.<\/p>\n<p>Bunday sharoitda global xavf-xatarlar oqibatlarini yumshatish, barqaror o\u2018sish, aholi turmush sharoitini yaxshilashda xalqaro moliya tashkilotlarining roli yanada oshib bormoqda. Bu borada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki qisqa davr ichida 55 milliard dollarlik loyihalar portfeli bilan nafaqat mintaqa, balki jahon miqyosidagi eng nufuzli moliya tashkilotlaridan biriga aylanganini alohida e\u2019tirof etish lozim.<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda Yangi O\u2018zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar va tub o\u2018zgarishlar jadal amalga oshirilmoqda. Biz iqtisodiyotni liberallashtirish, xalqimizning turmush darajasi va farovonligini yuksaltirishga asosiy e\u2019tibor qaratyapmiz.<\/p>\n<p>O\u2018tgan davrda yalpi ichki mahsulotimiz hajmi 2 barobar ko\u2018payib, ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Kelgusi besh yilda bu raqamni 160 milliard dollarga yetkazishni reja qilganmiz.<\/p>\n<p>Bundan ko\u2018zlangan asosiy maqsad \u2013 mamlakatimizni aholisi daromadi o\u2018rtachadan yuqori bo\u2018lgan mamlakatlar qatoriga olib chiqishdir. Ushbu maqsadlarga erishish uchun oldimizga katta-katta marralarni qo\u2018yganmiz.<\/p>\n<p><em><strong>Birinchi.\u00a0<\/strong><\/em>Biz to\u2018rt yil ichida mamlakatimizdagi kambag\u2018allik darajasini 23 foizdan 11 foizga tushirishga erishdik.<\/p>\n<p>Joriy yil bu ko\u2018rsatkichni 9 foizgacha, 2030-yilga qadar esa 2 barobar pasaytirishni maqsad qilganmiz.<\/p>\n<p>Bizning islohotlarimiz tub negizida tadbirkorlikni faol qo\u2018llab-quvvatlash, odamlarimiz uchun barcha sohalarda yangi ish o\u2018rinlarini va daromad manbalarini ko\u2018paytirishdek ustuvor vazifa mujassam.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, aholining sifatli ta\u2019lim va tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, eng og\u2018ir hududlarda infratuzilma tarmoqlarini barpo etishni qamrab olgan \u201cko\u2018p o\u2018lchovli\u201d kambag\u2018allikni qisqartirish dasturini amalga oshiryapmiz.<\/p>\n<p>Shu bois ilg\u2018or xorijiy yondashuvlar asosida eng quyi bo\u2018g\u2018in \u2013 mahalla darajasiga tushgan holda kambag\u2018allikni qisqartirish bo\u2018yicha O\u2018zbekiston tajribasini yaratdik. Yaqinda iqtisodiyot bo\u2018yicha Nobel mukofoti sovrindori janob Abxijit Banerji \u201cO\u2018zbekistondagi mahalla tizimi har bir muhtoj oilani kambag\u2018allikdan olib chiqish bo\u2018yicha o\u2018zining noyob retseptiga ega\u201d, deb ta\u2019kidlagani ham bejiz emas.<\/p>\n<p><em><strong>Ikkinchi.<\/strong><\/em>\u00a0Inson kapitalini rivojlantirishni mamlakatimiz barqaror va uzoq muddatli iqtisodiy o\u2018sishining mustahkam poydevori, deb bilamiz.<\/p>\n<p>Bu borada so\u2018nggi sakkiz yilda maktabgacha ta\u2019lim qamrovini 27 foizdan 74 foizga oshirdik.<\/p>\n<p>Yangi maktablar qurilib, qo\u2018shimcha 800 mingta o\u2018quvchi o\u2018rni yaratildi. Oliy o\u2018quv yurtlari soni 200 dan oshib, qamrov 9 foizdan 38 foizga yetdi.<\/p>\n<p>Biz kelgusi 3-4 yilda maktabgacha ta\u2019lim qamrovini kamida 80 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Buning uchun xususiy sektor bilan birga 240 ming o\u2018rinli bog\u2018chalar barpo etiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, kelgusi yildan boshlab, davlat-xususiy sheriklik asosida har yili barcha shahar va qishloqlarda eng ilg\u2018or standartlarga mos keladigan 100 tadan yangi maktablarni ishga tushirishni reja qildik. Bunga kelgusi yillarda 2 milliard dollar investitsiya kiritamiz.<\/p>\n<p>Biz ta\u2019limdagi loyihalarni xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorligimizning yangi istiqbolli yo\u2018nalishi sifatida belgilab olishni taklif qilamiz.<\/p>\n<p><em><strong>Uchinchi.<\/strong><\/em>\u00a0Hisob-kitoblarga ko\u2018ra, O\u2018zbekistonda energetika, suv, transport, IT va boshqa infratuzilmalarni yaxshilash uchun yillik ehtiyojimiz yalpi ichki mahsulotning 10 foiziga teng.<\/p>\n<p>Shu ma\u2019noda, bugungi anjuman \u201cBarcha uchun barqaror infratuzilma yaratish\u201d mavzusida o\u2018tkazilayotganini olqishlaymiz.<\/p>\n<p>Bu borada xalqaro moliya tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib, katta tajriba orttirdik. Buning natijasida ushbu sohalarga xususiy sektor faol kirib bormoqda.<\/p>\n<p>Biz 2030 yilgacha 30 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo\u2018yicha katta dastur qabul qildik. Xususan, \u201cToshkent \u2013 Samarqand\u201d va \u201cToshkent \u2013 Andijon\u201d yo\u2018nalishlarida pullik avtomobil yo\u2018llari, \u201cToshkent \u2013 Samarqand\u201d, \u201cSamarqand \u2013 Navoiy \u2013 Buxoro\u201d yo\u2018nalishlarida tezyurar poyezdlar uchun yangi temir yo\u2018l qurish loyihalari amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Respublikaning 6 ta xalqaro aeroportini modernizatsiya qilishni davlat-xususiy sheriklikka beramiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, kelgusi besh yilda elektr, suv va gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarish xususiy operatorlarga o\u2018tadi. Masalan, Samarqand viloyatining elektr tarmoqlarini boshqaruvga olish bo\u2018yicha o\u2018tkaziladigan tenderga 50 dan ziyod xorijiy nufuzli kompaniyalar o\u2018z qiziqishini bildirdi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, bizda har yili 100 mingdan ziyod xonadonli uy-joylar qurilmoqda. Masalan, Toshkent, Samarqand, Namangan va Andijon kabi yirik shaharlarimiz hamda qolgan viloyatlar markazlariga yo\u2018ldosh \u201cYangi O\u2018zbekiston\u201d shaharchalarini qurish bo\u2018yicha katta loyihalarni amalga oshiryapmiz.<\/p>\n<p>Bu borada o\u2018rta shaharlarni rivojlantirish bo\u2018yicha 200 million dollarlik, qishloq joylaridagi infratuzilmani yaxshilash bo\u2018yicha 130 million dollarlik loyihalarni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda boshlaganimizni alohida e\u2019tirof etmoqchiman.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, Bank va boshqa hamkorlarimiz bilan bunday infratuzilmaviy loyihalarni yanada kengaytiramiz.<\/p>\n<p><em><strong>To\u2018rtinchi.<\/strong><\/em>\u00a0\u201cYashil\u201d iqtisodiyotni jadal rivojlantirishni oldimizga ustuvor vazifa sifatida qo\u2018yib, 2030-yilgacha \u201cyashil\u201d energiya manbalarini 40 foizga yetkazish bo\u2018yicha katta marra olganmiz.<\/p>\n<p>Bu borada Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki 2030-yilga borib jami portfelining 50 foizini iqlim o\u2018zgarishi bilan bog\u2018liq loyihalarga yo\u2018naltirishi bizning maqsadlarimiz bilan hamohang.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan yirik \u201cyashil\u201d energiya loyihalarida Bank nufuzli xorijiy kompaniyalar bilan birga ishlab, bu sohada global darajada yangi andozalarni yaratmoqda.<\/p>\n<p>Biz kelgusi yillarda yana 18 gigavatt quyosh va shamol, 3 gigavatt gidro elektr stansiyalari, 5 gigavatt energiya jamlash sig\u2018imlari hamda 5 milliard dollarlik elektr tarmoqlarini ishga tushiramiz.<\/p>\n<p>Mazkur loyihalar orqali yirik \u201cyashil\u201d ma\u2019lumotlar markazlarini ham yaratmoqchimiz. Bu \u2013 barcha xalqaro moliya tashkilotlari uchun ham jozibador loyiha bo\u2018ladi, deb hisoblayman.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan yiliga 100 million dollarlik \u201cyashil\u201d sertifikatlar bozori shakllanib, bu xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikning yangi istiqbolli yo\u2018nalishi bo\u2018lishiga ishonaman.<\/p>\n<p>Qo\u2018shni mamlakatlar ham qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo\u2018yicha katta loyihalarni boshlaganini qayd etish lozim. Kelgusi yillarda qayta tiklanuvchi energiya resurslariga boy Markaziy Osiyo jahon energetika bozorlariga \u201cyashil\u201d energiya yetkazib beradigan yirik eksportchiga aylanishi uchun katta qadamlar tashlayapmiz. Bu borada Transkaspiy elektr tarmog\u2018ini barpo etish loyihasi katta salohiyatga ega ekanini alohida ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshchiligida Markaziy Osiyoda \u201cyashil\u201d energiyani rivojlantirish dasturini amalga oshirishni taklif qilaman.<\/p>\n<p><em><strong>Beshinchi.\u00a0<\/strong><\/em>Bugungi kunda Markaziy Osiyo aholisi 80 milliondan oshdi. Mintaqaning yalpi ichki mahsuloti kelgusi besh yilda 700 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, mintaqamizda yirik infratuzilma loyihalariga talab kun sayin ortib bormoqda.<\/p>\n<p>Hozirda amalga oshirish boshlangan \u201cXitoy \u2013 Qirg\u2018iziston \u2013 O\u2018zbekiston\u201d temir yo\u2018lini qurish ana shunday yirik mintaqaviy infratuzilma loyihasiga yaqqol misoldir.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, Markaziy Osiyoda oziq-ovqat xavfsizligi va suv resurslari taqchilligi muammolari ayniqsa o\u2018tkir tus olmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston bu borada o\u2018z strategiyasini ishlab chiqib, kelgusi besh yilda suvdan foydalanish samaradorligini 25 foizga oshirish orqali 15 milliard kub metr suvni tejash bo\u2018yicha katta loyihalarni boshlagan.<\/p>\n<p>Lekin suv muammosini hal qilish butun mintaqa davlatlari va xalqaro moliya tashkilotlarining birgalikda ishlashini talab qiladi.<\/p>\n<p>Shu bois, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki bilan hamkorlikda suv tejaydigan texnologiyalarni keng joriy qilish bo\u2018yicha mintaqaviy markaz tashkil etish tashabbusini ilgari surmoqchiman. O\u2018ylaymanki, qo\u2018shnilarimiz ham bu tashabbusimizni qo\u2018llab-quvvatlaydi.<\/p>\n<p><strong>Hurmatli bank boshqaruvchilari!<\/strong><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo\u2018lida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining hissasini yuqori baholaydi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda infratuzilma, energetika, transport, suv ta\u2019minoti va barqaror rivojlanish yo\u2018nalishida Bank bilan 3 milliard dollarlik 15 ta loyiha amalga oshirilyapti.<\/p>\n<p>Mamnuniyat bilan aytishim kerakki, bularning hisobidan O\u2018zbekiston bankning TOP-10 ta hamkoridan biriga aylandi. Misol uchun, Bank bilan hamkorlikda Buxoro viloyatidagi ichimlik suvi tarmoqlarini yaxshilash bo\u2018yicha 720 million dollarlik loyiha qariyb 1,5 million aholini toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta\u2019minlaydi. Yoki \u201cBuxoro \u2013 Xiva\u201d temir yo\u2018lini elektrlashtirish loyihasini ishga tushirish natijasida Xiva shahriga yiliga qo\u2018shimcha 1 million turist jalb qilish imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash kerakki, shu kunlarda Bank bilan kelgusi uch yilda yana 4 milliard dollarlik loyihalar dasturini amalga oshirishga kelishib oldik.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, biz bilan birgalikda loyihalarni amalga oshirayotgan va keng ko\u2018lamli islohotlarimizni qo\u2018llab kelayotgan Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun janoblariga, Bankka a\u2019zo davlatlar hukumatlari va boshqaruvchilariga yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>O\u2018z oldiga qo\u2018ygan maqsadlariga erishish yo\u2018lida Bankning barcha jamoasiga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p>Shuningdek, bugun anjumanda ishtirok etayotgan Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki hamda yirik kompaniya va investorlarga o\u2018zimning alohida hurmat va ehtiromimni izhor etaman!<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>Kelgusi ikki kunda Bank boshqaruvchilari oldida juda muhim global va mintaqaviy muammolarga zamonaviy yondashuvlar asosida yechimlar topish, yangi loyiha va dasturlarni muhokama qilish kabi mas\u2019uliyatli vazifalar turibdi.<\/p>\n<p>Sizlar qabul qiladigan qarorlar Bankka a\u2019zo mamlakatlarda yashaydigan 6 milliarddan ziyod aholining kundalik hayotiga bevosita ta\u2019sir qiladi.<\/p>\n<p>Ushbu ulkan vazifalarni amalga oshirishda sizlar o\u2018zingizning chuqur bilim, boy tajriba va kuch-g\u2018ayratingizni ayamaysizlar, deb ishonaman.<\/p>\n<p>Barchangizga mustahkam sog\u2018liq, baxt-saodat va qadimiy Samarqandda ishlaringiz muvaffaqiyatli bo\u2018lishini tilayman.<\/p>\n<p>Siz, aziz do\u2018stlarimizni O\u2018zbekistonga yana ko\u2018p bor kelishingizni kutib qolamiz.<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/7570\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">President.uz<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki Boshqaruvchilari kengashining to\u2018qqizinchi yillik yig\u2018ilishidagi nutqi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4028,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4025","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4025","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4025"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4025\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4029,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4025\/revisions\/4029"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4028"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4025"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4025"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4025"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}