{"id":4062,"date":"2024-10-04T17:05:41","date_gmt":"2024-10-04T12:05:41","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4062"},"modified":"2024-10-04T17:18:07","modified_gmt":"2024-10-04T12:18:07","slug":"the-world-bank-will-allocate-800-million-to-uzbekistan-for-the-development-of-the-private-sector-social-protection-system-and-climate-change-preparedness","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-world-bank-will-allocate-800-million-to-uzbekistan-for-the-development-of-the-private-sector-social-protection-system-and-climate-change-preparedness\/","title":{"rendered":"Jahon banki O\u2018zbekistonga xususiy sektor, ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish va iqlim o\u2018zgarishiga tayyorgarlik ko\u2018rish uchun 800 million dollar ajratadi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h1><span style=\"font-size: 24pt;\"><strong>Jahon banki O\u02bbzbekistonni xususiy sektor, ijtimoiy himoya va iqlim o\u02bbzgarishiga tayyorlik tizimini rivojlantirishda qo\u02bbllab-quvvatlaydi<\/strong><\/span><\/h1>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>VASHINGTON, 2024-yil 4-oktabr <\/strong>\u2013Jahon banki direktorlar kengashi <a href=\"https:\/\/projects.worldbank.org\/en\/projects-operations\/project-detail\/P501037\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u02bbzbekistondagi islohotlar dasturini<\/a> qo\u02bbllab-quvvatlash uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar ko\u02bbrinishidagi moliyaviy paketni tasdiqladi. Ushbu islohotlar mamlakatning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o\u02bbtishinijadallashtirishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Hukumatning Jahon banki tomonidan qo\u02bbllab-quvvatlanayotgan islohotlar dasturi mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash; qishloq xo\u02bbjaligi, temir yo\u02bbl va energetika sektorlarida samaradorlikni oshirish; davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirish; ijtimoiy himoya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; mamlakatni atrof-muhit va iqlim o\u02bbzgarishi bilan bog\u02bbliq xatarlarga tayyorligini oshirish bo\u02bbyicha qo\u02bbshimcha chora-tadbirlarni o\u02bbz ichiga oladi.<\/p>\n<p>Ushbu islohotlarni amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan 800 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ushbu mablag\u02bblar hukumatga xalqaro moliya bozorlarida mavjud bo\u02bblgan qarz olish imkoniyatlariga nisbatan pastroq foiz stavkalarida va kreditni qoplash uchun uzoqroq muddatlar bilan taqdim etiladi. Bu O\u02bbzbekistonga dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishga yo\u02bbnaltirilishi mumkin bo\u02bblgan katta miqdordagi moliyaviy resurslarni tejashga yordam beradi.<\/p>\n<p>Jahon bankining mablag\u02bblari hukumatga muhim islohotlar dasturini amalga oshirishda yordam beradi. Ushbu islohotlar quyidagi sohalarda aniq natijalarga erishishni ko\u02bbzlaydi:<\/p>\n<ol>\n<li><strong>Ijtimoiy himoya tizimi:Fuqarolarning muayyan toifalari uchun ishsizlik, kasallik va onalik nafaqalari qamrovini kengaytirish.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Gender zo\u02bbravonlikka qarshi kurash:Maishiy va jinsiy zo\u02bbravonlik qurbonlarining huquqlarini yanada samarali himoya qilish uchun huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Fermerlarning qishloq xo\u02bbjaligi yerlariga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini ta\u02bbminlash: Ushbu huquqlarga rioya etilishini kafolatlovchi mexanizmlarni rivojlantirish. Ularning qonunchilikda mustahkamlanishi fermerlarni xo\u02bbjalik yuritishning yanada samaraliroq usullariga sarmoya kiritishga rag\u02bb Bu, o\u02bbz navbatida, qishloq xo\u02bbjaligi yerlarining hosildorligi va iqlim o\u02bbzgarishlariga chidamliligini oshiradi.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash: Investorlarning huquq va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilishni kafolatlaydigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish. Shuningdek, bu investorlar uchun xizmatlar sifatini yaxshilashga yordam beradi hamda katta hajmdagi xorijiy va ichki investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoit<\/strong><\/li>\n<li><strong>Davlat moliyalarini boshqarish: Fiskal risklar bo\u02bbyicha hisobot mexanizmlarini ishlab chiqish va davlat xaridlarini boshqarishni takomillashtirish. Ushbu chora-tadbirlar byudjet mablag\u02bblaridan foydalanishning shaffofligini va samaradorligini oshiradi.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Iqlim o\u02bbzgarishiga qarshi kurashish: Iqlim o\u02bbzgarishiga hissa qo\u02bbshadigan atmosferaga chiqindilar chiqarishni qisqartirishni rag\u02bbbatlantiruvchi qonunchilikni ishlab chiqish. Ushbu qonunchilik,shuningdek, iqtisodiyotning eng ko\u02bbp energiya sarflaydigan tarmoqlarida energiya samaradorligini rag\u02bbbatlantirishga ham qaratilgan.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Suv resurslarini boshqarish: Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda suv yetkazib beruvchilar va suvdan foydalanuvchilarning mas\u02bbuliyatini kuchaytirish uchun institutsional va huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish. Ushbu chora-tadbirlar, shuningdek, sohaga davlat investitsiyalarini jalb qilish va qo\u02bbshni davlatlar bilan muvofiqlashtirilgan holda transchegaraviy suv resurslarini boshqarishni yaxshilash imkonini ham beradi.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Atrof-muhit va iqlimga ta\u02bbsirni baholash: Iqlim o\u02bbzgarishi, ekologik omillar va havoning ifloslanishi iqtisodiyotning turli tarmoqlariga, shuningdek, odamlarning sog\u02bblig\u02bbi va farovonligiga ta\u02bbsirini baholash bo\u02bbyicha hokimiyat salohiyatini rivojlantirish. Bu, shuningdek, atrof-muhitni, shu jumladan atmosfera havosi, tuproq, yer usti va yer osti suvlari, o\u02bbsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi salohiyatni rivojlantirishni ham nazarda tutadi.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Iqlim o\u02bbzgarishiga chidamlilikni oshirishgainvestitsiyalar: Xususiy investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ekologik jihatdan toza loyihalarda davlat investitsiyalarining ulushini oshirish. Ushbu yondashuv mamlakatga tugab borayotgan tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish va \u201cyashil\u201d iqtisodiyotga o\u02bbtishni tezlashtirish imkonini beradi.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Temir yo\u02bbl sektori: Temir yo\u02bbl sektorining samaradorligi va daromadliligini oshirish, temir yo\u02bbl infratuzilmasini modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sektorda atmosferaga chiqadigan chiqindilarni qisqartirish uchun huquqiy bazani yaxshilash.<\/strong><\/li>\n<li><strong>Energetika sektori: Sektor faoliyati samaradorligini oshirish va uni modernizatsiya qilishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida energiya tariflari tizimini isloh qilish. Aholining zaif qatlamlarini tariflar oshishi oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan ijtimoiychora-tadbirlarni amalga oshirish. Qayta tiklanuvchi manbalardan energiya ishlab chiqarishda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish uchun huquqiy va institutsional bazani takomillashtirish.<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p>Jahon bankining O\u02bbzbekistondagi faoliyati haqida <a href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/en\/country\/uzbekistan\/overview#strategy\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">batafsil ma\u02bblumot<\/a>.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><a href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/en\/news\/press-release\/2024\/10\/04\/uzbekistan-s-reforms-for-private-sector-growth-social-protection-and-climate-action-to-benefit-from-world-bank-support?cid=eca_fb_uzbekistan_en_ext\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><strong>MATBUOT XABARI \u2116:2025\/ECA\/29<\/strong><\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki Direktorlar Kengashi O\u2018zbekistonning inklyuziv va barqaror bozor iqtisodiyotiga o\u2018tishni jadallashtirish bo\u2018yicha islohotlar dasturini qo\u2018llab-quvvatlash uchun 800 million dollarlik moliyaviy paketni ma\u2019qulladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4065,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4062","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4062","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4062"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4062\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4068,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4062\/revisions\/4068"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4065"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4062"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4062"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4062"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}