{"id":4122,"date":"2024-11-19T17:40:02","date_gmt":"2024-11-19T12:40:02","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4122"},"modified":"2024-11-19T17:40:02","modified_gmt":"2024-11-19T12:40:02","slug":"adb-approves-250-million-loan-for-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/adb-approves-250-million-loan-for-uzbekistan\/","title":{"rendered":"Osiyo taraqqiyot banki O\u2018zbekistonga 250 million dollar miqdorida qarz ajratishni ma\u2019qulladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>MANILA, FILIPPIN (2024-yil 19-noyabr) \u2014 Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O\u2018zbekiston hukumatining iqlimga moslashish maqsadida institutsional tizimini mustahkamlash, iqlim o\u2018zgarishi bo\u2018yicha ustuvor yo\u2018nalishlar o\u2018rtasidagi bog\u2018liqlik va aloqadorlikni mustahkamlash va iqlim o\u2018zgarishi oqibatlarini yumshatish choralarini tezlashtirish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarini qo\u2018llab-quvvatlash uchun 250 million AQSH dollari miqdorida siyosat choralariga asoslangan qarzni ma\u2019qulladi.<\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/www.adb.org\/projects\/58125-001\/main\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Iqlimga o\u2018tish jarayonini tezlashtirish dasturi<\/a> O\u2018zbekiston hukumatini uch islohot yo\u2018nalishida qo\u2018llab-quvvatlaydi: muassasalarni va davlat moliya boshqaruvini mustahkamlash; suv va yer resurslari boshqarishda, qishloq xo\u2018jaligi va ijtimoiy himoya tizimlarida iqlimga chidamlilikni oshirish; transport va energetika kabi tarmoqlarda kam uglerodli iqtisodiyotga o\u2018tishni tezlashtirish.<\/p>\n<p>OTBning iqlim o\u2018zgarishiga qarshi kurash bo\u2018yicha Markaziy Osiyodagi birinchi dasturiy chorasi sifatida mazkur dastur yangilangan Milliy darajada belgilanadigan hissaga (NDC), Yashil iqtisodiyotga o\u2018tishning 2030-yilgacha bo\u2018lgan strategik asosi va <a href=\"https:\/\/www.adb.org\/documents\/uzbekistan-country-partnership-strategy-2024-2028\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">OTBning 2024\u20132028 yillarga mo\u2018ljallangan O\u2018zbekiston uchun Mamlakat bilan hamkorlik strategiyasiga<\/a> mos keladi.<\/p>\n<p>\u201cDastur, ayni paytda aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo\u2018llab-quvvatlagan holda, iqtisodiyotni karbonsizlantirish va tabiiy ofatlar va iqlim o\u2018zgarishiga chidamlilikni oshirishga ustuvor ahamiyat beradi\u201d, dedi OTBning Markaziy va G\u2018arbiy Osiyo bo\u2018yicha Bosh direktori Yevgeniy Jukov. \u201cO\u2018zbekiston iqtisodiyoti energiyani eng ko\u2018p iste\u2019mol qiladigan davlatlar sirasiga kiradi, shu bois dastur hukumatning 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulot birligiga to\u2018g\u2018ri keladigan issiqxona gazlari emissiyasini 35 foizga kamaytirish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarini qo\u2018llab-quvvatlaydi. Bunda, kamaytirishga qayta tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish orqali erishiladi\u201d.<\/p>\n<p>&laquo;O\u2018zbekistonning suv resurslari iqlim o\u2018zgarishi va samarasiz foydalanish tufayli jiddiy xavf ostida&raquo;, \u2013 dedi OTBning O\u2018zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya. &laquo;Ushbu dastur suv xavfsizligini ta\u2019minlash va mo\u2018rt ekotizimlarga tahdid solayotgan cho\u2018llanishning tezlashiishiga qarshi kurashish uchun iqlim o\u2018zgarishini inobatga olgan holda sug\u2018orish tizimlarini modernizatsiya qilish va suv resurslarini aqlli boshqarishga investitsiyalarni rag\u2018batlantiradigan qonunchilikning qabul qilinishini qo\u2018llab-quvvatlaydi.&raquo;<\/p>\n<p>\u201cDastur siyosatni muvofiqlashtirishni takomillashtirish, budjet resurslarini maqsadli taqsimlash hamda iqlim bilan bog\u2018liq xarajatlar va ko\u2018rsatkichlar uchun monitoring va hisobdorlikni kuchaytirish orqali iqlim o\u2018zgarishi bilan bog\u2018liq murakkab muammolarni hal qilishda hukumat salohiyatini oshirish uchun ishlab chiqilgan\u201d, dedi OTBning Davlat sektori bo\u2018yicha bosh mutaxassisi Xanif Raxemtulla.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston OTBga 1995 yilda a\u2019zo bo\u2018lgan va o\u2018shandan beri bank mamlakatga farovon, inklyuziv, chidamli va barqaror kelajakka erishish uchun 12,5 milliard AQSH dollari miqdorida qarz, grant va texnik ko\u2018mak taqdim etgan.<\/p>\n<p>OTB o\u2018ta qashshoqlikka barham berish bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarini davom ettirib, rivojlangan, keng qamrovli va barqaror Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga erishishga intiladi. OTB 1966 yilda tashkil etilgan bo\u2018lib, unga 69 mamlakat a\u2019zo bo\u2018lgan. Ularning 49 tasi mintaqada joylashgan.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/www.adb.org\/uz\/news\/adb-approves-250-million-loan-support-uzbekistan-green-inclusive-resilient-economic-growth\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Osiyo taraqqiyot banki (OTB)<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O\u2018zbekistonning yashil, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o\u2018sishini qo\u2018llab-quvvatlash uchun 250 million dollar miqdorida qarz ajratishni ma\u2019qulladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2596,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4122","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4122","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4122"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4122\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4124,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4122\/revisions\/4124"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2596"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4122"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4122"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4122"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}