{"id":4230,"date":"2024-12-22T10:13:18","date_gmt":"2024-12-22T05:13:18","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4230"},"modified":"2024-12-22T10:19:03","modified_gmt":"2024-12-22T05:19:03","slug":"entrepreneurs-as-the-pillar-of-the-economy-year-end-results-and-development-prospects-in-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/entrepreneurs-as-the-pillar-of-the-economy-year-end-results-and-development-prospects-in-uzbekistan\/","title":{"rendered":"Tadbirkorlar \u2013 iqtisodiyotning tayanchi: yil yakunlari va O\u2018zbekistondagi rivojlanish istiqbollari"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni mamlakatimizdagi faol tadbirkorlar bilan uchrashdi. Videoselektor shaklida o\u2018tgan muloqotda sohani qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha yil yakunlari va 2025 yilga mo\u2018ljallangan rejalar muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari nutq so\u2018zlab, bu boradagi asosiy maqsad va natijalarni ko\u2018rsatib o\u2018tdi.<\/p>\n<p><em>\u2013 Tadbirkorlikni rivojlantirish \u2013 biz uchun strategik vazifa. Bizning tayanchimiz ham, suyanchimiz ham, eng katta kuchimiz ham shu sohada mujassam. Shu bois tadbirkorlarni qo\u2018llab-quvvatlash markazdan tortib eng quyi bo\u2018g\u2018ingacha \u2013 barcha rahbarlarning kundalik ishi bo\u2018lishi shart. Ayniqsa, joylarda hokimlar har bir tadbirkor bilan ko\u2018proq muloqot qilib, korxonalarga borib, ularning dardi bilan yashashi kerak. Biz katta iqtidor egalari bo\u2018lgan biznes vakillarini asrashimiz, avaylashimiz zarur. Ular biz uchun juda qadrli insonlar,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.\u00a0<\/p>\n<p>Ushbu ahamiyatdan kelib chiqib, O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha jamoatchilik kengashi tuzilgan. Bu kengash davlat va tadbirkorlar o\u2018rtasida ko\u2018prik bo\u2018lib, aniq takliflarni bildirib kelmoqda. Joriy yilning o\u2018zida tadbirkorlar faoliyati uchun g\u2018oyat muhim bo\u2018lgan 5 ta qonun, 101 ta farmon va qarorlar qabul qilindi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda iqtisodiyotimizda pul ko\u2018paydi. Bu investitsiya loyihalarini barqaror moliyalashtirishga asos bo\u2018lmoqda. Jumladan, korxonalarning banklardagi mablag\u2018lari 20 trillion so\u2018mga oshib, 107 trillion so\u2018mga, aholi omonatlari 25 trillion so\u2018mga ko\u2018payib, 105 trillion so\u2018mga yetgan.<\/p>\n<p>Yil yakuni bilan ajratilgan jami kreditlar 275 trillion so\u2018mni tashkil qiladi. 2025-yilda bu 300 trillion so\u2018mdan oshishi hisob-kitob qilingan. Ayniqsa, kichik biznesga beriladigan kreditlar ulushi hozirgi 28 foizdan 40 foizga oshirilib, 120 trillion so\u2018mga yetkaziladi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlar ehtiyojidan kelib chiqib, banklar 2025-yilda chetdan davlat kafolatisiz 6 milliard dollar olib kelishni rejalashtirgan.<\/p>\n<p>Faktoringga keng yo\u2018l ochilgani natijasida shu yilning o\u2018zida 100 million dollarlik bunday xizmatlar ko\u2018rsatilgan.<\/p>\n<p>Biznes uchun yo\u2018l, suv, elektr, gaz, temir yo\u2018l kabi infratuzilmalar uchun bu yil 35 trillion so\u2018m yo\u2018naltirilgan. Kelgusi yil yana 43 trillion so\u2018m rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Korxonalarni barqaror energiya bilan ta\u2019minlash uchun elektr ishlab chiqarish 82 milliard kilovatt soatga yetdi. Bu yil ishga tushgan 6,3 milliard dollarlik 17 ta energiya quvvatlari hisobiga, kelgusi yilda qariyb 90 milliard kilovatt soat elektr ishlab chiqariladi. Bu ishlarni davom ettirib, 2025-yilda yana 6,4 milliard dollarlik 25 ta loyiha doirasida 4,8 gigavatt yangi quvvatlar barpo etiladi.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda yurtimizda mustaqil energiya ishlab chiqaruvchilar soni 24 taga yetdi. 2025 yilda ilk bor elektr energiyasining onlayn ulgurji bozori ishga tushadi. Tajriba sifatida Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi elektr tarmoqlari xususiy sektorga beriladi.\u00a0<\/p>\n<p>Turizm sohasi ham rivojlanmoqda. Tadbirkorlarning 6,5 trillion so\u2018m sarmoyasi bilan 24 ming o\u2018rinli mehmonxonalar ishga tushdi. Kelgusi yilda mehmon o\u2018rinlari yana 30 mingga oshadi. Bu yil ishga tushgan 17 ta yirik savdo va turistik maskan yoniga kelasi yili yana 25 ta shunday majmualar qo\u2018shiladi.<\/p>\n<p>Savdoni rivojlantirish bo\u2018yicha alohida kompaniya tashkil etilib, eksportni moliyalashtirish uchun 350 million dollar berildi. Natijada bu puldan berilgan har 1 dollar orqali tadbirkorlar 6 dollarlik eksport qildi. Kelasi yil yana 300 million dollar yo\u2018naltiriladi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlar bu yili 11,5 trillion so\u2018mlik 3 mingta davlat mulki va 4 ming gektar yerni sotib olib, biznesini boshladi. Kelgusi yil yana 4,5 ming bino va 6 ming gektar yerlar tadbirkorlarga taklif qilinadi.<\/p>\n<p>Uzoq yillardan beri davlat monopoliyasida bo\u2018lgan yo\u2018llarni ta\u2019mirlash va saqlashga xususiy sektorni jalb qilish kengaytiriladi. Bu yil 260 kilometr yo\u2018llarni saqlash ishlari tadbirkorlarga berildi. Kelasi yili bu 3 ming kilometrga yetkaziladi. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida 86 ta tumanda quriladigan 841 kilometr yo\u2018llar to\u2018liq mahalliy pudratchilar tomonidan amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Temir yo\u2018l sohasida raqamlashtirish va operatsion samaradorlikni oshirish hisobiga, yuk tashish muddatlari 40 foizga qisqardi. Muhimi, stansiyalarda yuklarni to\u2018lovsiz tushirish vaqti 2 soatdan 3 kunga uzaygani uchun tadbirkorlar yiliga 57 milliard so\u2018m tejayapti.<\/p>\n<p>Aviatsiya sohasida xususiy kompaniyalar soni 14 taga yetdi. Qo\u2018shimcha 6 ta yuk va 16 ta yo\u2018lovchi havo kemasi olib kelindi. Buxoro, Namangan aeroportlari xususiy sheriklikka berildi, Andijon va Urganch aeroportlari bo\u2018yicha tender davom etayapti.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari qulay va jozibador biznes muhitini saqlab qolish uchun barqaror soliq siyosati yuritilishini ta\u2019kidladi.\u00a0<\/p>\n<p>Jumladan, hozirgi kunda budjet tushumlari qanchalik zarur bo\u2018lmasin, asosiy soliqlar bo\u2018yicha stavkalar o\u2018zgarmaydi. Shuningdek, 1 yanvardan boshlab, yer yoki davlat mulki qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018isiz sotiladi, mobil aloqa uchun aksiz solig\u2018i bekor qilinadi. Shahar chegarasidagi qishloq yerlariga 2 karra yer solig\u2018ini hisoblash to\u2018xtatiladi. Nashriyot korxonalari foyda solig\u2018ini to\u2018lashdan 5 yilga ozod etiladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, IT-park rezidentlariga barcha turdagi soliqlarni to\u2018lashdan ozod etish bo\u2018yicha imtiyozlar 2040 yilgacha uzaytiriladi. Xususiy maktab va bog\u2018chalar, xorijiy o\u2018qituvchi va mutaxassislar uchun berilgan barcha soliq imtiyozlari 2030 yilgacha amal qiladi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, O\u2018zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a\u2019zo bo\u2018lish jarayoni yakuniy bosqichga kirayapti. Iqtisodiyotda bu tashkilot qoidalariga zid bo\u2018lgan imtiyozlar bekor qilinayapti. Shu bois tadbirkorlarning adolatli raqobat muhitida ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratilishi aytildi.\u00a0<\/p>\n<p>Biznes uchun transport va logistika masalasi juda muhim. Shu bois qo\u2018shni davlatlar bilan kelishilib, \u201cXonobod\u201d, \u201cMingtepa\u201d, \u201cQorasuv\u201d va \u201cUchqo\u2018rg\u2018on\u201d chegara postlari tiklandi. Kelgusi yilda \u201cG\u2018ishtko\u2018prik\u201d, \u201cNavoiy\u201d, \u201cDovut-ota\u201d, \u201cShovot\u201d va \u201cGulbahor\u201d chegara postlarida qo\u2018shimcha koridorlar qurilib, o\u2018tkazish quvvati 5 karra oshiriladi.\u00a0<\/p>\n<p>Umuman, murakkab geosiyosiy sharoitga qaramay, bu yil mamlakatimiz iqtisodiyoti 6,3 foizga oshib, 111 milliard dollardan ko\u2018paydi. Sanoat, qishloq xo\u2018jaligi va xizmatlar sohasiga 38 milliard dollar investitsiya kirdi, eksport 26 milliard dollardan oshdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari bu natijalarda, aholini ish bilan ta\u2019minlash va kambag\u2018alchilikni qisqartirishda tadbirkorlarning o\u2018rni katta ekanini ta\u2019kidlab, ularga minnatdorlik bildirdi.<\/p>\n<p>Bu sur\u2019atni davom ettirib, kelgusi yilda yalpi ichki mahsulotni 120 milliard dollarga va eksportni 30 milliardga yetkazish, 42 milliarddan ziyod investitsiya jalb etish mo\u2018ljallanmoqda.<\/p>\n<p>Bu marralarga erishish uchun tadbirkorlikka yanada keng imkoniyatlar berish zarur. Uchrashuvda shular haqda fikr almashildi. Tadbirkorlar biznes qoidalarini soddalashtirish, xomashyoni chuqur qayta ishlab, yuqori qo\u2018shilgan qiymat va eksportni keskin oshirish bo\u2018yicha takliflarini aytdi. Barcha fikr-mulohazalar ochiq muhokama qilinib, kerakli chora-tadbirlar belgilandi.\u00a0<\/p>\n<p>Avvalo, xususiy sektorda ishlovchi odamlarning daromadini ko\u2018paytirish muhimligi ta\u2019kidlandi. Shu maqsadda, kamida 2,5 million so\u2018m oylik maosh to\u2018laydigan, 15 foiz ishchisi ehtiyojmand oiladan bo\u2018lgan, tayyor mahsulot chiqaruvchi to\u2018qimachilik va charm korxonalariga yengilliklar beriladi. Ularning foyda solig\u2018i ham, ishchisining daromad solig\u2018i ham 1 foiz bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari shunday ijtimoiy mezon asosida boshqa tarmoqlarga ham qulaylik yaratishga tayyorligini bildirdi.<\/p>\n<p>Endi tadbirkorlar bank krediti bilan cheklanib qolmasdan, xalqaro standartlarga moslashib, chetdan mustaqil mablag\u2018 olib kelishi kerak. Buning uchun xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilib, tadbirkorlarning tashqi moliya bozorlariga chiqishiga ko\u2018maklashuvchi markaz ochilishi aytildi.<\/p>\n<p>Yurtimizda ishchilari 5 mingdan ziyod, yillik daromadi 1 trillion so\u2018mdan oshgan 142 nafar \u201cchempion\u201d tadbirkor bor. Ular \u201cbir tarmoqdan \u2013 ko\u2018p tarmoqli\u201d korporatsiyaga aylanib, yondosh sohalar rivojiga ham katta hissa qo\u2018shayapti.<\/p>\n<p>Bunday salohiyatli tadbirkorlarni qo\u2018llab-quvvatlab, boshqalarni ham ergashtirish maqsadida ularga yer va binoni to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri berish, davlat korxonalarini ham uzoq muddatga boshqaruvga topshirish mumkin bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, dunyodagi 10 ta eng boy kompaniyaning 7 tasi axborot texnologiyalari va moliyaviy xizmat sohalaridan chiqqan. Yurtimizda ham bunday kompaniyalar ko\u2018payishi uchun qulayliklar oshiriladi. Xususan, ularga tadqiqot va rivojlanish markazlari (R&amp;D) uchun laboratoriya jihozlarini, texnologik uskunalarni bojsiz olib kelishga ruxsat beriladi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizdagi mingga yaqin konlarda 100 dan ortiq turdagi mineral xomashyo zaxirasi mavjud. Ularning negizida yuqori qiymatli mahsulotlar tayyorlanishi uchun yanvarda 400 ta yangi kon auksionga chiqarilishi ma\u2019lum qilindi.<\/p>\n<p>Paxta va g\u2018alladan qisqaradigan yerlar 50 gektargacha yirik lotlarda auksionga qo\u2018yilib, sanoatlashgan plantatsiya qilish uchun professional investorlarga sotiladi. Bu yerlardagi 20 sotixgacha maydonda shok usulida muzlatish, saralash va qadoqlash sexlari qurishga ruxsat beriladi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlikka oid qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti va zamon talablariga moslashtirish maqsadida yangilangan Bojxona kodeksi loyihasi ishlab chiqilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari tadbirkorlarning loyiha va tashabbuslarini qo\u2018llab-quvvatlashga doim tayyorligini ta\u2019kidladi.\u00a0<\/p>\n<p><em>\u2013 O\u2018zbekistonda tadbirkorlik harakati orqaga qaytarib bo\u2018lmaydigan katta kuchga aylandi. Biz davlat miqyosida qanday katta maqsad va vazifalarni o\u2018z oldimizga qo\u2018ymaylik, ularni amalga oshirishda butun xalqimiz bilan birga, avvalo, sizlarga tayanamiz. Tadbirkorlarimiz qancha boy bo\u2018lsa, xalqimiz shuncha farovon yashaydi, davlatimiz shuncha qudratli bo\u2018ladi. Tadbirkorning yutug\u2018i \u2013 bu butun xalqimizning yutug\u2018i,<\/em>\u00a0\u2013 dedi Prezident.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/7778\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">President.uz<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev faol tadbirkorlar bilan videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazib, biznesni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha yil natijalari va 2025 yil rejalari muhokama qilindi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4233,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4230","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4230","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4230"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4230\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4236,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4230\/revisions\/4236"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4233"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4230"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4230"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4230"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}