{"id":4584,"date":"2025-03-12T14:53:36","date_gmt":"2025-03-12T09:53:36","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4584"},"modified":"2025-03-12T14:53:36","modified_gmt":"2025-03-12T09:53:36","slug":"uzbekistan-introduces-a-mechanism-for-issuing-serial-bonds","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/uzbekistan-introduces-a-mechanism-for-issuing-serial-bonds\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmi joriy etildi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining \u201cQimmatli qog\u2018ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog\u2018ozlar chiqarilishni davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazish qoidalariga o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi buyrug\u2018i (ro\u2018yxat raqami \u21162000-11 2025 yil 11 mart) davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Kiritilayotgan o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar milliy kapital bozorini rivojlantirish, emitent va investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Asosiy yangiliklardan biri obligatsiyalar dasturi doirasida seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmining joriy etilganidir. Ushbu o\u2018zgarishlar emitentlarga moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirish va tezlashtirish imkonini beradi.<\/p>\n<p><strong>Emitentlar uchun nima o\u2018zgaradi?<\/strong><\/p>\n<p>Seriyali obligatsiyalar bitta ro\u2018yxatdan o\u2018tgan dastur doirasida bir nechta obligatsiyalarni chiqarish imkonini beradi. Yangi mexanizmning asosiy afzalliklari:<\/p>\n<ul>\n<li><strong>Moliyalashtirishni jalb qilishda moslashuvchanlik<\/strong>\u00a0\u2013 emitentlar bozor sharoitlari va kapital ehtiyojlariga qarab obligatsiyalarni bosqichma-bosqich chiqarishlari mumkin bo\u2018ladi.<\/li>\n<li><strong>Xarajatlarni optimallashtirish<\/strong>\u00a0\u2013 turli seriyali obligatsiyalar turli muddatlarga va foiz stavkalariga ega bo\u2018lishi mumkin, bu esa qarz olish xarajatlarini kamaytirishga yordam beradi.<\/li>\n<li><strong>Investorlar doirasini kengaytirish<\/strong>\u00a0\u2013 obligatsiyalarning turli parametrlari ularni investorlarning keng doirasi uchun jozibador qiladi.<\/li>\n<li><strong>Qayta moliyalashtirish imkoniyati\u00a0<\/strong>\u2013 emitentlar ilgari joylashtirilgan majburiyatlarni to\u2018lash uchun obligatsiyalarning yangi seriyasini chiqarishlari mumkin bo\u2018ladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Bundan tashqari, yangi qoidalar ipotekani qayta moliyalash tashkilotlari tomonidan korporativ obligatsiyalarini o\u2018z kapitalidan ortiq miqdorda chiqarish imkoniyatini beradi, shuningdek, qimmatli qog\u2018ozlarni ta\u2019minlash turlari ro\u2018yxatini kengaytiradi.<\/p>\n<p><strong>Jahon amaliyoti va istiqbollar<\/strong><\/p>\n<p>Seriyali obligatsiyalar mexanizmi kapital bozori rivojlangan mamlakatlarda, jumladan Malayziya, Pokiston, Rossiya va Qozog\u2018istonda muvaffaqiyatli qo\u2018llanilmoqda. Ushbu vositaning O\u2018zbekistonda joriy etilishi milliy bozor raqobatbardoshligini oshiradi, emitentlarga yanada samarali moliyalashtirish usullaridan foydalanish imkoniyatini beradi va investorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.<\/p>\n<p>Qabul qilingan o\u2018zgartirishlar mamlakatimiz moliya sektorini modernizatsiya qilish va uning investitsion jozibadorligini oshirish yo\u2018lidagi muhim qadamdir. Innovatsiyalar kapital bozorini rivojlantirish va O\u2018zbekiston iqtisodiyotiga yangi sarmoyalarni jalb etishga ijobiy ta\u2019sir ko\u2018rsatishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/napp.uz\/oz\/news\/o-zbekistonda-seriyali-obligatsiyalarni-chiqarish-mexanizmi-obligatsiyalar-dasturi-asosida-joriy-etildi\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi<\/a>\u00a0<\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekistonda seriyali obligatsiyalarni chiqarish mexanizmi (obligatsiyalar dasturi asosida) joriy etildi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4586,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4584","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4584","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4584"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4584\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4587,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4584\/revisions\/4587"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4586"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4584"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4584"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4584"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}