{"id":4680,"date":"2025-04-05T11:38:28","date_gmt":"2025-04-05T06:38:28","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4680"},"modified":"2025-04-06T12:05:46","modified_gmt":"2025-04-06T07:05:46","slug":"the-world-bank-will-allocate-153-million-for-the-implementation-of-the-uzbekistan-resilient-landscapes-restoration-project","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-world-bank-will-allocate-153-million-for-the-implementation-of-the-uzbekistan-resilient-landscapes-restoration-project\/","title":{"rendered":"Jahon banki &laquo;O\u2018zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash&raquo; loyihasini amalga oshirish uchun $153 \u043c\u043b\u043d. ajratadi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>SAMARQAND, 2025-yil 5-aprel<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Samarqand Iqlim Forumi doirasida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o\u2018zgarishi vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda &laquo;O\u2018zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash&raquo; (RESILAND) loyihasi boshlanganini e\u2019lon qildi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Loyihani amalga oshirish uchun Jahon banki tomonidan 153 million dollar miqdorida imtiyozli kredit va grantlar ajratiladi. Ushbu loyiha Markaziy Osiyoning beshta davlatida o\u2018rmonlar va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashga ko\u2018maklashish bo\u2018yicha mintaqaviy dasturning bir qismi hisoblanadi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-4681\" src=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1677-1024x644.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"644\" srcset=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1677-1024x644.jpg 1024w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1677-300x189.jpg 300w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1677-768x483.jpg 768w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1677.jpg 1272w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Loyiha mamlakatning turli hududlarida landshaftlar barqarorligini oshirish va o\u2018rmonlarni qayta tiklash, shuningdek, O\u2018zbekistonning Markaziy Osiyodagi boshqa davlatlar bilan transchegaraviy tabiiy hududlarni qayta tiklash bo\u02bbyicha hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan. Tegishli loyiha tadbirlari mamlakatning oltita hududida, jumladan, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>&laquo;Bugun Jahon banki bilan birgalikda boshlagan loyihamiz hukumatga O\u2018zbekiston o\u2018rmon xo\u2018jaligi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi maqsadlariga erishishda yordam beradi. Ular orasida o\u2018rmonlar maydonini o\u2018n yillik oxirigacha 6,1 million gektarga yetkazish ham bor,&raquo; &#8211; dedi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o\u2018zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov. &laquo;Yerlari degradatsiyaga uchragan hududlarga daraxtlar ekish orqali loyiha mahalliy landshaftlarning barqarorligini va oziq-ovqat tizimlarining mahsuldorligini oshiradi, aholining turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va shu sohada ish o\u2018rinlarini yaratishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, loyiha tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanish orqali kichik va o\u2018rta biznesni qo\u2018llab-quvvatlaydi va tabiatni muhofaza qilish zonalarida ekoturizmni rivojlantirishga yordam beradi&raquo;.<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-4682\" src=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1592-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1592-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1592-300x200.jpg 300w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1592-768x512.jpg 768w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1592.jpg 1199w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>O\u2018zbekiston hududi past o\u2018rmonlilik darajasi bilan tavsiflanadi. Ma\u02bclumotlarga ko\u02bbra, O\u02bbrmon xo&#8217;jaligi agentligidagi o&#8217;rmon bilan qoplangan yer maydoni\u00a04,4 million gektarni\u00a0tashkil qiladi. Bu umumiy yer maydonining 10,6 foizini tashkil qiladi. Oxirgi 10 yil ichida mamlakatda o\u2018rmonzorlar maydonini ko\u2018paytirishga jiddiy e\u2019tibor qaratildi. Bunga misol qilib, Orol dengizining qurigan tubida o\u2018rmon barpo etish hajmi keskin ko\u2018paytirildi.\u00a0<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-martdagi \u201cXalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida (Jahon Banki) &laquo;O\u2018zbekistonda barqaror o\u2018rmon landshaftlarini tiklash&raquo; loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201d\u00a0PQ-140-son qaroriga muvofiq: respublikaning\u00a0176 ming gektar\u00a0yer maydonida o\u2018rmonzorlarning tabiiy tiklanishiga ko\u2018maklashish; 38,5 ming gektar yer maydonlarida yaylovlarni qayta tiklash, 15 ming gektar yer maydonida suvni tejash va tog\u2018 o\u2018rmonlarida tuproq eroziyasiga qarshi kurashish, 14,2 ming gektar yer maydonlarida agroo\u2018rmonchilik tadbirlarini amalga oshirish, 5 ming gektar yer maydonda sanoatbop o\u2018rmonzorlar tashkil qilish hamda 5 ming gektar yer maydonida dorivor o\u2018simliklar plantatsiyalarini tashkil qilish ishlari amalga oshirilmoqda.<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>&laquo;Jahon banki O\u2018zbekiston hukumatining degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash borasidagi sa\u2019y-harakatlarini qo\u2018llab-quvvatlash imkoniyatini qadrlaydi,&raquo; &#8211; dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova. &laquo;Yangi loyiha orqali mamlakat Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan &laquo;Markaziy Osiyoda barqaror landshaftlarni tiklash&raquo; (RESILAND CA+) dasturiga qo\u2018shiladi. Dastur Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O\u2018zbekistonning shahar-qishloqlarida iqlim o\u2018zgarishiga chidamlilikni oshirishga qaratilgan. RESILAND loyihasi doirasidagi mintaqaviy hamkorlik O\u2018zbekistonga transchegaraviy hududlarda o\u2018rmon va degradatsiyaga uchragan yerlarni qayta tiklashga yordam beradi.&raquo;<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"aligncenter size-large wp-image-4683\" src=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1642-1024x684.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"684\" srcset=\"https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1642-1024x684.jpg 1024w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1642-300x200.jpg 300w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1642-768x513.jpg 768w, https:\/\/invexi.org\/wp-content\/uploads\/2025\/04\/DSC-1642.jpg 1198w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Loyihani, shu jumladan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o\u2018zgarishi vazirligi huzuridagi O\u2018rmon xo\u2018jaligi agentligi mas\u2019ul hisoblanadi:<\/strong><\/span><\/p>\n<ul>\n<li dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Mamlakatning oltita mintaqasida daraxtlardan foydalangan holda degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash ishlarini olib borish (agroo\u2018rmonchilik, o\u2018rmon plantatsiyalari, mevali bog\u2018lar, o\u2018rmon-yaylov tizimlari). Ushbu faoliyat, shuningdek, o\u2018rmonlarni tiklash va ko\u2018kalamzorlashtirish kabi landshaftlarni tiklash tadbirlariga jalb qilingan mahalliy aholi uchun qisqa muddatli ish o\u2018rinlarini yaratadi.<\/strong><\/span><\/li>\n<li dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Tabiiy resurslardan yanada samarali foydalanishga asoslangan kichik va o\u2018rta biznesni rivojlantirish uchun fermerlarga moliyaviy yordam va tadbirkorlik treninglarini taqdim etiladi.<\/strong><\/span><\/li>\n<li dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o\u2018rmon qo\u2018riqxonalarini boshqarishni yaxshilash, shuningdek, oltita hududda barqaror ekoturizmni rivojlantirish. Loyiha doirasida qo\u2018riqlanadigan tabiiy hududlar va o\u2018rmon qo\u2018riqxonalarida turizm markazlari, ma\u2019muriy obyektlar, kempinglar, piknik zonalari, turistik marshrutlar va boshqa ko\u2018ngilochar maskanlarni o\u2018z ichiga olgan zarur infratuzilmani yaratilishini moliyalashtiriladi.<\/strong><\/span><\/li>\n<li dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>O\u2018zbekistonning o\u2018rmonzorlar bo\u2018yicha ilk ma\u2019lumotlar bazasini ishlab chiqish va O\u2018rmon xo\u2018jaligi agentligi uchun axborot-kommunikatsiya platformasini yaratadi. Bu agentlikni modernizatsiya qilish va uning samaradorligini oshirish imkonini beradi.<\/strong><\/span><\/li>\n<\/ul>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Loyiha taqdimoti davomida Toshkent yaqinida joylashgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o\u2018zgarishini o\u2018rganish Oliygohi (Green University) va O\u2018rmon xo\u2018jaligi agentligi huzuridagi loyihani amalga oshirish guruhi o\u2018rtasida o\u2018zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bitim doirasida Oliygohda o\u2018rmon xo\u2018jaligining ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy jihatlarini qamrab olgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish uchun loyiha mablag\u2018lari hisobidan grant ajratish ko\u2018zda tutilgan.<\/strong><\/span><\/p>\n<p dir=\"auto\"><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Manba: <a href=\"https:\/\/telegra.ph\/Ozbekiston-hukumati-va-Jahon-banki-ormonlar-hamda-degradatsiyaga-uchragan-yerlarni-tiklash-loyihasiga-start-berdi-04-05\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Jahon banki<\/a><\/strong><\/span><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki &laquo;O\u2018zbekistonda barqaror landshaftlarni tiklash&raquo; loyihasini amalga oshirish uchun $153 \u043c\u043b\u043d. miqdorida imtiyozli kredit va grantlar ajratiladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4685,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4680","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4680","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4680"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4680\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4689,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4680\/revisions\/4689"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4685"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4680"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4680"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4680"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}