{"id":4707,"date":"2025-04-18T21:33:39","date_gmt":"2025-04-18T16:33:39","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4707"},"modified":"2025-04-19T15:46:40","modified_gmt":"2025-04-19T10:46:40","slug":"measures-on-ensuring-economic-stability-discussed","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/measures-on-ensuring-economic-stability-discussed\/","title":{"rendered":"Iqtisodiy barqarorlikni ta\u2019minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta\u2019sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotining ajralmas qismi. Oqilona tashqi siyosat va qulay investitsiyaviy muhit natijasida tadbirkorlarimizga yangi bozorlar ochilmoqda, mahsulotlar turi ko\u2018paymoqda.<\/p>\n<p>Garvard universitetining tahliliga ko\u2018ra, oxirgi besh yilda \u201ciqtisodiy murakkablik indeksi\u201dda O\u2018zbekistonning o\u2018rni 25 pog\u2018ona yaxshilangan. 162 turdagi milliy mahsulotlarimiz \u201cdunyo bozorida raqobat ustunligiga ega\u201d, deb baholangan.<\/p>\n<p>Bularning natijasida oxirgi yillarda mamlakatimiz eksporti 2,2 barobar oshdi. Tashqi savdo aylanmasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 57 foizga yetdi. Bu \u2013 iqtisodiyotimiz tashqi bozorlarga qanchalik bog\u2018liq ekanini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Lekin hozir dunyo avvalgidek emas. O\u2018zgaruvchan munosabatlar, turli tarif va cheklovlar boshqa davlatlarga ham zanjirli ta\u2019sir ko\u2018rsatib, jahon iqtisodiyotining sekinlashishi va xalqaro savdo kamayishiga olib kelayapti.<\/p>\n<p>Masalan, uch-to\u2018rt kun ichida xalqaro moliya bozorlarida 10 trillion dollar yo\u2018qotildi. Yuqori tariflar oqibatida xalqaro savdo hajmi 3,5 trillion dollarga qisqarib, dunyodagi inflyatsiya darajasi 7,5-8 foizga ko\u2018tarilishi prognoz qilinmoqda.<\/p>\n<p>Eng katta xavf \u2013 pandemiya davridagidek dunyo bo\u2018ylab ta\u2019minot va qiymat yaratish zanjirlarida uzilishlar paydo bo\u2018lishidadir. Ayniqsa, bunday holat jahon eksportida yuqori ulushga ega to\u2018qimachilik, elektr texnikasi, avtomobilsozlik, oziq-ovqat sanoati kabi yetakchi tarmoqlarga katta zarba berishi mumkin. Oqibatda raqobat yanada qiyin va ayovsiz bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Prezident bunday sharoitda faqat o\u2018z kuchimiz va ichki imkoniyatlarimizga tayanib, dadil qadam tashlash kerakligini ta\u2019kidladi. Har bir vazirlik, tarmoq va hudud rahbarlari aniq-aniq reja qilib, ishlab chiqarish, eksport bilan shaxsan shug\u2018ullanishi shartligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Buning uchun davlat tomonidan zarur huquqiy, tashkiliy va amaliy choralar ko\u2018riladi. Shu maqsadda yaqinda 3 mingdan ziyod tadbirkorlar bilan uchrashilib, muammolari o\u2018rganilgan. Eng ko\u2018p masala standart va sertifikatsiya tizimiga oid bo\u2018lgan.<\/p>\n<p>Yurtimizdagi 25 mingdan ortiq standart, 41 ta texnik reglament xalqaro bozor talablariga mos kelmaydi. Bu eskirgan talablar va byurokratiya tadbirkorlarning \u201cqo\u2018lini bog\u2018layapti\u201d, korrupsiyani keltirib chiqarayapti. Ustma-ust sertifikatlash amaliyoti haligacha davom etayotgani sababli odamlar sarson bo\u2018layapti.<\/p>\n<p>Investorlar bizdagi ko\u2018p laboratoriyalar talabga javob bermasligini, rivojlangan davlatlar standartlari esa tan olinmayotganini aytayapti. Yoki aksincha, bizdagi laboratoriyalarning xulosasi chet ellarda tan olinmaydi. Shu bois eksportchilar sertifikat olish uchun xorijiy davlatlarga namuna jo\u2018natayapti.<\/p>\n<p>Hozirgi tizimda sertifikatlash organlari bozor nazoratini ham olib boradi, bu esa manfaatlar to\u2018qnashuviga olib kelayapti.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda shu kabi mummolar tahlili hamda ishbilarmonlarning takliflari asosida, tadbirkorlik faoliyatini rag\u2018batlantirish, savdo va sanoat siyosati samaradorligini oshirish to\u2018g\u2018risida Prezident farmoni imzolangani e\u2019lon qilindi.\u00a0<\/p>\n<p>Ushbu farmonda texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, karantin idoralarining mahsulotga xulosa berish vakolatlari aniq belgilab qo\u2018yildi. Takrorlanuvchi va ustma-ust tartiblar bosqichma-bosqich bekor qilinadi.<\/p>\n<p>Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi nazorati bilan faqat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo\u2018mitasi shug\u2018ullanadi. Oziq-ovqat uchun texnik reglamentlar va standartlar majburiyligi bekor qilinadi. Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo\u2018yicha sanitariya qoidalari va normalari xalqaro standartlar tizimi \u2013 \u201cKodeks Alimentarius\u201dga muvofiqlashtiradi. Shuningdek, xavf darajasi yuqori bo\u2018lgan 7 ta tovar guruhidagi mahsulotlarni davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazish amaliyoti bekor qilinadi.<\/p>\n<p>Sertifikat olish majburiy bo\u2018lgan tovarlar ro\u2018yxati qisqartirilib, mahsulot muvofiqligini deklaratsiyalash amaliyoti joriy qilinadi. Asbob-uskuna, xomashyo, maxsus texnika, transport importida yurtimizda tan olinadigan xorijiy sifat va nazorat tizimlari mezonlari ishlab chiqiladi. Ularning importida milliy sertifikat olish talab qilinmaydi.<\/p>\n<p>Ushbu tartiblarni o\u2018z ichiga olgan \u201cBozor nazorati to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunni qabul qilish zarurati qayd etildi.<\/p>\n<p>Standartlashtirish, sanitariya-epidemiologiya va karantin sohalarida kadrlar tayyorlash sifatini oshirish kerakligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda mahalliy korxonalarga yo\u2018l ochib, ishlab chiqarishni va eksportni ko\u2018paytirish masalalariga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Yuqorida qayd etilgan farmonga asosan, endi chetdan olib kelinayotgan mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to\u2018liq xalqaro qoidalarga moslashtiriladi.<\/p>\n<p>Shu paytgacha qimmat bozorlarda talab yuqori bo\u2018lgan ayrim tovarlar eksportiga cheklov qo\u2018yilgan edi. Endi, 1 iyuldan boshlab, birorta tovarning eksportiga cheklov bo\u2018lmaydi. Faqat 86 ta tovar guruhiga kiruvchi xomashyo va ijtimoiy ahamiyati yuqori mahsulotlarga nisbatan eksport bojlari joriy qilinadi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda mahalliy sanoatda qandolat va salqin ichimliklarning o\u2018rni oshdi. Bu tarmoqlarni qo\u2018llab-quvvatlash ham muhim. Shu bois shakarga aksiz bekor qilinadi. Quruq sut importiga qo\u2018yilgan cheklovlar ham olib tashlanadi.<\/p>\n<p>Buning natijasida qariyb 40 ming odam ishlaydigan qandolat va salqin ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalarning yillik aylanmasi kamida 50 trillion so\u2018mga yetadi.<\/p>\n<p>Joylarda mahalliy kengashlar yer solig\u2018i va ijara to\u2018lovlariga 2 barobargacha oshiruvchi koeffitsiyent belgilamoqda. Lekin buning biznesga ta\u2019sirini o\u2018rganib, tadbirkorlarning imkoniyatidan kelib chiqish kerakligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Aksincha, ularga yuklamani kamaytirib, faoliyati kengaytirilsa, tushum ko\u2018payadi. Endi tadbirkorlarga ham ushbu soliqlarni yilda ikkiga bo\u2018lib to\u2018lashga ruxsat beriladi.\u00a0<\/p>\n<p>Mutasaddilarga olimlar va tadbirkorlarni jalb qilib, soliq-bojxona siyosati va ma\u2019murchiligini yangi bosqichga ko\u2018tarish bo\u2018yicha takliflar kiritish topshirildi.<\/p>\n<p>Bosh vazir va uning o\u2018rinbosarlari, vazirlar hamda hokimlar ishlab chiqaruvchi va eksportchilar bilan doimiy muloqotda bo\u2018lishi, hech bir murojaat chetda qolmasdan, tezda hal etilishi zarurligi\u00a0ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8067\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">President.uz<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 18-aprel kuni dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy tebranishlarning soha va tarmoqlarga ta\u2019sirini kamaytirish chora-tadbirlari muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4711,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4707","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4707","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4707"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4707\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4713,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4707\/revisions\/4713"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4711"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4707"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4707"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4707"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}