{"id":4770,"date":"2025-04-24T14:05:01","date_gmt":"2025-04-24T09:05:01","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4770"},"modified":"2025-04-24T14:06:05","modified_gmt":"2025-04-24T09:06:05","slug":"the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-0-percent-per-annum","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-central-bank-of-uzbekistan-decided-to-keep-the-policy-rate-unchanged-at-14-0-percent-per-annum\/","title":{"rendered":"Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14,0 foiz darajasida saqlab qoldi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<h1 class=\"heading_border \">O&#8217;zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 24-apreldagi yig\u2018ilishida asosiy stavkani yillik 14,0 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/h1>\n<article class=\"mainart\">\n<p><i>So\u2018nggi oylarda shakllangan umumiy va bazaviy inflyatsiya ko\u2018rsatkichlari inflyatsion jarayonlar va vaziyatning muallaq holatda qolayotganini ko\u2018rsatmoqda. Yalpi talab va taklif o\u2018rtasidagi nomutanosibliklar hamda tashqi noaniqliklarning kuchayib borishi bilan bog\u2018liq xatarlar pul-kredit sharoitlarini nisbatan qat\u2019iy, joriy darajasida saqlab qolishni taqozo etmoqda.<\/i><\/p>\n<p><i>Ushbu qaror inflyatsiya ko\u2018rsatkichlari va kutilmalarini barqaror pasayish trendiga qaytarishga va o\u2018rta muddatli istiqbolda 5 foizlik targetga erishish uchun yetarli sharoit yaratishga xizmat qiladi.<\/i><\/p>\n<p>Yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasi o\u2018suvchi trendga o\u2018tib, mart oyida yillik 10,3 foizni tashkil etdi. Ayni paytda, bazaviy inflyatsiya ham tezlashishda davom etib, yillik 8,1 foizga yetdi. Bu, o\u2018z navbatida, narxlarga taklif omillari bilan bir qatorda talab omillari ham oshiruvchi ta\u2019sir ko\u2018rsatayotganini aks ettirmoqda.<\/p>\n<p>Yoqilg\u2018i va energiya ta\u2019minoti yaxshilanishi hamda almashuv kursining nisbatan barqaror shakllanishi ta\u2019sirida aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari mart oyida pasaygan bo\u2018lsa-da, joriy inflyatsiya ko\u2018rsatkichlaridan yuqori darajada qolmoqda.<\/p>\n<p>2024-yildagi energiya narxlari erkinlashtirilishining birlamchi ta\u2019siri II chorak yakunida tugab, umumiy inflyatsiya uchun pasaytiruvchi ta\u2019sirga ega bo\u2018ladi. Bundan tashqari, xalqaro savdo sharoitlarining yomonlashishi global iste\u2019mol narxlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi va tashqi inflyatsion bosimlarning kuchayishi xavfini oshirmoqda.<\/p>\n<p>Yangilangan prognozlarga ko\u2018ra, 2025-yil yakuniga qadar umumiy inflyatsiya ko\u2018rsatkichi 7-8 foizlik prognoz koridorining yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllanishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Birinchi chorakda yalpi iste\u2019mol va investitsion faollikning oshishi hisobiga iqtisodiy o\u2018sish 6,8 foizgacha tezlashdi. Transchegaraviy pul o\u2018tkazmalari hajmining yuqori o\u2018sishi hamda kreditlash sur\u2019atlarining tezlashishi ham yalpi talabni qo\u2018llab-quvvatlamoqda.<\/p>\n<p>2025-yilda yuqori iqtisodiy faollik hisobiga yalpi ichki mahsulot o\u2018sishi tendensiyasi davom etib, yil yakunida 6 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda. Bunda xususiy investitsiyalar iqtisodiy o\u2018sishni qo\u2018llab-quvvatlovchi omil bo\u2018lib, tovar va xizmatlar taklifining ortishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>2025-yil boshidan asosiy savdo hamkorlar valyuta kurslarining mustahkamlanishi hamda so\u2018m almashuv kursining savdo hamkor davlatlar valyuta kurslariga nisbatan barqarorligi fonida real samarali almashuv kursi o\u2018zining o\u2018rta muddatli trendi doirasida shakllanmoqda.<\/p>\n<p>Pul-kredit sharoitlari joriy qat\u2019iylik darajasining saqlab qolinishi kelgusida kreditlash hajmi o\u2018sishining mo\u2018tadillashuvi va depozitlarning yuqori o\u2018sish sur\u2019atlari davom etishini ta\u2019minlab yalpi talabni muvozanatlashtiruvchi va monetar omillarning inflyatsiyaga ta\u2019sirini kamaytiruvchi xususiyatga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olib, o\u2018rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta\u2019minlash maqsadida Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani o\u2018zgarishsiz, 14,0 foiz darajasida qoldirish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/p>\n<p>Markaziy bank tomonidan o\u2018rta muddatli istiqbolda inflyatsiyaning 5 foizlik maqsadli darajasigacha pasayishiga erishish maqsadida pul-kredit sharoitlarini yetarli darajada qat\u2019iyligi ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p>May oyida kutilayotgan energiya narxlari erkinlashtirilishining navbatdagi bosqichi inflyatsiya va inflyatsion kutilmalarga ikkilamchi ta\u2019sirlaridan kelib chiqqan holda pul-kredit sharoitlari qayta ko\u2018rib chiqilishi mumkin.<\/p>\n<p><i>Asosiy stavkani ko\u2018rib chiqish bo\u2018yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig\u2018ilishi 2025-yil 12-iyun kuniga belgilangan.<\/i><\/p>\n<\/article>\n<div class=\"clearfix\">Manba: <a href=\"https:\/\/cbu.uz\/uz\/monetary-policy\/publications\/press-releases\/2361022\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Markaziy banki<\/a><\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14,0 foiz darajasida saqlab qolish to\u2018g\u2018risida qaror qabul qildi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2963,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4770","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4770","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4770"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4770\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4775,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4770\/revisions\/4775"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2963"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4770"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4770"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4770"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}