{"id":4837,"date":"2025-05-16T20:01:50","date_gmt":"2025-05-16T15:01:50","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4837"},"modified":"2025-05-17T07:00:50","modified_gmt":"2025-05-17T02:00:50","slug":"the-world-bank-approved-a-100-million-concessional-credit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/the-world-bank-approved-a-100-million-concessional-credit\/","title":{"rendered":"Jahon banki O\u2018zbekistonga $100 millionn miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma\u2019qulladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"supergrid parbase section\">\n<div class=\"full-row-news-content-banner\">\n<div class=\"container\">\n<div class=\"\">\n<div class=\"par parsys\">\n<div class=\"gridlayout parbase section\">\n<div class=\"row \">\n<div class=\"col-md-12 col-xs-12  colsplit 2\">\n<div class=\"  \">\n<div class=\"grid_12_par_0 parsys\">\n<div class=\"remove-padding-grid\">\n<div class=\"redesign_title_meta parbase section\">\n<div class=\"lp__heading\">\n<h1 class=\"h1\">O\u2018zbekiston Jahon banki ko\u2018magida taqsimlash elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishga sarmoya kiritmoqda<\/h1>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"supergrid parbase section\">\n<div class=\"full-row-white-components\">\n<div class=\"container\">\n<div class=\"\">\n<div class=\"par parsys\">\n<div class=\"gridlayout parbase section\">\n<div class=\"row \">\n<div class=\"col-md-2 col-sm-12 col-lg-2 col-xs-12 colsplit 2\">\n<div class=\"  \">\n<div class=\"grid_2_par_0 parsys\">\n<div class=\"remove-padding-grid\">\u00a0<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"col-md-7 col-sm-12 col-lg-7 col-xs-12 colsplit 2\">\n<div class=\"  \">\n<div class=\"grid_7_par_1 parsys\">\n<div class=\"remove-padding-grid\">\n<div class=\"c02v2_multimedia section\"><strong>VASHINGTON, 2025-yil, 15-may<\/strong><\/div>\n<div class=\"c02v2_multimedia section\"><strong>Jahon banki Ijrochi direktorlar kengashi O\u2018zbekistonga\u00a0<a href=\"https:\/\/projects.worldbank.org\/en\/projects-operations\/project-detail\/P504630\">qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taqsimlash elektr tarmoqlariga integratsiya qilish va mamlakatning ustuvor hududlarida elektr ta\u2019minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan dasturni<\/a>\u00a0amalga oshirish uchun 100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma\u2019qulladi.<\/strong><\/div>\n<div class=\"redesign_static_content section\">\n<section>\n<article class=\"lp__body_content section   \">\n<p>Dasturni amalga oshirish uchun \u201cHududiy elektr tarmoqlari\u201d AJ (\u201cHET\u201d AJ) o\u2018z mablag\u2018lari hisobidan qo\u2018shimcha 50 mln dollar ajratadi. Jahon banki O\u2018zbekistondagi faoliyati tarixida birinchi marta ushbu operatsiyani moliyalashtirish uchun\u00a0<a href=\"https:\/\/www.facebook.com\/WorldBankUzbekistan\/posts\/pfbid0rWuzrqbYaXqCwhxG3VzjXYr4jz8592MNyfgoTbn5SGxFKjJaUhZ78xzx9YrVxLn4l\">\u201cnatijaga yo\u2018naltirilgan dastur\u201d (Program-for-Results, PforR)<\/a>\u00a0deb nomlangan vositadan foydalanayotganini ta\u2019kidlash lozim. Ushbu vosita Bankning mijozlari bo\u2018lgan mamlakatlardagi eng muhim davlat dasturlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston energetika tizimi jiddiy muammolarga duch kelmoqda. 2024-yil holatiga ko\u2018ra, elektr energiyasini taqsimlashda texnik yo\u2018qotishlar taxminan 13 foizni tashkil etadi. Asosiy sabab \u2013 eskirgan va yuklamasi oshib ketgan infratuzilma. Taqsimlash tarmoqlari obyektlarining 50 foizdan ortig\u2018i 30 yildan ortiq ekspluatatsiya qilinmoqda, bu ularning normativ xizmat muddatidan ancha ko\u2018proq bo\u2018lib, avariyalar va elektr ta\u2019minotidagi uzilishlarga olib keladi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektroenergiya ishlab chiqarish hajmini 25 gigavattga (GVt) yetkazishni rejalashtirmoqda. Biroq, taqsimlash tarmoqlarini zudlik bilan modernizatsiya qilmasdan, qayta tiklanadigan energiyaning yangi yetkazib beruvchilarini ushbu tarmoqlarga ulash imkoni bo\u2018lmay qoladi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, O\u2018zbekistonning energetika sektori katta tijorat yo\u2018qotishlari, shu jumladan ko\u2018rsatilgan xizmatlar uchun qarzlar tufayli norentabel bo\u2018lib qolmoqda. Bu davlat byudjetiga jiddiy bosim o\u2018tkazmoqda. Moliyaviy barqarorlikni oshirish uchun taqsimot tizimining operatsion va moliyaviy modellari isloh qilinmoqda. Bundan maqsad \u2013 rentabellikni oshirish va energiya tarmoqlari infratuzilmasini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarni jalb qilish.<\/p>\n<p><strong>\u201cJahon banki tomonidan taqdim etilayotgan moliyalashtirish 2030-yilgacha O\u2018zbekistonning taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish va kengaytirish bo\u2018yicha davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo\u2018shish imkonini beradi. Hisob-kitoblarga ko\u2018ra, davlat dasturi doirasida jalb etilishi lozim bo\u2018lgan investitsiyalarning umumiy hajmi qariyb 3 milliard dollarni tashkil etadi. Umid qilamizki, mamlakatning boshqa xalqaro hamkorlari va xususiy investorlar ham bizdan o\u2018rnak olib, \u201cHududiy elektr tarmoqlari\u201d AJning energetika tarmog\u2018ini rivojlantirish borasidagi sa\u2019y-harakatlarini qo\u2018llab-quvvatlaydilar\u201d, \u2013 deya ta\u2019kidladi\u00a0Jahon bankining Markaziy Osiyo bo\u2018yicha direktori Tatyana Proskuryakova.<\/strong><\/p>\n<p>Jahon banki va \u201cHET\u201d AJ tomonidan birgalikda moliyalashtiriladigan yangi dastur doirasida 150 million dollarni o\u2018zlashtirish rejalashtirilgan. \u201cHET\u201d AJ kelgusi besh yil ichida ushbu mablag\u2018larni muhim taqsimlash infratuzilmasini rivojlantirishga investitsiya qilishi mumkin. Dasturiy chora-tadbirlarning amalga oshirilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalarining taqsimlash tarmoqlariga integratsiyalashuviga ko\u2018maklashadi hamda ustuvor hududlarda, shu jumladan Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va Surxondaryo viloyatida elektr ta\u2019minotining ishonchli bo\u2018lishini ta\u2019minlaydi.<\/p>\n<p>Dastur doirasidagi asosiy chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:<\/p>\n<ul>\n<li>6 000 km uzunlikdagi past kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish va modernizatsiya qilish;<\/li>\n<li>umumiy quvvati 250 megavolt-amper (MVA) bo\u2018lgan 1 200 ta taqsimlash transformatorini almashtirish va o\u2018rnatish;<\/li>\n<li>\u201cHET\u201d AJ tarmoqlarida elektr energiyasining tijorat yo\u2018qotishlarini kamaytirishga yordam beradigan 150 000 ta \u201caqlli\u201d hisoblagichlarni ulash;<\/li>\n<li>taqsimlash tarmoqlari faoliyatini avtomatlashtirish va raqamlashtirishni ta\u2019minlash uchun 4 000 ta ma\u2019lumotlar konsentratorini o\u2018rnatish, bu ularni zamonaviy va samarali tizimga aylantiradi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Bundan tashqari, dastur \u201cHET\u201d AJning operatsion faoliyati va moliyaviy barqarorligini yaxshilashga investitsiyalarni ko\u2018zda tutgan, xususan:<\/p>\n<ul>\n<li>\u201cHET\u201d AJ taqsimlash tizimini rejalashtirishning yangi metodologiyasini, qayta tiklanuvchi energiyaning yangi yetkazib beruvchilarini taqsimlash tarmoqlariga ulashning operatsion tartib-taomillari va jarayonlarini ishlab chiqish;<\/li>\n<li>moliyaviy faoliyatni yanada samarali rejalashtirish orqali \u201cHET\u201d AJning daromadlilik ko\u2018rsatkichlarini yaxshilash;<\/li>\n<li>\u201cHET\u201d AJning korporativ boshqaruv tizimini, shu jumladan buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvini modernizatsiya qilish.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Dastur 2029-yilga kelib quyidagi natijalarga erishishi kutilmoqda:<\/p>\n<ul>\n<li>Mijozlarning \u201cHET\u201d AJ xizmatlari sifatidan qoniqish darajasini 90 foizga yetkazish;<\/li>\n<li>kichik va o\u2018rta korxonalar, shuningdek, uy xo\u2018jaliklari tomonidan ishlab chiqariladigan 50 megavattgacha (MVt) energiyani qabul qilish uchun taqsimlash tarmoqlari quvvatini oshirish;<\/li>\n<li>issiqxona gazlari chiqindilarini yiliga 450 000 tonna karbonat angidrid gazigacha qisqartirish;<\/li>\n<li>\u201cHET\u201d AJda texnik va boshqaruv lavozimlaridagi ayollar ulushini 9 foizdan (2025-yilda) 14 foizgacha oshirish.<\/li>\n<\/ul>\n<\/article>\n<\/section>\n<div class=\"clearfix\">\u00a0<\/div>\n<\/div>\n<hr aria-hidden=\"true\" \/>\n<div class=\"press_release_no section\">\n<div class=\"lp__pressrelease\"><span class=\"lp__pressrelease_title\">Manba: <a href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/uz\/news\/press-release\/2025\/05\/15\/uzbekistan-to-invest-in-modernizing-electricity-distribution-networks-with-world-bank-support\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">JAHON BANKI, PRESS RELEASE NO:<span class=\"lp__pressrelease_number\">\u00a02025\/ECA\/101<\/span><\/a><\/span><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Jahon banki O\u2018zbekistonga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini taqsimlashga qaratilgan dasturni amalga oshirish uchun $100 mln dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma\u2019qulladi<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4065,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4837","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4837","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4837"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4837\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4840,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4837\/revisions\/4840"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4065"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4837"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4837"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4837"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}