{"id":4913,"date":"2025-06-12T12:39:52","date_gmt":"2025-06-12T07:39:52","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4913"},"modified":"2025-06-20T12:55:50","modified_gmt":"2025-06-20T07:55:50","slug":"address-by-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-shavkat-mirziyoyev-at-the-meeting-of-the-foreign-investors-council","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/address-by-the-president-of-the-republic-of-uzbekistan-shavkat-mirziyoyev-at-the-meeting-of-the-foreign-investors-council\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorijiy investorlar kengashi majlisidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Hurmatli yig\u2018ilish ishtirokchilari!<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Hurmatli Odil Reno-Basso xonim!<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig\u2018ilishida sizlar bilan uchrashib turganimdan behad xursandman.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Biz kecha Xalqaro investitsiya forumida iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish masalalarini, strategik ahamiyatga ega bo\u2018lgan yo\u2018nalishlarni atroflicha muhokama qildik.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bugun esa sizlar bilan tajriba almashish, aniq loyihalaringizni amalga oshirish, yangi tashabbus va takliflar bo\u2018yicha yaqindan maslahatlashib olamiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunday formatdagi do\u2018stona muloqotlarimiz o\u2018zining amaliy natijadorligi, yangi-yangi loyihalarni ro\u2018yobga chiqarishga qo\u2018shayotgan beqiyos hissasi bilan alohida ajralib turadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Avvalgi uchrashuvlarimiz o\u2018z samarasini bera boshladi. Shu o\u2018rinda ayrim misollarni keltirib o\u2018tmoqchiman.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xalqaro moliya tashkilotlari bilan mutlaqo yangicha ishlashga o\u2018tib, aniq natijaga qaratilgan samarali hamkorlik tizimini joriy etdik. Xususan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o\u2018tgan yili O\u2018zbekistonga rekord miqdorda \u2013 1 milliard dollarga yaqin investitsiya kiritdi. Mamlakatimiz ushbu bankning mintaqadagi eng yirik hamkoriga aylandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunday yutuqlarimizda Reno-Basso xonimning ulkan hissasi borligini, albatta, yaxshi bilamiz va yuksak qadrlaymiz. Yana bir bor sizga o\u2018z minnatdorligimni bildiraman.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shuningdek, xalqaro moliya tashkilotlarining xususiy sektor bilan hamkorligi keskin kuchayib, ular bir qator ilg\u2018or korxonalarga to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri investitsiyalar kiritishdi. Jumladan, bir yil davomida ularning xususiy kompaniya va banklar bilan qo\u2018shma loyihalari hajmi 1 milliard dollardan ortdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yana bir yo\u2018nalish. Bugun bu uchrashuvda qatnashayotgan kompaniyalar \u201cyashil\u201d energiya, chiqindilarni qayta ishlash, elektr energiyasini saqlash, \u201cyashil\u201d vodorod ishlab chiqarish kabi ilg\u2018or sohalarda yangi loyihalarni boshlaganini alohida ta\u2019kidlamoqchiman.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu borada \u201cAcwa Power\u201d, \u201cMasdar\u201d, \u201cLinde\u201d, \u201cShanghai Environment\u201d, \u201cTotal Energies\u201d singari yetakchi kompaniyalar 8 milliard dollardan ziyod investitsiya kiritib, \u201cyashil\u201d iqtisodiyotni rivojlantirishga katta hissa qo\u2018shmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Raqamli texnologiyalar sohasida ham dunyo tan olgan nufuzli kompaniyalar yurtimizga jadal kirib kelmoqda. Ayniqsa, \u201cDataVolt\u201d kompaniyasi mintaqadagi eng yirik \u201cyashil data markaz\u201dni, \u201cVeon\u201d kompaniyasi sun\u2019iy intellektga asoslangan \u201cmobil super-ilova\u201dni yaratish bo\u2018yicha loyihalarni boshlagani bizni juda quvontiradi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Hech shubhasiz, bunday loyihalar kelajakning mustahkam poydevori bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunday misollarni ko\u2018plab keltirishimiz mumkin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Buni xorijiy investorlarning islohotlarimizga bo\u2018lgan yuksak ishonchi, ochiqlik siyosatimizning yaqqol misoli, deb bilaman.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kengashimiz a\u2019zolari bo\u2018lgan Xalqaro moliya korporatsiyasi, \u201cErnst &amp; Young\u201d,\u00a0\u00a0\u201cDentons\u201d, \u201cKnauf\u201d, \u201cTBC\u201d kabi kompaniyalar milliy qonunchilikni xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish bo\u2018yicha qator takliflar berdi. Sizlarning yangi tashabbus va g\u2018oyalaringiz 10 dan ortiq qonun, farmon va qarorlarimizda o\u2018z aksini topdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Umuman olganda, yurtimizda ishlayotgan investorlarning faolligi oshib, so\u2018nggi ikki yilda chet el kapitali ishtirokidagi 5,5 mingta yangi korxona tashkil etildi. Ularning umumiy soni 16 mingtaga yetdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Hurmatli do\u2018stlar!<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Biz bugungi uchrashuvga mutlaqo boshqacha tayyorgarlik ko\u2018rdik. Xorijiy korxonalar bilan birma-bir gaplashib, bildirilgan 40 dan ziyod tashabbuslarni saralab oldik. Jumladan, sarmoyadorlar soliq qonunchiligi barqarorligini ta\u2019minlash, to\u2018g\u2018ridan to\u2018g\u2018ri amal qiladigan qonunlarni ko\u2018paytirish, infratuzilma sohalarida xususiy sektor ulushini oshirish bo\u2018yicha takliflarni berdilar.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Biz ularning barchasini albatta inobatga olamiz va Kengash a\u2019zolari bilan har bir taklif ustida jiddiy ishlayapmiz. Masalan, 2028-yilga qadar biznes uchun asosiy soliq stavkalari o\u2018zgarmasligini e\u2019lon qildik. Joriy yilda yo\u2018l, transport, energiya, suv, irrigatsiya sohalarida qariyb 4,5 milliard dollarlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarini boshladik. Xalqaro moliya hisobotlari standartlariga o\u2018tish hamda ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruvni joriy etish bo\u2018yicha normativ huquqiy hujjatlar ishlab chiqilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ko\u2018p murojaatlar elektr tarmoqlariga ulanish bo\u2018yicha kelib tushdi. Bunda, albatta, eng ilg\u2018or xorijiy tajribadan foydalanishimiz shart va zarur. Shuning uchun bu borada Kengashimiz qoshida alohida ishchi guruh tuzib, aniq mexanizmlarni ishlab chiqishni taklif qilaman.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tushgan takliflardan kelib chiqib, garov to\u2018g\u2018risidagi qonunchilikni takomillashtirish, xorijiy kompaniyalar uchun professional kadrlarni tayyorlash, mahalliy kompaniyalarda korporativ boshqaruvni yaxshilash, soliq ma\u2019murchiligi bo\u2018yicha qo\u2018shimcha ishchi guruhlar tashkil etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018tgan yig\u2018ilishimizda kun tartibidagi eng dolzarb yo\u2018nalishlarda \u2013 raqamlashtirish, mas\u2019uliyatli biznes yuritish va muqobil investitsiya bo\u2018yicha ishchi guruhlar tuzib olgan edik. Bugun ularning taqdimotlari bilan tanishamiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yana bir muhim masala. Oxirgi bir yilda Kengashimiz ishi keskin faollashdi. Shu bilan birga, Kengash kotibiyati nafaqat investitsiya vazirligi bilan, balki boshqa vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilot va investorlar bilan ham bevosita ishlayapti. Shuning uchun Kotibiyatning mustaqilligini oshirib, uni alohida yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etsak, maqsadga muvofiq bo\u2018lar edi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu masala bo\u2018yicha ham sizlarning fikrlaringizni bilmoqchi edim.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bugun bo\u2018lib o\u2018tgan sermahsul muloqotlarimizdan juda mamnunman. Ochig\u2018ini aytganda, sizlardan mana shunday jo\u2018shqin va amaliy fikrlarni kutgan edim.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Har bir taklif va mulohaza batafsil ko\u2018rib chiqiladi. Hukumatimiz tomonidan alohida \u201cyo\u2018l xaritasi\u201d qabul qilinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em><strong>Yana bir bor ta\u2019kidlamoqchiman: biz investorlar uchun ochiq, erkin, barqaror va ishonchli mamlakat \u2013 Yangi O\u2018zbekistonni barpo etmoqdamiz.<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu yo\u2018lda boshlagan va ortga qaytmas tus olgan islohotlarimizni bundan buyon ham izchil davom ettiramiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sizlarni yurtimizga shunchaki sarmoya kiritishga emas, balki muvaffaqiyatimiz tarixining chinakam ishtirokchilariga, biz yaratayotgan buyuk kelajakning ajralmas qismiga aylanishga chorlaymiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mushtarak intilish va sa\u2019y-harakatlarimiz orqali har bir loyiha samarali hamkorligimizning yorqin namunasiga aylanishiga ishonamiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Hammangizga bu ezgu yo\u2018lda katta yutuq va yangi omadlar tilayman.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8213\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">President.uz<\/a><\/span><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2025-yil 11-iyun kuni bo\u02bblib o\u02bbtgan Xorijiy investorlar kengashi yig\u02bbilishida O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4915,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4913","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4913","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4913"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4913\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4916,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4913\/revisions\/4916"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4915"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4913"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4913"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4913"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}