{"id":4925,"date":"2025-06-25T12:15:39","date_gmt":"2025-06-25T07:15:39","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=4925"},"modified":"2025-06-25T12:22:44","modified_gmt":"2025-06-25T07:22:44","slug":"world-bank-provides-uzbekistan-with-150-million-concessional-loan-for-small-hydropower-development","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/world-bank-provides-uzbekistan-with-150-million-concessional-loan-for-small-hydropower-development\/","title":{"rendered":"Jahon banki O\u2018zbekistonga kichik gidroenergetika rivojlantirish uchun 150 million dollar imtiyozli kredit ajratadi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<div class=\"supergrid parbase section\">\n<div class=\"full-row-news-content-banner\">\n<div class=\"container\">\n<div class=\"\">\n<div class=\"par parsys\">\n<div class=\"gridlayout parbase section\">\n<div class=\"row \">\n<div class=\"col-md-12 col-xs-12  colsplit 2\">\n<div class=\"  \">\n<div class=\"grid_12_par_0 parsys\">\n<div class=\"remove-padding-grid\">\n<div class=\"redesign_title_meta parbase section\">\n<div class=\"lp__heading\">\n<h1 class=\"h1\">O\u2018zbekiston Jahon banki ko\u2018magida gidroenergetika yordamida elektr energiyasi ishlab chiqarishni ko\u2018paytiradi<\/h1>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<div class=\"supergrid parbase section\">\n<div class=\"full-row-white-components\">\n<div class=\"container\">\n<div class=\"\">\n<div class=\"par parsys\">\n<div class=\"gridlayout parbase section\">\n<div class=\"row \">\n<div class=\"col-md-7 col-sm-12 col-lg-7 col-xs-12 colsplit 2\">\n<div class=\"  \">\n<div class=\"grid_7_par_1 parsys\">\n<div class=\"remove-padding-grid\">\n<div class=\"c02v2_multimedia section\"><strong>VASHINGTON, 2025-yil , 25-iyun <\/strong>\u2013<strong>\u00a0<\/strong>Jahon banki O\u2018zbekistonga kichik gidroenergetika sohasini rivojlantirish va butun mamlakat bo\u2018ylab elektr ta\u2019minoti ishonchliligini oshirishga qaratilgan yangi loyihani amalga oshirish uchun\u00a0<a href=\"https:\/\/projects.worldbank.org\/en\/projects-operations\/project-detail\/P509250\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">150 million dollar miqdorida imtiyozli kredit ajratishni ma\u2019qulladi<\/a>. Loyiha xususiy sektor, jumladan, mahalliy kichik gidroelektr stansiyalari ishlab chiquvchilari va banklar ishtirokida amalga oshiriladi.<\/div>\n<div class=\"redesign_static_content section\">\n<section>\n<article class=\"lp__body_content section   \">\n<p>2030-yilga borib O\u2018zbekistonda elektr energiyasiga bo\u2018lgan talab ikki barobarga oshib, 120 milliard kilovatt-soatdan oshishi kutilmoqda. Mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarishning o\u2018sishiga qaramay, ehtiyojlarning qariyb 10 foizi qondirilmayapti, bu esa elektr ta\u2019minotida uzilishlarga olib kelmoqda, ayniqsa energiya bilan kam ta\u2019minlangan hududlar va qishloq joylarda. Asosiy sabab \u2013 energiyani uzatish va taqsimlash bilan bog\u2018liq muammolar.<\/p>\n<p>Mavjud sug\u2018orish kanallari tarmog\u2018idan foydalanuvchi quvvati 100 kVt dan 5 MVt gacha bo\u2018lgan kichik gidroelektrostansiyalar (KGES) energiya bilan kam ta\u2019minlangan hududlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishni oshirishga qodir. Ular aholi va xususiy sektorni elektr energiyasi bilan ta\u2019minlash ishonchliligini oshirish uchun amaliy yechim bo\u2018lib, O\u2018zbekiston hududlarini rivojlantirishga hissa qo\u2018shishi mumkin.<\/p>\n<p>KGESlar iqtisodiy jihatdan samarali yechim bo\u2018lib, minimal xizmat ko\u2018rsatishni talab qiladi. Ular elektr energiyasini ishlab chiqarish uchun mavjud sug\u2018orish kanallari tarmog\u2018ini ishga solishi mumkin. Ushbu omillar KGESni kichik miqyosda qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarishdan manfaatdor bo\u2018lgan xususiy investorlar uchun jozibador vositaga aylantiradi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston hukumati 3 mingga yaqin KGES qurilishiga sarmoya kiritishni va 2026-yilgacha ularning o\u2018rnatilgan quvvatini 160 MVtga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu 280 ming kishini qo\u2018shimcha elektr energiyasi bilan ta\u2019minlash imkonini beradi,\u201d &#8211; dedi\u00a0<strong>Jahon bankining Markaziy Osiyo bo\u2018yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova<\/strong>. \u201cJahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan va O\u2018zbekiston Energetika vazirligi tomonidan 2025-2030-yillarda amalga oshiriladigan yangi loyiha ushbu maqsadga erishishga yordam beradi. Loyiha O\u2018zbekiston banklari orqali mahalliy KGES ishlab chiquvchilariga o\u2018z faoliyati uchun zarur bo\u2018lgan moliyalashtirishdan foydalanish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, loyiha butun mamlakat bo\u2018ylab gidroenergetika infratuzilmasini kengaytirish uchun qariyb 38 million dollar xususiy investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi\u201d.<\/p>\n<p>Loyiha 2030-yilga borib umumiy o\u2018rnatilgan quvvati 150 MVt gacha bo\u2018lgan KGES qurilishini moliyalashtirish imkonini beradi. Ularda yiliga 520 gigavatt-soatdan ziyod ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, loyiha karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 430 ming tonnagacha qisqartirishga yordam beradi.<\/p>\n<p>Hozirgi kunda loyiha doirasida mamlakatning turli hududlaridagi mavjud sug\u2018orish kanallarida KGES qurish uchun 270 ga yaqin qulay maydonlar oldindan aniqlangan. Ularning aksariyati (93%) 100 dan 1000 kVt gacha quvvat imkoniyatiga ega.<\/p>\n<p>Loyiha doirasida moliyalashtiriladigan KGESlarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi \u201cHududiy elektr tarmoqlari\u201d AJ tomonidan sotib olinadi. U qayta tiklanadigan energiyaning ishonchli manbaiga aylanadi, energiya balansini diversifikatsiya qilish imkonini beradi, energiya bilan kam ta\u2019minlangan hududlar va qishloq joylarda uy xo\u2018jaliklari va xususiy sektorning elektr ta\u2019minotini yaxshilaydi.<\/p>\n<p>Loyiha, shuningdek, yangi ish o\u2018rinlarini yaratish va tegishli tarmoqlarda hamda kichik va o\u2018rta biznesda ishlab chiqarishni rag\u2018batlantirish, KGESlar joylashgan hududlarda iqtisodiy faoliyatni faollashtirish, shuningdek, O\u2018zbekiston hududlarini yanada kengroq rivojlantirishga ko\u2018maklashish uchun katta salohiyatga ega.<\/p>\n<hr \/>\n<h3 class=\"lp__lead_mdtitle\"><a style=\"font-size: 16px;\" href=\"https:\/\/www.worldbank.org\/uz\/news\/press-release\/2025\/06\/25\/uzbekistan-to-enhance-energy-production-through-hydropower-with-world-bank-support\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span class=\"lp__pressrelease_title\">PRESS RELEASE NO:<\/span><span class=\"lp__pressrelease_number\">\u00a02025\/ECA\/109<\/span><\/a><\/h3>\n<\/article>\n<\/section>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Jahon bankidan kichik gidroelektrostansiyalarni qurish va modernizatsiya qilish uchun 150 million dollar oladi, bu esa energiya tizimining barqarorligini oshiradi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":4065,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-4925","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4925","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=4925"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4925\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":4928,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/4925\/revisions\/4928"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/4065"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=4925"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=4925"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=4925"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}