{"id":5061,"date":"2025-09-01T19:56:22","date_gmt":"2025-09-01T14:56:22","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5061"},"modified":"2025-09-02T19:59:18","modified_gmt":"2025-09-02T14:59:18","slug":"president-of-uzbekistan-identifies-priorities-of-deepening-multifaceted-cooperation-in-the-framework-of-sco","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/president-of-uzbekistan-identifies-priorities-of-deepening-multifaceted-cooperation-in-the-framework-of-sco\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston Prezidenti SHHT doirasidagi ko\u2018p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo\u2018nalishlarini ko\u2018rsatib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin raisligida o\u2018tgan tadbirda Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas\u2019ud Pezeshkiyon, Qozog\u2018iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon, shuningdek, SHHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo\u2018mitasi direktori Ularbek Sharsheyev qatnashdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kun tartibiga muvofiq, SHHT doirasidagi ko\u2018p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va tashkilot faoliyatini takomillashtirish istiqbollari muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ochiq fikr almashildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xitoy Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbariga so\u2018z berar ekan, mamlakatimiz yetakchisi va xalqini Mustaqillik kuni bilan qutladi hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O\u2018zbekiston yuksak sur\u2019atda rivojlanib, mamlakatda hayot yaxshilangani va Xitoy tomoni bundan juda mamnunligini alohida ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Prezidentimiz uchrashuv ishtirokchilarini qutlab, Xitoyning SHHTga raisligini yuksak baholadi va Ikkinchi jahon urushidagi Buyuk G\u2018alabaning 80 yilligi bilan tabrikladi, shuningdek, SHHTga a\u2019zo davlatlar delegatsiyalari rahbarlariga O\u2018zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan bildirgan samimiy tabriklari va ezgu tilaklari uchun minnatdorlik izhor etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz yetakchisi ushbu sammit global noaniqlik sharoitida o\u2018tayotganini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ishonchning tizimli inqirozi, mojarolarning kengayib borayotgani, ko\u2018p tomonlama institutlarning zaiflashishi va jahon savdo tizimining parchalanishi xalqaro xavfsizlik va barqarorlik arxitekturasi asoslariga putur yetkazmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Bunday sharoitda SHHT davlatlarining bir-birini o\u2018zaro tushunishi va birdamligi \u2013 bu faqat qimmatli boylik emas, balki bizning bepoyon mintaqamizda tinchlikni saqlashning kalitidir,\u00a0<\/em>\u2013 dedi O\u2018zbekiston yetakchisi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">SHHT doirasidagi ko\u2018p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida davlatimiz rahbari quyidagi masalalarga e\u2019tibor qaratdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Eng avvalo, tashkilotning samaradorligini oshirish, uning institutlari va qarorlarni amalga oshirish mexanizmlarini mustahkamlash zarurligi qayd etildi. Tashkilotni transformatsiya qilish bo\u2018yicha Samarqand sammitida boshlangan jarayonlar ushbu muhim vazifalarni hal etishga yordam berishiga ishonch bildirildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari SHHTni izchil kengaytirish, uning muloqot bo\u2018yicha sheriklari tarkibiga yangi a\u2019zolarni, jumladan, boshqa mintaqa davlatlarini qo\u2018shish zarurligini, bu tashkilotni Global Janub mamlakatlari bilan hamkorlik platformasiga aylantirishga yordam berishini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xavfsizlik sohasidagi hamkorlik SHHTning ustuvor yo\u2018nalishlaridan biridir.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Bugungi kunda kelishilgan yondashuvlarga hamda ishonch va xavfsizlikni ta\u2019minlashning yangi mexanizmlariga talab kuchayib bormoqda,<\/em>\u00a0\u2013 dedi O\u2018zbekiston Prezidenti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu ma\u2019noda, davlatimiz rahbari Yadro xavfsizligi yo\u2018lida ko\u2018p tomonlama sheriklikni mustahkamlash bo\u2018yicha SHHT deklaratsiyasini qabul qilishga chaqirdi. Ushbu deklaratsiya tinchlik yo\u2018lidagi atomni rivojlantirish va favqulodda holatlarga javob qaytarishning mustahkam asosiga aylanadi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligidagi tarqatmaslik global rejimiga munosib hissa bo\u2018ladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Transchegaraviy tahdidlarga qarshi samarali kurashish maqsadida Ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirlari kengashi ishini qayta tiklash, Jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitimni qayta ko\u2018rib chiqish, Giyohvandlikka qaram bo\u2018lib qolishga qarshi kurashishning 2030-yilga qadar mo\u2018ljallangan dasturini ishlab chiqish taklif qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston yetakchisi \u201cSHHT \u2013 Afg\u2018oniston\u201d muloqot guruhi faoliyati qayta tiklanishini qo\u2018llab-quvvatladi. Konstruktiv muloqotlarni rivojlantirish va Afg\u2018onistondagi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha takliflarni ishlab chiqish uning asosiy vazifalaridan biri bo\u2018lishi mumkin.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan hozirgi tendensiyalarni hisobga olib, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Biz keng mintaqamizda iqtisodiy hamkorlikning barqaror modellarini shakllantirish tarafdorimiz,\u00a0<\/em>\u2013 dedi davlatimiz rahbari.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Savdoni soddalashtirish tartib-taomillari to\u2018g\u2018risidagi bitimni imzolash hamda mintaqaviy sanoat va infratuzilma loyihalarini moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlashning samarali vositalarini tezroq joriy etish muhimligi qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ishonchli ishlab chiqarish-logistika zanjirlarini rivojlantirish va o\u2018zaro sarmoyalarni rag\u2018batlantirish maqsadida SHHT doirasida Strategik materiallar bo\u2018yicha mintaqaviy markaz, Energetika konsorsiumi, startap va innovatsion loyihalarni qo\u2018llab-quvvatlash hamda ilgari surish uchun Venchur kompaniyalari va jamg\u2018armalari tarmog\u2018i, biznes bo\u2018yicha muloqotlarni yo\u2018lga qo\u2018yish va investitsiyalarni ilgari surish uchun Maxsus elektron portal kabi bir qator yangi ko\u2018p tomonlama tuzilmalar va kooperatsiyani qo\u2018llab-quvvatlash vositalarini joriy etish taklif qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari Shimol \u2013 Janub va Sharq \u2013 G\u2018arb yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha transport-tranzit salohiyatini to\u2018liq ishga solish, Markaziy Osiyo orqali Fors ko\u2018rfazi va Hind okeani portlariga chiqadigan janubiy yo\u2018nalishdagi yo\u2018laklarni rivojlantirishga alohida e\u2019tibor qaratdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cSHHT yagona transport makoni\u201dni shakllantirish va uni \u201cBir makon, bir yo\u2018l\u201d strategik tashabbusi bilan bog\u2018lash bo\u2018yicha sa\u2019y-harakatlarni muvofiqlashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ko\u2018rsatib o\u2018tildi. Yangi multimodal tarmoqlar, raqamli platformalar va \u201cyashil\u201d yo\u2018laklar yaratishni nazarda tutuvchi konsepsiyani ishlab chiqish taklif etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">SHHTning \u201cyashil\u201d transformatsiya sohasidagi hamkorligini kengaytirish borasida iqlim o\u2018zgarishiga moslashish, havoga zaharli gazlarni chiqarishni kamaytirish, ekologik xavf-xatarlarni bashorat qilish uchun sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish masalalari bo\u2018yicha mintaqaviy platformani ishga tushirish zarurligi qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Madaniy aloqalarni yanada chuqurlashtirish va xalq diplomatiyasi institutini kuchaytirish SHHT doirasidagi uzoq muddatli sheriklikning muhim omili hisoblanadi,<\/em>\u00a0\u2013 dedi O\u2018zbekiston Prezidenti.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xalq ijodiyoti xalqaro festivallarini o\u2018tkazish, \u201cSHHT universiteti\u201d sheriklik tarmog\u2018ining onlayn kampusini yaratish, innovatsion yo\u2018nalishlar bo\u2018yicha har yili talabalar va yosh mutaxassislar o\u2018rtasida tanlov va olimpiadalar tashkil etish gumanitar almashuvlarni rivojlantirish hamda xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishga kuchli turtki berishi ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u201cSayyohlik yo\u2018lagi\u201d va SHHT tibbiyot turizmi alyansini ishga tushirish kabi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish taklif qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018zining yakunida davlatimiz rahbari Qirg\u2018iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovni Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikni qabul qilgani bilan tabrikladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xitoy Raisi Si Szinpin davlatimiz rahbariga ilgari surilgan muhim tashabbuslar uchun minnatdorlik bildirib, ularni birgalikda amalga oshirish muhimligini ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Majlis yakunida hujjatlarni imzolash marosimi bo\u2018ldi. Xususan, Tyanszin deklaratsiyasi, SHHTni 2035 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi hamda hamkorlikning turli sohalarida sheriklikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim ko\u2018p tomonlama hujjatlar to\u2018plami qabul qilindi.<\/span><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8448\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">President.uz<\/a><\/span><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Tyanszin shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5063,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5061","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5061","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5061"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5061\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5065,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5061\/revisions\/5065"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5063"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5061"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5061"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5061"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}