{"id":5099,"date":"2025-09-08T12:41:40","date_gmt":"2025-09-08T07:41:40","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5099"},"modified":"2025-09-08T12:41:40","modified_gmt":"2025-09-08T07:41:40","slug":"leaders-of-uzbekistan-and-the-united-states-held-a-telephone-conversation-agreements-on-expanding-strategic-partnership-reached","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/leaders-of-uzbekistan-and-the-united-states-held-a-telephone-conversation-agreements-on-expanding-strategic-partnership-reached\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va AQSH yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar: strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p>5-sentyabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston \u2013 AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va o\u2018zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari batafsil ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Suhbat avvalida AQSH Prezidenti so\u2018nggi yillarda Yangi O\u2018zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va aholi farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ortga qaytmas islohotlarni yuksak baholadi va qo\u2018llab-quvvatladi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari, o\u2018z navbatida, Prezident Donald Trampni AQSH ma\u2019muriyati olib borayotgan ichki va tashqi siyosatning ulkan natijalari bilan samimiy tabrikladi. Amerika tomonining xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo\u2018l bilan hal qilish, global xavfsizlik va barqarorlikni ta\u2019minlashga qo\u2018shayotgan hissasi va sa\u2019y-harakatlari alohida qayd etildi.<\/p>\n<p>Ikki mamlakat o\u2018rtasidagi ko\u2018p qirrali hamkorlikni kengaytirishga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Ustuvor tarmoqlarda biznes kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va savdo bitimlari hajmini tubdan oshirish masalalari ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joizki, so\u2018nggi yillarda o\u2018zaro savdo ko\u2018rsatkichlarining barqaror o\u2018sishi kuzatilmoqda. 2024-yilda tovar ayirboshlash 15 foizga oshdi.<\/p>\n<p>Istiqbolli kooperatsiya loyihalari portfeli fuqaro aviatsiyasi, muhim mineral resurslar, elektrotexnika sanoati, energetika, qishloq xo\u2018jaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, ta\u2019lim va ko\u2018plab boshqa yo\u2018nalishlarni qamrab olgan.<\/p>\n<p>Shu oyda AQSHning yetakchi kompaniya va tashkilotlari bilan uzoq muddatli va barqaror sheriklik aloqalarini yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o\u2018tkazilishi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, xavfsizlik sohasida, eng avvalo, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasida samarali hamkorlik qilinmoqda.<\/p>\n<p>Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda. Toshkentda AQSHning yetakchi oliy ta\u2019lim muassasalari filiallari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p>Kelgusi yili AQSHda bo\u2018lib o\u2018tadigan futbol bo\u2018yicha jahon chempionatida O\u2018zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor ishtirok etishi mamnuniyat bilan qayd etildi. AQSH yetakchisi futbol terma jamoamizga chin dildan omad tiladi.<\/p>\n<p>Telefon muloqoti chog\u2018ida davlat rahbarlari dolzarb xalqaro masalalar, jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari va AQSHning \u201cC5+1\u201d shaklidagi mintaqaviy hamkorligini chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashdilar.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari Prezident Donald Trampni o\u2018zi uchun qulay muddatda O\u2018zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.<\/p>\n<p>Amaliy hamkorlik bo\u2018yicha loyiha va dasturlarni ilgari surish maqsadida oliy darajadagi muloqotlarni davom ettirishga kelishib olindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va AQSH Prezidenti Donald Trampning telefon orqali muloqoti ochiq, konstruktiv va do\u2018stona ruhda o\u2018tdi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8465\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">President.uz<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>5-sentyabr kuni O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo\u2018shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5101,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5099","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5099","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5099"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5099\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5102,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5099\/revisions\/5102"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5101"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5099"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5099"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5099"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}