{"id":5127,"date":"2025-09-02T12:00:24","date_gmt":"2025-09-02T07:00:24","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5127"},"modified":"2025-09-08T13:21:33","modified_gmt":"2025-09-08T08:21:33","slug":"leaders-of-uzbekistan-and-china-discuss-matters-of-further-strengthening-all-weather-comprehensive-strategic-partnership","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/leaders-of-uzbekistan-and-china-discuss-matters-of-further-strengthening-all-weather-comprehensive-strategic-partnership\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Xitoy yetakchilari barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">2-sentabr kuni Xitoyga rasmiy tashrif doirasida Pekin shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a\u2019zolari ishtirokidagi muzokaralari bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston bilan Xitoy o\u2018rtasidagi barcha sharoitlarda strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko\u2018rib chiqildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Xitoy yetakchisi va do\u2018st Xitoy xalqini G\u2018alabaning 80 yilligi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining Tyanszin shahridagi sammiti muvaffaqiyatli o\u2018tkazilgani bilan samimiy tabrikladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Prezidenti XXR Raisi Si Szinpinning global boshqaruv bo\u2018yicha tashabbusi o\u2018z vaqtida ilgari surilgani va dolzarb ahamiyatga ega ekanini yana bir bor ta\u2019kidladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlat rahbarlari o\u2018tgan yillar davomida ikki tomonlama munosabatlar rivojida katta yutuqlarga erishilganini ta\u2019kidladilar. Barcha darajalardagi aloqalar sur\u2019ati oshib borayotgani, siyosiy muloqot mustahkamlanib, muhim masalalar yuzasidan tomonlar bir-birini qo\u2018llab-quvvatlayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&laquo;Yagona Xitoy&raquo; siyosatini qo\u2018llab-quvvatlash hamda &laquo;uch yovuz kuch&raquo; &#8211; terrorizm, ekstremizm va separatizmga qarshi kurashish masalalarida O\u2018zbekistonning pozitsiyasi o\u2018zgarmas ekani tasdiqlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Savdo-iqtisodiy, texnologik va moliyaviy-investitsiyaviy hamkorlik jadal rivojlanmoqda. O\u2018tgan yili tovar ayirboshlash 14 milliard dollardan oshdi, yil boshidan esa yana 23 foizga o\u2018sdi. Sanoat va qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini o\u2018zaro yetkazib berish orqali bu ko\u2018rsatkichni 20 milliardga yetkazish vazifasi turibdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Investitsiya loyihalari portfeli 60 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. 2024-yilda umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq 64 ta loyiha ishga tushirilgan. Mamlakatimiz hududlarida qo\u2018shma texnoparklar va maxsus industrial zonalar faoliyat yuritmoqda, &laquo;BYD&raquo; elektromobillarini ishlab chiqarish kengaytirilmoqda va mahalliylashtirish darajasi oshirilmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tashrif arafasida biznes forumi muvaffaqiyatli o\u2018tkazildi. &laquo;Yashil&raquo; energetika va energiya samaradorligini oshirish, jamoat transportini modernizatsiya qilish va raqamlashtirish, pullik avtomobil yo\u2018llarini barpo etish, muhim minerallarni chuqur qayta ishlash, shuningdek, kimyo, suv va qishloq xo\u2018jaligi, turizm va shaharsozlik sohalarida istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Eksimbank, Xitoy davlat taraqqiyot banki, &laquo;Ipak yo\u2018li&raquo; jamg\u2018armasi va boshqa institutlar bilan keng ko\u2018lamli sheriklik kengaymoqda. Eksimbank ko\u2018magida yaqinda Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurib bitkazildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Hududlararo almashinuvlar faollashgani yuqori baholandi. Xitoy tajribasi asosida mamlakatimizda kambag\u2018allikka barham berishga qaratilgan qo\u2018shma tadbirlarni amalga oshirishda ekspertlik ko\u2018magi davom ettiriladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Innovatsion loyihalarni ilgari surish va mutaxassislar tayyorlash uchun O\u2018zbekiston-Xitoy sun\u2019iy intellektni rivojlantirish markazini tashkil etish taklif qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">&laquo;Xitoy &#8211; Qirg\u2018iziston &#8211; O\u2018zbekiston&raquo; strategik temir yo\u2018li qurilishining amaliy bosqichi boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ilm-fan, tibbiyot, ta\u2019lim va turizm sohalaridagi sheriklikni kengaytirish zarurligi ta\u2019kidlandi. Mamlakatimizda Shimoli-g\u2018arbiy qishloq va o\u2018rmon universitetining filiali hamda Xalqaro matematika markazi ochildi. Sian neft universiteti filialini ochish to\u2018g\u2018risida Bitim imzolandi. Pekin texnologiya instituti filialini ochish rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Joriy yilda O\u2018zbekistonda ikkinchi Ta\u2019lim forumi o\u2018tkaziladi. Xitoy tilini o\u2018rganishni kengaytirish va o\u2018zbekistonlik yoshlarini o\u2018qitish uchun kvotalarni ko\u2018paytirish, Konfutsiy institutlari faoliyatini rivojlantirish qo\u2018llab-quvvatlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz hududlarida energetika, mashinasozlik, sun\u2019iy intellekt, tibbiyot, qishloq xo\u2018jaligi sohalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan O\u2018zbekiston-Xitoy &laquo;Lu Ban ustaxonalari&raquo;ni tashkil etish ko\u2018zda tutilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sayyohlar almashinuvi o\u2018sishi uchun sharoit yaratish maqsadida aviaqatnovlar soni oshirilmoqda, ikki mamlakat o\u2018rtasida vizasiz tartib joriy etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shu kunlarda Xitoy Milliy muzeyidagi katta ko\u2018rgazmada O\u2018zbekiston ham qatnashmoqda. 2027-yilda Shanxay va Pekinda san\u2019at ko\u2018rgazmalarini o\u2018tkazish rejalashtirilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tashrif doirasida o\u2018zaro madaniyat markazlarini ochish to\u2018g\u2018risida tarixiy bitim qabul qilinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uchrashuvda xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, SHHT, &laquo;Markaziy Osiyo &#8211; Xitoy&raquo; formati va boshqa ko\u2018p tomonlama tuzilmalar doirasidagi muvofiqlashuv va o\u2018zaro qo\u2018llab-quvvatlashni davom ettirish muhimligi qayd etildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Muzokaralar yakunida O\u2018zbekiston yetakchisi Xitoy rahbarini mamlakatimizga tashrif bilan kelishga taklif etdi. Uchrashuv har doimgidek ishonch, ochiqlik va do\u2018stlik ruhida o\u2018tdi.<\/span><\/p>\n<p data-pm-slice=\"1 1 []\"><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning Pekin shahrida bo\u2018lib o\u2018tgan muzokaralari yakunida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo\u2018ldi. Shu jumladan:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 \u201cO\u2018zbekiston \u2013 2030\u201d strategiyasi va \u201cBir makon, bir yo\u2018l\u201d tashabbusini o\u2018zaro bog\u2018lash bo\u2018yicha hamkorlik dasturi;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 Madaniyat markazlarini o\u2018zaro ta\u2019sis etish to\u2018g\u2018risida bitim;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 Tibbiy xizmatlar sohasida hamkorlik to\u2018g\u2018risida bitim.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, tashrif doirasida quyidagi kelishuvlar ham imzolandi:<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 O\u2018zbekistonga zemsnaryadlar (texnik kema) berish loyihasining ikkinchi bosqichini loyihalashtirish bo\u2018yicha;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 texnik-iqtisodiy hamkorlik to\u2018g\u2018risida;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 muvofiqlikni baholash sohasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risida;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 O\u2018zbekistondan Xitoyga qovun va bodom eksport qilishda fitosanitariya talablari to\u2018g\u2018risida;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 kosmik fanlar, texnologiyalar va kosmik faoliyat natijalaridan tinchlik maqsadlarida foydalanishda hamkorlik qilish to\u2018g\u2018risida;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 raqobat siyosati sohasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risida;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 inson resurslarini rivojlantirish sohasida hamkorlikni mustahkamlash bo\u2018yicha;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 raqamli iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo\u2018yicha;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 Samarqand viloyati va Tyanszin shahri o\u2018rtasida sheriklik munosabatlarini o\u2018rnatish to\u2018g\u2018risida;<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">\u2013 O\u2018zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Xitoy Xalqaro savdoga ko\u2018maklashish kengashi o\u2018rtasidagi hamkorlik to\u2018g\u2018risida.<\/span><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Manba:\u00a0<\/span><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8452\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span style=\"font-size: 14pt;\">https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8452<\/span><\/a><\/p>\n<p><a href=\"https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8453\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\"><span style=\"font-size: 14pt;\">https:\/\/www.president.uz\/oz\/lists\/view\/8453<\/span><\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>2-sentabr kuni Pekin shahrida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a\u2019zolari ishtirokidagi muzokaralari bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5130,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5127","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5127","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5127"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5127\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5131,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5127\/revisions\/5131"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5130"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5127"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5127"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5127"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}