{"id":5352,"date":"2025-12-03T00:05:35","date_gmt":"2025-12-02T19:05:35","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5352"},"modified":"2025-12-03T09:06:41","modified_gmt":"2025-12-03T04:06:41","slug":"a-single-window-for-entrepreneurs-to-be-created-in-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/a-single-window-for-entrepreneurs-to-be-created-in-uzbekistan\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda tadbirkorlar uchun \u201cYagona darcha\u201d yaratiladi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><em><strong>Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-dekabr kuni eksport salohiyatini oshirish va tadbirkorlarning davlat xizmatlaridan foydalanishini soddalashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.<\/strong><\/em><\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston 2030-yilga qadar eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilib qo\u02bbygan. Mazkur ko\u02bbrsatkichga erishish uchun an\u02bcanaviy bozorlar bilan cheklanmasdan yuqori marjali yangi bozorlarga chiqish zarur.<\/p>\n<p>Bu borada tashqi bozorlardagi yetakchi iste\u02bcmol segmentlari va yuqori talabga ega mahsulotlar bo\u02bbyicha chuqur tahlil olib borildi. Natijada qurilish materiallari, yengil sanoat, elektrotexnika, oziq-ovqat, maishiy kimyo, mashinasozlik va metallarga oid yo\u02bbnalishlarda eksportni yanada oshirish uchun mamlakatimizda katta zaxira hamda imkoniyat borligi aniqlandi.<\/p>\n<p>Shu munosabat bilan taqdimotda istiqbolli bozor hisoblangan mamlakatlar bilan imtiyozli savdoni yo\u02bblga qo\u02bbyish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni faollashtirib, eksport-import hajmi o\u02bbsishiga mos ravishda chegara o\u02bbtkazish punktlari infratuzilmasi va quvvatini kengaytirish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Mutasaddilar mahsulotlarimizning tashqi bozorlarda egallagan o\u02bbrni, talab yuqori bo\u02bblgan tovar turlari, xorijiy sheriklar bilan amalga oshirilayotgan hamkorlik loyihalari hamda eksportni diversifikatsiya qilish bo\u02bbyicha bajarilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Mavjud salohiyatdan to\u02bbliq foydalanish, yangi bozorlarni ochish va tashqi savdo mexanizmlarini soddalashtirish topshirildi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda 81 ta davlat idorasi tomonidan tadbirkorlarga 739 turdagi xizmatlar ko\u02bbrsatilmoqda.<\/p>\n<p>Lekin 576 turdagi xizmatlar tarqoq holda ko\u02bbrsatilgani uchun tadbirkorlar hujjat yig\u02bbib, idorama-idora sarson bo\u02bblayotgani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi. Masalan, go\u02bbsht mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 17 ta bosqichdan o\u02bbtish, 10 ta idoraga borish kerak.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, buxgalteriya, soliq, eksport va sertifikatlash bo\u02bbyicha konsalting xizmati ko\u02bbrsatadigan yagona xususiy servis maydoni mavjud emas. Bunday xizmatlarni banklar, sug\u02bburta kompaniyalari, birja, brokerlar va logistika operatorlari, biznes ta\u02bclimi va trening dasturlari bilan integratsiya qilish mumkin.<\/p>\n<p>Taqdimotda tadbirkorlar uchun barcha davlat va xususiy xizmatlarni bir joyga jamlaydigan \u201cBiznes hamroh\u201d markazlarini ochish taklif qilindi.<\/p>\n<p>Rejaga ko\u02bbra, Savdo-sanoat palatasi huzurida tashkil etiladigan markazlarda barcha davlat va xususiy xizmatlarni \u201cyagona darcha\u201d tamoyili asosida bir joyda, yagona elektron platforma orqali ko\u02bbrsatish yo\u02bblga qo\u02bbyiladi. Tadbirkorlarning murojaatlariga tun-u kun javob beradigan \u201ckoll-markaz\u201d ham tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz taklifni ma\u02bcqullab, markaz tadbirkorlik subyektini tashkil etishdan tortib, faoliyatini yo\u02bblga qo\u02bbyish, tayyor mahsulotlarni sotish va eksport qilishgacha bo\u02bblgan barcha sohalarni qamrab olishi zarurligini ta\u02bckidladi. Mutasaddilarga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8720\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">President.uz<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Savdo-sanoat palatasi huzurida \u201cBiznes hamroh\u201d markazlari tashkil etiladi. Ushbu markazlar tadbirkorlar uchun barcha davlat va xususiy xizmatlarni yagona elektron platforma orqali \u201cYagona darcha\u201d tamoyili asosida bir joyda birlashtiradi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5354,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5352","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5352","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5352"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5352\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5357,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5352\/revisions\/5357"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5354"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5352"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5352"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5352"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}