{"id":5375,"date":"2025-12-06T00:05:00","date_gmt":"2025-12-05T19:05:00","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5375"},"modified":"2025-12-05T16:05:31","modified_gmt":"2025-12-05T11:05:31","slug":"major-capacities-commissioned-and-a-range-of-new-energy-facilities-launched-in-uzbekistan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/major-capacities-commissioned-and-a-range-of-new-energy-facilities-launched-in-uzbekistan\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekistonda yirik energetika quvvatlari ishga tushirildi va navbatdagilarining qurilishi boshlandi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><em><strong><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni yangi energetika quvvatlari va infratuzilma obyektlarini ishga tushirish hamda navbatdagilarining qurilishini boshlashga bag\u2018ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.<\/span><\/strong><\/em><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tadbirda Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy, Turkiya Respublikasi energetika va tabiiy resurslar vaziri Alparslon Bayroqdor\u00a0va Ozarbayjon Respublikasi energetika vaziri Parviz Shahbozov, Qirg\u2018iz Respublikasi energetika vaziri Taalaybek Ibrayev, shuningdek, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Islom taraqqiyot banki va boshqa moliya institutlari, \u201cACWA Power\u201d (Saudiya Arabistoni), \u201cAksa Enerji\u201d, \u201cCengiz Enerji\u201d (Turkiya), \u201cMasdar\u201d (BAA), \u201cChina Energy\u201d, \u201cDatang\u201d, \u201cSinoma\u201d, \u201cPoly\u201d, \u201cCNTIC\u201d, \u201cEagle Rise\u201d (Xitoy), \u201cEDF\u201d, \u201cVoltalia\u201d, \u201cTotalEnergies\u201d (Fransiya), \u201cSiemens Energy\u201d (Germaniya) va \u201cNebras Power\u201d (Qatar) vakillari ham qatnashdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yangi obyektlar \u2013 qariyb 11 milliard dollarlik 42 ta energiya ishlab chiqarish, saqlash quvvatlari va boshqa infratuzilma inshootlari \u2013 mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy energetika tarmog\u2018i salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan keng ko\u2018lamli strategiyaning bir qismidir.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Qoraqalpog\u2018iston, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida umumiy qiymati 3,3 milliard dollarga teng jami 3 ming 500 megavattli 16 ta quyosh, shamol, issiqlik va gidro elektrostansiyalari shular jumlasidan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">To\u2018liq quvvatga chiqqach, ular yiliga 15 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Natijada kelgusi yilda \u201cyashil\u201d energiya ishlab chiqarish hajmi 23 milliard kilovatt-soatga yetadi. Ushbu quvvatlar O\u2018zbekiston aholisining yillik elektr energiya iste\u2019moli to\u2018liq qoplanishiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Eng muhimi, toza energiya hisobiga tabiiy gaz sarfi salkam 7 milliard kub metrga kamayadi. Atmosferaga 11 million tonna zararli moddalar chiqishining oldi olinadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Foydalanishga topshirilayotgan loyihalar orasida 1 ming 245 megavattli 10 ta energiya saqlash tizimi ham bor. Bu energiya eng ko\u2018p iste\u2019mol qilinadigan tig\u2018iz vaqtlarda qo\u2018shimcha 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasini tarmoqqa uzatish imkonini beradi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Qo\u2018shimcha ravishda ishga tushirilayotgan 11 ta yirik podstansiya va 420 kilometr yuqori kuchlanishli tarmoqlar tizimning barqaror ishlashiga xizmat qiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yangi tashkil etilgan yiliga 15 mingta transformator ishlab chiqaradigan \u201cAngren Energo\u201d hamda 155 ta gidro-agregat tayyorlab beradigan \u201cUzhydopower\u201d korxonalari iqtisodiyotimizga muhim hissa qo\u2018shadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari marosimdagi nutqida ushbu tarixiy voqea O\u2018zbekistonning barqaror rivojlanishi yo\u2018lidagi yana bir amaliy qadam bo\u2018lishiga ishonch bildirdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>\u2013\u00a0Bugun jadal sur\u2019atlarda o\u2018sib borayotgan iqtisodiyotimiz va aholining talab hamda ehtiyojidan kelib chiqib, energetika tizimida katta islohotlarni amalga oshiryapmiz. Biz bu yo\u2018nalishda ikkita muhim maqsadga erishishni asosiy vazifa qilib belgilaganmiz. Birinchisi \u2013 barcha tarmoq va hududlar uchun ishonchli va uzluksiz energiya ta\u2019minotini yo\u2018lga qo\u2018yish. Ikkinchisi esa ana shu rejamizni zamonaviy, ekologik toza va qayta tiklanuvchi muqobil manbalar hisobidan amalga oshirishdir,\u00a0<\/em>\u2013 dedi Prezidentimiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">So\u2018nggi yillarda energetika tizimiga 35 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 9 ming megavatt yangi quvvatlar ishga tushirilgani ta\u2019kidlandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Natijada elektr ishlab chiqarish hajmi 2017-yildagi 60 milliard kilovatt-soatdan joriy yilda 85 milliard kilovatt-soatga yetdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">E\u2019tiborli jihati, salkam 5 ming megavattli quyosh va shamol, 400 megavattli gidro elektr stansiyalari ishga tushirildi. Jami generatsiya quvvatlarida \u201cyashil\u201d energiyaning ulushi bu yil 30 foizga yetkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bundan tashqari, xususiy sektor, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarida 2 ming megavattli kichik quyosh panellari o\u2018rnatildi. Ularda shu yilning o\u2018zida qo\u2018shimcha ravishda 2 milliard kilovatt-soatga yaqin muqobil energiya ishlab chiqarildi. Shuningdek, butun mamlakatimiz bo\u2018ylab 69 ming kilometr elektr tarmoqlari, 14 mingta transformator va yuqori kuchlanishli podstansiyalar yangilandi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Sohadagi bunday o\u2018zgarishlar mahalliy korxonalar rivojiga ham katta turtki bermoqda. Ushbu korxonalar tomonidan yangi qurilayotgan elektr stansiyalari va tarmoqlariga yil boshidan buyon 700 million dollarlik qurilish materiallari, metall konstruksiyalar, kabel o\u2018tkazgichlar, elektr qurilmalari yetkazib berildi, loyihalash-injiniring va qurilish xizmatlari ko\u2018rsatildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Misol uchun, Norin kaskad gidro elektr stansiyasining 38 megavattli ilk gidro elektr stansiyasi to\u2018liq mahalliy mahsulotlardan foydalangan holda ishga tushirildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz \u00a0energetika sohasida erishilayotgan ulkan yutuq va marralarda investorlar va mamlakatimizning xalqaro sheriklarining beqiyos hissasi borligini qayd etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">O\u2018zbekiston yetakchisi kelgusi 5-yilda 150 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar hisobidan minglab sanoat va infratuzilma obyektlarini ishga tushirib, yuqori daromadli ish o\u2018rinlari yaratilishini ma\u2019lum qildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">IT, sun\u2019iy intellekt va \u201cbuyumlar interneti\u201d kabi yangi yo\u2018nalishlardagi kompaniyalarga jozibador muhit yaratish uchun zamonaviy superkompyuter klasteri va data-markazlar sonini ko\u2018paytirish nazarda tutilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Buning uchun ayni paytda Saudiya Arabistonining \u201cDataVolt\u201d kompaniyasi 3 milliard dollarlik investitsiya hisobiga 500 megavattli data-markaz qurish bo\u2018yicha loyihani amalga oshirishga kirishgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bunday keng ko\u2018lamli ishlar elektr energiyasiga bo\u2018lgan talab va ehtiyojni kamida 1,5 barobarga oshiradi. Shu bois, Prezident yaqin kelajakdagi rejalarga to\u2018xtalib o\u2018tdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Birinchidan, elektr energiyasiga oshib borayotgan ehtiyojni qoplash uchun 2030-yilgacha qo\u2018shimcha 17 ming megavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlari ishga tushiriladi. Natijada \u201cyashil\u201d energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 54 foizga yetkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yangi quvvatlarni yagona energiya tizimiga bog\u2018lash uchun yuqori kuchlanishli 6 ming kilometr tarmoqlar tortiladi. Xususan, kelgusi yilning o\u2018zida 1 ming kilometr tarmoqlar o\u2018tkazilib, podstansiyalarda 6 ming megavatt qo\u2018shimcha quvvatlar yaratiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ikkinchidan, xorijiy sarmoyalarni davlat-xususiy sheriklik asosida jalb etishni kengaytirish. Joriy yildan xususiy sheriklik tamoyillari nafaqat elektr energiyasini ishlab chiqarish, balki uni iste\u2019molchilarga yetkazib berishda ham qo\u2018llanmoqda.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Xususan, Turkiyaning \u201cAksa Elektrik\u201d kompaniyasi bilan Samarqand hududiy elektr tarmoqlarini xususiy boshqaruvga berish bo\u2018yicha kelishuvga erishilgan.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ushbu kompaniya loyiha doirasida tarmoqni operatsion boshqaruvga olib, investitsiya kiritadi, tarmoqlarni modernizatsiya qiladi, yo\u2018qotishlarni bosqichma-bosqich 2 barobarga kamaytiradi. Natijada har yili o\u2018rtacha 20 million dollar tejaladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Shunday tajriba asosida kelgusi yilda Jizzax va Sirdaryo, 2027-yilda Namangan va Toshkent viloyatlari elektr tarmoqlari boshqaruvi ham investorlarga taklif etiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Uchinchidan, aholining muqobil energiya manbalaridan foydalanishini faol qo\u2018llab-quvvatlash.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Yangi yilda 300 ta mahalla hududida aholi bilan kooperatsiya orqali 107\u00a0 megavattli quyosh stansiyalari o\u2018rnatiladi. Bu ijtimoiy loyiha 30 mingta kambag\u2018al oilani \u201cyashil\u201d energiya bilan ta\u2019minlash imkonini beradi. Ular o\u2018z ehtiyojidan ortiqcha elektr energiyasini tarmoqqa uzatib, daromad topadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mamlakatimiz tadbirkorlari bu yil 40 megavattli kichik va mikro GESlar qurdi. Natijada 120 million kilovatt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi va ular qo\u2018shimcha daromad manbaiga ega bo\u2018lishdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Kelgusi yilda yana 65 megavattli kichik va mikro GESlar barpo etiladi. Ushbu loyihalar hisobiga 80 mingta xonadonda elektr ta\u2019minoti tubdan yaxshilanadi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">To\u2018rtinchidan, yaqinda Braziliyada o\u2018tgan COP-30 iqlim konferensiyasida mamlakatimiz o\u2018z tashabbusi bilan Parij bitimi doirasida muhim majburiyatni zimmasiga oldi: O\u2018zbekistonda 2035-yilgacha zararli gazlar emissiyasi 50 foizga qisqartirilishi maqsad qilindi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Bu borada Jahon banki bilan dunyoda ilk innovatsion \u201ciCRAFT\u201d loyihasi ishga tushirildi. Uning doirasida O\u2018zbekiston tomonidan kamaytirilgan 23 million tonna issiqxona gazi hisobga olindi. Xalqaro darajada uglerod birliklari savdosi yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Ta\u2019kidlash joiz, shu yilning o\u2018zida 17 ta yirik sanoat korxonamiz \u201cyashil\u201d energiya bo\u2018yicha xalqaro sertifikatlar tizimiga o\u2018tdi. Kelgusi ikki yilda bunday korxonalar soni 100 taga yetkaziladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Beshinchidan, qo\u2018shni davlatlar bilan yagona energetika bozorini yaratish bo\u2018yicha sheriklikni mustahkamlash.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Mintaqa gidroenergetika salohiyatidan samarali foydalanib, birgalikda boshqarish maqsadida kelgusi yili Qirg\u2018iziston va Qozog\u2018iston bilan \u201cQambar-ota GES-1\u201d loyihasini moliyalashtirishga kirishiladi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Davlatimiz rahbari Yevropaga elektr energiyasini eksport qilish bo\u2018yicha \u201cyashil koridor\u201d loyihasi doirasida yaqindan hamkorlik qilayotgan Ozarbayjon va Qozog\u2018iston rahbariyatining qat\u2019iy sa\u2019y-harakatlarini alohida e\u2019tirof etdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em>\u2013 Biz bugun ishga tushirayotgan barcha loyihalar iqtisodiy o\u2018sishni ta\u2019minlab, kelajak avlodlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bunday jadal harakatlarimiz va tashabbuslarimiz bilan biz yangicha modeldagi zamonaviy energetika tizimini albatta to\u2018liq barpo etamiz,<\/em>\u00a0\u2013 deya ta\u2019kidladi Prezidentimiz.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Tadbir yakunida O\u2018zbekiston Prezidenti ramziy dastakni bosib, 42 ta energetika obyektining ishga tushirilishi hamda navbatdagi 21 tasining qurilishi boshlanishiga start berdi.<\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\">Manba: <a href=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/8744\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti<\/a><\/span><\/p>\n<div class=\"col-md-4\">\n<p>&nbsp;<\/p>\n<\/div>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni yangi energetika quvvatlari va infratuzilma obyektlarini ishga tushirish hamda navbatdagilarining qurilishini boshlashga bag\u2018ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5377,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5375","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5375","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5375"}],"version-history":[{"count":4,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5375\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5380,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5375\/revisions\/5380"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5377"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5375"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5375"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5375"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}