{"id":5387,"date":"2025-12-10T00:05:59","date_gmt":"2025-12-09T19:05:59","guid":{"rendered":"https:\/\/invexi.org\/?p=5387"},"modified":"2025-12-10T09:28:16","modified_gmt":"2025-12-10T04:28:16","slug":"cerr-raises-uzbekistan-s-2025-economic-growth-forecast-to-7-5","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/invexi.org\/uz\/press\/cerr-raises-uzbekistan-s-2025-economic-growth-forecast-to-7-5\/","title":{"rendered":"Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2025 yilgi O\u2018zbekiston iqtisodiyoti o\u2018sish prognozini 7,5%gacha oshirdi"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em><strong>Joriy yilda O\u2018zbekistonning YAIM 7,5%ga o\u2018sishi kutilmoqda, bu Markazning iyun oyidagi prognozidan 0,8% bandga yuqori.<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><em><strong>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining yangilangan baholariga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston iqtisodiyoti ichki talabning kengayishi, eksport faolligining kuchayishi va investitsiyalar hajmining ortishi hisobiga yuqori o\u2018sish sur\u2019atlarini saqlab qoladi. Markazning 2025 yil uchun prognoz ko\u2018rsatkichlari iyun oyidagi baholardan 0,8% bandga yuqori bo\u2018lib, kelasi yilda 7,5% miqdorida o\u2018sish kutilmoqda.<\/strong><\/em><\/span><\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Amaldagi makroiqtisodiy tendensiyalar<\/strong><\/span><br \/>\nJoriy ma\u2019lumotlar iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari barqaror rivojlanayotganini va ishbilarmonlik faolligi yuqori darajada saqlanayotganini tasdiqlamoqda. Jumladan, Markaz tomonidan hisoblanadigan ishbilarmonlik faolligi indeksi joriy yil oktyabr oyida o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 34,2% ga sezilarili darajada oshdi.<\/p>\n<p>Milliy statistika qo\u2018mitasi ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, joriy yilning birinchi to\u2018qqiz oyida O\u2018zbekiston iqtisodiyoti 7,6%ga o\u2018sdi. Bu o\u2018sish sanoat, xizmatlar sohasi, qishloq xo\u2018jaligi, qurilish va tashqi savdo hissasiga to\u2018g\u2018ri keldi. Tashqi savdo hajmi 22,9%ga oshdi, xususan eksport uchdan bir qismga ko\u2018paygan. Investitsiyalar hajmi taxminan 15% ga o\u2018sgan. Xalqaro pul o\u2018tkazmalari o\u2018tgan yilga nisbatan 25% ga oshgan.<\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>2025 yil uchun iqtisodiy o\u2018sish prognozi<\/strong><\/span><br \/>\nMavjud makroiqtisodiy ko\u2018rsatkichlardan kelib chiqib, Markazning integratsiyalashgan modeli 2025 yilda YAIMning 7,5% darajasida o\u2018sishini prognoz qilmoqda. Prognoz koridori 7,3\u20137,7% oralig\u2018ida.<\/p>\n<p>Tahlillar iqtisodiy o\u2018sish trayektoriyasiga ishbilarmonlik faolligi, uy-joy bozori holati, sanoat ishlab chiqarish hajmlari va bank operatsiyalari kabi omillar eng katta ta\u2019sirga ega ekanini ko\u2018rsatadi. Hisob-kitoblarning o\u2018tgan yillar voqeiy ma\u2019lumotlari bilan taqqoslanishi ushbu yondashuvning makroiqtisodiy tendensiyalarni to\u2018g\u2018ri aks ettirishini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Qo\u2018shimcha ravishda, Markaz xulq-atvor iqtisodiyoti ko\u2018rsatkichilarini, jumladan Google qidiruvlari dinamikasini tahlil qildi. Joriy yil yanvar\u2013oktyabr oylarida \u00abavtotransport vositalari\u00bb kategoriyasidagi so\u2018rovlar soni o\u2018tgan yilning mos davriga nisbatan 3% ga, \u00abbiznes va sanoat\u00bb \u2013 5,9% ga, \u00abxaridlar\u00bb \u2013 8,1%ga va \u00abmoliya\u00bb kategoriyasida 9,5% ga oshgani kuzatildi.<\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Makroiqtsodiy tahlilning yangi standarti<\/strong><\/span><br \/>\nPrognoz real vaqtdagi operativ tahlilga asoslangan \u00abnoukasting\u00bb modellari orqali hisoblandi. Bu yondashuv standart choraklik statistikada aks etmaydigan keng qamrovli ma\u2019lumotlarni hisobga olish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Prognoz 2017\u20132025 yillar davri uchun sanoat, xizmatlar sohasi, qurilish, tashqi savdo, moliya sektori va iste\u2019mol talabi bo\u2018yicha 30 dan ortiq asosiy indikatorlarni o\u2018z ichiga olgan kengaytirilgan axborot bazasi asosida tayyorlandi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi oldinroq Shveysariyaning KOF iqtisodiy instituti bilan hamkorlikda O\u2018zbekiston uchun real vaqtda makroiqtisodiy tahlil modelini ishlab chiqqan bo\u2018lib, ushbu loyiha Jahon banki va Innovatsion rivojlanish agentligi ko\u2018magida MUNIS dasturi doirasida amalga oshirilgan.<\/p>\n<p>Yaratilgan instrumentlar YAIMning joriy dinamikasini muntazam monitoring qilish va iqtisodiy siyosiy qarorlar sifati oshishiga xizmat qilmoqda.<\/p>\n<p><span style=\"font-size: 14pt;\"><strong>Xalqaro baholar<\/strong><\/span><br \/>\nSentyabr\u2013oktyabr oylarida yangilangan xalqaro tashkilotlar prognozlariga ko\u2018ra, Xalqaro valyuta jamg\u2018armasi 2025 yilda O\u2018zbekiston iqtisodiyotining 7,3% darajasida o\u2018sishini kutmoqda, bu esa avvalgi baholardan 1,4 foiz punktga yuqori. Jahon bankining prognozlari 6,2% miqdorini tashkil etsa, Osiyo taraqqiyot banki 6,6% darajada o\u2018sishni kutmoqda.<\/p>\n<p>Milliy va xalqaro baholarning taqqoslanishi Markaz prognozi asosli ekanini, unda tarkibiy va xulq-atvor omillari inobatga olinganini hamda zamonaviy makroiqtisodiy monitoring tizimi qo\u2018llanilganini tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Manba: <a href=\"https:\/\/review.uz\/uz\/post\/ceir-povsil-prognoz-rosta-ekonomiki-uzbekistana-do-75-v-2025-g\" target=\"_blank\" rel=\"noopener\">Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi<\/a><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining yangilangan baholariga ko\u2018ra, O\u2018zbekiston iqtisodiyoti ichki talabning kengayishi, eksport faolligining kuchayishi va investitsiyalar hajmining ortishi hisobiga yuqori o\u2018sish sur\u2019atlarini saqlab qoladi.<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5396,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"inline_featured_image":false,"footnotes":""},"categories":[8],"tags":[],"class_list":["post-5387","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-press"],"aioseo_notices":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5387","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5387"}],"version-history":[{"count":5,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5387\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":5398,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5387\/revisions\/5398"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5396"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5387"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5387"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/invexi.org\/uz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5387"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}